😘DARDLARIM😘
Kanalga Telegram’da o‘tish
🕋بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم🕋 Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh ☪️ ✍She'rlar hikoyalar 🗒Aforizimlar 📽️Videolar 🎙Monologlar 🎛️New mp3lar 📸Rasmlar Rahbar:👇 @ABDULLOH666
Ko'proq ko'rsatish2 303
Obunachilar
-224 soatlar
-117 kun
-5430 kun
Postlar arxiv
2 301
Yulduz UsmonovaAyol Oshiq Bo'lsa
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
23 Fev 2025, 05:06
2 301
Irodang kuchli bo‘lmasa, kuching senga yordam berolmaydi.
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
23 Fev 2025, 03:34
2 301
#BISMILLAH 💚
Mahzun boʻlma qalbingni huftondek zulmat qoplasada bu kunlarning nurli bomdodlari bor🥹🥹
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
23 Fev 2025, 03:31
2 301
Musofir edim …
To’ying ko’rmoq armonim bo’ldi
Yurakga g’am alamlar to’ldi
Bizning sevgi o’sha kun o’ldi
To’ying kuni musofir edim
Sovuq o’tgan, muzlagan tanam
Armon bo’lding ey go’zal sanam
Sinib bo’ldi qo’ldagi qalam
To’ying kuni musofir edim
Tishlar tishga tegib sinmadi
Yurak sho’rlik rosa yig’ladi
Unutmoqqa kuchim yetmadi
To’ying kuni musofir edim
Oq libosing yarashgan biram
Baqirsam gar yetmadi nolam
Sendan qolgan shirin xotiram
To’ying kuni musofir edim
O’z juftingni farishtasi bo’l
O’zga uyning sarishtasi bo’l
Qo’y yuragim — yig’lamagin qo’y
To’ying kuni musofir edim
Tag’dirimdan yomon pand yedim
To’ying kuni musofir edim
janob_xurshid she’ri. Tanishlarga yuborib qo’yamiz
23 Fev 2025, 01:44
2 301
Kel
O‘zimni izlab hech topa olmadim,
Shu qadar telbalar qildingmi meni.
Sensiz biror nafas ola olmadim,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Qalbimni egallab berding katta baxt,
Seni o‘ylamasdan o‘tmaydi bir vaqt.
Yonimda bo‘lishing istayman albat,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Imkonsiz dema sen, mening fikrim uq,
Ortga sen qarama chekinishga, yo‘q.
Alloh bir qil deya duolarni oʻq,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Dukillab tinmaydi so‘raydi yurak,
Harakat qil deydi u menga kerak,
Muhabbat qudrati shu ekan demak,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Sinovda sinab sen qiynama meni,
Bilmaysan shu qadar sevaman seni.
Chindan ham sevsang gar kelaqol endi,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
✍ Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy
23 Fev 2025, 01:37
2 301
Tez kunda...🥳
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
23 Fev 2025, 00:45
2 301
🥀🥀BORLIGINGIZ YETAR MЕNGA🥀🥀
Mayli, meni yomon ko‘ring, boqmang qiyo,
Qalbim uzra sochmang, mayli, nuru, ziyo.
Bilib qo‘ying, kerak emas menga dunyo,
Shu hayotda borligingiz yetar menga.
Mayli, o‘ksik yuragimni qilmangiz chog‘,
Qoqilsam ham, yiqilsam ham, ochmang quchoq.
Taqib qo‘ygim kelar sizga goh ko‘zmunchoq,
Shu hayotda borligingiz yetar menga.
Mayli, hayot meni doim sinayversin,
Hajringizda ming qovurib qiynayversin,
Sog‘inchingiz jonginamni tirnayversin,
Shu hayotda borligingiz yetar menga.
Rashklarimdan tomsa gar qon, indamayman,
Yuragimda qolmasin jon, indamayman.
Mayli, menga bo‘ling armon, indamayman,
Shu hayotda borligingiz yetar menga.
Mayli, qayda bo‘lmang, sizga umrim fido,
Mayli, menga aytib keting ming alvido.
Umringiz-la sinamasin meni Xudo,
Yuragimda borligingiz yetar menga.
Maktuba SHAYDO
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
23 Fev 2025, 00:38
