cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MUSLIMA_ONALAR_VA_BOLALAR.

" أحكام النساء و الصبيان " أحكام الشرعية التي تتعلق بأحكام النساء و الصبيان «Аёлларга ҳамда ёш болаларга тегишли бўлган шаръий ҳукмлар!».

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 551
Obunachilar
-224 soatlar
+17 kunlar
-4930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

"Ularning ko'plari aqillarini ishlatmagan kimsalardir" 🎙Abduvali qori Rahimahulloh. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Maruza.mp31.39 MB
YOKI SENI FARZANDLARNING NAFAQASI QORQITADIMI? Axir ularni bir tomchi nutfadan yaratgan Zot rizqini senga tashlab qo‘yarmidi?! وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَاقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ "Bolalaringizni faqirlikdan qo‘rqib o‘ldirmang. Ularni ham, sizlarni ham biz rizqlantiramiz" (Isro, 31). Yoki xotining seni ilm yoki boshqa o‘zing tanlagan yo‘llardan chalg‘itadi, deb o‘ylaysanmi?! Bu borada senga maslahatim - soliha ayolga uylan. Senga "uni topib kel, buni olib kel" deb dunyoga sho‘ng‘itadigan emas, balki Allohni eslatadigan va senga sokinlik va halovat baxsh qiladiganiga uylan. Zero, Butun ummatning tashvishi yelkasida bo‘lgan Nabiy alayhissalomning bir vaqtda to‘qqizta xotinlari bo‘lgan. U kishiga ilk risolat yuki yuklanib, uning og‘irligidan aziyat chekanlarida aynan solihalarning sayyidasi Hadicha onamiz dalda bo‘lganlar. Axir uylanish insonni yaxshilikdani mahrum qilganida, Alloh ta’olo uni shariat qilmas edi. Zero, Alloh ta’olo nikohni sen o‘ylaganday yaxshilikdan to‘suvchi emas, balki buning aksi qalbni sukunat va xotirjamlikka to‘ldiruvchi deb ta’rifladi: خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا "Va sizlarga SOKINLIK TOPISHINGIZ UCHUN o‘zingizdan juftlar yaratgan..." Allohga tavakkal qil, uylan. Ammo o‘tkinchi chiroy, mol-dunyo, nasl-nasablar uchun emas dini uchun uylan... @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
TURMUShDA ENG ASOSIY MASЪULIYaT ERKAKNING BO‘YNIGA TUShADI! Alloh taolo aytadi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنْفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangiz. (Tahrim surasi, 6-oyat). Odatda erkaklar uyda boshliq bo‘ladi, odatda erkaklar buyuradi va qaytaradi. Shuning uchun erkak kishi juft tanlayotgan paytda: gunoh ishlardan, haromdan qaytargan paytda gapiga kiradigan tavhid ahlidan bo‘lgan, mo‘mina ayol tanlashi kerak. Bu ayniqsa xozirgi kunda juda muhim. Chunki islomga xizmat qilish kerak. Allohni dinini oliy qilish uchun kurashish kerak! O‘z oilasi bilan o‘ralashib qolib ketishlik emas. ❗️Tavhid ahlidan bo‘lgan, dindorini tanlang! @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
EY QIZALOG‘IM! بســـــــــم الله الرحمن الرحيم Qizalog‘im Agar bir insonning nasli, ulug‘ligi yoki obro‘si balandligi uchun unga vasiyat qilmay qo‘yilganida, sizga vasiyat qilmagan bo‘lar edim. Lekin vasiyat aqilli odamga eslatma, g‘ofilga esa tanbexdir. Ey Qizalog‘im! Agar biror ayol otasining boyligi uchun ersiz o‘tishi mumkin bo‘lganda, men ersiz o‘tar edim. Lekin ayollar erkaklar uchun, erkaklar ayollar uchun yaralganlar. Ey Qizalog‘im! Siz tinch-totuv yashab turgan axlingizni tashlab, tanimagan bilmagan manzilga, tanimagan kishilar xuzuriga ketmoqdasiz. Kuyovingiz bu xayotda siz uchun podshoxga aylandi! Agar siz unga cho‘ri bo‘la olsangiz sizga qul bo‘ladi! Ey Qizalog‘im! Mendan o‘n vasiyatni yodlab oling, ular sizga ozuqa ham obro‘ bo‘ladi: 1-Qanoatli bo‘ling, qanoat qalbning roxatidir.   2-Eringizga chiroyli quloq solib, chiroyli itoat qiling, Allohning rizosi Qur’on va hadisga amal qilishdadir.   3-Uning ko‘zlari tushadigan yerga e’tibor bering, sizdan xech qachon xunuk narsani ko‘rmasin. (Ayol kishi o‘zida bor ziynatini turmush o‘rtog‘igagina ko‘rsatsin) ziynatning go‘zali surmadir.   4-Dimog‘i sizdan faqat shirin xidlarni topsin, xushbo‘ylikning afzali suvdadir.   5-Xar bir ishda Alloh va Rosuliga itoatda bo‘ling, Din bilan yashang shunda ikki dunyo baht saodatiga erishasiz.   6-Taomlanish va dam olish vaqtiga beparvo bo‘lmang, ochlik inson ichidagi alanga, charchoq esa g‘am-g‘ussadir.   7-Uning ota-ona, qarindoshlarini xurmat qiling, bu go‘zal tadbirdir.   8-Uning molu-mulkini saqlang, bu tartib intizomdir.   9-Uning sirini saqlashga o‘rganing, yo‘qsa uni o‘zingizga dushmanga aylantirib olasiz.   10-Buyruqlariga itoatli bo‘ling, yo‘qsa, qalbini g‘inaga to‘ldirib qo‘yasiz. Va yana uning g‘amgin xolida shodlanishdan shodligida g‘amgin bo‘lib qolishdan saqlaning, chunki uning g‘amginligida shodlanishingiz aqlingiz, kosirligiga dalolat qiladi shodligida g‘amgin bo‘lib olishingiz totuv xayotingizni bulg‘aydi. Unga qanchalar xurmatda bo‘lsangiz sizga shunchalar izzatda bo‘ladi, unga qanchalar kelishimli bo‘lsangiz xayotingiz shunchalar totuv davom etadi. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Dini uchun achinmay, dunyosi uchun achinadigan kimsalar haqida. 🎙Abduvali qori Rahimahulloh. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Maruza.mp32.40 MB
LAA ILAHA ILLALLOH BARCHA ROSULLARNING ILK DAЪVATIDIR بسم الله الرحمن الرحيم Qavmlarni musulmon va kofir deb ajratgan, insonlarni dunyo va oxiratda baxtli-saodatli yoki baxtsiz saodatsizligining yagona belgilovchisidir bu kalima. Bu shunday kalimaki, ota-o‘g‘ilni bir-biriga raqib qilgandir tarix sahifalarida. Bu shunday kalimaki, Nuh (a.s) najot kemasiga minib, jigarbandi o‘g‘lini to‘lqinlarning domiga mahkum etgan. Bu shunday kalimaki, Lut (a.s) ni qutulganlardan qilib, xotinining boshiga osmondan tosh yomg‘irlarini yog‘dirgan va abadiy horlikka giriftor etgan. Bu shunday kalimaki, Ibrohim (a.s) ni otasiga va qavmiga qarshi: “Siz ham otalaringiz ham ochik zalolatdasiz” deb aytdirgan. Bu shunday kalimaki, Muso (a.s) sehirgarlarni mag‘lub qilishiga va sajdaga yeqilib fir’avnga kufr keltirishga undagan. Bu shunday kalimaki, Muso (a.s) va qavmi dengizdan salomat qolishi uchun va fir’avn va lashkarlari dengiz qariga g‘arq bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu shunday kalimaki, Isroil o‘g‘illarini tog‘utdan qutqargan bu kalimaning ustida sabr etishlari kerak edi; qirq yil cho‘llarda sarson bo‘lganlariga sabab, bu kalimaga bo‘lgan xiyonatlari sababidan edi. Bu shunday kalimaki, hamma zodagonlarning, payg‘ambarlariga zulm qilishiga sabab bo‘lgan. Bu shunday kalimaki, Qur’on oyatlari dalolat qilganiday payg‘ambarlarning zaboniy va amaliy da’vatlari asosidir. Bu shunday kalimaki, Zamonalarida qavmlari tomonidan amin (omonatdor, o‘ta ishonchli) deb tanilgan Muhammad sollallohu alayhi va sallamga birdaniga yolg‘onchi, shoir, majnun, sehrgar tamg‘asi urilishiga sabab bo‘lgan kalimadir. Bu shunday kalimaki, Arablarni zalolat va qullikdan qutqarib, yana yer yuzining xalifasi amiri bo‘lishlari uchun sabab bo‘lgan. Yana sanaydigan bo‘lsak, bu kalimaning muhimligini tushuntirsak, minglarcha isbot va dalil keltira olamiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam davrlarida ya’ni, saodat asrida, bu kalima qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘tgan bir necha asrdan buyon bu so‘zning asl mohiyati yo‘qolib ketgan. Ayrim da’vatchilar bu kalimani esdan chiqarib, da’vat varaqalaridan chiqarib yuborishga ham allaqachonlar ulgurib bo‘lishgan. Shirkning yoyilgan eng qorong‘u davrida, ya’ni, hozirgi kunimizda har bir da’vatchining vazifasi va majburiyati bo‘lgan bu kalimaga, uning ma’nosini va shartlarini Qur’on va sunnat manhajiga uyg‘unlashtirib, shunday aniq shaklda tushuntirishi kerakki, toki, da’vatchilar o‘zlarining vazifalarini ado etmay, xoinlardan bo‘lib qolishmasligi uchun. Allohga hamdlar bo‘lsinki, zamonamizda ham bu kalimani tushunib yashashga harakat qilayotgan avlodlar yetishaptilar. Barcha insonlar bu kalimani o‘rganayotgan paytda hozirgi kunimiz voqe’ligiga solishni ham bilishlari kerak. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Shirk haqida eslatma 🎙Shayx Abduvali qori Rohimahulloh. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
SHIRK_HAQIDA_QATTIQ_ESLATMA_Shayx_Abduvali_qori_Rohimah_8R85dTMK.m4a5.89 MB
NEЪMATLARDAN TO‘SUVCHI SIFATLAR, QAYSARLIK VA KIBR! بســـــــــم الله الرحمن الرحيم Qaysarlik va kibr nasihatni qabul qilmaslikning eng xatarli sabablaridir. Bunday odamlarga hatto payg‘ambarlarning xushmuomalaligi va munozarasi kor qilmaydi. Alloh taolo aytadi: ‎قَالَ رَبِّ إِنِّي دَعَوْتُ قَوْمِي لَيْلًا وَنَهَارًا فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَائِي إِلَّا فِرَارًا Nuh dedi: Parvardigorim, albatta men qavmimni kechayu kunduz (iymon-e’tiqodga) da’vat etdim. Ammo mening da’vatim ularga faqat (iymondan) qochishni ziyoda qildi, xolos. (Nuh surasi, 5-6 oyatlar). @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
AYoLLARNI NUR SURASINI YoDLAShI VA UNGA DIQQATLI BO‘LIShI. حفظ واعتناء النساء بسورة النور فقد ورد عن أمير المؤمنين عمر بن الخطاب حينما كتب إلى عماله قوله (تعلموا سورة براءة، وعلموا نساءكم سورة النور). فيها فقه كبير متعلق بأحكام النساء فانتبهوا لها أيها المسلمات. Amirul mo‘minin Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan ishchilariga xat yozgan vaqtda ushbu so‘z vorid bo‘ldi: Baroat surasini o‘rganinglar va ayollaringizga Nur surasini o‘rgatinglar. Nur surasida ayollar ahkomlariga oid katta fiqx bor. Bu suraga e’tiborli bo‘linglar ey muslimalar! Boshqa rivoyatda Umar roziyallohu anhu aytadi: Baroat surasini o‘rganinglar va ayollaringizga Nur surasini o‘rgatinglar, ularni kumush bilan ziynatlanglar. (Sa’id ibn Mansurning sunani). Nur surasida nomusni saqlash, xijob, satr avrat, zino va darra hukmlari bo‘lib, surada ayollar uchun vasiyatlar ko‘pdir. Shuning uchun xos shu surani o‘rgatishga vasiyat qildilar. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Haq davatchi! 🎙Abduvali qori Rahimahulloh. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...
Maruza.mp32.05 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.