cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tafakkur chizgilari

Tarix, siyosat, ilm-fan falsafasi Post koʻchirilganda manba koʻrsatilsin. Qo'llab-quvvatlash uchun: http://tirikchilik.uz/muslimmind Hamkor: https://t.me/ufq_horizon

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 809
Obunachilar
+124 soatlar
-67 kunlar
-3930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Tasavvur qiling, hozirdan 200-300 yillar oʻtib ketdi. Kelajak. Odamlar tamoman boshqa tartib va qonunlar hukmronlik qiluvchi oʻzgacha zamonda yashayapti. Shak-shubhasiz, Yevropa va AQSh oʻzining global kuch maqomining katta qismini, jahon boʻylab hukmronligini boy bergan. Global janub va sharq undan koʻp barobar oʻzib ketgan. Ilm-fan, texnologiya, ijtimoiy hayot, axloq – barcha- barchasida. Islomning haq taʼlimot ekanini jahon ommasi eng kamida bilgan, xabardor. Ularning katta qismi endi shunchaki johillik darajasidan – haqiqatni bilib turib inkor etadigan kufr ahliga aylanishgan. Va shu bilan birga koʻpgina kishilar buni tan olib, shahodat keltirishgan. Oʻsha davr odamlariga 200-400 yillar muqaddam Yevropa va Shimoliy Amerika xuddi bir vaqtlar islom bilan boʻlgani kabi Jahonning har jabhada eng oldi mintaqalari boʻlgan, hukmronlikda, kuch-qudratda, ilm-fanda ularga tenglashadigani yoʻq edi, desangiz, katta qismi sizga ishonmaydi, gaplaringizni inkor etadi, ustingizdan kuladi. Toʻgʻri, qisman haqiqatni aks ettiruvchi faktlar, yozma manbalar, lavhalar boʻladi kelajakda, oʻtmishdan farqli oʻlaroq. Biroq avom buni tan oladi deysizmi? Aslo yoʻq. Trend, doimiy oqim bilan hamnafas, biroq reallikdan uzilib yashaydigan umumiy avom ahli hamma vaqt haqiqatni tan olishda qaysarlik qilib kelgan. Bu bilan nima demoqchiman. Ularni trend/hayp orqali islomga kirgizish hozirgidan yanada osonroq boʻlib qoladi va bu bizning foydamizga, albatta. Lekin tarixiy haqiqatlarni, qaysidir qavm qaysidir davrda muayyan maqomga ega boʻlgani insoniyat avlodlari ongidan juda tezlik bilan unutiladi. Ularga yetarlicha manbalar orqali tarix asli qanday ekanligini isbotlashga urinmang, ular sizni tan olmaydi. Xuddi bugun Yer sferik ekanini tasdiqlovchi dalillar ming minglab boʻlgani holda uni inkor etadigan bir toifa doim boʻlgani kabi – lekin bu holda farqli oʻlaroq insoniyat tarixi va zamonaviy davr bilan bogʻliq haqiqatlarni kichik qatlam emas, bugun bir millatlar yanglish tushunadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hukmronlik, mavqe, pogʻona – hammasi qoʻldan qoʻlga koʻchib yuruvchi narsalardir. Islom bir kun kelib, albatta, yoʻqotgan mavqeyini deyarli qaytarib oladi. Lekin bu – unga nisbatan xusumatli munosabatlar yoʻqoladi, degani emas. Gʻarb jahon diqqati shohsupasidan qulaydi. Buning yaqin kelajakda yuz berishini hozirgi vaziyat, voqelik juda yaxshi koʻrsatib turibdi. @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 13👏 4 1
Qur'onda (Islom taʼlimotlarida) biz quyidagi satrlarni oʻqiymiz: “Yetakchining bir idoraga, uning hokimiyatida bunga toʻliq munosib odam bor boʻlgani holda, istalgan bir kimsani olib kelib qoʻyishi Xudoga va Davlatga qarshi ogʻir gunohga qoʻl urish demakdir”. (C) Jon Syuart Mill, “Erkinlik haqida” @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 3🔥 1🤔 1😢 1
Ommaviy yechinish, kiyimsizlik bu primitivlikning eng oliy koʻrinishi. Bu borada ixtilof boʻlishi mumkin emas – Mustafo Sabriy Afandi shunday deb yozadi. Hijoblanish (ihtijab), oʻranish, ust-boshini libos bilan qoplash esa shuning ayni teskarisi, turli tabiiy-jinsiy tartibsizliklarning oldini oluvchi diniy-axloqiy instinkt turtki boʻlgan kamolot belgisidir. Kiyimdan, libosdan voz kechish bu xuddi bugungi rivojlangan texnologiyalardan mutlaqo voz kechishga oʻxshaydi. Ikkisi ortidagi mantiq bir xil. Ikkalasi ham qattiq mehnat, aqliy ijod, diniy-axloqiy turtki natijasidir. Insoniyat mehnat qila boshlashi ortidagi maqsad oʻzini turli vositalar ila, tabiatdan himoyalanish asnosida mukammallashtirish edi. Bir soʻz bilan aytganda bu sivilizatsiyalashuv demak. Bu avval insonning ochiq badanini mayda xavflarning oldini olish uchun turli matolar bilan yopish, undan keyin tabiat hodisalari, xavflaridan himoyalanish uchun ikkinchi qavat himoyasi boʻlgan uylar qurish, ana undan keyingisi kattaroq shkaladagi himoya turi boʻlgan ijtimoiy birlashuv, qabilachilik, keyingisi davlatchilik. Xullas sivilizatsiyaning qisqacha ta'rifi shu. Insonning ijodkor maxluq ekani, ijodga intilib yashashi ham ayni shu sababga tayanadi. Zotan bu dunyoda inson tomonidan qilinadigan har qanday xatti-harakat panoh, homiy izlash maqsadi bilan amalga oshiriladi. Kiyim ham, uy ham, davlat ham, oila ham – barcha-barchasidan murod himoyalanishdir. Nimadandir himoyalanishga ehtiyoj qolmasa, ana oʻsha yerda himoyalanish uchun yangi dushmanlar, qarama qarshi taraflar yaratila boshlanadi. Bugungi jamiyatlarda erkak va ayollar oʻrtasidagi soxta ziddiyatlar ham shunga misol. Bugun kiyim himoya vositasi boʻlmay qoldi. Chunki uning oʻrnini boshqa kuchliroq vositalar, davlat, huquq, ijtimoiy himoya vositalari egallagan. Shu bois ham bu normalar yaxshi ishlaydigan gʻarbda ayollar qatlami koʻchada kiyimsiz holda ham oʻzini himoyasiz his qilmaydi. Chunki kattaroq himoyachisi bor. Lekin ular foydalanadigan ayni mantiq xato epistema ustiga qurilgan. Agar hamma narsani ehtiyoj va zarurat nuqtayi nazaridan baholaydigan boʻlsak, bugungi kunda qoʻlimizda mavjud deyarli barcha ilmiy yutuqlar, foydali ixtirolar, boy yozma manbalar va hatto eng murakkab sistema – tildan ham shunchaki voz kechib, eski davrlardagidek imo-ishoralar orqali suhbatlashishimizga toʻgʻri keladi. Chunki tilda, qonuniyatlar asosida suhbatlashish insondan anchagina quvvat, bilim, tajriba talab qiladi. Yechinish targʻibotchilari yengillikni istaydi (asosan). Bu jismoniy, vujudga daxldor yengillik. Bundan tashqari, aqliy yengilliklar ham mavjud. Tvitterdan Instagramni yoki matnlardan videolarni afzal koʻruvchilarni aqliy yengillik tarafdorlari deyish mumkin. Ikki holatda ham yengillik istovchilar kamolotga erishmoqlikni, axloqiy mukammallikni istovchi oliy maqomga xos insonlardan ajralib turadi. Ular – ikkinchi darajaga mansub. Chunki ular asl yengillik, halovat, ofiyat, shu bilan birga himoyalanish kerak boʻlgan asl dushman nima ekanini bilishmaydi. Bularning barchasi moddiyat, shakldan ustun turadi. Inson esa moddiy emas, balki maʼnaviy olamga doxil mavjudlikdir. @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 16 7
Bu odamlar asl Islomiy manbalar bilan boshqa sivilizatsiyalardan olgan narsalari o‘rtasida yangi va original sintezlar yaratishga harakat qildilar. Bunday o‘zaro ta'sirsiz ularning ilmiy va falsafiy yutuqlari vujudga kelmas edi. Musulmonlar bugungi kunda asl mutafakkirlar, san’atkorlar va olimlarni yetishtirmoqchi bo‘lishsa, bu qo‘shtirnoq ichida o‘ziga yot deb bilayotgan (madaniyat)i bilan hech qanday aloqa o‘rtnatmay turib, undan ta'sirlanmay va o‘rganmay amalga oshmaydi. Ya'ni o‘z olamini yaxshi tanigan va boshqa dunyolarga ochilish orzusini tuygan insonning jasorat bilan yangi fikr va madaniyat bilan tanishuvi natijasi o‘laroq bundan oldin ko‘rilmagan original fikrlar o‘rtaga chiqadi. Agar bu aralashuvdan qo‘rqsangiz, o‘z qobig‘ingizga o‘ralib, yangi so‘z aytolmaydigan holga tushasiz. Hukmron diniy tuzum esa bu kabi ta'sirlashuvning oldini olishga harakat qiladi. Masalan, o‘lkadagi diniy muassasalardan falsafa fanlarining “chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik” uchun bosqichma-bosqich olib tashlanishi buning bir ko‘rinishidir. Bu muammoni yengib chiqmasdan turib, Islom olamida birdek tarqalgan tanazzul davom etaveradi, ehtimol... @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3
"Islom, ilm va ikkiyuzlamachilik" – Özgür Koca. Musulmonlarning tarixda ilm sohasiga qo‘shgan hissalari haqida yozilgan kitoblar bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lgandirsiz. Shunday kitoblarda nomi keltirilgan shaxslarga bir e'tibor qarating: Al-Farobiy, Beruniy, Tusiy, Shamsiddin Samarqandiy, ibn Miskavayh, Umar Xayyom, ibn Haysam va hkz. Odatda, yuqorida ismi zikr qilingan kishilarning qilgan ishlaridan g‘ururlanamiz. Chunki ular astronomiyadan optikagacha, undan fizika va matematikaga qadar keng ko‘lamli sohalarga juda katta hissa qo‘shishgan. Bu eng muhofazakor dindordan tortib ularning liberaligacha bo‘lgan odamlarning umumiy munosabati. Ular biz hozir ham ichida yashayotgan qorong‘i kunlarda porlagan hamda Islomning yorqin sivilizatsiyasiga sabab bo‘lgan mayoq kabidirlar. Ammo bu yerda bir muammo bor. Ziddiyat yoki ikkiyuzlamachilik. Yutuqlari bilan maqtanayotgan shaxslarning aksar qismi bugun qabrlaridan chiqib kelsalar va Saudiya Arabistoni yoki Pokiston kabi musulmon o‘lkasiga borsalar, yozgan asarlari sabab haqorat va murtadlik bilan jazolanib, eng og‘ir hukm – o‘limga mahkum qilinardilar. Masalan, Nosiruddin Tusiy bilan yuzma-yuz kelsalar, trigonometriyaga oid asari "Kitob al-shakl"ning qiymatini bilmas, lekin "Tajrid al-e'tiqod" kitobi sabab hibsga yoxud oliy jazoga tortishar edi. Ehtimol, ular Beruniyni astronomiya, geografiya, muhandislik va matematika sohasidagi ishlari asosida yuzaga kelgan "Qonun al-Mas'udiy" asari uchun mukofotlash o‘rniga, "Tahqiqi ma'a al-hind" nomli diniy-qiyosiy tadqiqotlari uchun takfir qilishlari mumkin edi. Hatto Azhar kabi universitetda bunday ilmiy ishini himoya qilolmas, nashr ettirolmay ishidan ayrilishi, bu ham yetmagandek, oilasini tashlab, yurtni tark etish majburiyati ostida qolishi mumkin edi. Yana boshqa misollar keltiraman. Hozir xolislik ila ushbu savolni so‘ramoq lozim: Bu odamlar e'tiqodan maqbul emas ekanlar, unda nega ularning yutuqlarini din nomi bilan alqaymiz? Yo‘q, agar maqtanishda davom etadigan bo‘lsak, bu shaxslar bilan fiqhiy-aqidaviy doirada "sulh tuzishimiz" kerakmasmi? Agar Islom tarixida boshqa madaniyat havzalari bilan uchrashish va ta'sirlashuv biz hozir ham faxrlanadigan natijalarni bergan bo‘lsa, u holda diniy talqinlarimiz ham kishilarning o‘z qarashlariga begona dunyolar bilan yuzma-yuz kelishiga tashviq etish va uning oqibat – hosilasiga toqatli bo‘lishi uchun ham kengayishi kerak emasmi? Rumiy har qanday insonni qabul qilishga ochiqligi uchun televideniye orqali va’z qilayotgan imom tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinar va tazyiqlarga uchrar, shu sabab u o‘z shahridan hijrat qilishga majbur bo‘lishi mumkin edi. Bu hol, ehtimol, uni qabul qiladigan G'arb o‘lkasini topgunga qadar davom etadi. Tag‘in ortga – avvalroqqa qaytaylik. G‘azzoliy kabi katta figura "Mishkot al-anvor" va "Taxofut" kabi asarlari sabab "falsafa bilan ifloslanganlik", "yunonlarning illatli g‘oyalarini Islom olamiga kiritganlik", "so‘fiylikni yoyganlik" kabi aybnomalarga mahkum bo‘lardi. Va, ayniqsa, Yaqin Sharqda boshpana topishi amri maholga aylanardi. Xulos qilib aytganda, biz boshqalarga ko‘krak kerib maqtanadigan Islom dunyosining qanchadan-qancha olim, mutafakkir va yangi fikr egalari davlat va tor doiradagi talqinlar ta'sirida bo‘g‘iladigan holga kelgan atmosfera ichida yashay olishmasdi. Bu buyuk aql egalari topgan har qanday ilmiy manbalaridan foydalandilar va ilm-fan yoxud falsafa bilan shug‘ullanar ekanlar, o‘zlaridan avvalgi madaniyatlar yutuqlaridan istifoda etdilar. Ular yunon falsafasi, xususan, Arastu va Aflotun bilan yaqindan tanishgan, fors va Bobil astronomiyasidan bahramand bo‘lgan, hind matematikasidan foydalangan, nafaqat matematik tizimlarni, balki Pifagor kabi yunon olimlarining matematik falsafalarini ham o‘zlashtirgan va musiqadan tortib to mantiqqacha bo‘lgan insoniyatning barcha bilimlaridan xabardor bo‘lishga intilganlar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2
Payg‘ambarimiz (s.a.v) davridagi muvaffaqiyatlarimiz umuminsoniy hayot tushunchasi va yuksak dunyoqarash tufaylidir. Rasulullohning taklifi bilan odamlar dunyoni qayta barpo etish uchun bir yoqadan bosh chiqarishdi. Agar oʻsha xalq o'z davrining boshqa xalqlaridan farqlanib, noyoblik darajasiga yetgan boʻlsa, bu ularning hayot haqidagi tushunchalarining oʻzgarishi tufaylidir, aks holda ular kiyim-kechak, jamiyat, til va qabila munosabatlari jihatidan o'z davrining boshqa odamlaridan umuman farq qilmasdilar. Biroq ko‘ngil va dunyoqarashdagi evrilish bu xalqqa shunday yuksak qarash va kenglik bag‘ishlagan ediki, u oxir-oqibat o‘z milliy va mamlakat manfaatlarini emas, balki umumiy xalqlar saodatini o‘ylay boshladi. Islom ularning qalblari olamini o‘zgartirgan edi. Hozir agar kimdir chiqib, qalbi va ko‘zini o‘zgartirish o‘rniga oʻsha koʻvna xalqning odatlari, amallari, kiyim-kechaklari va madaniyatini o‘zlashtirishni talab qilsa, bunday tashqi jihatlarga xos, zohiriy ergashishni qanday qilib chin maʼnoda Rasulullohga izdoshlik deyish mumkin? Axir ularning zamondoshi boʻlgan, iymon keltirmagan Quraysh ahli tashqi koʻrinishda ular bilan bir xil edi-ku. (C) Rashid Shaz @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 12 4
Payg‘ambarimiz (s.a.v) davridagi muvaffaqiyatlarimiz umuminsoniy hayot tushunchasi va yuksak dunyoqarash tufaylidir. Rasulullohning taklifi bilan odamlar dunyoni qayta barpo etish uchun bir yoqadan bosh chiqarishdi. Agar oʻsha xalq o'z davrining boshqa xalqlaridan farqlanib, noyoblik darajasiga yetgan boʻlsa, bu ularning hayot haqidagi tushunchalarining oʻzgarishi tufaylidir, aks holda ular kiyim-kechak, jamiyat, til va qabila munosabatlari jihatidan o'z davrining boshqa odamlariga mutlaqo o'xshardilar. Biroq ko‘ngil va dunyoqarashdagi evrilish bu xalqqa shunday yuksak qarash va kenglik bag‘ishlagan ediki, u oxir-oqibat o‘z milliy va mamlakat manfaatlarini emas, balki umumiy xalqlar saodatini o‘ylay boshladi. Islom ularning qalblari olamini o‘zgartirgan edi. Hozir agar kimdir chiqib, qalbi va ko‘zini o‘zgartirish o‘rniga oʻsha koʻvna xalqning odatlari, amallari, kiyim-kechaklari va madaniyatini o‘zlashtirib olishini talab qilsa, bunday tashqi jihatlarda, zohiriy maʼnodagi ergashishni qanday qilib chin maʼnoda Rasulullohga izdosh boʻlish deyish mumkin? Axir ularning zamondoshi boʻlgan, iymon keltirmagan Quraysh ahli tashqi koʻrinishda ular bilan bir xil edi-ku. Rashid Shaz @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
Bugungi oʻzbek jamiyatining oshkor hissiyotlari (bugungi murakkab va qaltis davr — soʻnggi voqealar koʻlami, darajasi, voqeligi, jiddiyligini barimiz anglaymiz) yakdil va umum maslakka muhtoj. Biroq bu harakatlantiruvchi kuch shunchaki gʻoyaning oʻzi boʻlolmaydi. U oʻzbek madaniyatining oʻziga xosligini — madaniy xossalari, diniy kechinma va mayllarini, millat oʻlaroq oʻzining manifestini jahonga namoyon etmoqlik istagini oʻzida oynalantirishi kerak. Bunga erishishning birlamchi yoʻli shu: oʻzbek oʻlaroq yashash va fikrlashning yangicha, modern koʻrinishini ifodalovchi yangi va yosh intelligensiya — oydinlar guruhi va formatsiyasini yaratish. Ikkinchidan, gʻoyaga mahsulot oʻlaroq qarash vaqti keldi. Insoniyatni oldinda yangi xolokostlar kutib turibdi. Biri, bizga tanish biri — ekologik xolokost. Bunda xolokostning asosiy sababchisi biz yashab turgan madaniyat qadriyat va shakliyatlari boʻladi. Demak, madaniyat sohasini qayta koʻrib chiqishga ehtiyojimiz bor. Yana bir muhim nuqta — bu ilm sohasi. Post-modern davr tugadi. Lekin endi bu intiho oʻzidan juda salbiy oqibatni qoldirdi. Axborot olami virtuallashdi. “Big data” paydo boʻldi. Alaloqibat, biz bilgan jamiki narsa virtuallashtirilib, yangi onlayn majmuaga birlashdi. Instagram, TikTok, Feysbuk va boshqa virtual sotsial tarmoqlar jamiyatni birxillashtirdi, uni zombi koʻrinishiga olib keldi. Buning oʻzi ilm jabhasini qayta shakllantirish zaruriyatiga ishora boʻlib, maʼlumotlarning obyektiv emas, balki koʻproq axloqiy, fikriy, ibratomuz, madaniy koʻrinishi ustida ishlashimiz kerakligini anglatadi. Bu haqida koʻp gapiramiz. Isloh muqobillar yaratish bilan boʻladi. Bulardan hosil boʻlgusi xulosa shuki, millat yangi oʻzlikka muhtoj. Biroq bu bilan men na siyosiy, na diniy, na ijtimoiy gʻoyani nazarda tutyapman. Aksincha, bularning barchasini oʻz ichida jamlagan, keyingi yirik evrilishlarga qadar millatni jips saqlay oladigan, yoshlarni jaholat va ongsizlik inqirozi tubsizligidan chiqaradigan yangi madaniy-axloqiy maktab men istaganimdir. Bu esa kelajakka tomon yoʻnaltirilgan boʻlib, asosan, hozirgi yosh avlod va keyingilarning oʻzligida namoyon boʻlmogʻi durust. Siyosiy fanlarda meta-narrativ yoki grand-narrativ tushunchasi mavjud. Narrativning oʻzi bizning tilda “rivoyat” deb tarjima qilinadi. Narrativ millatning keyingi — kelajakdagi yoʻlini belgilab beradigan instrument sanaladi. Oʻtgan asr “meta-narrativlar asri” nomi bilan tarixda qoldi. Marksizm, undan keyin Leninizm, Natsizm, Fashizm kabilar oʻsha mafkuralarning gigant koʻrinishlaridir. Bugungi dunyo ham shaklan shunday yirik mafkuralarga muhtoj. Biroq bu endi dohiylari yovuzlik siymosi boʻlgan, yovuzlik va hukmronlik timsoli emas, balki kelajakni umumbashariy manfaatlar asosida koʻradigan, bizni kurraviy farogʻat bilan birgalikda uxroviy saodatga yetaklovchi fikriy-amaliy dastak boʻlishi shart. U muayyan jamiyatni bir koʻz bilan koʻradigan, sekulyar, liberal, libertarian, anarxist, marksist yoxud providensial deist ideali emas, balki markaziy gʻoyasi islom bulogʻidan suv ichadigan meta-narrativ boʻladi. Biz aytayotgan intellektual uygʻonish — renessans shudir asli. Aliya Izzatbegovichning soʻzlari men nazarda tutgan masalani yaxshi ochib beradi: “Har bir uygʻonish bir tomondan jamiyatdagi tafakkur va yetakchi unsurlar, ikkinchi tomondan esa, aholi oʻrtasidagi ijodiy aloqa, yaqinlik yoki ichki kelishuv natijasida yuzaga keladi. Yetakchi guruh iroda va fikrni, xalq esa har qanday buyuk ishning yuragi va qonini ifodalaydi. Oddiy odamning hamkorligisiz yoki aqalli roziligisiz, barcha harakatlar yuzaki boʻlib qoladi, unda zarba kuchi yetishmaydi. Ommadagi sustlik va loqaydlikni, agar bu mashaqqatli mehnatga, xavf va kurashga tabiiy qarshilik natijasi boʻlsa, yengib oʻtish mumkin. Agar u kurash ideallarini rad etishni ifodalasa, uni yengib boʻlmaydi, chunki u bu idealni ommaning eng samimiy istaklari va his-tuygʻulariga zid oʻlaroq qabul qiladi.” @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2
Islomdan avval mavjud boʻlgan Yassi Yer tushunchasini rad etish va sferik Yer tezislarini qabul qilish islomning dastlabki bosqichida sodir bo'lgan ish. Sferik, kurrra Yer qarashlari Ibn Hazm, Al-Juvayniy, Al-G'azzoliy, Ibn Taymiya va Ibn Al-Javziy kabi mashhur ulamolar tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Darhaqiqat, Ibn Taymiya (boshqalar qatorida) Abul Husayn Ibn Munodadan Yer shar shaklida ifoda etilishi boʻyicha “Ijmo”ni quyidagi so‘zlar bilan keltiradi: “Osmon kurraga oʻxshashligi borasida ulamolar ichida ixtilofli qarash yoʻq. U aytadi: Xuddi shunday, ular Yerning butun quruqliklari va suvlarini oʻz ichiga olgan holda kurra shaklida ekanligi borasida ixtilof qilmaydilar. Bu shuni koʻrsatdiki, quyosh, oy va yulduzlar bir xil vaqtda yerning turli qismlaridan koʻtarilmaydi va botmaydi. Aksincha, bu ish avval sharqda, soʻngra gʻarbda sodir boʻladi”. (Majmu' al-Fatava, 25/195) @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 1
Intellektual buyuk siymolar shunday bir kuchga ega boʻladiki, ular fikrlari bilan nafaqat xalqni balki oʻzi singari fikrli insonlarni ham ta'sirlantirishi mumkin. Bitta yakka shaxs ortidan bir qator olimlar sinfi, jamoasi, muayyan mafkura himoyachilari yetishib chiqishi mumkin. Buyuk mutafakkir va yetuk siymo Muhammad Asad haqida oʻqib, shunga iqror boʻldim. Gʻarbda u musulmon intellektuallari silsilasini boshlab bergan. Masalan uning gʻoyalaridan u yoki bu tarzda ta'sirlanganlar koʻplab topiladi. Ular uning davrida yoki keyinroq islomni qabul qilishgan. Mana ularning bir qanchasiga misollar: Angliyadan Bertran Rassellning amakisi Alderli lord Stenli; Lordlar palatasining a'zosi va faol musulmon 11-Baron Xedli (Umar Al-Faruq); ajoyib yozuvchi va keyinchalik Qur'on tarjimoni Muhammad Marmaduke Piktal; yetuk tasavvuf olimi Martin Lings (Abu Bakr Sirojiddin); va Islomning iste'dodli tasvirchisi Charlz Le Gay Eaton. Fransuzlardan: metafizika, qiyosiy din va ezoterizm bo'yicha mutaxassis Rene Guenon ("Abd al-Vohid Yahyo); sharqshunos Vinsent Mansur Monteil va muallif Moris Bukail. Germaniyadan diplomat va yozuvchi Murod Uilfrid Xofman; Avstriyadan antropolog Baron Umar fon Erenfels; Vengriyadan sharqshunos Abdul Karim Germanus; Shveytsariyadan qiyosiy din sohasidagi eng nufuzli yozuvchi sifatida tasvirlangan Frithjof Shuon. Shimoliy Amerikadan Qur'on islom olimi va tarjimoni Tomas Irving (Al-Hajj Ta'lim Ali); yozuvchi Margaret Markus (Maryam Jamila); Islomning qisqacha ensiklopediyasi va boshqa islom asarlari muallifi Kiril Glass; Jeffri Lang, matematik va islom bo'yicha yozuvchi; va shoir, yozuvchi va sayohat kitoblari mualkifi Maykl Vulf. @Tafakkur_Chizgilari
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 3👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.