🇹🇷TurK TiLi🇹🇷
Allah'ın izniyle Türkçeyi öğreneceğiz☺ Kanal Yaratilgan Sana: 30.07.2022.🥰
Ko'proq ko'rsatish683
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-130 kunlar
- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Obunachilar o'sish tezligi
Ma'lumot yuklanmoqda...
1-mashq. Quyidagi bo‘sh o‘rinlarni mos qo‘shimchalar bilan
1. Evde yalnız kal.................... alıştım.
2. İnsanlar durakta otobüsün gel.............. bekliyorlar.
3. Eşimin ehliyeti var ama araba kullan .............. korkuyor.
4. Onunla konuş .............. denedim ama beni dinlemedi.
5. Sen o iş teklifini kabul et.. ............ düşünüyor musun?
6. Oku .............. derslerinde gazetelerdeki haberleri inceliyoruz
7. Siz neden İstanbul'dan ayrıl.............. ısrar ediyorsunuz?
burada.
8. Hobilerim; kitap oku......... , müzik dinle...... ve sinemaya git
9. Yarınki toplantıya katıl .............. karar verdim.
10. Onların beni ziyaret et.. .......... çok sevindim
Günaydın arkadaşlar ☀️
Başlanan gününüz mutluluk🥰 ve şanslarla🍀 dolu olsun diye bügünkü derslerimizi👩🏫🧑🏫 başlayacağız🌸☺️
️
🖇 4-dars
Muloqot madaniyati - Konuşma kültürü
SO‘RAShUV - SELAMLAŞMA
Turklarda tanish-bilishlar, do‘st yo dugonalar yo‘l-yo‘lakay uchrashganlarida yoshi kichik (yoki avval ko‘zi tushgan kishi), imkon qadar, tanishining ismini qo‘shib Merhaba, Özgür deb salom beradi.
Ikkinchi kishining javobi: A-a, Barış, merhaba, nasılsın? So‘ng:
-Sen nasılsın, neler yapıyorsun?
-Teşekkür ederim, iyiyim. Üniversitede sınavlar başladı, ders çalışıyorum.
- Uzun zaman seninle görüşemedik.
-Evet, öyle oldu. Evdekiler nasıllar?
-İyiler… kabi iliq so‘zlar bilan hol-ahvol so‘rashiladi. Shundan keyingina aytish zarur bo‘lgan masalaga o‘tsa bo‘ladi.
Xayrlashuv chog‘ida Kusura bakma, ben derse geç kalıyorum. Seni telefonla ararım deb suhbatni tugallagan va İyi akşamlar / İyi günler yoki Hoşça kal / Güle güle / kendine iyi bak / Görüşürüz / Görüşmek üzere (Herkese benden selam söyle) deb xayrlashgan
ma’qul.
voice-2020-10-17-12-14.mp33.52 MB
Harakat nomi (Isim-Fiiller). Harakat nomi ish-harakatning nomini bildirib,
zamon va shaxs sonni ko‘rsatmaydigan felning otga xoslangan shaklidir.Turk
tilshunosligida harakat nomi fe’lning ot shakli, ya’ni ish-harakat, holat yoki
bo‘lish, yuz berishning nomi, deya ta’riflanadi. Harakat nomi otdosh shakl ham
deyiladi. Shu bois fe’llarni harakat nomlaridan biri bilan ataymiz (atmak fe’li,
istemek fe’li, uçurmak fe’li). Harakat nomining bunday turiga masdar (mastar,
infinitif) deyiladi.
Turk tilida –mek, -me, -iş qo‘shimchalari qo‘shilib yasalgan uch xil harakat
nomi mavjud (bilmek, satmak, gelişme, çalışma, giriş, çıkış). Undan tashqari,
hozirgi zamon turk tilida kamdan-kam hollarda -meklik qo‘shimchasi bilan
uzaytirilgan holda yasalgan harakat nomlari ham qo‘llanib kelinadi (sevmeklik,
yapmaklık). Bular barchasi ish-harakatning nomlarini ifodalaydi.
Harakat nomlarida shaxs ma’nosi bo‘lmagani kabi, zamon ma’nosi ham
yo‘q, ammo ularda ozmi-ko‘pmi ma’no va qo‘llanish farqlari mavjud. Masdar deb
atalgan –mek harakat nomlari fe’lning grammatik va boshlang‘ich shakli fe’lning
noaniq shakli hisoblanadi va to‘la ma’noli ot bo‘la olmaydi. Shuningdek, hozirgi
zamon turk tilida harakat nomi nutqda ham qo‘llanadi:
Yaşamaktan büyük bir zevk alıyorum.
Adamın sözlerine gülmekten katıldık.
Bu konuda düşünmekten yoruldum.
Akşama kadar yürümekten, gezmekten yorulmadınız mı?
-mak qo‘shimchasi gaplarda için, üzere, gerek, gibi, kadar kabi ko‘makchilar
bilan birga keladi:
Başarılı olmak için çok çalışmak gerek.
Vakit bitmek üzere.
Anne olmak gibi mutluluk yoktur.
Masdarlar egalik va boshqa shakl yasovchi qo‘shimchalar ham olmaydi.
Boshqacha aytganda, –mek harakat nomlari hozirgi zamon turk tilida o‘z o‘rnini -
me harakat nomi qo‘shimchasiga bo‘shatib bergan. Masalan, eski turkchadagi
yörimegüm, demege, etmegi shakllari yangi turkchada yürümem, demeye,
etmeyi ko‘rinishiga ega.
–mek masdar shakli turli xil harakat nomi kelgan gaplarda qo‘llanadi:
“Kişi noksanını bilmek gibi irfan olmaz” (Kishi nuqsonini bilmoq kabi irfon
bo‘lmas).
-me harakat nomi qo‘shimchasi –mek qo‘shimchasi asosida yuzaga kelgan
bo‘lib, hozirgi zamon turk tilida asl ish-harakat otlari sifatida faol qo‘llanadi. Ular
hafif mastarlar (yengil masdarlar) ham deyiladi: gitme, çalışma, evlenme, okuma
va hok.
Harakat nomlari egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qollana olgani
uchun qo‘shma gaplarda bosh gapning barcha unsurlarining yoki ularga oid so‘z
birikmalaridagi otlarning o‘rnini egallashi mumkin:
Hatır için konuşmayı hiç başaramam (Hurmat uchun gapirishni hech eplay
olmayman).
Sizi rahatsız etmeleri yersiz olmuş (Sizni bezovta qilishlari to‘gri
bo‘lmabdi).
Çiftliğinde avlanmamıza müsaade etmişti (O‘z yerida ov qilishimizga
ruxsat bergan edi).
Nutqda -me harakat nomining egalik qo‘shimchasini olib uzaytirilgan yana
bir shakli ham uchraydi: Buradan karşıya geçmesi o kadar kolay değil (Bu
yerdan narigi tomonga o‘tishi unchalik oson emas).
-iş qo‘shimchali harakat nomlari ham ish-harakatning tarzini bildiruvchi ot-
fe’llardir: geliş, görüş, anlayış, davranış. -iş qo‘shimchasi ham -me kabi egalik
qo‘shimchalari va turli kelishik qo‘shimchalari olib turlangan holda harakat nomi
qatnashgan gaplarda keng qo‘llanadi, lekin, baribir, ular -me qo‘shimchali harakat
nomlariga nisbatan kam tarqalgan: Sizin araya girişiniz durumu kurtardı (Sizning
o‘rtaga tushishingiz vaziyatdan chiqishga yordam berdi). Bunun mutlaka bir
çıkış yolu vardır (Buning mutlaqo bir iloji bordir)kabi.
Harakat nomining bo‘lishsiz shaklda ishlatilishi ko‘pincha -
meqo‘shimchasini olgan shaklda uchraydi: Öğrencilerin derse geç gelmemesi
gerek. –mak qo‘shimchasi bilan yasalgan harakat nominıng bo‘lishsiz shakli:Çok
konuşmamak gerek.–ış qo‘shimchasini olgan harakat nomining bo‘lishsiz shakli
turk tilida deyarli uchramaydi.
1-§.Fe’lning xoslangan shakllari. Harakat nomi –
Fiilimsiler (Yatık Fiiller). İsim-Fiil
Fellar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol,
aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fel maxsus shakllarga ega
bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fel
shakllarifelning vazifa shakllari sanaladi.
Fellarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fel (kesimlik)shakli (o‘qidi);
2) harakat nomi shakli (o‘qimoq, o‘qish); 3) sifatdosh shakli (o‘qigan, oqar); 4)
ravishdosh shakli (o‘qib, kelgach).
Fe’llarning xuddi shunday shakllari hozirgi zamon turk tilida ham mavjud.
Bu shakllar turk tilshunosligida yatık fiiller (fiilimsiler) deyiladi.
Bu shakllarning fe’lning vazifadosh shakllari deyilishiga sabab, ular fe’lning
biron-bir grammatik kategoriyasiga mansub bo‘lmay, turli ma’nolar ifodalash yoki
boshqa vazifalarni bajaradi:
fAliyi karşımda görmek, beni şaşırttı. (Alini qarshimda ko‘rish meni
hayron qoldirdi.
Evi kiralayacak hanım tekrar geldı. (Uyni ijaraga olmoqchi bo‘lgan ayol
yana keldi).
“Çayı görmeden (paçanı sıvama)”(Soyni ko‘rmasdan pochani shimarma)
Veliyi birlikte getirmeni isterdim (Valini birga olib kelishingni istardim).
Evden çıkışım tatsız oldu (Uydan chiqib ketishim yaxshi bo‘lmadi).
Manavın verdiği karpuz ham çıktı (Sotuvchi bergan tarvuz xom chiqdi).
Burada olacağımızı nereden bildin? (Bu yerda bo‘lishimizni qayerdan
bilding?).
Ankara’ya geldiğinizde beni arayın (Anqaraga kelganingizda menga
qo‘ng‘iroq qiling).
Fazla yorulduğumdan erken yatmıştım (Juda charchaganim uchun erta
yotgandim).
Turk tilida fe’lning vazifadosh shakllari uch xil bo‘ladi:
1. Harakat nomi (isim-fiiller) - fe’lning ot shakllari;
2. Sifatdoshlar (sıfat-fiiller) - fe’lning sifat shakllari;
3. Ravishdoshlar (zarf-fiiller) - fe’lning ravish shakllari.
3-dars
Turk tilida hafta kunlari, oylar va fasllar
✅ MAVSUMLAR - MEVSİMLER
Bahor - ilkbahar
Yoz - yaz
Kuz - sonbahar
Qish - kış
✅ OYLAR - AYLAR
Yanvar - ocak
Fevral - şubat
Mart - mart
Aprel - nisan
May - mayıs
Iyun - haziran
Iyul - temmuz
Avgust - ağustos
Sentyabr - eylül
Oktyabr - ekim
Noyabr - kasım
Dekabr - aralık
✅ Hafta kunlari - Hafta günleri
1. Dushanba - Pazartesi
2. Seshanba - Sali
3. Chorshanba - Çarşamba
4. Payshanba - Perşembe
5. Juma - Cuma
6. Shanba - Cumartesi
7. Yakshanba - Pazar
voice-2020-10-15-11-37.mp33.31 MB
Boshqa reja tanlang
Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.