cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

UrDU psixologi

🔎Psixologik testlar⭐️ 📒Muhokamali savollar❓ 😇Ibratli hikoyalar📖 ✏️Qiziqarli faktlar 💥💫.Psixologik xizmat siz uchun. Talabalar faoliyatiga doir ko‘rsatmalar. Biz bilan qoling aslo zerikmaysiz @Mohinur_avezova📘

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
976
Obunachilar
-8924 soatlar
-1747 kunlar
-23730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#UrDU_yangiliklari ⚡️25-iyun kuni UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Xorijiy filologiya va O’zbek filologiyasi fakultetlari pedagog xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda amaliyotchi psixolog M.Avezova "Ayollarda uchraydigan stressli vaziyatlar va ularni bartaraf qilish" bo'yicha psixologik trening o'tkazdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⌛️14.06.2024 @psixologik trening Xorijiy filologiya fakulteti prafessor-o’qituvchilari Xotin-qizlari uchun psixolog Avazova Mohinur Tohirovna tomonidan " Ayollarda stress va uni bartaraf etish” mavzusida trening oʻtkazildi.
Trening davomida kasbiy faoliyatda stressli vaziyatlarni oldini olish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Kasbiy charchoq xolatlarini oldini olish yuzasidan “ART terapiya” mashgʻulotlari ham oʻtkazildi.
Hammasini ko'rsatish...
“Xotin-qizlar huquqiy hiymoyasiga oid hujjatlar, gender tenglik va xotin-qizlar o’rtasida sog’lom ruhiy-emotsional holatni ta’minlash” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi Bugun, 27-iyun kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar hamda Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetlarining ayol pedagog va ishchi-xodimlari uchun seminar-trening o'tkazildi. Ushbu seminar-treningda UrDU amaliyotchi psixologi M.Avezova "Ayollardagi stressli holatlarni oldini olish va negativ fikrlardan poklanish" ga qaratilgan psixologik test va stressiz hayot meditatsiyasini o'tkazdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🟣Universitet ishchi ayol xodimlari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda Bugun, 24-iyun kunidan Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Xotin-qizlar huquqiy hiymoyasiga oid hujjatlar, gender tenglik va xotin-qizlar o’rtasida sog’lom ruhiy-emotsional holatni ta’minlash” mavzusida seminar-trening ish boshladi.
Seminar treningda psixolog Avazova Mohinur tamonidan psixologik metodikalar ham oʻtkazilmoqda.
Batafsil ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Hammasini ko'rsatish...
💌 Hech narsa istamasangiz nima qilish kerak? ✨ Sog'lig'ingizni tekshiring. Ehtimol, sizning befarqligingiz ma'lum vitaminlar etishmasligi bilan bog'liq. ✨ "Energiyani tejash" rejimiga o'ting Ko'pincha biror narsa qilmaslik holati dam olishning etishmasligi bilan bog'liq. O'zingizga vaqt bering. ✨ Ochiq havoda ko'proq vaqt o'tkazing Bu sizga dam olishga va boshingizni tozalashga yordam beradi.
Hammasini ko'rsatish...
UYGʻOTING!!! Umrni abadiy poyonsiz demang, Tangrim kosamizga o‘lchab solibdi. So‘ngida pushaymon oshini yemang, Hayotni uyg‘oting, mudrab qolibdi! Otani qadrlang, Onani seving, Qarindosh so‘zidan qonlar tomibdi. Yashagan umringiz xatosin biling, Mehrni uyg‘oting, mudrab qolibdi! Ishqni saralamang, u tanxo malak, Hakkadek har shoxga qo‘nib tolibdi. Yuzlari tilinib ko‘zlari halak, Vafoni uyg‘oting, mudrab qolibdi! Shukur deng bexisob, sanamang aslo, Qanoat qonmasdan o‘tda yonibdi. Gʻaflatning ko‘zlari uyquda xatto, Sabrni uyg‘oting, mudrab qolibdi! Bir og‘iz shirin so‘z, qanchalar qimmat, Tilning yoriltoshi dilni yoribdi. Tillarda yaralar chiroyli hikmat, Zabonni uyg‘oting, mudrab qolibdi. Seving, seviling, muhabbat quching, Samoda kabutar yolg‘iz qolibdi. Yiqilmang yerlarga, ko‘klarda uching, Yurakni uyg‘oting, mudrab qolibdi!!!
Hammasini ko'rsatish...
1
🍃Assalomu alaykum. Payshanba tongi muborak bo‘lsin. 🤲Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin! ☘Allohim tongingizni nurafshon, 🍀Ko‘nglingizni xotirjam, ☘Chehrangizni nurli qilsin. 🍀Tanangizni salomatlik, ☘Yuzingizni esa tabassum bezab tursin!! 🍀Baxt,omad, muvaffaqiyat, mehr-muhabbat hamisha hamroxingiz bo‘lsin!!
Hammasini ko'rsatish...
#PSIXOLOGIK_TEST OʻZ KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING Hayotda shunday lahzalar boʻladiki, inson oʻzini xuddi boshi berk koʻchaga kirib qolgandek his eta boshlaydi. Yorugʻ dunyodan umidlari soʻnadi. Nimalar boʻlayotganini anglay olmay azoblanadi. Toʻxtang, boshingizga tushgan barcha yaxshi-yomon ishlar xarakteringiz tufayli boʻlmasin tagʻin!.. Toʻgʻri-da, koʻpchilik oʻz xarakterini oʻzi yaxshi bilmay turib, aybni boshqalarga qoʻyishi hech gap emas. Quyidagi test esa oʻz xarakteringizni chuqurroq bilib olishga koʻmak beradi degan umiddamiz. 👉1. Doʻstlikni qadrlaysizmi? A) Ha — 1 ball B) Yoʻq — 0 ball 👉2. Yangilikka intilasizmi? A) Ha — 0 ball B) Yoʻq — 1 ball 👉3. Tez-tez yangi kiyimlar xarid qilishni xush koʻrasizmi? A) Ha — 1 ball B) Yoʻq — 0 ball 👉4. Bahona, sababsiz ham feʼlingiz oʻzgarishi mumkinmi? A) Ha — 0 ball B) Yoʻq — 1 ball 👉5. Bola ekaningizda voyaga yetib egallamoqchi boʻlgan kasbingizni uch martadan koʻp almashtirganmisiz? A) Ha — 0 ball B) Yoʻq — 1 ball 👉6. Qiyin masalani yechish paytida tez-tez oʻzingizga boʻlgan ishonch soʻnadimi? A) Ha — 0 ball B) Yoʻq — 1 ball 👉7. Nimanidir kolleksiya qilish bilan shugʻullanasizmi? A) Ha — 1 ball B) Yoʻq — 0 ball 👉8. Soʻnggi daqiqalarda rejalaringizni tez-tez oʻzgartirib turasizmi? A) Ha — 0 ball B) Yoʻq — 1 ball NATIJALAR: ✅6 balldan yuqori: Siz juda tartibli, xalq tilida aytganda, oʻzini bosib olgan insonsiz. Ota-onaga ham, boshliq, doʻstlaringizga ham sira ortiqcha tashvish keltirmaysiz. ✅3 dan 6 ballgacha: Kayfiyatingiz, feʼl atvoringiz tez-tez almashinib turadi. Esingizda boʻlsin, bir xil xarakterga va kayfiyatga erisha bilish hayotda tengsiz omad keltirishi mumkin. ✅3 balldan kam: Nega oʻz kuchingizga ishonmaysiz? Uydagilarga koʻproq suyanish va ish joyi ning oʻzidan yaqin doʻstlar orttirish lozim.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 26-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni. 🌏 Tish choʻtkasining tug’ilgan kuni. #voqealar 🔸Alpinizmning paydo boʻlishi (1492). 🔸Yangi Orleanda birinchi kinoteatr ochildi (1896). 🔸Gollivudda Charli Chaplinning “Oltin vasvasasi” filmining premyerasi (1925). 🔸 Madagaskar mustaqilligi e’lon qilindi (1960). 🔸Kasperskiy Laboratoriyasi kompaniyasi tashkil topdi (1997). 🔸 AQShda Bir jinslilar nikohini roʻyxatga olish shartligi belgilandi (2015). politetraftoretilen #tavalludlar 🔹1730-yil: Sharl Messye (1817) – fransuz astronomi, 14 ta kometani ochgan. 🔹1910-yil: Roy Plankett (1994) – amerikalik kimyogar, politetraftoretilen plastigini ochgan. 🔹1921-yil: Vera Aleksandrova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981).  🔹1950-yil: Oybarchin Bakirova – kinoaktrisa. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#MOTIVATION 😃BAXTLI YASHASH SIRLARI... 🤑Kayfiyatingizni ko'tarish uchun pulni qizg'anmang. 😍Yoqadimi — buni aytish lozim. 😀Buguningiz bilan yashang, chunki «kecha» o'tib ketdi, «ertaga» balki bo'lmasligi mumkin. 🤔Tushunarsizmi, so'rashdan uyalmang. 🙃Uchrashishni istayapsizmi — taklif eting. 😇Nimadir istayapsizmi — so'rang. 🤐Hech qachon bahslashmang. 🤓Tushunarli bo'lishi uchun — tushuntiring. 😌Aybdormisiz — ochiq ayting va o'zingizni oqlashga urinmang. 😐Har kimning o'z haqiqati bor va u har doim ham sizniki bilan to'g'ri kelavermaydi. 👽Ahmoqlar bilan muloqotda bo'lmang. 😘Hayotda eng asosiysi — bu muhabbat, qolgan barchasi — behuda. 🙄Insonning muammosi faqat uning boshida bo'ladi. 🌎Atrofdagi olam mehribon va qahrli emas, u uchun sening bor yoki yo'qliging ahamiyatsiz. 😎Har bir voqeadan maroqlanishning uddasidan chiqing. 😊Yodingizda tuting, hayot siz uchun boshqa takrorlanmaydi. 🌕Atrofdagilar uchun tushunarsiz bo'lmang. 😂Televizor tomosha qilmang, ertakdagidek qo'zichoqqa aylanib qolasiz. 🤗Unutmang, siz hech kimdan hech nima qarzdor emassiz. 😕Boshqalar ham sizning oldingizda hech nimadan qarzdor emas. 🙂Bu hayotda faqat o'zinggagina ishon. 🤒O'zgalarning va'dasiga emas, o'zingning nimani his etayotganingga ishon. 😳Agar kayfiyatingiz yomon bo'lsa, qachon o'lishingiz haqida o'ylang va shunda yomon kayfiyatingizdan asar ham qolmaydi. 🌞UNUTMANG, BUGUNGI KUNINGIZ — hayotingizning eng yaxshi kunidir. !!!
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.