cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MUSLIMA (madrasa ona )

Муслималикни англаш, ва солих авлод етиштириш йўллари Устоза شكران https://t.me/+XbHQhlXJl38xNDEy Каналга кўшилиш учун линк

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
235
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Дуолар мустажоб бўладиган вақтдан ғофил қолманг! Муттафақун алайҳ бўлган ҳадисда Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу шундай дейди: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам жума кунини зикр қилиб: «У кунда бир соат (вақт) борки, унга мусулмон киши намоз ўқиган, Аллоҳдан бирон нарсани сўраган ҳолда тўғри келса, Аллоҳ унинг тилагини албатта беради», дедилар ва қўллари билан у вақтнинг жуда оз эканига ишора қилдилар. ------------------- Жумъа кунидаги дуо ижобат бўладиган вақт ҳақида уламолар кўп сўзларни айтганлар, улардан кучлироғи имом хутба учун минбарга чиққандан бошлаб то жумъа намози ўқиб бўлингунича, сўнгра аср намозидан кейин то қуёш ботгунча. Жума куни, мазкур икки вақтда мусулмон киши дуода астойдил бўлиши керак. ------------------- 1) Салафлардан бири: "Кимнинг жумаси мақбул бўлса, хафтасининг қолган кунлари ҳам мақбул бўлади", деган экан. 2) Солиҳлардан бири деди: "Жума куни аср билан шом орасида дуо қилганимда Раббим дуоларимни ижобат қилаверганидан, ҳатто (Раббимдан бирон нарса сўрашга) уяладиган бўлиб қолдим". 3) Товус ибн Кайсон жума куни аср намозини ўқигач, қиблага юзланиб, то кун ботгунига қадар ҳеч ким билан гаплашмас эди. ("Тариху восит") 4) Фазл ибн Фазола жума куни аср намозини ўқигач, масжиднинг бир чеккасига бориб ўтирар ва то қуёш ботгунича дуо қилишдан тўхтамас эди. ("Ахбарул қудот") 5) Саид ибн Жубайр аср намозини ўқигач, то қуёш ботгунига қадар ҳеч ким билан гаплашмас, яъни дуо билан машғул бўлар эди. ("Зодул маод", 1/382) 6) Салт ибн Бистомнинг кўзи ожиз бўлиб, кўрмай қолганида биродарлари жума куни аср намозидан кейин ўтириб унинг ҳаққига дуо қилишди. Қуёш ботишидан олдин у бир аксиргач, кўзи яна кўра бошлади. ("Тариху димашқ") 7) Ибн Қоййим роҳимаҳуллоҳ дедилар: "Бу соат асрдан кейинги охирги соат бўлиб, уни умматнинг барча тоифалари улуғлайдилар". ("Зодул маод", 1/384). 8) Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ айтади: «Жума ибодат куни. Рамазон бошқа ойлардан қанчалик афзал бўлса, жума бошқа кунлар ичида шундай афзаликка эга. Жума кунидаги дуо ижобат бўладиган вақт Рамазондаги қадр кечаси каби қадрлидир». («Зодул маод», 1\386)
Hammasini ko'rsatish...
#Умдатул_аҳком_аудио 110-дарс: Расулуллоҳ ﷺнинг намозларининг кўриниши. (3-қисм). 00:00 Сўзбоши. 02:19 Рукуънинг кўриниши. 06:50 Қўлларни тиззага қўйиш ва ҳотиржамлик. 12:59 Aттаҳиётни айтишлик. 15:03 Ташаҳҳудда ўтиришлик. 24:00 Суннатга мувофиқ сажда. 26:43 Намоздан салом бериб чиқишлик. @Umdatulahkom2
Hammasini ko'rsatish...
110. Rasulullohning ﷺ namozlarining ko‘rinishi (3-qism).mp314.70 MB
00:31
Video unavailable
Imom Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: "Nabiy ﷺ ga salovot aytish duolar ijobat boʻlishi, gunohlar kechirilishi, Alloh Taolo bandaning gʻam-tashvishini aritishi hamda qiyomat kuni Rosululloh ﷺ ga yaqin boʻlishiga sabab boʻladi". جلاء الافهام ٤٤٥ Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh dedilar: «Alloh va Rasulini yaxshi koʻradigan kishi Nabiy sollalohu alayhi vasallamga salavot aytishni tashlab qoʻyadi deb hech oʻylamayman». ("Liqoul babil maftuh", 234) Juma kuni zikrlarining toji Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishdir. Odamlarning eng koʻp salavot aytuvchisi osmonda (farishtalar huzurida) eng koʻp zikr qilinuvchi va yerda eng xotirjam boʻluvchisidir. Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh اللهم صل و سلم و بارك على نبينا محمد صلى الله عليه و سلم صلى الله عليه و سلم صلى الله عليه و سلم Juma kunining sunnatlari: 1. G‘usl qilish 2. Poklanish 3. Hushbo‘ylanish 4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 5. Misvok ishlatish 6. Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish 7. Ihlos bilan ko‘p duo qilish 8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6577.MP42.72 MB
sticker.webp0.52 KB
sticker.webp0.86 KB
sticker.webp0.22 KB
sticker.webp0.77 KB
Гуноҳлар ақлни Қуръон маъноларини тадаббур қилиш ва тушунишдан тўсади ҳамда қалбни тафаккур қувватидан мосуво қилади. Аллоҳ таоло айтади: لَّوْ نَشَاءُ أَصَبْنَاهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ «Агар хоҳласак, гуноҳлари сабабли уларга мусибат етказиб қўйишимиз маълум эмасми? Биз уларнинг дилларини ана шундай муҳрлаб қўюрмиз. Сўнг улар (ҳеч қандай панд-насиҳатга) қулоқ солмай қўядилар» (Аъроф, 100).
Hammasini ko'rsatish...
19-дарс: Намозда тин олиш лозим бўлган ўринлар. 00:00 Сўзбоши. 01:23 Зам сура ўқиб бўлгач, рукуъ қилишдан олдин тин олиш мустаҳаблиги. 06:52 Фотиҳа билан омин ўртасида тин олиш ҳақида. 10:08 Фотиҳа билан зам сура ўртасида тин олиш ҳақида. 18:35 Фотиҳа билан зам сура ўртасида тин олган кишилар, бидъатчи дейилмаслиги. 20:37 Намоздаги сакталар (тин олиш ўринлари) сони.
Hammasini ko'rsatish...
19 Намозда сакта (тин олиш).mp312.66 MB
HOY-U HAVAS VA DUNYО SНAHVATLARI. Havo va havas odam bolasini Allohning togri yolidan adashtirgan eng katta tog'utdir. Hatto bazan shunday bir darajaga kotarib, ilohlashtiradilar. Alloh taolo aytadi: أَفَرَءَيۡتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَأَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلۡمٖ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمۡعِهِۦ وَقَلۡبِهِۦ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَٰوَةٗ فَمَن يَهۡدِيهِ مِنۢ بَعۡدِ ٱللَّهِۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) havoyi nafsini oziga iloh qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yoldan ozdirib, quloq va ko'nglini muhrlab, ko'z oldiga parda tortib qo'ygan kimsani korganmisiz? Bas, uni Alloh (yoldan ozdirgani)dan song kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?! (Josiya surasi, 23-oyat). Havoyu havas, dunyo shahvatlari haqni qabul qilishda eng katta tosiqdir. Allohdan kelgan haq, qabul qilinsa bu dunyo lazzatlaridan voz kechishdir. Insonning sevgani va orqasidan yugurgani dunyo rohatlari buziladi. Mana shu havo va havas hayotga aralashadi va insonni abadiy baxtdan olib qoladi. Odam farzandini Qurʻon yorug'ligidan uzoqlashtirgan, kufr, shirk va fisq botqoqligiga olib borgan havo va havasni qanday taniymiz? Buni qanday tushunish mumkin deb sorasangiz javobi Qurʻonda keladi: Alloh taolo aytadi: ثُمَّ جَعَلۡنَٰكَ عَلَىٰ شَرِيعَةٖ مِّنَ ٱلۡأَمۡرِ فَٱتَّبِعۡهَا وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ Songra (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni (din) ishidan bir shariat (aniq-ravshan yo'l) ustida (barqaror) qildik. Bas, siz (faqat mana shu yolga) ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang! (Josiya surasi, 18-oyat). Said Qutub bu oyatning tafsirida shunday bayon qilgandir: Shundaylikcha masala aniq (ravshan) holda o'rtaga qo'yilyapti. Yo Allohning shariati, yoki johillarning orzulari… Uchinchi bir gozal soz mavzusi emasdir. Meyorida va miqdorida shariat bilan orzular uygunlashgan uchinchi yol yoq. Bir inson Allohning shariatini qatiyan bir tarafga qoygan holda orzularga kora hukm qiladi. Chunki, Allohning shariatidan boshqa hamma hayot tizimlari, johillarning oyin-kulgusini korsatgan orzularining, ehtiroslarining mahsulidir. Bundan afzalroq yagona bir shariat bordir. Undan tashqaridagi hayot tartiblari bilimsizlikdan bolgan orzulardir, ehtiroslardir. Musulmonlikni davo qilishlik faqatgina shariatga muvofiq barcha orzulari, ehtiroslarini bir chekkaga qoymoqlikdir. Umuman, eng kichkina bir masalada ham Allohning shariatidan qaytib, yuz ogirib orzularga, ehtiroslarga ergashmaslikdir. Chunki, orzularga, ehtiroslarga berilgan kimsalar, shariatning sohibi bolgan Allohga qarshi hech bir yordamsiz qoldirilgan, xor bolgan, kuchsiz va zaifdirlar. Havo va havaslardan jo'shgan hayot tizimlarining tarafdorlari bir-birlariga yordam qilgan, birlashgan bir jabhadirlar. Ular shariatning sohibiga qarshi bir-birlariga tayanish ilinjidadirlar. Buning uchun shariatni mensimaganlardan biri, bazilarining yordamini umid qilib, ularga qarshi adovatini berkitib, ularni bir-birlariga boglagan hoyu havas niqobi bilan yaqinlashishadi. Qanchalik ayyor bo'lishsa ham, ular ahli tavhidlarga aziyat etkazolmaydilar, unga zarar berolmaydigan darajada zaif va kuchsizdirlar. Chunki, muttaqinlarning dosti Allohdir! Muttaqinlar bilan hoyu havaslarga ko'ra harakat qilayotganlarning dostlari birmidi? Bir-birlariga dunyoviy manfaatlar uchun dost bo'lgan johil, omi odamlar qaerda, Allohning dosti bolgan shariat ila yashovchi haniflar qaerda? qisqacha bayon qilingandir. Inson olamning qaerida bolsa bolsin, yagona va togri bolgan Allohning shariatining qarshisida boshqa bir yolni, yoki usulni izlasa, bu Alloh azza va jallaning nomlagani johillarning hoyu havasidir. Togutning bunday belgisi bilan ayta oladigan yana bir qancha namunasi bordir. Sanaganlarimizning chegarasi bolmagani aniqdir. Bizning bu erda qilmoqchi bolganimiz, bazi ornaklar berish bilan oquvchining ongini ochishdir. Allohning nuridan adashtirib, shirk, kufrning zulmatiga olib kirgan har narsa, yoki kimsa togutdir va uni inkor (takfir) qilishlik iymonning ilk shartidir. @Muslima_Onalar_va_Bolalar_1
Hammasini ko'rsatish...