cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sevgi Hikoyalari😊

- Assalomalekum mening kanalimdan sizlar : 1️⃣ dardli videolar🎥✓ 2️⃣ statusli rasmlar🖼️✓ 3️⃣Turli janrdagi hikoyalarni📒 Kanalim a'zolari agar sizlarga kanalim yoqqan bo'lsa juda ham hursandman🥰😊❤️ Yoqmagan bosa uzr🙏

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston61 530Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
189
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Aldangan_yurak #N_46 Sovchilar xam ketishdi, men esa xonamda hayol surguncha o'tiribman. Angilyadagi Aziz akam bilan tanishuvimni eslar ekanman, behos yuzimga kulgu yugurdi..... O'tmish. 3 soatlik Kanferensiyadan dugonalarim bilan chiqdim, dugonalarim bilan gaplashib o'tirar ekanman dugonalarimdan biri --Kelilar esdalik uchun rasmga tushamiz -dedi albatta ingiliz tilida. Men yangi telefonimni sumkamdan olib yo'limdan chiqgan afitsantga rasmga tushurishni aytdim. Biz chiroyli bo'lib kameraga qarar ekanmiz Afitsantga kimdur tezlikda uruldi, telefonim esa yerga quladi! --Ko'zinga qarasang bo'lmaydimi? -dedi jaxl bilan afitsantga urulgan yigit. Men esa yerga yotgan telefonimni oldim, qarasam cheti sinibdi, mayli dedimda boynagi yigitga qarab --Aslida o'zing ko'zinga qarasang bo'lmaydimi? -dedim ingiliz tilida. Qayerdandur yana bir yigit kelib afitsantga qaradida --Ishdan boshading -dedi, meni esa bundan jaxlim chiqib --Nega begunoh odam ishdan bo'shar ekan? -dedim jaxl bilan! --Xonim, axir telefoningizni tushurdi va.. -deya gapirayotganda men gapini bo'ldimda; --Asl aybdor shu, men esa kechirim so'rashini istayman -dedim boynagi yigitga qarab. --Ee qanaqa qiza bu? Odamni asabini buzadigan -dedi o'zbek tilida yigit --Xa siz xali o'zbekmisiz? - dedim kulib. U odam boshiga qoli bilan urub qo'ydida --Xa o'zbekman -dedi. --Men emas asabni buzadigan. Asl aybdor xam siz yangi telefonimni xam bir tiyn qildingiz! Afitsantni ishdan boshashiga xam sababchi bo'ldingiz! Indamay, tinchgina rasmga olayotganda suqma qoshiqga o'xshab qayerdandur paydo bo'ldingiz -dedim baqiribgina, -- Xa xali menmi? Xammasiga aybdor? -dedi baralla kulib. --Yoq oysha xolam. -deya ensamni qotirdim. Dugonalarim bilan xayrlashdib o'zim esa uyimga yo'l oldim. Tashqariga chiqishim bilan yuzimga sovuqlik uruldi. Xavo sovuqligi va shu qatori qor yog'ayotganligi sabab qo'limni poltom cho'ntagiga tiqib oldim. Muz yerdan yurib borar ekanman, orqamdan esa kimdur taqib qilayotganini sezdim. Xa adashmabman, boynagi suqma qoshiqku! U mening yonimga keldida qo'limga tanish zirakni tutqazdi, qulog'imni ushlab ko'rar ekanman, xaqattan ziragim yo'q edi. Vay palakat! Tushib qolibdida. --Raxmat! Endi esa yo'lingizdan qolmang -dedim. --Endi yaxshilikga yaxshilik qilmaysizmi? -dedi qo'llarini bir biriga ishqalar ekan. --Nima qilishimni xoxlayabsan -muz yo'llardan yurib borar ekanman shunay dedim. --O sensirashni boshladim de? --O'zing nima sensiramayabsanmi? -dedim qoshlarimni chimirlash borobarida. --Bilsang agar men sendan kattaman. -dedi suqma qoshiq. --Yo'ge? Bilmas ekanman -ensamni qotirdim. Bir zum nima bo'lganini bilmayman, faqatgina muzda sirpanib suqma qoshiqni ustiga yiqilganimni bilaman xolos.... Davomi bor... #Muallif_mefitun
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_47 Ko'zlarimiz bir birimizga tutashdi. Uning qop qora ko'zlariga cho'kib borar ekanman, ichimda biram boshqacha bo'lib ketdimki..tushuntirib bera olmayman. O'zimni o'nglab olib uning ustidan tushdimda egnimni to'g'irlab yo'limda davom etdim. Negadur boshqacha bo'layotgandekman. Yurib ketar ekanman, yana o'sha suqma qoshiqni ovozi yangray boshladi. --Nimaaa?? -dedim oxiri, ortimga burulib. --Balkim uyinga olib borib qo'yarman? Xavoni qara - u qo'lini cho'ntagiga solguncha shunday dedi. Meni esa ensam qotib ketdi, --O'zing ketayver, meni esa yo'limdan chiqma, palakat oyog'ing ostidadur deyishadiku, oyog'im tagida o'ralashmang -dedim baralla kulib. --Menmi xali palakat. --Xa endi bildingmi? -deya yo'limda davom etdim. Orqamga tezlikda suvuq bir nima uruldi..Vaay suqma qoshig'ey? Men bilan o'ynashayabdimi bu? Ortimga o'grilishim bilan yuzimga yana qor tegdi. Ana endi o'zingdan ko'r dedimda, men xam qordan shariklarni yasay boshladim. Xaa barchasini mo'ljalab o'tdim, u xam menga qarata o'tar edi. Otmishchamni eslab kulib qo'ydim. Men shu lahzalarda juda xam baxtli edim.. Telefon bo'layabdi qarasam Aziz akam ekan... --Allo -dedim mayin ovozda. --Xo'sh xonim..to'yimiz 1 haftadan keyin bo'ladigan bo'ldi bundan xabaring bormi? --Albattada, to'yni xam tezlashtirib yubordikda. -dedim norozi ohangda. --Men seni quvalayman, sen esa qochasan! Baribir seni tutib olaman. -dedi Aziz akam..... Mening kunlarim shu tarzda o'tar edi. Bugun men kutgan kun, xa to'yimiz! Oq ko'ylakni kiyib oynaga qarab o'tirar ekanman, aslida 2 yil oldin o'zgasi bilan to'yim bo'lishi kerak edi, Allohga shukronalar aytaman yaxshi xam to'yim bo'lmagan ekan. Tashqaridan karnay surnay lar boshlandi, buni tushunish mumkinki Aziz akamlar kelgan. Sal o'tmay xonaga Aziz akam xam kirdi. --Xa xotinjon! Va nihoyat, -deya 32 ta tishini ko'rsatib kuldi...voyeeeeey bu 32 ta tishini ko'rgan meni, ko'z oldimga tirjaygan kalla kelib ketdi.. #Muallif_mefitun
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_45 --Nima qilayabsiz bu yerda? -dedim kulimsirab. Aziz akam esa menga xumush boqdida --Nima qilardim sevgilimni to'g'rirog'i xotinimni uyiga kirish bilan ovoramanda! Ufff Aziz aka endi men sizga sovchini qanday qilib tushuntiraman-a? Uning ustiga oyim shu sovchuga uzataman deyayotgan bo'lsa. --Aziz akaa -dedim yig'lamsirabgina --Xa xayotim? --Nima desam ekan...uyga sovchi kelgan u sovchiga meni uzatishmoqchi -dedim ko'zimga yosh olib. Bir payt Aziz akamni gapi meni boshimni qattiq zarba bilan urgandek bo'ldi. --Yaxshiku uzatishsa -desa bo'ladimi? Nega bunaqa deyayotgan ekan-a? --Kuyov bolani ko'rishga chiqmaysanmi? Seni kutib o'tiribdi -dedi jilmayar ekan. --Nimalar deyabsiz, men sizdan boshqaga turmushga chiqnayman! -dedin qat'iy --Kim senga aytayabdi boshqaga tegasan deb, chiqing xonim men seni bo'ynadan beri kutaman! Chiqaqol endi! Bu gapni men eshitib birma bir tahlil qilib chiqar ekanman behos yuzimga kulgu yugurdi. Vay! Demak bu sovchi Aziz akamdan ekan-da! -dedimu yugurgancha tashqariga chiqib ketdim. Eshikni ochishim bilan qarshimda savlat to'kib Aziz akam turar edi. Uning qoshlariyu sevgi to'la ko'zlariga boqar ekanman. Ko'zlariga boqib -Men sizni sevaman! -deya gapirib yuboribman. --A? Nima deding eshitolmay qoldim? -dedi Aziz akam o'zini eshitmaganlikga olib. Men xam nima deganimni anglab, boshimga bir urib qo'ydim. --Xech nima demadim! -dedim ko'zlarimni katta katta qilib. --Sen nega eshikni yopib qo'yding, oyimlarni orqasidan kirayotganimda? -dedi Aziz akam qoshlarini chimirlab. Meni esa rosa kulgim kelar edi. Chunki ikki ayol kelganda uyingizni shipirgani keldik degani kulgimni keltirgan edida. Supurgina olib qo'liga xam bermoqchi edim. Qayerdan bilay irim sirimlarni.... Davomi bor.. #Muallif_Mefitun
Hammasini ko'rsatish...
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Mashaalloh, bu shirin qizchaning gaplarini eshitib rosa mazza qilib kulibman.😅 Sizga ham ilindim, siz ham bir mazza qiling.
Hammasini ko'rsatish...
4.72 MB
Esimdan chiqibdi😭
Hammasini ko'rsatish...
I'm sorry oraliq nazoratlatim boshlangan tashay olmadim🥺❤️
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_43 Ko'zimni ochib qarasam...Mening suyuklik yorim menga mayuz tikulguncha turar edi. O'rnimdan turdim va mayin ovozda salom berdim. Aziz akam xam salomimga alik oldi. O'sha yerda turgan o'rindig'ga o'tirdi. Men xam yonlariga o'tirdim. Aziz akam fotixa surasini o'qidi xaqlariga dou qildi. Men esa faqatgina ko'z yosh to'kib o'tirar edim. Dadam bilan esa xayrlashdim. Qabristondan chiqishim bilan Aziz akamning mayuz ovozi yangradi. --Juda afsusdaman, yaqin insoning o'lamdan o'tsa hayot boshqacha bo'lib qolarkan. --Shunday, dadam mening borlig'im edi, yoshligimda oyim bilan opam bir bo'lib meni gapirishar edi, dadam esa tarafimni olardi, men dadamning erka qizi edim -deya yig'lab yubordim. Aziz akam meni yonimga kelib sochlarimdan siladida --Bo'ldi yig'lama, sen yig'lasang meni yuragim ezilib ketadiku yagonam -dedi. Juda xam baxtli edim. Yettinchi osmonlarda uchib yuribman, xamma yaqinlarim yonimda sevgan insonim xam, men endi sevilishni anglab yetdim. Shu baxt emasmi? Shu sevgi emasmi..? Bilasizlarmi? Sevgi deganda hamma turlicha o'ylaydi turlicha fikrlaydi. Xo'p sevgi nima o'zi? Sevgi Alloh tomonidan berilgan ilohiy bir tuyg'u. Sevgisiz ınson yashab bo'ladimi? Yo'q sevgisiz ınson yashay olmaydi. Sevgi bu baxt. Sevgi bu ne'mat. Sevgi bu hayot. Haqiqiy sevgi aslıda Allohga, Ota-onaga, jufti halolga, oilaga, farzandlarga nisbatan bo'ladi. Mana o'shalar bizni hayotimizni sevgi deb atalmish go'zal tuyg'u bılan bog'lab turadi. Sevgi o'tkinchi tuyg'u deb o'ylaysizmi? Adashasiz! Odamzod uning o'tida butun umr yonishi mumkin. U siz aytayotgan 3-4kunlik o'tkinchi tuyg'u aslıda sevgi emas. Shunchaki vaqtinchalik saroblardir. Haqiqiy sevgi sizni yerga urmaydi, kamsitmaydi, hechqachon sizni tashab ketmaydi! Ketish uchun mingta sabab topib bering bitta sabab topib yonizda bo'ladi. U sizga dard bilan birga go'zal, tuganmas baxt ham beradi. Mana xozir aytayotgan barcha narsa menda bor! Xa men xaqiqiy baxtni ta'mini endi tatib korayabman. Mashina oynasidan manzarani tamosha qilib hayol surib o'tirganimdan xam Aziz akamni gapini eshita olmay qoldim. --Sevara? -dedi ikki ko'zini ro'ldan uzmagan xolda Aziz akam. --Xa tinchlikmi? --Uydagilaring bilan gaplashdingmi? Nima deyishdi? -dedi bu tim qora qoshlarini qoqdida savol nazar ila qaradi. Men endi qanday aytaman-a.? --Ular.....ular umuman qarshi to'yga -dedim bazur cho'zilib. Aziz akam esa mashinani tormozoni tezlikda to'xtatdi. --Nimaga?? --Bilmayman. Oyim qarshi. -dedim keskin boshimni egib. Davomi bor... #Muallif_Mefitun
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_44 Aziz akam esa yana mashinasini xaydadi. Endi esa sukunat aks etmoqda. Ikkalamiz xam jim edik. Aziz akamga qarasam g'azabdan qizargan. Ufff bekor aytdimda! Shu hayollar bilan uyga xam yetib keldik. Men mashinadan tushdim, ortimdan Aziz akam xam tushdi. Ikkalamiz ichkariga birga kirdik.  Oyim bizni ko'rib birinchi xayron qaradi, keyin esa yuz tuzulishi o'zgardida. Menga yomon qarab qo'ydi. --Assalomu alaykum yaxshimisiz xola? -desa bo'ladimi Aziz akam? Xola! Meni kulgilarim kelib ketdi. Kulib yubordim xam. Oyim esa salomiga alik olib ichkariga taklif qildi. Men xam endi kirib ketayotganimda Aziz akam menga qarab --Kelinposha sizni kirishiz shart emas -deya o'zlari ichkariga kirib ketdi. Ufffff yana gapdan qoldim. Eshikga qulog'imni qoyib eshitmoqchi xam bo'ldim. Qildim xam, lekin pashaning ovozi xam eshitilmadi. Sal o'tib ular chiqib kelishdi. Aziz akamga nima bo'ldi desam xam jaxil qilib meni turtib o'tib ketdi. Alam qilgani esa shu bo'ldi. Oyimdan xam qancha so'radim. Minq etmadi, xam. Endi esa meni axvolimni ko'ring! Aziz akamga oyim nima debdi deya ertalabgacha uxlolmay chiqdim. Aziz akamga telefon xam qildim yo'q ko'tarmadi xam. Mana xozir xam shuni o'ylab nonushtamni qilar ekanman, eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Borib eshikni ochdim. Qarshimda esa ikki ayol jilmayguncha turar edi. --Assalomu alaykum keling. -dedim --Va allaykum assalom qizim biz eshigingizni tagini shipirgani keldik -dedi jilmayguncha! --A? -dedim tushunmaygina. --Qulchilikga keldik deyman, Sevara degam qiz bor ekan. -dedi yonidagi ayol. --Bu yerda uxatiladigan qiz yo'q! -deya eshikni yopib qo'ydim. Ichkaridan oyim chiqib; --Nega kirgizmading -dedi sovuq ohangda. Bu gap boshqacha bo'ldi endi! --Oyi o'ylab gapirayabsizmi? Sovchi kelgan -dedim. --Xa, nega ichkariga taklif qilmading? --Men erli ayolman! Oyi -degunvha ichkariga kirib ketdim. Oshxonaga kirib yana nonushtamni davom etirdim. Tashqaridan ayollar ivozi kela boshladi, bildimki oyim ichkariga taklif qilgan. Oyim oshxonaga kirib --Tez choydamla! -deya o'qrayib qaradi. --Nega? -dedim baqirib. --Shu sovchilarga seni berib yubormasami! -deya ichkariga kirib ketdi. Men esa istamaygina o'rnimdan turib choy damladim. Xa ana mening xolaskorim opam oshxonaga kirib keldi. Men esa choynakni opamga berib --Ichkariga kirgizar ekansiz. --Yo'q sen olib kir! Senga aytdi oyim. Sengami sovchi yoki menga? -dedi opam. --Ikkalamizga xam emas! --Sen axmoq qiz! Qanday qilib bizdan so'roqsiz turmush qurishing mumkin? Lekin oyim seni unga bermaydi. -opam shunday dedi. Meni esa vahima bosa boshladi. Derazaga qarab o'tirar ekanman. Taq taq bo'lib kimdur tosh ota boshladi. Exx bolalara! Derazani ochib endi gapirmoqchi edim yuzimga kichik tosh tegdi. Xa bolalar! Tanish ovoz yangradi. Qarasam Aziz akam ekan. Endi sovchini qanday qilib tushuntiraman-a? Davomi bor... #Muallif_Mefitun
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_42 --Qizim sen qanaqasiga turmush qurishing mumkin.? Bizdan so'roqsiz? -dedi oyim. --Men yangi hayotni boshladim axir! Endi faqat o'zim uchun yashayman. --Sen qiz o'ylab gapirayabsanmi.? Bizga sovchi keldimi? Yo'q kelmadi. Sen qizni aytayotgan gapingni qara-ya! Yoki xazilashayabsanmi? -dedi oyim kulib. Men esa nima deyishni xam bilmay qoldim. Xozir yana shu mavzu xaqida gapirsam, oyimni mazzalari qochib qolishi aniq! Xa to'g'ri men turmush qurdim. Sevdim sevildim. --Yo'q! Xech qanday to'y bo'lmaydi. Men seni o'zim yaxshi joyga aqilli islomiy tarbiyali bolaga uzataman. Xozirgi aytayotgan yigitni bilib bo'lmaydi qandayligini! Toxirdek chiqib qolsa.... -deya gapirayotgan edi oyim. Men esa tezlikda gapini to'xtatdim. --Yetar! Ertaga sovchi keladi. -dedimda mexmonxonadan chiqib ketdim. Xonamga kirdim. 2 yil qanday turgan bo'lsa xozir xam shundayligicha turibdi. Javonimda o'sha men yoqtirgan kitoblar! Xammasini sevib o'qib chiqgan edim. Afsuski bu kitoblarni, javobsiz sevgim, sovg'a qilgan. Oyna yonida esa xar kuni uni kuzatar edim! Yetar! Sen nikohli qizsan Sevara! O'zgasini o'ylashinga balo bormi? Taxorat oldim, va javon ichidan qora rangli ro'molimni oldim. Shunga moslab uzun ko'ylagimni kiydim. Uydan chiqib uyimizdan sal o'tganda ikkinchi ko'cha bor. O'sha yerga qarab yura boshladim. Manzilimga keldim "Bismillax" dedimda o'ng oyog'im bikan ichkariga qadam bosdim. Bu yerdagi barcha qabrlarga qaradimda "Assalomu alaykum" dedim. O'zimga tanish bo'lgan qabr taraf yura boshladim. Qabr toshida esa; Tursunboyev Furqat Qosimovich 22.10.1973. 12.05.2021 Ruhingiz shod bo'lsin. Deya yozilgan edi, va dadajonimning rasmi. Xa dadam olamdan ko'z yumdi! Afsuski men kela olmadim. Narkaman bo'lganligi tufayli qamoqxonada xuruj qilib olamdan ko'z yumdi. Men dadamning qabri yoniga o'tirdimda; --Dadajonim mexribonim, yaxshimisiz? Men noshut qizingizni kechiring. Xammasiga men sababchiman. Agar men uni sevmaganimda xech narsa bolmasdi! Siz bizning yonimizda bo'lar edingiz. Dadajonim kechiring meni xammasiga men sababchiman -dedimu bog'zimga bir nima tiqildi. Ko'zim esa yana yoshlandi. Yig'ladim xa men axmoq barchasiga men sababchiman. Shunday degancha dadamning qabrini quchoqladadim. Yig'ladim boshimni dadamning qabriga qo'ydim. Orqamdan kimdur turtkillab ismimni aytdi. Ko'zim ilinib uxlab qolgan ekanman. Ko'zimni ochib qarasam.... Davomi bor.. #Muallif_Mefitun
Hammasini ko'rsatish...
#Aldangan_yurak #N_41 Meni esa o'z uyiga tashlab o'tdi. Mening o'sha xotiralimga to'la bolgan uy! Qarasam eshik ochiq ekan. Kirdim, oldingidek fayz yo'q edi. Oldinlari bu uy o'ziga tortar xozir esa umuman bunday emas. Chunki dadam yo'q. Ichkari uyga kirdim. Mening kichkintoy farishtachamni ovozi eshitildi. Oyim esa xar doimgidek oshxonada. Birinchi bo'lib Oshxonaga kirdim. Oyim esa berilib ovqat pishirayabdi. Men oyimning orqasidan o'tdimda quchoqladim. Oyim esa biroz gangib qolib so'ng, yig'i ovozda ismimni tokrorladi. --Oyijonim! Qayerdan bildingiz menligimni -dedim oyimga yuzlanib, oyim esa men quchoqlab yuz ko'zimdan o'par edi. --Qizim xidingdan sezamanda. Men oyimni ancha vaqt quchoqlab o'tirdim. Oyim xam meni yuzlarimdan o'pib quchoqlar edi. Axir bu diydor uchrashuv! Oshxonaga esa jajji farishtam kirib keldi. --Xolaaa, siz meni xolamisiz? -dedi ko'zlarini pirpiratib. Men esa o'rnimdan turdib, uning yoniga borib u qatori o'tirdim. --Xa xolasini malikasi! Men seni xolangman -dedim Dilsorani yuzchasidan o'pib. Dilsora opamning qizi, yoshi esa ikkida. --Xo'sh xolasini malikasi oying qayerda Dilsora meni ikki qo'limdan ushladida qayergadur yo'l boshlab ketdi. Menimcha oyisini oldiga. Ikkinchi qavatga chiqdik xamki pocham va opamning ovozlari yangrar edi. Dilsora ikkalamiz xonaga kirdik. --Xa o'sha qizchalariz bilan yurayvering xop? Boring! -dedi opam yig'i ovoz bilan --Dilrabo go'zalim, qanaqa qiz xaqida gapirayabsan-a? Meni ko'zim sendan boshqasini ko'rmaydi. -deya pocham jon kuydirib gapirar edi. Dilsora ikkalamiz bir birimizga qaradikda bosh chayqab qo'ydik. Dilsora oyisini oldiga bordida. --Oyiiiii xolam keldi axir! -dedi opamning ko'ylagidan tortib. Dilsoraning gapirishlari xudi katta qizlarnikdek ediya! Va nihoyat Pocham bilan opamni ko'zlari meni ko'rishdi. Ular bilan xam ko'rishdim. Shunday qilib xammamiz jamuljam bo'ldik. Dadamni ishini pocham davom etirdi. Oyim bir o'zlari qolganliklari sabab opam pocham va Dilsora oyim bilan yashaydigan bo'ldi. --Xo'sh senchi? Ikki yilda u yerda nimalar qilding.? -dedi opam. --Shu o'z kasbimni egalladim! O'qidim yana til o'rgandim. Yangi do'stlar ortirdim, yana.... -deya jimib qoldim. --Yana? Davom etirayver.? Eshitayabmiz -dedi opam gapimni tinglab. --Turmush qurdim! --Nimaa? -deyishdi xamma birgalikda. --Xa shunaqa to'yim bo'lmadi lekin nikoh o'qitirganmiz. -dedim oyimga qarab. --Kim ekan u bola? Ismi nima qayerlik? -drya surishturishni boshladi Dilrabo opam. --Ismi Aziz. Yoshi 29 da! Angilyada tanishdik. -dedimda yerga qaraguncha jimib qoldim. Davomi bor... #Muallif_Mefitun Yangi persanajni kutib oling❤️‍🔥😍
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.