cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Moziydan Nur

Asl g'avvos bo'lsang, durni ko'rgaysan, Sof bo'lsang, ketar chog' hurni ko'rgaysan. Hammayoq zulmat, deb shikoyat qilma, O'zingda nur bo'lsa, nurni ko'rgaysan 🍃 ©️ Mirzo Kenjabek 📩 Murojat uchun: @Fikrli_bot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
176
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

ALDAB YASHADIM Ufqda koʻrinsa qush, xabar kutdim, Atay sizni koʻrib tush, xabar kutdim, Sizdan darak kutdim, xushxabar kutdim, Men oʻzimni shunday aldab yashadim. Ey dil, yoʻl soʻngida safo bor, dedim, Kuyma, qizlarda ham vafo bor, dedim, U goʻzal boʻlsa-da, vafodor, dedim, Men oʻzimni shunday aldab yashadim. Davralarning guli men emas, boshqa, Davronning bulbuli men emas, boshqa, Ichkilikning quli men emas, boshqa, Men oʻzimni shunday aldab yashadim. Jonim gʻaribligin anglab yashadim, Tanlamaganni men tanlab yashadim, Eshitgim kelganni aytdim oʻzimga, Men oʻzimni shunday aldab yashadim. Yolgʻonchi dunyoga rost soʻzlaring hayf, Yolgʻondan zavq topdim, chindan topdim kayf. Aldangan boʻlsangiz oʻzingizda ayb, Men oʻzimni shunday aldab yashadim. ✍ Iqbol Mirzo https://t.me/Iqbol_Mirzo
Hammasini ko'rsatish...

"Hammasi yaxshi bo'ladi" cho'pchagi o'rniga “Yomon narsalar ham bo'ladi, ammo men doim yoningda bo'laman" deyish kifoya..
Hammasini ko'rsatish...
Qachondir taslim bo'lish niyati paydo bo'lsa, sizni muvaffaqiyatsizlikka uchrashingizni kutayotganlarni eslang.
Hammasini ko'rsatish...
Hayot qisqa, siz esa qalblarni chil-chil sindirmoqdasiz...
Hammasini ko'rsatish...
Kela olsang, bir bor kelib ket, Maning ahvolimni koʻrib ket. Hammasiga koʻnaman faqat, Sen yoʻq bu joylardan olib ket.
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini boshlab qaytadan, Yana senga qaytgim kelyapti...
Hammasini ko'rsatish...
-Sog'ingdingmi? -Albatta. O'zingchi? -Yo'q. -Demak, arzimas ekanman-da -Gap bundamas. O'zimning  bo'lagimni qanday sog'inay? Sen mening yarimimsan-ku?. Yarimtalar esa nima bo'lgan taqdirdayam, bir kuni birgalashib butun bo'lajak.. #bosforning_totli_tuzi
Hammasini ko'rsatish...
– Bir safar men bir kunda qirq uch martta quyosh botishini tomosha qilganman! Oradan sal o’tgach,xiyol anduh bilan yana shunday deding: – Bilasanmi... ba’zan yuraging nimadandir g’ussaga to’lib ketganda,botayotgan quyoshga birpas termulib o’tirsang bormi... –Demak,g’urubni qirq uch martta tomosha qilgan kuning judayam xafa bo’lgan ekansan-da? Ammo Kichkina Shahzoda bunga javoban indamadi. #mutolaa #kichkinashahzoda
Hammasini ko'rsatish...
Ba'zan jismimiz tark etgan joylarda, xotiralarimiz izg'iydi, qalb takroran qumsaydi. Ammo hech narsa o'zgarmaydi...
Hammasini ko'rsatish...
Aytsam ishonmaysan — borman hali ham, Yelkamga yuklangan toʻrt fasl, toʻrt qish. Oʻzi boʻladimi, qirq yil naridan — Eng ogʻir yurakni koʻtarib kelish. Charchadim. Ogʻriqlar koʻksimga botdi, Bu holda dunyodan oʻtaman qanday? Yuragim toʻxtadi bir zum — Hayotning Qoʻrqinchli joyiga yetib kelganday. ©Xosiyat Rustamova
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.