cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Kitoblar aql farzandlaridir

АZIZ KITOBXON DOʼSTIM! Mazkur kanal orqali Siz TDTU Olmaliq filiali direktori Samadov Аlisher Usmanovichning ilm-maʼrifat chirogʼi - kitob haqidagi fikrlari bilan tanishib borasiz.Taklif va Murojaatlar uchun: @tdtuof_direktorga_murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
171
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

📌📌📌14-fevral—Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni📌📌📌 ⚖️Hurmatli Аxborot resurs markazi foydalanuvchilari ! 📒📕📗 Sizlarni 14-fevral "Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni" munosabati bilan tashkil etilayotgan "Mening sevimli kitobim" loyihasida ishtirok etishga taklif etamiz. Siz o'zingiz sevib o'qigan istalgan adabiyotni o'z tilaklaringizni yozgan holda 14-fevraldan 28-fevralga qadar ARM ma'muriyatiga topshirishingiz mumkin. To'plangan adabiyotlardan foydalanuvchilar uchun ochiq burchak tashkil etiladi va siz istalgan adabiyotni o'qib chiqishingiz mumkin bo'ladi. Loyihamiz so'ngida eng ko'p o'qilgan kitob va eng samimiy tilaklar bitilgan adabiyot egasi munosib sovg'alar bilan taqdirlanadi. 📚📚Kitob almashing-taassurotlaringizni ulashing.📚📚
Hammasini ko'rsatish...
Расмли савол: Расмда қайси асар яширинган?
Hammasini ko'rsatish...
#MOTIVATION 💸 Milliarderlar kitob o'qishmaydimi ? Albatta o'qishadi. Shu sabab ular rivojlanishdan to'xtab qolishmaydi. Buning oddiy misoli Bill Geyts. U yiliga 50 ga yaqin kitob o'qib tugatadi.Ya’ni, har haftada bitta kitob! Bill Geyts uchrashuvlarda ham sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishda unga o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yordam berganini ko‘p takrorlaydi.
Hammasini ko'rsatish...
Mutolaa ham mehnat. Mehnat esa ma’lum vaqt sarfini taqozo etadi. “Ish ko‘p, kitob o‘qishga vaqt yo‘q” deydiganlar ana shu mehnatdan qochadigan ishyoqmaslardir, xolos. Kitobga qiziqqan, unga chinakam mehr bog‘lagan odam har qanday sharoitda ham mutolaaga vaqt topadi. Boshqasi – bahona. ✍️ Erkin A'zam Assalomu alaykum! Kuningiz xayrli va mazmunli o'tishini tilab qolamiz.
Hammasini ko'rsatish...
📖 Китоб ўқишнинг фойдалари ― Биламиз, орамизда китоб ўқувчилар жуда кўп! Биз бундан хурсандмиз... 📚 Китоблар ва китоб ўқиш ҳақида қизиқарли маълумот ва фактлар билан танишинг, марҳамат: 1. Китоб ўқиш янги билимларга эга бўлишингизни таъминлайди ва фикрлаш доирангизни кенгайтиради. 2. Ақлли бўлиш учун 10 та китоб ўқиш кифоядир, аммо уларни топиш учун сиз минглаб китобларни ўқишингиз керак. 3. Китоб ўқиган инсон ўлимидан олдин минглаб ҳаётларни яшайди. Ҳеч қачон ўқимаган киши биргина тажрибани бошидан кечиради. 4. Китоб ўқиган инсоннинг суҳбатлашиш тажрибаси ошади, муомала маданияти ривожланади. 5. Китоб ўқувчи инсон вақтини бекорга сарфламайди. Вақтини бекорга сарфловчиларни эса бошқаради 😊
Hammasini ko'rsatish...
Ёқимли суҳбат учун икки нарса етарли: 1. Севган китобларингиз. 2. Ўша китоблар ҳақида суҳбатлашадиган китобхон дўст. Ширинлик ва кофе бўлса ҳам йўқ демас эдик. 😊
Hammasini ko'rsatish...
Китобхонларга 10 тавсия: 1. Ўзингиз учун қизиқарли мавзудаги китобни танланг. 2. Иложи бўлса, ҳажми унча катта бўлмасин. 3. Ўқиш давомида ручка ёки қалам билан муҳим гапларни белгилаб боринг. 4. Бу ишни телефоннинг эслатмалар қисмига ёзиш ёки расмга олиш билан ҳам қилиш мумкин эди, аммо телефон сизни чалғитиб қўяди, шунинг учун уни четроққа олиб қўйинг. 5. Муҳим бир қоида бор: нима иш қилаётган бўлсангиз, эътиборни фақат ўшанга қаратиш керак, миядаги бошқа хаёлларни "ўчириб" қўйиш керак. Жумладан, китоб ўқиётганда ҳам. 6. Китобдаги имловий хатоларга эътибор қилманг. Сиз мусаҳҳиҳ эмассиз, маъносига диққат қилинг. 7. Албатта, истамасангиз ҳам воқеалар ривожи тасаввурингизда жонланади, мабодо бундай бўлмаса, диққатни ошириб, асарни ўз онгингизда "саҳналаштиринг". Шунда эслаб қолишингиз осон бўлади. 8. Кунлик режангиз бўлсин ва уни албатта бажаринг. Китобни олиб қўйишдан олдин хатчўп билан келган жойингизни белгилаб қўйинг. 9. Аёллар сумка олиб юришга одатланган, эркакларда ҳам зарур нарсаларни олиб юриш учун сумка ёки шунга ўхшаш бирор нарса бўлиши керак. Бу зарур нарсалар қаторида албатта китоб ҳам бўлади. Шунда бирор жойда кутиб қолишга тўғри келса, вақтингиз зое бўлмайди. 10. Ўқиганларингизни бошқаларга гапириб беринг ёки ижтимоий тармоққа ёзинг, видео қилинг. Ҳеч бўлмаса, телефоннинг эслатмалар қисмига ёки кундалик дафтарингизга ёзиб боринг. Ғиёсиддин Юсуф ✍️ @Kitaabun — китоблар ва тўғри ёзиш ҳақида
Hammasini ko'rsatish...
📚 Qanday qilib effektiv tarzda kitob o‘qish mumkin? Kitob sizni butun diqqatingizni jamlashingiz uchun qanday bo‘lishi kerak? Qanday qilib o‘qiganingizni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish mumkin? 1. Kitoblar ro‘yxati Juda ko‘plab odamlar kitoblarga o‘zgacha tashnalik bilan qaraydi. Biz kitoblarni sotib olaveramiz, ularni javonlarga to‘playveramiz. Lekin ko‘pincha o‘qimaymiz. O‘qilmagan kitoblar ko‘payib borishi insonni o‘qishga bo‘lgan tashnalikni oz bo‘lsa ham susayishiga olib keladi. Kitoblarni ko‘plab sotib olish kerakmas. Bitta yoki ikkita yetarli. Agarda, baribir sotib olish yoqsa, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va qat‘iy o‘sha ro‘yxatga amal qiling. 2. 50 sahifa qoidasi. Keraksiz kitoblarni o‘qish uchun hayotimiz juda ham qisqalik qiladi. Zerikarli va foydasiz kitoblardan tezroq uzilishga harakat qiling. Kitob qandayligini bilish uchun uning 50 sahifasini o‘qish yetarli. Agar o‘sha sahifalar davomida sizni o‘ziga torta olmadimi, demak bu kitob sizniki emas. 3. Kim yozgan va nima haqida yozilgan. Kitobni o‘qishdan oldin u haqda tanishib chiqing. Muallif va kitob haqidagi fikrlarni o‘qing. O‘qishdan oldin o‘zingizga savol bering, kitobdan nima o‘rganmoqchiman? Qaysi muammolarimni yechishga yordam beradi bu kitob? Bu savollar kitobni har bir sahifasini diqqat bilan o‘qishingizga, har bir satrdan o‘zingizga nimadir olishga harakat qilishingizga turtki beradi. 4. Qalam bilan o‘qing yoki yozib boring. Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda qalam bilan o‘zingziga kerakli joylarni belgilab boring. Kitobga hech nima tekkizishni istamaydigan kitobxonlar ham bor. Ularga esa kerakli gaplarni yon daftarchaga yozib borishni tavsiya etamiz. Kitob - ma‘nolar xazinasi. Undan foydali gaplarni yig‘ib borish ham zavqli mashg‘ulot hisoblanadi. 5. Bir kunda kamida 30 bet. Har bir insonda o‘zining o‘qish ritmi bor. ‘‘Marafonchilar‘‘ bitta kitobni bir oyda tugatishadi. ‘‘Sprinterlar‘‘ esa bitta kitobni bir necha kunda tugatishi mumkin. Ammo hammada vaqt masalasi har xil. Shunday ekan sizga oddiy va qulay qoida yordam beradi. Bir kunda 30 sahifadan kam o‘qimang. Bu sizga kitobni bir haftada tugatish uchun yordam beradi. Bir yilda 60 ga yaqin kitob o‘qib qo‘yasiz. Zo‘r natija! 6. Janrlarni almashtirib turish. Har bir kitobxonda o‘zining sevimli janri bor. Lekin faqat detektivlarga yoki bisnes adabiyotalarga berilib ketish, sizni bitta qolipga tashlab qo‘yadi. Boshqa janrdagi eng zo‘r asarlarga ham qiziqmay qo‘yasiz. Bunday paytda janrlarni almashtirib turish zarur. Masalan, non-fikshndan keyin rus klassikasini o‘qing. Undan keyin esa fantastikani, keyin detektiv. Albatta, ketma-ketlikni o‘z ta‘bingizga qarab tuzib olishingiz ham mumkin. 7. O‘qiganlaringiz haqida yozing. Agarda kitob sizga yoqsa, undagi sitatalar, foydali gaplar, kitob haqidagi fikrlaringiz yig‘ilib qoladi. Bu esa juda qimmatli ma‘lumotlar sanaladi. Uni ‘‘sandiq‘‘da saqlash kerakmas. O‘zingizga kundalik tutib oling. O‘qigan kitobingiz haqida retsenziya yozing, sitatalarni yozing. Bu uchun nafaqat kundalik, balki, feysbuk kabi tarmoqlar ham sizga foydali. Yozganlaringizni barcha bilan ulashing. Siz kitobni analiz qilishingiz uchun aynan adabiyotshunos bo‘lishingiz shartmas, ishoning. Boshqalar bilan ulashishingiz ularga ham bu kitob haqida qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi. 8. O‘qiganlaringizni prezentatsiya (taqdimot) qiling. O‘qilgan kitob yoddan ko‘tarilmasligi uchun uni do‘stlaringizga aytib bering. Kitob haqida oila a‘zolaringizga, do‘stlaringizga ‘‘seminarlar‘‘ o‘tib berishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
📍Kitob oʻqish uchun 10 sabab! 📚Kitob oʻqishni kundalik odatga aylantirsangiz, sizni ajoyib oʻzgarishlar kutadi! 📌Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi 📌Dunyo qarash kengayadi 📌Fantaziya rivojlanadi 📌Lugʻat boyligi va savodxonlik darajasi oshadi 📌Kitob stressdan xalos etadi 📌Intellektni rivojlantiradi 📌Xotirani mustahkamlaydi 📌Alsgeymer kasalligining oldini oladi 📌Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi 📌Uyqu sifatini yaxshilaydi
Hammasini ko'rsatish...
#Kun_hikmati Hayot-misli kitob.Uning ba'zi boblari ma'yus,ba'zilari-baxt yana ba'zilari esa zavqu-quvonch!Gar keyingi bobni ochmasangiz varaqlab, u yerda nima kutib turganini bilmaysiz hech!
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.