cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jizzax Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
626
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+97 kunlar
+2930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

❗️Ayollar qachon 54 yoshdan imtiyozli nafaqaga chiqishlari mumkin? ✔️ Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ayollarga turli imtiyozlar, imkoniyatlar berib kelinmoqda. Xususan, ayollarni ijtimoiy, moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida pensiya taʼminotida ham imtiyozlar bor. ℹ️ Qonunchilikda ayollar umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh) ni 1 yilga qisqartirilgan holda pensiyaga chiqish imtiyozi berilgan. 🔵 Xoʻsh bu imtiyoz ayollarga qachon beriladi? 🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/681 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ham ushbu sanada xotira paradida ishtirok etdi. Motamsaro ona monumentiga gullar qo‘yishib, o‘tganlarni yodga olishdi. ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati 🖌https://t.me/oilaxotinqizlar
Hammasini ko'rsatish...
📣👍👍👍👍👍👍👍 #Navbatdagi_XALQARO_ĞALABA 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida joriy yilning 1-6-may kunlari sportning "Penchak Silat" turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati  o'tkazildi. ✅ Ushbu musobaqada Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Malayziya, Yaponiya, Rossiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Filippin, Vetnam va AQSH davlatlaridan sportchi yoshlar gʻoliblik uchun bellashdilar. 🏆 Musobaqada Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurobod MFY da istiqomat qiluvchi Hamidova Sarvinoz Sarvar qizi ishtirok etib 🥇-o'rinni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari musobaqada hakam sifatida ham ishtirok etib "Tashakkurnoma" bilan ham taqdirlandi. 🎗G'oliblikni qo'lga Hamidova Sarvinozni erishgan yutugʻi bilan Ota onasi hamda oila aʼzolarini tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz. Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Diyor yangiliklari 15 May - "Xalqaro oila kuni" munosabati tashkil etilgan tadbir 👉@JizzaxMTRK👈
Hammasini ko'rsatish...
Diyor yangiliklari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bilan uchrashuv 👉@JizzaxMTRK👈
Hammasini ko'rsatish...
Diyor yangiliklari Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda 👉@JizzaxMTRK👈
Hammasini ko'rsatish...
Ғаллаорол туманида “Нафосат" кўрик-танлови бўлиб ўтди
Нафосат кўрик танловида ўзбек хотин-қизларининг миллий кийиниш услубини янада такомиллаштириш, улар ўртасида миллийлик ва замонавийлик уйғунлаштириш тарғибот қилиниб, миллий кийимлар кўргазмаси намойиш этилди. Кўрик-танлов иштирокчилари милиий кийимларни яратишнинг янги услублари йўналишларида беллашишди. Танлов якунида кўрик-танлов ғолибларига ташкилотчиларнинг эсдалик совғалари топширилди. Ғаллаорол туман ҳокимлиги Ахборот хизмати Бизни кузатиб боринг:👇 https://t.me/gallaorolhokimligi
Hammasini ko'rsatish...
FAOL MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI TAQDIRLANDI ❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-sonli qarorining 1-ilovasida har bir mahallada xotin-qizlar faollari tashkil etilganligining 2 yilligi munosabati bilan tuman xotin-qizlar faollari ishtirokida tadbir tashkil etildi. ➡️ Tadbirda tuman hokimi Ikrom Matiyev va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Oila yumushlari, farzand tarbiyasi bilan birga, turli soha va tarmoqlarda fidokorona xizmat qilayotgan opa-singillarimizning mehnatini munosib qadrlash doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. ✅ Ayniqsa, “Mahalla yettiligi” tarkibida xotin-qizlar faollarining borligi opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish, kerak bo‘lsa, oilaviy masalalarda ayollarimizning yaqin sirdoshiga aylanishida katta yordam bermoqda. Tadbir so‘ngida tuman hokimi Ikrom Matiyev tomonidan tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Zo'ravonlikka qarshi kurashishdagi holatlar haqida... ❗️Xotin-qizlar o'rtasida  jinoyatchilik, huquqbuzarlik, o'z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldini olish bo'yicha mamlakatda bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, allaqachon ijroga ham qaratilgan. Bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha tegishli tashkilot, idora va organlarda ham bu borada jiddiy harakatlar olib borilmoqda. Ayniqsa aholi orasida targ'ibot tadbirlari anchayin kuchaytirilgan. Bu tadbirlarda tizim xodimlari, xotin-qizlar qo'mitasi vakillari joylarda har qanday mavzudagi targ'ibot tadbirlarida albatta xotin-qizlarga nisbatan bo'layotgan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish borasida ham aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Sababi, bitta ayol jabr ko'rsa, buni oqibatida ayolning oilasi, farzandlari va butun hayotiga jarohat yetadi. Joriy yilning o'zida Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan ayni ushbu yo'nalishda mahallalarda, muassasa va korxonalarda 500 ga yaqin targ'ibot tadbirlari olib borilgan. Har bir targ'ibot tadbirida zo'ravonlikning oqibatlari, zo'ravonga nisbatan ko'riladigan choralar tushuntirilgan. Afsuski, shuncha harakatlarga qaramasdan ba'zi hollarda ayollar va bolalarga nisbatan zo'rlik holatlari uchrab turibdi. Shu o'rinda psixologiyaga murojaat qiladigan bo'lsak, ma'naviy yoki jismoniy zarba olgan har qanday odamni normal, sog'lom hayot tarziga qaytarish uchun yillab vaqt kerak bo'ladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zo'ravonlik qayd etilgan oilalar odatda bir muddat tinch bo'lgan, ammo kutilmagan vaziyatda salbiy oqibatini ko'rsatgan. Xatto shunday holatlar kuzatilyaptiki, oilalar bilan ishlashga aloqador tashkilotlar bir nizoli oilani doimiy nazorat qilib turgan paytda ham o'sha oilada zo'ravonlik qayd etilgan. Bunga misol qilib, yaqindagina Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani Taraqqiyot mahallasida sodir bo'lgan holatni ko'rsatish mumkin. Unda fuqaro X.S o'z turmush o'rtog'i X.Mni oilaviy tortishuv oqibatida joniga qasd qilib qo'yadi. Bu vaziyatda xuddi shu mahallaning xotin-qizlar faoli mazkur oila bilan tez-tez muloqot qilib turgan, xatto muloqotlarning birida oila erkagi X.S mahalla xotin-qizlar faoliga boshqa bu oilaga kelmasligini, tinch yashayotganligini ta'kidlagan. Oilaning 2022 yilda o'zaro janjali oqibatida X.M ga himoya orderi ham berilgan edi. Shu holatdan keyin oila nizosi qayta ko'tarilmagan. Tinch yashab kelayotgan edi. Shunday bo'lsada, mahalla xotin-qizlar faoli oiladan muloqotni uzmagan. Holat esa, bir muddatda, kutilmaganda sodir bo'lgan. Bunday holatlarda zo'ravonning ruhiy holati boshqarib bo'lmas darajaga keladi. Xotin-qizlar tuzilmalari o'z vazifalarini imkoniyatlari yetgan joyga qadar olib bormoqda. Ammo zo'ravonlik holatlari hanuz aniqlanib turibdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xotin-qizlar yoki bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka qarshi doim kurashib kelgan. Shuningdek, oilalarning bunday ayanchli holatga tushmasliklari uchun ma'naviyat qurolidan foydalanib joylarda targ'ibot tadbirlarini davom ettirmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
#Mening_oilam_mening_faxrim Do‘stlik tumanidan Davletovlar oilasi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 108🥰 4🕊 2
Po'stilar arxiv