cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

Reklama postlari
284
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
-1330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

American Psycho (2000) Syujeti: Film psixologik triller janrida bo'lib, Wall-Streetdagi yosh biznesmen Patrick Batemenni zehniyati buzilib, ruhiy hastalanib qanday qilib aqldan ozganligini ko'rsatib beradi. Patrick tashqaridan juda omadli biznesmen, uchar yigit, lekin shu bilan birga ruhiy hasta bo'lgan serial killer ham. Aktyorlik: Tarmoqlardagi Sigma editlari aynan shu filmdagi Christian Bale ijro etgan Bateman obrazidan olingan. Christian Baleni eng zo'r performanslaridan biri. Bir vaqtni o'zida xarizmatik uchar biznesmen obrazi va psixopat ruhiy hasta serial killer obrazini qoilmaqom ijro etgan. Shunchaki klass. Operatorlik ishi: Film Distopik ruhda, sovuq ranglar fonida olingan. Sirli va havotirli kayfiyat berib turadi sahnalar. Batemanni ichki dunyosini, bir psixopatni ichki kechinmalarini ochib bera oladigan qilib ishlangan. Rejissura: Meri Xarron ishlagan bu film nafaqat bir biznesmendan psixopatga aylanish hikoyasini, ayni damda usha davrdagi siyosiy va ijtimoiy muommolarni ham ko'rsatgan. Ijtimoiy tengsizlik, krizislar, har yerda boy bo'lish oson degan treninglar, tovlamachilik va korruptsiya kabi muommolarga "Black Humor" uslubida signal qilib ketilgan. Musiqasi: Filmning saundtreki o‘sha davrning mashhur qo‘shiqlaridan biri bo'lgan Fill Kollinzning "In the air tonight" tanlangan. Patrick Batemanni xarakterini ifodalab beradigan musiqalar va atrofga sirli, tashvishli kayfiyat berib turadigan fon musiqalar qo'yilgan. IMDB: 7.6 ball Khamidoff: 8.0 ball @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

👍 5🔥 1🤔 1
Humanizm falsafasi Humanizm insonni markazga qo'yadigan fikrlash tizimidir. Insonni qadr-qiymatini, salohiyatini baholash, erkinlikga, baxtga intilishiga yordam berishga qaratilgan tizim. Inson tabiatni bir qismi va ayni damda olamning markazi inson deb qarashadi. Humanizmni Insonparvarlik desak bo'ladi. Humanizm tarixan qadimgi yunon va rimliklar davriga borib taqaladi. Yunon faylasuflari insonni doim bilim va ezgulikga intilishiga qarab ilk humanistik fikrlarni o'rtaga surishgan. Rönesans davrida esa shu g'oya yanaqa qayta tiklanib, keng miqyosda tarqaladi. Humanizm mantig'i esa esa haqiqatga aql orqaligina yetishish mumkin deb qaraladi. Tanqidiy fikrlashga asoslangan va shu bilan birga aql va hissiyot o'rtasida balansni ushlab turishga ham chaqiradi. Har bir masalani chuqur o'rganib tanqidiy va ijobiy jihatlariga qarab baho berishlari kerak deb bilishadi. Humanizmning falsafiy tizimi insonga qaratilgan axloqiy normalarga asoslanadi. Insonni qadrlash tamoyili asosida shakllangan humanistik tafakkur odamlarni hurmat qilish va ularning huquqlarini himoya qilishni targ'ib qiladi. Bu odamlarning iroda erkinligiga ega ekanligi va o'z hayotlarini o'zlari belgilashlariga haqli ekanligini ta'kidlaydi. Humanizm zamonaviy dunyo tushunchalariga eng katta ta'sur o'tkazgan falsafiy qarashlardan biri. Humanistik fikrni san'at, adabiyot, fan va siyosat kabi ko'plab sohalarda topish mumkin. Rönesans davri humanizmning san'at va adabiyotga katta ta'sir ko'rsatishiga sabab bo'lgan. Mashhur humanistlar orasida Erasmus, Tomas More, Mishel de Montaigne kabi faylasuflarni keltirishimiz mumkin. Bu mutafakkirlar asosiy e’tiborni insonning erkinlik va tenglikka intilishiga qaratganlar. Masalan, Tomas Morening “Utopiya” asari ideal ijtimoiy tuzumni tasvirlash orqali humanistik falsafani ko'rsatib bergan. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

👍 4
Porto - Portugaliya 🇵🇹 Portu Portugaliyaning eng katta ikkinchi shahri va eski poytaxti. Tabiati va Tarixi jihatidan esa eng chiroyli shahri. Tabiati: Atlantika okeanini qiyilarida, Douro daryosini yam yashil tepaliklarida joylashgan. Shaharni sohil qismlari plyajlar bilan o'ralgan, Yozgi ta'til uchun eng ko'p tashrif buyuriladigan joylardan biri. Duoro daryosi bo'ylab qayiqda kezib portu tabiatini his qilish mumkin. Tarixi: Portu Qadimgi Rim Imperiyasi davrida qurilgan bo'lib shaharni katta qismi UNESCO merosi ro'yxatiga kiritilgan. Ribeyra ko'chasi, Porto Cherkovi va Klerigos minorasi shaharni eng tarixiy inshoatlaridan. Casa De Musica va Serravalves muzeylari orqali esa Portu tarixini yanada batafsilroq anglash mumkin. Madaniyati: Portugaliyani asl madaniyatini faqat Portu shahridagina his qilish mumkin deyishadi. Fado musiqasi ko'chalarda haqiqiy Portugalcha kayfiyat berib turadi. Portu taomlari ham Portugalcha eng mazzali dengiz taomlarini taqdim qiladi. Qiziqarli joylari: Livraria Lello da Harry Potter ni sehrli diyori Hogwarts eslatuvchi kutubxona mavjud. Yana Dom Luis ko'prigi shaharni ramzi hisoblanadi. Yana dunyoni eng eski restorantlaridan biri Cafe Majestic bor, tarixda Elita oilalar siyosiy iqtisodiy masalalarni aynan shu restorantda hal qilishgan. Daromad va Xarajatlari: Portu iqtisodiyoti asosan Turizmga tayanadi. Shu sababli boshqa Portugal shaharlaridan biroz qimmat bo'lsada umummiy Yevropa shaharlaridan ancha arzon. Oylik xarajatlari 1200yevro bo'lsa, o'rtacha maoshlar 1400 yevroni tashkil qiladi. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Eternal Sunshine of the Spotless Mind (2004) Syujeti: Film, Joel (Jim Kerry) va Clementine (Keyt Winslet) nomli ikki juftlikni xotiralarini o'chirishlaridan boshlanadi. Joel u bilan o'tqazgan xotiralarini unutish uchun Lacuna nomli xotiralarni o'chirib beruvchi korxona bilan kelishadi. Lekin vaqt o'tib har qanday xotirani o'z o'rni borligi, inson shaxsiyati shu xotiralarni jamlanmasiligini tushunib yetadi. Film boshida romantik janrdek tuyulsa ham aslida falsafiy psixologik uslubda davom etadi. Xotiralarni inson shaxsiyatiga bog'liqligini, o'tmishi bilan yuzma yuz kelib haqiqatlarni ko'ra olish muhimligini ko'rsatib beradi. Voqealar rivoji bir biriga juda mos ulangan, ham komediya, ham drama, ham psixologik travmalik sahnalar bilan davom etadi. Aktyorlik: Jim Kerryning eng jiddiy roli shu bo'lsa kerak. Ayni damda IMDBda eng yuqori ball olgan filmi ham shu. O'z odatiy uslubidan boshqacharoq rollarni ijro eta olishini ham ko'rsatgan. Titanik filmidagi Rose obrazi bilan mashhur Keyt Winsletni ham eng yuqori performansi shu bo'lsa kerak. Filmni asosiy energiyasini u jonlantirgan obraz Clemantine ijro etgan. Operatorlik ishi: Joelni hayoliy fantaziyalarini, xotiralarini shundoq his qilib, birga u bilan yashagandek kayfiyat bera olgan. Bu film orqali haqiqatda ong osti dunyosiga sayohat qilish mumkin : ) Rejjissura: Michel Gondry hayol kuchi orqali hotiralararoq sayohat qilishni vizual uslubda ko'rsatib bera oladigan asar yaratgan. Oddiy bir Romantik filmdan qiziqarli psixologik, falsafiy qarashlarni ham ko'rsatib berish mumkinligini isbotlab bergan. Bir filmda ham juda komediya ham juda ta'sirli sahnalar ishlash mumkinligini isbotlagan. Musiqasi: Bastakor Brionning soundtrack va fon musiqalari filmni kayfiyatini muxlislarga yetqazib bera olishga asosiy yordamni bergan. Ayniqsa ta'sirli sahnalaridagi fon musiqasi o'ta proffesional ishlangan. IMDB: 8.3 Ball Khamidoff: 8.8 Ball @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Narsisizm falsafasi Narsisizm - inson o'zini o'zi yaxshi ko'rishi, hurmat qilishiga asoslangan fikrlash tizimi desak bo'ladi. Qadimgi Yunon mifiologiyasidagi qahramon Narcissus nomidan kelib chiqgan va odamlarni o'z qadrini bilishga, o'ziga ishonchini oshirishga qaratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari tomonidan boshlangan va kunimizda psixologiya va sotsiologiya kabi fanlarda bu tizimni keng o'rganilib kelinmoqda. Narsissizm inson o'zini anglashda va erkinlikga chiqishda eng muhim vositalardan biri deb qaraladi. Lekin qanchalik o'z-xohish istaklariga e'tibor qaratsa ham boshqalarga befarqlik bo'lish, kerak bo'lsa boshqalarni o'z maqsadida manipulatsiya qilishga ham olib kelishi mumkin. Narsistlar doim o'zini va boshqalarni hayratda qoldirishni istashadi. Lekin me'yori bo'lmasa foydasidan ko'ra salbiy jihatlari ko'proq bo'ladi. Qadimgi yunonlar narsisizmni salbiy odat deb qarashgan lekin 20-asrga kelib mashhur psixoanalitik Zigmund Freyd undan insonni ruhiy tomonidan rivojlantiradigan tizim deb qaragan. Narsisizm mantig'i inson o'zini anglash, o'z shaxsiyatini topishga asoslangan. O'z potensialini ko'rsata olish, qadrini bilish, o'ziga ishonchni ortirishni maqsad qilgan. O'z egosidan foydalana olishga qaratilgan. O'z potensialini topishga va undan to'liq foydalanishga Imkon bersada boshqalarga empatiya qilmaslik va salbiy axloqiy muommolar yuzaga kelishi mumkin. "G'alaba olib boradigan yo'lda hamma narsa mumkin" degan shiorga ergashishadi va ijobiy salbiy jihatlarga qaramay faqat natijaga erishishga e'tibor qaratishadi. Skeptiklar Narsistlarni ko'p xavfli tomonlari bor deyishadi. Tanqid qabul qilmaslik, toqatsiz va tajovuzkor ruhiyat paydo bo'ladi deyishadi. Natijada esa reallikdan uzoqlashishadi va kerakli tanqidlarga e'tibor bermasdan muvoffiqiyatsizlikga qarab ketishadi. Xulosa qilib aytsak, Narsisizmdan shaxsiy rivojlanishda o'zimizga ishonchinizni baland qilishda foydalanishimiz mumkin lekin "oltin o'rtalik"ni topmasak salbiy oqibatlarga olib keladi. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Barselona - Ispaniya 🇪🇸 Barselona - Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida, O'rtayer dengizi sohilida joylashgan shahar. Go'zal tabiati, uzoq tarixi, boy madaniyatiyu o'xshashi yo'q arxitekturasi bilan eng ko'p tashrif buyuriladigan shaharlar ro'yhatidan o'rin olgan. Tabiati: Aynan Barselonada O'rtayer dengizini kayfiyatini sezish mumkin. Palmalarga to'la plyajlari, shahar atrofini o'ragan yam yashil tepaliklari Ispaniyadagi eng maftunkor muhitni beradi. Yana shahar tashqarisidagi Collserola tepaliklarida tog' safarlari ham uyushtirish mumkin. Tarixi: Aragon qirolligini markazi bo'lgan Barselonada Gotika arxitekturasini eng go'zal namoyondalarini ko'rish mumkin. Yana dunyodagi eng mashhur arxitektor dizayner Antoni Gaudini ishlari Barselonani dunyodagi eng qiziqarli binolarga ega shaharga aylantirgan. Madaniyati: Barselona Kataloniyaning Poytaxti. Aragon qirolligi Kastiliya bilan birlashuvi oqibatida shahar Ispaniya hokimiyatiga kirgan. Lekin Katalon tili va madaniyati haligacha saqlanib qolingan. Qiziqarli joylari: La Sagrada Familia cherkovi shaharni ramzi hisoblanadi. Yana Gaudining boshqa asarlari Park Guell va Casa Batllo binolari ham eng ko'p tashrif buyuriladigan joylar qatorida. Las Ramblas ko'chasida esa deyarli har hafta festivallar va ko'cha sa'natlari o'tkazilinadi. Camp Nou Stadioniga esa dunyoni har tarafidan Futbol muxlislari faqat shu stadionni ko'rish uchun ham kelishadi. Barselona sport turizmidan eng ko'p daromad ko'radigan shaharlardan biri. Xarajat va daromadlar: Barselona Ispaniyaning eng ko'p turist tashrif buyuradigan shahri va shu bilan birga eng qimmat shahri hamdir. O'rtacha oyiga 1700$ xarajat bo'lsa, o'rtacha oylik daromad 2000$ dir. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

The Shining filmi (1980) "The Shining" filmi Stephan Kingni shu nomli romaniga asoslangan va o'z davrini eng kuchli rejjisyori Stanley Kubrick tomonidan suratga olingan klassik Horror filmdir. The Shining filmi psixologik horror filmlarini yangi darajaga olib chiqgan va o'zidan keyingi barcha horror filmlariga ilhom manbayi bo'lib kelgan. Syujeti: Hikoya Jack Torrance ismli yozuvchi qishda rafiqasi Vendi va o'g'li Denni bilan Overlook mehmonxonasiga tashrif buyurishi bilan boshlanadi. Lekin mehmonxonadagi o'ta sokin va sirli muhiti, paranormal voqealar Jekning ruhiy holatiga salbiy ta'sir o'tkaza boshlaydi. Film psixologik triller janrida davom etib, paranormal sahnalar ortib, tamoshabinni havotir va hayajonli holatga solib qo'yadi. - Aktyorlik: Jack Torrance obrazi Jek Nikolsonning eng yaxshi performanslaridan biri bo'ldi va aktyorni ko'p qirralarini kashf qilishga yordam berdi. Jack obrazini yashagan qo'rquvini tamoshabinga his qila oldirgan. Shizofren, psixologik travma olgan insonni holatini, ichki o'ylarini eng yaxshi tasvirlab berilgan filmlardan biridir The Shining, - Operatorlik ishi: Filmda joylar to'g'ri tanlanilishi, yorug'lik va kamera burchaklarga joylashtirilganligi keskinlikni va paranormal atmosferani berib turadi. Ayniqsa, mehmonxona koridorlaridagi Jackni kimlardir tarafidan kuzatilayotgandek bo'lgan hissiyotini tamoshabinlarga ham yashata olgan. - Rejissyorlik ishi: Stenli Kubrik "The Shining" filmi bilan yana bir bor o'z rejissyorlik mahoratini namoyish etgan. 20asr oxirlarining eng yaxshi rejjisyura va kino tarixidagi top 3 talikda turadigan rejjisyorligini hisobga olsak ortiqcha tarifga hojat yo'q. Bu Horror filmidan keyin har qanday janrda kino olaoladiganligini isbotlagan. - Musiqa: Saundtrek va fon musiqalari Vendi Karlos va Reychel Elkind tomonidan yaratilgan. Ayniqsa fon musiqalari 80-yillarni qo'rquv hissini ifodalaydigan iconga aylangan. Tamoshabinda qo'rquv hissini uyg'ota oladigan va beixtiyor qahramon o'rniga o'zini qo'ya oldiradigan darajada puxta ishlangan. IMDB: 8.4 ball Khamidoff: 9.0 Ball @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Qanday qilib dunyo xaritasini osonroq o'rganish mumkin? - Google Maps orqali: Eng samarali usul bu albatta Google maps orqali o'rganish. Dasturni ochasiz, sputnik qismini yoqib olsayiz real olingan suratlari bilan yerni ko'ra olasiz. Dunyo huddi qo'lingizga tushib qolgandik. Qidiruv bo'limiga istagan davlatingizni yozing qayerda joylashganini shundoq ko'rsatadi, qisqa ma'lumot ham yozib qo'ygan bo'ladi u davlat haqida. Yaqinlashtirib yoki 3D, Pov qilib shaharni kuzatishingiz mumkin. Bu Atlas karta titishdan ko'ra ancha qiziqarliroq. Ko'proq qiziqarli joylar orqali qidirsangiz yanada ko'proq eslab qolasiz. Masalan qidiruvga Fransiya emas Eyfel minorasi deb yozasiz, uni 3D holatda kuzatasiz, ham Eyfelni, ham parijni, Ham fransiyani qayerda joylashganini bilib olasiz. Futbol Stadionlari, Osmono'par binolar, aqlingizga kelgan, borishni istaydigan joylarni yozing shunda tezroq o'rganib olasiz. - O'yinlar orqali: Europe Universalis IV va Heart of Iron kabi streotegik urush o'yinlari bor. Xarita bilan o'ynaladi, istagan davringizni tanlaysiz o'rta asrlar, 2 jahon urushi hokazo va bir davlatni tanlaysiz Nazi Germaniyasi, Napaleon Fransiyasi, Usmoniylar qaysi davrni tanlaganingizga qarab davlatlar chiqib kelaveradi. O'yinni boshlaysiz, Jonli xarita bilan o'ynaysiz, poytaxtingiz muhim shaharlaringiz bo'ladi. Xarita bilan birga ekanomika, jang strategiyasi, tarix, resurslardan unumli foydalanish haqida bilimlaringiz ham o'sib boraveradi. Yoki ilgari davlatlarni joylashuvini, bayrog'ini va poytaxtini topish o'yinlari bo'lar edi. Quiz shaklida random bir savol beradi uni topishingiz kerak bo'ladi. Shu o'yin bilan qanchalik xaritalar esingizda qolganini tekshirib olishingiz mumkin. Futbol orqali: Ko'p Futbol muhlislarini bilaman Bayroqlarni, davlat poytaxt va shaharlarini ancha buncha geograflardan ko'ra yaxshiroq biladi. Ayniqsa bayroqlar bo'yicha Futbol muhlislaridan ko'ra yaxshiroq biladiganlarni tanimayman. Sharhlar orqali, Matchlar, sevimli jamoasi haqida ma'lumotlar orqali ancha narsani o'rganib qo'yish mumkin. Adabiyot orqali: Bu usul bonus tariqasida chet ellik kitobsevar blogerlardan o'rgangan edim. 1ta Dunyo xaritasi olasiz, Yaxshi ko'rgan, o'qigan asarlaringizdagi personajlarni yoki yozuvchilarni olib u kelib chiqgan davlatni topib xaritaga yopishtirasiz. Dostoyevskiyni Rossiyaga, Kichkina Shahzodani Fransiyaga, Kafka ni Chexiyaga, Remark Gyote Dante larni Germaniyaga, Shekspirni Angliyaga yopishtirasiz. Qarabsizki ham xaritalarni qiziqarli uslubda o'rganasiz, ham ajoyib kolleksiyaga ham ega bo'lasiz. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Skeptitsizm falsafasi Skeptizm - odamlarning bilim va ishonchga shubha bilan yondashishni targ'ib qiluvchi falsafiy qarashdir. Har qanday da'volarga shubha bilan qaraydigan, biror ma'lumotni rost yoki yolg'onligini so'roq ostiga qo'yiladigan falsafiy pozitsiyadir. Skeptizm tarixi Antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon faylasufi Pirro ana shu tafakkur oqimining ilk faylasuflaridan biridir. Pirroning fikricha, odamlar hech qachon haqiqiy bilimga erisha olmaydi, chunki bizning tasavvurlarimiz doimo o'zgarib turadi va har bir kishi turli xil qarashlarga ega. Ya'ni har kim o'z haqiqatiga ega. Shu sababli, Pirro, aniq-rost bilimdan ko'ra, qulaylik va tinchlikni izlashga e'tibor qaratish muhimroq ekanligini aytadi. Mantiqiy nuqtadan qarasak, skeptitsizm dalillarni shubha ostiga qo'yish va noto'g'ri, yolg'on ma'lumotlarni yolg'onligini ochib berish uchun ishlatiladi. Skeptiklar doim har qanday ma'lumotga shubha ostiga qo'yib so'roqlaydilar, shu sababli har qanday dogmatik g'oyalarga shubha bilan qarashadi. Falsafiy tizimlarni yaratishda skeptitsizm ham muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, zamonaviy falsafaga asos solgan Dekartga skeptitsizm katta ta’sir qilgan. Dekart "O'ylayapman, demak men borman" deb individual bilimga bo'lgan ishonchini shubha ostiga qo'yadi va o'zida skeptik qarashlarni shakllantiradi. Skeptizm merosi zamonaviy fan va falsafaga katta ta'sir ko'rsatdi. Skeptik qarash ilmiy usullardan biri deb qabul qilindi va tajriba, dalillar orqali haqiqatga erishish yo'lida eng muhim vosita deb qaraldi. Bundan tashqari, postmodernizm kabi falsafiy oqimlar ham skeptitsizm ta’sirida bo‘lgan. Postmodernistlar haqiqatni ob'ektiv ekanligiga ishonmaydilar va har bir kishi haqiqatni turlicha idrok etadi deb qaraydilar. Skeptik falsafa tanqidiy fikrlash, dogmatik qarashlarni sindirishga o'rgatsa ham, meyoridan chiqib ketilsa zararli qarashlarga ham sababchi bo'ladi. Haqiqatni butunlay inkor qilishga, hech narsaga ishonmaslikka olib keladi va insonda pessimistik ruhiyat shaklanishiga sababchi bo'ladi. Shu sababli balansni saqlagan holda foydalana olsakgina foydali bo'ladi. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Nitsa - Fransiya 🇨🇵 Nitsa Fransiyaning janubida joylashgan, o'rtayer dengizidagi port shahardir. Tabiati: O'rtayer dengizida joylashgani sababli Palmalarga to'la plyajlar va dengiz to'lqinlari bilan ajoyib manzara hosil qiladi. Dengiz bag'rida joylashgan Promenade Des Anglais piyodalar yo'lagi dunyodagi eng go'zal manzarali yo'laklardan biri hisoblanadi. Yana Merkantur Milliy bog'ida ham Nitsani yam yashil tabiatini his qilish mumkin. Tarixi: Nitsa Qadimgi Rim Imperiyasi davrida qurilgan va Imperiyaning eng muhim port shahri bo'lgan. O'rta asarlarda mayda qirolliklar tarafidan boshqariladi va nihoyat 18asrda Fransiya o'z hududiga qo'shib oladi. Shu kundan boshlab Nitsa Fransiyaning eng muhim port shahri bo'lib kelmoqda. Madaniyati: Nitsa kosmopolit shahar bo'lib Fransuz, Italian va Monako madaniyatini qorishmasini ko'rishimiz mumkin. Nitsa Opera teatri, Massena muzeyi va Vieux ko'chalari orqali Nitsa madaniyati bilan yaqindan tanishish mumkin. Qiziqarli joylari: Nitsa Fransiyaning eng ko'p turist tashrif buyuradigan shaharlaridan biri. Asosan Dengiz turizmi rivojlangan. Lekin Colline de Chateau nomli qal'asi kabi yuzlagan tarixiy obidalar ham mavjud. Yana Matiss va Mark Chagall sa'nat muzeyida Yevropaning eng noyob asarlarini uchratish mumkin. Xarajat va Daromadlar: Nitsa iqtisodiyoti Turizmga tayanadi va aholini aksar qismi Turizm sektorida ishlaydi. Shu sababli restorant va mehmonxona narxlari biroz balandroq. Nitsada o'rtacha oylik yashash xarajatlari 1600$ bo'lsa, o'rtacha oyliklar 2500$ tashkil etadi. @khamidoff_bobur
Hammasini ko'rsatish...

Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.