cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Fikriyat.

Post olinganda manba koʻrsatilsin. https://t.me/+eBnTEMe4-ShiNjMy https://t.me/Universal_thoughts

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
395
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bu dunyoda hech narsa yolgʻiz, tanhomas. Hamma narsaning oʻz jufti, yoʻldoshi, hamrohi bor, Alloh Taolo tahno zot, xolos. Uning yaratiqlarining barchasi oʻz jufti, oʻxshashiga ega. Bundan juda koʻp xulosa chiqarish mumkin. Yer sayyorasi oʻz atrofida yagona emas, unga tunlarida yorugʻ nur taratib turuvchi Oy yoʻldosh. Boshqa sayyoralarning ham kattayu kichik oʻz yoʻldoshlari mavjud, hatto ba'zilarida yuzlab. Quyosh ham yagona emas. U goʻyoki bir oila egasi. U markazda, atrofida izdoshlari uning atrofidan aylanib, yoʻliga ergashadi uzoq galaktik sayohat boʻylab. Quyosh 225 mln yilda Somon Yoʻlini bir aylanib chiqadi. Aqlga sigʻmas muddat bu. Bu vaqt davomida sayyoralar o'rdak bolalaridek uning himoyasi ostida oʻz orbitalari boʻylab unga ergashgancha sayohat qilishadi. Boshqa yulduzlarda ham shu hol takrorlanadi. Kattaroq oʻlchamlarda esa bu ajib tartib galaktikalar harakati bilan takrorlanadi. Ularning oʻz himoyachisi Qora tuynuk ogʻasi bor. Ular ham borliq boʻylab sayohat qiladi, bu jarayonda ular Qora tuynuk atrofida aylanadi. Undan kattasi borliq - universe. Bu haqida ilm-fanda hali aytarli maʼlumot yoʻq. Lekin taxmin qilsa boʻladiki, borliqlar yagona emas, ehtimoliy hisobsiz. Qizig'i ular ham harakatda, toʻgʻrirogʻi kengayishda.. Qayoqqa qarab kengayish deyilsa - bunisi bizga qorongʻu. Biz insonlar mana shu gigantlar ichida ong ilgʻamas mayda zarralarmiz. Lekin koinotdan farqli oʻlaroq, bizning harakatlarimizda tartib va izchillik yoʻq. Biz mezonga ergashmay qoʻydik, o'zbilarmonlarcha. Yaratganga osiylik qilmoqdamiz. U bunyod etgan tartibga boʻysunishdan boʻyin tovladik. Biz tartib ichida betartiblik hosil qilishni xush koʻruvchi mayda zararkunanda mavjudotlardan oʻzgasi emasmiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 3 2🕊 2
Kuchli insonlardan kuchli farzandlar dunyoga keladi. Mana bu olim oʻshanday kuchli farzandga namuna. Muhammad Asad ismli oʻtgan asrning daho musulmoni haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Men hurmat qiladigan top 10 ta musulmon intellektuallardan biri boʻladi M. Asad. Professor, antropolog va mutafakkir Talal Asad esa uning oʻgʻli ekanligini hozir bildim toʻgʻrisi. Lekin bu inson bilan anchadan beri tanishman. Kitoblari zoʻr. Muhammad Asad umrini islomga bagʻishlagan juda kam sonli, tagʻin yevropoid irqiga oid musulmonlardan biri. Otasi 92 yoshida vafot etgan. Oʻgʻli hozir 92 yoshda ekan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 16 1
Ijtimoiy jarayonlar oʻzgarmoqda Jamoatga, koʻpchilikka bogʻlanib qolish yomon. Buning ta'siri ayni shu bogʻliqlik va aloqadan mahrum boʻlinganda seziladi. Xuddi shunday odamlarni ichiga qoʻshilib yurishdan, davralarda sururlik va zavq tuyib yurishdan huzurlanadiganlar kutilmaganda yakkalanib qolsa, oʻzida jiddiy psixologik va ruhiy kemtikni sezishi mumkin. Yoki boʻlmasa uzoq vaqt shaharda, odamlarning gavjumligi ichida yashab kelgan, bir on boʻlsa-da yolgʻizlik his etmagan kimsa qoʻqqisdan qishloq hududida, odamlar siyrak, kam joylashgan yerda yashay boshlasa, salbiy ta'sirni yaqqol sezadi. Darhol oʻzini yolgʻiz his eta boshlaydi. Oʻzini keraksiz, hayotini ma'nosiz, umrini mazmunsiz, biror maqsadi yoʻqdek tasavvur eta boshlaydi. Bu ham texnologiya ortidan kelib chiqqan jiddiy ijtimoiy kasalliklardan biridir. Hali men ijtimoiy tarmoqlardan chekinish keltirib chiqaradigan yolgʻizlikni gapirmadim. Shunchaki zamonaviy va nisbatan rivojlangan shahardan chekinish insonga qanchalik ogʻir zarbalar berishi mumkinligini eslatib oʻtyapman. Inson har doim ham pul dardida yashamaydi. Uni pul bilan birga, unga hamohang, yonma yon yuradigan yaqin hamrohlar davrasi, koʻpchilik bilan iliq munosabatlar rishtasi, huzur-halovat va qoniqish, mamnunlik manbayi boʻlgan shaharning gavjum markazlari ham birdek oʻziga jalb etadi, qiziqtiradi. Bunday holda puldan mahrum boʻlishni narigisi orqali qoplash mumkin. Ammo narigisidan (chuqur ijtimoiy bogʻliqlik) dan mahrumlikni pul bilan qoplab boʻlmaydi. Shu vajdan inson yolgʻiz yashashni bilishi, chuqur ijtimoiy munosabatlarga tobelanishdan saqlanishi maqsadga muvofiq. Umuman olinsa, texnologiya zamonida ijtimoiy tarmoqlar bir yon, zamonaviy shaharning realligi bir yon qilib ajratib boʻlmaydi. Soʻnggi vaqtlarda ikkalasi birlashib, qorishib ketganining guvohi boʻlyapmiz. Odamlar koʻp toʻplanadigan parklar, avenyular, tarmoqlar xiyobonlarda qisqa kontentlar olish urfga kirdi. Menimcha bu trend bundan buyogʻiga faqat ommalashadi, kuchayadi. Keyingi oʻn yillarda odamlarning oʻzi bu kabi ijtimoiy yengil yelpi jarayonlarning zararini oʻz koʻzi bilan koʻrib, unga qarshi chora izlay boshlaydi. Bugun qishloq zonalaridan shaharlar tomon ming-minglab yoshlar koʻplab balandparvoz maqsadlar ilinjida oqib bormoqda. Shahar hayoti bilan chuqur tanishish dastavval unda mahalliy madaniy shokni keltirib chiqarsa ham, xiyol oʻtib uni oʻziga ohanrabodek yopishtirib qoʻyadiki, asli maqsadi oʻqish, qishloqdoshlari uchun har qanday manfaat keltirish boʻlgan yosh shaharning serjilo to'rlari ichiga oʻralashib, oshib borayotgan trend ichiga kiradi: koʻproq pul topish, shahardan uy olish, tarmoqlarda u bu kontent, dasturlarni yoʻlga qoʻyish, odamlarfa tanilish, nimadir yangi biznes ochish vasvasasi uning ong-u shuurini asir etadi. Oʻzining pastroq potensiallari yoki boshqa moddiy va background tajribalari bunga izn bermagan koʻp sonli yoshlar esa oʻz oʻzidan chuqur ijtimoiy ruhiy iztirob va g'ussa girdobiga tushadi. Eng qizigʻi bu jarayon jamiyat sezimlaridan tashqarida sodir boʻladi. Va oʻzining ta'sirini uzoq yillar fonida namoyish etadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7💔 2
The Qur’ān tells us that on the day of judgment, father - son relationships will be of no use (31:33, yawman lā yajzī wālidun ʿan waladihi walā mawlūdun huwa jāzin ʿan wālidihi shayan). And yet we find throughout the Qur’ān that prophets and the holy ones pray for righteous children. In the case of the prophet Ibrahīm, he seeks guidance and a son (37:99 - 100, sayahdīn, rabbi hab lī mina l-ṣāliḥīn). We see that the prophet Zakarīya wishes for a righteous son too (19:5-6, fahab lī min ladunka waliyya, yarithunī wayarithu min āli yaʿqūba wa-ij'ʿalhu rabbi raḍiyya). In the case of the prophet Ibrahīm, we read that his father’s faith drove him to try to kill, or at least threaten, Ibrahīm (by stoning) - for insulting their ancestral ‘gods.’ (19:46, arāghibun anta ʿan ālihatī yāib'rāhīmu la-in lam tantahi la-arjumannaka). Prophet Ibrahīm too was about to kill his own son Isma’īl (or Ishaq as some believe) for upholding his faith (37:102, innī arā fī l-manāmi annī adhbaḥuka). The prophet Ibrahim, being one of the greatest human-beings and being from the ‘ul al-’azm min al-rusul, would have had no hesitation in following God’s command. But unlike the blind faith of his father, Ibrahim’s faith was based on justice. And in one of the most beautiful aspects of the story of Ibrahim’s sacrifice, the great prophet asks Isma’īl for his opinion (37:102, fa-unẓur mādhā tarā), to which Isma’il dutifully replies with his willingness to partake in whatever God has commanded (qāla yāabati if'ʿal mā tu'maru satajidunī in shāa l-lahu mina l-ṣābirīn). In other words, although the prophet Ibrahīm knew what had to be done, justice demanded that the sacrifice happen after his son agreed to it. In essence, although Ibrahīm saw the dream, the dream could only come into effect with the acquiescence of the son. Isma’īl’s consent could be then seen as the answer to the prophet Ibrahim’s original prayer when he asked God both for guidance and for a son. Indeed, our relationships in the dunya are precious, only if they are bonds strengthened by faith. In a quote attributed to Imām J’āfar al-Sādiq, the Imām explains ‘falammā aslamā’ (37:103) with the following - the prophet Ibrahīm left the love of his son and his son left the love of the dunya. (C) Aanand Krishnan Iyd ad-Adho muborak boʻlsin. Duolarimizni qabul aylasin. Eng avvalo butun musulmonlarga ofiyat bersin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2
"Inson o'z botiniy urushining betaraf tomoshabini emas, aksincha, u o'zi tanlagan tanlovi ila urushda tomonlardan birining manfaati uchun harakat qiladigan qo'mondonga o'xshaydi. Inson nafaqat tanlash huquqiga ega, balki tanlashga majbur hamdir, ekzistensialistlar jargonida aytganda, u erkin bo‘lishga mahkumdir. Agar bir kun biz boshqa umuman tanlov qilmaslikka qaror qilsak ham, bu bilan biz aslida tanlash harakatini o'z zimmamizga olgan boʻlamiz. Ya'ni biz tanlamaslikni tanladik yoki boshqacharoq aytganda, tanlamaslik uchun qaror qildik. Biz hech qachon bir lahzaga boʻlsin tanlov qilishdan o'zimizni tiyganimizni tasavvur eta olmaymiz. Shubhasiz, bu tanlov doirasi bizning ongli va ixtiyoriy harakatlarimiz va xatti-harakatlarimizdir; ba'zilar oʻylaydigandsk, bizning genetik va ekologik atributlarimiz emas. Masalan, biz otamizni, onamizni, irqimizni yoki rangimizni oldindan tanlamaganmiz. Holbuki, ijtimoiy xulq-atvor va munosabatlarimizda biz mudom tanlash va ixtiyor etish holatidamiz. Aynan shu xilma-xil tanlovlar va ixtiyorlar orqali biz o'zimizni quramiz, buzamiz va qayta quramiz. Biz o'zimizni tadqiq qilamiz. Biz o'zimiz haqida yangi tavsif va hisobni qo'lga kiritamiz. Biz yana bu tavsifni rad etamiz va boshqasini qabul qilamiz. Shu tarzda, biz o'zimizni quramiz va "qayta yaratamiz"." (C) Sayyid Hasan Islomiy, “Imom Humayniy nuqtai nazaridan axloq va siyosat”
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 3
Tojikistonning eng baland nuqtasi: Ismoil Somoniy choʻqqisi, 7489 m. (Bular hamma narsaga Somoniyni nomini berganiga ajablanmaslik kerak). Yer yuzidagi eng katta abadiy muzliklardan birida joylashgan bu togʻ. Bu ularning eng katta boyligi. Juda katta miqdorda chuchuk suv zahiralari mavjud. Bu yer erisa Oʻrta Osiyo rostakamiga cho'llashi mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4🕊 1
Insoniyat 19-asrda inqilobiy oʻzgarishlarni boshdan kechirgani bizga maʼlum. Oʻsha oʻzgarishlar tartibli ish vaqtining joriy etilishi bilan xarakterlanadi. Odamlarning ishga koʻmib yuborish, fikrimcha, ularni marosimlar, qadimiy urf-odatlardan uzib qoʻygan eng katta omil boʻlsa kerak. Oʻylab qolaman, odamlar eski davrlarda jamoa boʻlib, umumiylikda (community), jamlikda yashashgan. Hozirgidek asllik, originallik, oʻzlik, individuallik tushunchalari u davrlarda yot edi. Toʻgʻri iyerarxiya boʻlgan. Lekin unda mazmun bor edi. Hamma oʻsha jamoadagi oʻz oʻrni va maqomidan rozi edi. Belgilangan ish soatlari, tartibli kun jadvallari, bugun ishga boraman, ertaga oʻrtogʻimnikiga oʻtaman, hafta oxirida togʻga chiqaman, u kunda buni qilaman kabi kunlik rejalarga u vaqtlarda hojat ham yoʻq edi. Illo belgilangan marosim va bayram kunlarida jamoat yigʻilib ibodat va marosimlarni ado etgan. Urf-odatlarga amal qiluvchi jamiyat depressiyaga tushmaydi, deydi faylasuf Byung Chul Han. Chunki urf-odat jamiyatida bu kunda bu ishni qilishim kerak, belgilangan muddatda belgilangan miqdordagi pulni topib qoʻyishim, rejani bajarishim kerak, kabi insonni chuqur, patologik depressiyaga mixlovchi intizomlar, majburiy tartiblar boʻlmagan. Hamma oʻzida erkin. Jamiyatdan, ommadan orqada qolib ketyapman, yetib olishim kerak, degan hadik-xavotirli his yoʻq. Shodlik, oʻzidan, oʻz holatidan qoniqib yashash, baxt ham shu asli. Endi, eski davrlarda odamlar vaqtni nima bilan oʻtkazgan, nimalarga sarf qilgan deyilsa, bunga javob oddiy. Istagan vaqti ishlagan. Istagan soʻzi soʻzning anglatadigan ma'nosida emas, balki odamlar oʻzlari chinakamiga rozi boʻlganligi, baxtni toʻlaqonli his etganligi maʼnosida. Masalan, oʻta boy, zodagon oilasi vakili bilan bizning koʻzimizdagi kambagʻal dehqonning oʻz hayotidan qoniqish darajasi deyarli bir xil boʻlgan. Shubhasiz istisnolar bor. Ish vaqtidan turli xil oʻyinlar oʻynash, laparlar aytish, she'rxonliklar, hayotiy qiziqarli voqealarni oʻzaro baham koʻrish, ishdan soʻng oʻzaro yaqinlar yigʻilib turli xil jismoniy mashgʻulotlardan iborat qiziqarli oʻyinlar oʻynash eski jamiyatlar turmush-tarzining ajralmas bir qismi boʻlgan. Texnologiyaning hayotimizga jadallik bilan kirib borishi asnosida odamzod endi doimiy, muttasil tezlanish holatiga kirdi. U trend ichida turishga, texnologiya boshqaradigan jamiyatda oʻzining asilligini, originalligini saqlab qolish yoʻlida tinimsiz ravishda oʻz-o'zini qaytadan ishlab chiqarishda mahkum. Inqiroz ham shu asli.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 3 2🕊 1
Har bir diniy amaliyot diqqatni jalb qilish mashqidir. Ma'bad - eng yuqori darajadagi e'tibor/diqqat joyi. Malebranchening fikriga ko'ra, diqqat - bu ruhning tabiiy ibodatidir. Bugungi kunda ruh ibodat qilmay qoʻydi. U doimiy ravishda o'z-o'zini ishlab chiqarish bilan band. Bugungi kunda takrorlashning ko'plab shakllari, masalan, yoddan o'rganish ijodkorlik va innovatsiyalarni bo'g'ib qo'yadi, degan vaj bilan qoralanmoqda. "Biror narsani yoddan o'rganish" iborasi, yurakka faqat takrorlashgina yetib borishini aytadi. Takrorlash diqqatni barqarorlashtiruvchi va chuqurlashtiruvchi vositadir. Marosimlar takrorlash bilan xarakterlanadi. (C) Byung Chul Han, "Urf-odatlarning yoʻqolishi"
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2🕊 1
Ayollar, qizlar tafsilotlarga asoslangan, bu dunyoning asosiy detallariga, voqelikning asosini tashkil etadigan kichik xususiyatlar ustida fikr yuritadi, harakat qiladi. Masalan farzand bilan muomala, ovqat pishirish, uyni toza-sarishta saqlash, umumann poklik masalalari, jamiki inson uchun birlamchi, fundamental ahamiyat kasb etadigan masalalarni ular koʻpincha oʻz boʻyniga oladi, qilishni burchi deb biladi. Va bu toʻgʻri ish. Alloh yaratgan qonuniyatning bir qismi bu. Har qanday holatda ham istisnolar boʻlishi mumkin. Ayollar umumiyatlar emas, xususiyatlar nuqtayi nazari ustida oʻz dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirar ekan, erkaklarda koʻpincha shuning teskarisi uchraydi. Ular umumiylatlar bilan shugʻullanadi. Shu bois ham hozir va tarixda umumiy voqelikni tashkil etuvchi tub masalalar, mohiyat ustida ayollarning fikr yuritgani, falsafa-ijtimoiy fanlar, jamiyat tartibi, boshqaruvi kabi ummiy mavzular xususida kitoblar yozganini deyarli uchratmaysiz. Chunki fitrat ulardan buning teskarisini taqozo qiladi. Erkaklar esa tom ma'noda falsafachi, tugʻma fikr yurituvchi. Bu ularning ustunligi, ayollar ulardan past mavqeda ekani nuqtayi nazaridan emas, balki tabiati, xilqati shuni taqozo etganidandir. Bu Yaratganning xohish-irodasi. Ammo-lekin istisnolar bor. Faqat jamiyat oʻsha istisnolar uchun zamin va sharoit yaratib beroladigan darajada ilgʻor boʻlishi kerak, aks holda, misol uchun ayollardan ham kuchli mutafakkirlar, faylasuflar, ijtimoiy jabha vakillari, chinakam qonun ijrochilari chiqishini kutish bekor. Bunda men diniy muhitning oʻzini nazarda tutmayapman. Umuman sekulyar muhitda ham asosiy masala baribir yoshlikdan beriladigan, oilada qadimdan shakllangan tarbiyaga borib taqalishi rost. Biz odatda oʻsha kamyob istisnolar boricha oʻzini namoyon etgan yahudiylar yoki ilgʻor gʻarbda yetishib chiqadigan ayollarga havas qilishimiz mumkin. Va bundan oʻz navbatida ayollar ham har jabhada erkaklar kabi teng qobiliyat, mahorat va natija koʻrsata olishi mumkin, degan xato tasavvur va xulosani chiqaramiz. Bu esa – chuqur yanglishish. Men umumiy barcha jabha va kasb-korlarni, hozirgi zamonaviy sohalarni nazarda tutmayapman. Jamiyatning aksar belgilari, umumiy normallik qoidalari, ilm-fan, intellekuallik asoslarini erkaklar belgilab beradi. Biz intelligensiya ichida koʻplab ayollarni uchratishimiz mumkin boʻlsa-da, masala baribir oʻsha ziyolilik konsepsiyasining asoschilariga borib taqalaveradi inkor etsak ham. Shuning uchun siz oʻsha "istisno" boʻlishga harakat qilsangiz, shunchaki oʻqishning, yoki bundaylarga qiziqishning oʻzi kamlik qiladi. Avvalo bunday istisnolik, anomaliyaning birinchi belgisi bu originallik, asllik, nimadir yangicha narsani yarata olish, fikrlash boʻladimi, tafakkur boʻladimi, jamiyat bilan bogʻliq narsa boʻladimi, uni ommaga tanishtira bilish. Erkaklarda esa bugungi kunda bunday ishlarni ado eta oladigan toifalar yaqqol koʻzga tashlanishiga qaramasdan, tizimning qusuri sababli ularning tasavvur va uzoqni koʻruvchilik tugʻma qobiliyatlari oʻldirilmoqda. Qoliplashgan, bir xil jamiyatda, hamma narsa senzura ostiga olingan, inqilobiy fikrni siyosiyni qoʻyib turing oddiy ijtimoiy kayfiyat mutlaqo qabul qilolmaydigan sotsiumda erkaklar qatlami oʻshanday potensialni aslo yuzaga chiqara bilmaydi. Lekin bizda bitta imkon bor. U ham boʻlsa – oila. Bunda tanlov erkinligiga egamiz. Oilamizda shunday muhit yarata bilishimiz kerakki, kelgusi avlodning bir qismi boʻladigan farzandlardan oʻsha potensialni tamomila namoyon etiladigan va bunga munosib muhit va zamin beroladigan oʻqimishli ayollar sinfi hosil boʻlsin. Zotan, karyera oilaning oʻzidan boshlanadi.
Hammasini ko'rsatish...
14👍 7🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bu odam oʻsha mashhur Lawrence of Arabia. Juda koʻp kinolar, kitoblar yaratilgan u haqida. Arablarni Usmoniylarga qarshi qayratib, qoʻzgʻolon koʻtarishga undagan bir vaqtlar. Meni uning halok boʻlishi bilan bogʻliq holat qiziqtirdi. Laurens mototsikl haydash ishqibozlaridan boʻlgan ekan. Bir kuni (1935-yil, 13-may) mototsiklda katta tezlikda ketayotgan vaqtida oldidan velosipedda ikkita bola chiqib qoladi. U ularni urib ketmay deb rulni buradi va natijada halokatga uchraydi, bundan boshi qattiq jarohatlanadi va shundan olti kun oʻtib halok boʻladi. Uni yaqindan taniydigan bir neyrojarroh juda koʻp mototsikllar bilan bogʻliq avariyalarda odamlar boshidan jarohat olib vafot etishini aniqlaydi. Uning ushbu tadqiqoti natijasida tez orada mototsikl haydovchilari taqadigan kaska ixtiro qilingan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.