cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov. ,,TWIN LAWYERS" jamoasi.

Yurist blogger Hasan Mamayusupovning shaxsiy kanaliga xush kelibsiz. Amaliy huquqiy yordam va reklama masalasida @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov ga murojaat qiling Kanal: № 0001707431-conli guvohnoma asosida faoliyati yuritadi. Yaratildi: 09.07.2021.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 529
Obunachilar
+2524 soatlar
+1437 kunlar
+17430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Oʻqituvchining attestatsiyadan oʻta olmasligi Shu kunlarda oʻqituvchilar attestatsiyadan oʻtkazilmoqda shu sababli mazkur maqola attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchilarning mehnat munosabatlariga doir boʻladi. “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 44-bandida oʻqituvchi 55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi deb belgilangan. Eʼtibor bergan boʻlsangiz bu yerda ikki toifadagi oʻqituvchilar bor navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtayotgan va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtayotgan. Navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmaslik Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. Bu yerda bir narsaga eʼtibor berish kerakki, mehnat shartnomasi bekor qilinishi shart degan qoida mavjud emas. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining huquqi ekanligi belgilangan. Yaʼni attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchiga direktor tomonidan yana bir imkoniyat berilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmaslik Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Mehnat kodeksida attestatsiyadan oʻta olmagan oʻqituvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish kerak degan qoida mavjudmi? MKning 161-moddasi birinchi qismi 3-bandida xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi belgilangan. Attestatsiya imtixonlarini topshirayotgan oʻqituvchilarga yuborib qoʻyamiz 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
📣EʼLON! ▪️Twin lawyers jamoasi Sizga quyidagi huquqiy xizmatlarni taklif qiladi: 🔹Jismoniy va yuridik shaxslarni sud va boshqa organlarda huquqiy himoya qilish; 🔹Sud va boshqa organlarga topshirish uchun ariza, daʼvo arizasi, apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari va boshqa yuridik tusdagi xujjatlarni tayyorlash; 🔹Qarz undirish xizmatlari; 🔹Sud qarorlari ijrosi bilan ishlash, MIBdagi qarzdorliklarni undirishga koʻmaklashish; 🔹Barcha turdagi hujjatlar hamda SHARTNOMALAR loyihalarini tayyorlab berish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 🔹Onlayn tarzda firmalarni ochish, qayta tashkil qilish va tugatish; 🔹Shuningdek, doimiy huquqiy himoyalash xizmatlari. Murojaat uchun 👉 @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov
Hammasini ko'rsatish...
❗️Bitiruvchilarning “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazishi va pul yigʻishi taqiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. ✅ Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqib, faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. ☑️ “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, nazorat imtihonlari va davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlashda oʻquvchi, bitiruvchi hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr qilish; ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🤬 1
🥳🥳🥳 Subsidiya ochiladigan boʻldi. 🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 43-maslahat. ⭕️ Diqqat: Subsidiya qachon ochilishi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Rossiyada olingan prava bilan Oʻzbekistonda mashina haydash mumkinmi? Javob: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududida faqat milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomasini milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirishdan oldin ular Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomasi tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi. Asos: Vazirlar mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
Hammasini ko'rsatish...
❗️HAYDOVCHI YOʻLLARDA SABABSIZ TORMOZ BERISHI MUMKIN EMAS! 📃 Hukumatning 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ga koʻra, ➖ haydovchiga yoʻl-transport hodisasining oldini olish zarurati boʻlmaganda, keskin tormoz berish taqiqlanadi deb koʻrsatilgan. ❗️Shunday huquqbuzarliklar sodir qilgan haydovchining bu harakatlari yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur boʻlishiga olib kelsa, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128 prim 5-moddasiga asosan, BHMning 10 baravari (3 400 000 soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilishi mumkin. ✏️ Tormoz berish mumkin emas degani, bu toʻxtash mumkin emas degani emas. Toʻxtashingiz kerak boʻlsa marhamat toʻxtang. Faqat, orqa-oldingizga qarab chekkaroqqa toʻxtang. Boshqalarga halal bermay toʻxtang. Amir Olimxonni “rodnoy” avlodlaridan boʻlsangiz xam yoʻlingizni bilib toʻxtang demoqchi boʻlyapti yuqoridagi norma.. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Qorovullarning ish grafigi qanday? Savol: Assalomu aleykum. Maktab qorovullarining ish soatlari haqida bilmoqchi edim.Bir kunda necha soat? Bir oyda necha soat ? Bayram kunlari qoʻshimcha haq toʻlanadimi? Javob: Umumiy qoida boʻyicha xodim haftasiga 40 soat ishlashi mumkin. Bu Mehnat kodeksining 182-moddasida belgilangan. Taʼkidlash lozimki, mazkur meyor qonun chiqaruvchi tomonidan toʻliq yaʼni 1 stavkada ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan meyor sanaladi. Shunga koʻra 1 stavkada ishlaydigan laborat haftasiga 40 soat ishlashi mumkin. Bunda MK 185-moddasiga muvofiq har kungi ishning (smenaning) davomiyligi oʻziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun: •  olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan; •  besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan oshmaydigan tarzda belgilanadi. Agar ish smenali tashkil etilsa, kunlik smena soatlarining eng koʻp miqdori 12 soat boʻlishi mumkin. MK 206-moddasiga asosan ishning tugashi va uning keyingi kuni (smenada) boshlanishi oʻrtasidagi har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish davomiyligi, shu jumladan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus oʻn ikki soatdan kam boʻlishi mumkin emas. Sizning ish smenangiz dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelganda qoʻshimcha haq toʻlanadi. Qarang! bunda MK 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi: ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar boʻyicha; mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari boʻyicha haq toʻlanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida; maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida. Shunday ekan sizga ham dam olish yoki bayram kuni ishlaganingiz uchun yuqoridagilarga amal qilgan holda qoʻshimcha haq toʻlanishi kerak. Kanalga ulanish👇👇👇👇 Qorovullarning ish grafigi qanday? Savol: Assalomu aleykum. Maktab qorovullarining ish soatlari haqida bilmoqchi edim.Bir kunda necha soat? Bir oyda necha soat ? Bayram kunlari qoʻshimcha haq toʻlanadimi? Javob: Umumiy qoida boʻyicha xodim haftasiga 40 soat ishlashi mumkin. Bu Mehnat kodeksining 182-moddasida belgilangan. Taʼkidlash lozimki, mazkur meyor qonun chiqaruvchi tomonidan toʻliq yaʼni 1 stavkada ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan meyor sanaladi. Shunga koʻra 1 stavkada ishlaydigan laborat haftasiga 40 soat ishlashi mumkin. Bunda MK 185-moddasiga muvofiq har kungi ishning (smenaning) davomiyligi oʻziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun: •  olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan; •  besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan oshmaydigan tarzda belgilanadi. Agar ish smenali tashkil etilsa, kunlik smena soatlarining eng koʻp miqdori 12 soat boʻlishi mumkin. MK 206-moddasiga asosan ishning tugashi va uning keyingi kuni (smenada) boshlanishi oʻrtasidagi har kungi (smenalar oraligʻidagi) dam olish davomiyligi, shu jumladan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus oʻn ikki soatdan kam boʻlishi mumkin emas. Sizning ish smenangiz dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelganda qoʻshimcha haq toʻlanadi. Qarang! bunda MK 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi: ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar boʻyicha; mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari boʻyicha haq toʻlanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida; maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida. Shunday ekan sizga ham dam olish yoki bayram kuni ishlaganingiz uchun yuqoridagilarga amal qilgan holda qoʻshimcha haq toʻlanishi kerak. Kanalga ulanish👇👇👇👇 @Hasan_Mamayusupov_maslahati
Hammasini ko'rsatish...
Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun:

https://t.me/Yuristmaslahatlari

Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

👍 4
Advokatlar faoliyati davomidagi eng gʻalati murojaatlar: 1. Kvartiramni mushugimga vasiyat qilib qoldirmoqchiman, notarius rad etyapti, notariusni jazolay olamanmi? 2. Man koʻp jinoyatlarni fosh qilishim mumkin, manda juda koʻp informatsiya bor, agar mani qoʻyvorib, Bosh prokuror lavozimiga tasdiqlashsa hammasini aytib beraman, shu maʼnoda iltimosnoma kiriting sudga! (oʻrta maʼlumotli kishi) 3. Erim manga xiyonat qilib yuripti, manda barcha faktlar bor, moddiy va maʼnaviy zarar undirib bera olasizmi? 4. Kelinim qiz bola chiqmadi, toʻy xarajatlarini undirib bera olasizmi? 5. Aka, man tergovga, sudma-sud yurishga vaqtim yoʻq, oʻzingiz mani oʻrnimda yurasizmi ishonchnoma asosida?  (ayblanuvchi statusidagi odamning murojaati) 6. Amerikadan advokat kelib mani himoya qilsin, tanishlaringiz bormi Amerikada? 7. Shri-Lankada boy qarindoshim oʻlib qopti, manga meros qoldirgan, shuni olishga yordam bera olasizmi? 8. Mashinamni taʼqiqdan yechib, MIBdan olib chiqib ketishim uchun 3000$ berib tura olasizmi, moshinamni sotib sizga 5000$ beraman. (firibgarlik uchun 3-marta sudlangan odam) 9. Uylanaman deb aldab, men bilan “yashab” yurdi, lekin boshqasiga uylandi, shu yigitni menga uylantirish majburiyatini yuklash boʻyicha sudga daʼvo ariza qilib bera olasizmi? 10. Narkotikni shakar pudrasi deb xulosa berdirtira olasizmi ekpertizadan? Manba: alimentt Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
Hammasini ko'rsatish...
Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun:

https://t.me/Yuristmaslahatlari

Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

😁 10👍 2 1
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining 59-bandida sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddati va maqsadlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi. Soliq toʻlovchilar tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, ular tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qoʻllanilishi boʻyicha sayyor soliq tekshiruvlarini tashkil etish Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Fuqarolardan tushgan murojaatlar va oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat soliq qoʻmitasining axborotlarni qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi. Nizomning 115-bandida sayyor soliq tekshiruvida soliq toʻlovchi tomonidan sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxsning hududi va binolariga kirishiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. Tekshirish boʻyicha tuzilgan dalolatnoma oilaviy korxonasi vakili tomonidan imzolanmagan.
Yuqoridagi tartibga rioya qilmasilik soliq organi tomonidan rasmiylashtirilgan qarorning bekor boʻlishiga asos boʻladi
Soliq kodeksining 157-moddasiga koʻra, soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlarini buzish yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) soliq summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
🥳🥳🥳 Subsidiya ochiladigan boʻldi. 🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 43-maslahat. ⭕️ Diqqat: Subsidiya qachon ochilishi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602
Hammasini ko'rsatish...
👍 1