cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Samarqand | Toyloq tuman IM

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
375
Obunachilar
-124 soatlar
+17 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 🗓 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. 📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📥 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi; ➖ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma. 🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi. Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar. ✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart. 📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❓PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 1-bosqich kirish imtihonlari — matematika fanidan jami 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi: 1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa); 2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa); 3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
⏱Eslatma, 1-bosqich imtihonlarida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Самарқандда ихтисослаштирилган таълим муассасалари учун имтиҳонлар бошланди ——- Samarqandda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun imtihonlar boshlandi Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/6xz Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.