uz
Feedback
Mukhriddin WEB — the Ayteshnik (c)

Mukhriddin WEB — the Ayteshnik (c)

Kanalga Telegram’da o‘tish
377
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-930 kunlar
Postlar arxiv
Футболга унча қизиқмаган мухлис кўрса Бразилия қизил формадами деб ўйлаши мумкин @Davron_Fayziev

Va alaykum assalom , Rahmat Alhamdulillah yaxshiman. To‘g‘risi, agar dasturchi bo‘lmaganimda qaysi kasbni tanlashimni aniq ayta olmayman futbolchi bo'laman deb urunganman o'xshamagan , keyin hobbylarga berganman focus birorta mqasadsiz , undan keyin matematika oliy darajasida lekin yo'l aniq bo'lmagan lekin maqsad aniq edi hobbylarni hech qachon tashlamaganman coding bu hobby edi doim erkin qaraganman. Lekin bir narsaga ishonchim komil bugungi yo‘limning katta qismi aynan dasturlash orqali shakllangan. Dasturlash manga faqat kod yozishni emas muammo ko‘rishni, tizim qurishni va jarayonlarni tahlil qilishni o‘rgatdi. Keynchalik biznesga kirganimda ham aynan shu fikrlash tarzi juda katta yordam berdi. Manimcha, boshidan biznesmen bo‘lib ketish ancha qiyin bo‘lardi )) Bu shakillanarkan hoziram shu jarayon bilganimdan bilmaganim ko'p. Chunki dasturlash orqali mahsulot yaratish, mijoz muammolarini tushunish va qiymat yaratish tajribasi pro bo'lib ketgan, Biznesga kirishimga ham shu narsa sababchi bo‘lgan. Biznesga kirishdan oldin ham real caseda aynan shu biznesga yechim berib yurganman doim va o'zim qilsam bunaqa emas bunaqa yondashuv qilaman derdim , biznes bu butun boshli tizimni kichik detallarigacha ichidan o'tish. Agar IT bo‘lmaganida, ehtimol xarbiy bo'lardim balki Matematik o'qtuvchi yoki tizimlar bilan bog‘liq yo‘nalishlardan birini tanlagan bo‘lardim. Chunki manga doim murakkab jarayonlarni soddalashtirish va tizimlashtirish qiziq bo‘lgan doim Orqaga qarab qarasam, dasturlash man uchun kasbdan ko‘ra ko‘proq hobby + fikrlash usulini bergan ekan.

You have a new message: Assalomu alaykum yaxshimisiz Muhriddin aka Sizga savolim bor edi: "Agar dasturchi bo'lmaganingizda qaysi kasb vakili bo'lardingiz" Albatta boshida dasturchi bo'lib boshlagansiz keyin biznesga kirgansiz. Boshidan biznesmen bo'lib ketishiz qiyin edi menimcha. Dasturlash ham sababchi shekilli biznesga kirishga

Shaxsiy brend marketolog yoki kontentmeykerga pul berib qurilmaydi. Qilgan ishlaringiz va natijalaringizning o‘zi sizni brend
Shaxsiy brend marketolog yoki kontentmeykerga pul berib qurilmaydi. Qilgan ishlaringiz va natijalaringizning o‘zi sizni brendga aylantiradi. Hatto bunga alohida harakat qilmasangiz ham. Bugun esa ko‘p videolarda “A to‘g‘ri, B noto‘g‘ri” deb qat’iy hukmlar berish moda bo‘lib qolgan. Go‘yoki biznesning yagona formulasi bordek. Chunki inson ko‘p bilgani sari ehtiyotkorroq gapiradi. Har bir vaziyatning o‘z konteksti borligini tushunadi. Yaqinda bir qisqa videoga ko‘zim tushdi 30-40 soniya edi fikr aytildi va aniq xulosa qurilibdi. Shunchaki to‘liq podkast yoki intervyu qayerda ekanini so‘radim. Fikr qaysi kontekstda aytilganini bilmoqchi edim va javobni ikki marta talab qilganimdan so'ng meni bloklashdi. Shunda tushundim: ba’zilar uchun haqiqat muhim emas, engagement muhim )) O'zini fikrlashga o‘rgatayotgan odamlar ko‘pincha eng oddiy savoldan qo‘rqadi ) @mukhriddinweb

Ko‘pchilik logistikada AI joriy qilish haqida gapiryapti. Biz esa avval ma’lumotlarni tartibga keltirishga kirishdik. Natijada buyurtmalarni qayta ishlash tezlashdi, operatorlarning qo‘lda bajaradigan ishlari kamaydi va jarayonlar ancha shaffof bo‘ldi. Shu jarayonda bitta narsani tushundik. AI tartibsizlikni tuzatmaydi. U yaxshi ishlayotgan tizimni yanada kuchaytirishda yordam berarekan. Texnologiyaga investitsiya qilishdan oldin, ma’lumotlar va jarayonlarni tartibga keltirish kerak. Aynan shu yerda haqiqiy transformatsiya boshlanadi va gaz bossa bo’ladi. @mukhriddinweb

🇫🇷

Repost from VirtualDars
Microservices arxitekturasi ishlatilganda xizmatlar orasida ma'lumot almashinuv uslubini (Saga Patternlar) tanlashni o'rganamiz. https://youtu.be/fPK9KvtTa7M

Avvallari ko’p fikrlarim yozardim. Linkedin telegramda hozir deyarli yozmayman va ko’p o’qiyman lekin biror argument olmayman aksariyat dasturchilar , biznes egalari , marketolog va startuperladan… Nega deysizmi bilmayman nega lekin ularam o’zini ishini qilyapti… Lekin adashganlar ko’p kimdir hypeda kimdir “kaypda” mohiyatni unutgandekmiz. @mukhriddinweb

Azizlar, Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🤲🏼

Seek wealth, not money or status. Wealth is having assets that earn while you sleep. Money is how we transfer time and wealth. Status is your place in the social hierarchy. @mukhriddinweb

Hozir ko‘pchilik biznes qilishdan oldin “biznesmen obrazini” yoqib olishga oshiqib ketgan. Biznesning “B” sini qilmagan odam: — mikrofonda ekspert, — kamerada mentor, — Instagram’da founder. Lekin ortida: na tizim bor, na natija, na real qiymat. Shaxsiy brend — natijaning soyasi. Natija bo‘lmasa, u oddiy kontent xolos. @mukhriddinweb

Kimgadir mansab tegishi bilan, tushungan-tushunmagan narsasiga ham aralashib, “men bilaman” rejimiga o‘tadiganlar bor. Lavozim aqlni oshirmaydi. Faqat insonning asl saviyasini tezroq ochib qo‘yadi. @mukhriddinweb

🇺🇿 FIFA World Cup 2026’da Uzbekistan guruhdan chiqish ehtimoli qancha? Guruh: 🇵🇹 Portugal 🇨🇴 Colombia 🇨🇩 DR Congo 🇺🇿 Uzbekistan Analitiklar va betting modellari taxminiga ko‘ra: • Portugal — 90%+ • Colombia — 70% atrofida • Uzbekistan — ~20% • DR Congo — ~15% Nega qiyin? — Portugal guruh favoriti — Colombia juda tajribali jamoa — Uzbekistan uchun bu ilk katta mundial bosimi Lekin imkoniyat bor: ✅ 2026 formatda ayrim 3-o‘rinlar ham chiqadi ✅ DR Congo bilan o‘yin hal qiluvchi bo‘ladi ✅ Colombia bilan durang scenario ochishi mumkin ✅ Uzbekistan intizomli va jamoaviy futbol o‘ynaydi 🇨🇩 DR Congo esa oson raqib emas: Tarkibida Premier League va Yevropa futbolchilari bor — Wissa, Wan-Bissaka, Mbemba, Bakambu. Real scenario: — DR Congo ustidan g‘alaba — Colombia bilan durang — Portugaldan minimal mag‘lubiyat Shunda playoff uchun real imkoniyat paydo bo‘ladi. Yakuniy taxmin: 🇺🇿 Uzbekistanning guruhdan chiqish ehtimoli — ~20% atrofida.

Ba’zi kalamushlar kirilcha yozishni “saviya” deb o‘ylaydi. Lekin gaplari ham, fikrlashi ham eski klaviatura drayveridan nariga o‘tmaydi. @mukhriddinweb

Repost from UzCERT Live
⚠️ JavaScript ekotizimiga keng ko‘lamli kiberhujum: TanStack npm paketlari orqali minglab tizimlar komprometatsiya qilingan b
⚠️ JavaScript ekotizimiga keng ko‘lamli kiberhujum: TanStack npm paketlari orqali minglab tizimlar komprometatsiya qilingan bo‘lishi mumkin 💻 So‘nggi kunlarda dasturiy ta’minot xavfsizligi sohasida katta xavotir uyg‘otayotgan navbatdagi supply-chain hujumi aniqlanib, mashhur npm platformasidagi TanStack paketlari nishonga olingani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar ushbu hodisani so‘nggi yillardagi JavaScript ekotizimiga qarshi amalga oshirilgan eng xavfli ta’minot zanjiri (supply-chain) hujumlaridan biri sifatida baholamoqda. 🚫 Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilar TanStack nom maydoniga tegishli jami 84 ta zararli npm paket versiyasini registry’ga joylashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu zararli versiyalar orasida millionlab dasturchilar foydalanadigan mashhur kutubxonalar, jumladan @tanstack/react-router ham mavjud bo‘lib, mazkur paketning o‘zi haftasiga 12 milliondan ortiq yuklab olinadi. ✅ Mutaxassislar fikricha, ushbu hujumning eng xavfli jihati — zararli paketlarning nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki boshqa kutubxonalar orqali tranzitiv tarzda ham minglab loyihalarga kirib borish imkoniyatiga ega ekanidadir. Shu sababli hujumning ta’sir doirasi nihoyatda katta bo‘lishi mumkin. 📱 Batafsil 🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!