cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝐅𝐫𝐨𝐦 𝐭𝐡𝐞 books

🌙 Eng baxtli inson Allohdan boshqa hech kimdan hech narsa kutmagan inson... 💌 Bog'lanish uchun: @from_thebooks

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
587
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-197 kunlar
-32930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Qiyomatdin savol soʻrdim, dedilar: “Bir alomatdir, Kishi yoridin ayrilsa, oʻshal kun qiyomatdir”.
Hammasini ko'rsatish...
​Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho‘lpon otilganda qayoqda eding? Surishtirganmiding Qodiriyni yo Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo? Hukmlar o‘qulur sening nomingdan, Tarixlar to‘qulur sening nomingdan. Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon?!
•Abdulla Oripov
Hammasini ko'rsatish...
Siz bilan yoki sizsiz, Islom baribir gʻolib boʻladi, lekin siz Islomsiz adashasiz va yoʻqolib qolasiz.
Hammasini ko'rsatish...
Abdulloh ibn Umar aytadilar : TAQVO - Oʻzingni biror kishidan yaxshiroqman deb bilmasligingdir. (Tafsiri Bagʻoviy 1/20)
“Man falonchidan yaxshiroqman” deb oʻylashlik taqvodor kishining soʻzi emas.
Hammasini ko'rsatish...
Kichkinaligimizda maktabda o‘rgatishardi: bo‘m-bo‘sh boshoq dalada tik turadi, ichi donga to‘la boshoq esa, egilib turadi. Demak, aslida buyuk odam kamtarin, haqir odam mutakabbir bo‘lar ekan. 
Shayx Ali Tantoviy
Hammasini ko'rsatish...
Bolani kaltaklab tarbiyalashga urinayotganlar na tarbiyadan va na islomdan xabardordirlar.
“Farzand tarbiyasida oʻttiz uch xato” kitobidan.
Hammasini ko'rsatish...
Yolgʻonchi dunyoga aldanib qolma, Bu majlis tarqalar, devon zavqlanmas. Ikki eshik orasidir bu dunyo, Kelgan ketar, mehmon zavqlanmas.
•Fotih Duman (Men) kitobidan
Hammasini ko'rsatish...
Agar uylarda islomiy muhit shakillantirilsa, hayot ham tabiiy ravishda islomiylashadi. Davlatlar iymonli uy qurmasligi mumkin, lekin iymon bilan qurilgan uylar iymonli davlat qura oladilar. Shunday ham boʻldi. Yasrib shunday qilib Madina boʻldi.
•Nuriddin Yildizning "Mo‘minning uyi" kitobidan.
Hammasini ko'rsatish...
00:54
Video unavailableShow in Telegram
Namoz hayotdir☝️
Hammasini ko'rsatish...
169623864_2709664905854995_2571329668047778454_n.mp45.12 MB
OQ RO‘MOL QIZLAR
O‘tib turing ko‘chamdan goh-goh, Ko‘ngil yayrar ko‘rganim sari. Ey gulbadan, ey kiyiknigoh, O‘zbekoyim nabiralari — Oydin qizlar, oyjamol qizlar, Oydan tushgan oq ro‘mol qizlar!.. Yerdanmi yo ko‘kdan so‘raymi, Poyingizda jonim beraymi? Sizni shunday ko‘rib quvonchdan Yorilmagan yurak — yurakmi?.. Oydin qizlar, oyjamol qizlar, Oydan tushgan oq ro‘mol qizlar. Qonimda-ku abad-azalsiz, Ammo yoddan chiqqan g‘azalsiz. Daryolarning ortida qolgan Afsonaviy Tojimahalsiz. Oydin qizlar, oyjamol qizlar, Oydan tushgan oq ro‘mol qizlar. Yursa yo‘lga yog‘dular izi, Parilarga orzular izi. Siz — onamning yorishgan yuzi, Siz — otamning yo‘qotgan qizi... Oydin qizlar, oyjamol qizlar, Oydan tushgan oq ro‘mol qizlar. O‘sma o‘pgan qoshmi bu zuluk, Buncha poksiz, bunchalar suyuk? Siz borsizki, muhabbat ham bor, Siz borsizki, Muhammad buyuk. Oydin qizlar, oyjamol qizlar, Oydan tushgan oq ro‘mol qizlar.
Muhammad Yusuf
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.