uz
Feedback
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

Kanalga Telegram’da o‘tish

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi. Telefon: +998 99 728 29 00 Facebook: www.facebook.com/dtrmuz Youtube: https://www.youtube.com/@dtrm-talim Instagram: https://www.instagram.com/davlat_tili_/

Ko'proq ko'rsatish
763
Obunachilar
-124 soatlar
-1 1897 kun
+230 kun
Postlar arxiv
#hududlarda #Navoiy Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tashkil etilgan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yur
+2
#hududlarda #Navoiy Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tashkil etilgan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi an’anaviy dars mashg‘ulotlaridan lavhalar. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

11.09.2026 #Toshkent
O‘ZBEK TILINING ILMIY VA ADABIY MEROSI: YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI
Muxbir: Dilbar Badalboyeva @bugun_lavhalar

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#ommaviy_diktant Gulistonda ta’lim sohasi rahbarlari “Ommaviy diktant” yozdi Bugun, Guliston shahrida davlat xizmatchilari ha
+4
#ommaviy_diktant Gulistonda ta’lim sohasi rahbarlari “Ommaviy diktant” yozdi Bugun, Guliston shahrida davlat xizmatchilari hamda ta’lim sohasi vakillarining davlat tili bo‘yicha savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida “Ommaviy diktant” tadbiri tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning barcha jabhalarda to‘laqonli qo‘llanishini ta’minlash hamda rahbar kadrlarning yozma savodxonligini yanada yuksaltirishdan iborat. Unda shahardagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining 104 nafar rahbar va mas’ul xodimi qatnashdi. Aksiya Guliston shahar hokimligi, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#alifbo Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Resp
+5
#alifbo Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi. Keyingi yillarda mamlakatimizda oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani qayd etildi. Qonun bilan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, yangi tahrirdagi alifboga oʻtish jarayonida fuqarolar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini inobatga olish maqsadida Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishiga toʻsqinlik qilinmasligi belgilanmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi. Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlo qoidalarini takomillashtirish, davlat tilidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, oʻzbek tilini raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

Farg‘onada keng aholi vakillari uchun bepul o‘quv kurslari boshlandi 😊 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavq
+4
Farg‘onada keng aholi vakillari uchun bepul o‘quv kurslari boshlandi 😊 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yanada oshirish, aholi savodxonligini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini shakllantirish hamda aholining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Farg‘ona viloyatida navbatdagi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son va 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori hamda tegishli hujjatlar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan mazkur kurslar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Quvasoy shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi. 🟢Joriy yil sentabr oyidan boshlangan o‘quv mashg‘ulotlari keng aholi qatlami vakillari uchun bepul asosda olib borilmoqda. Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning yozma va og‘zaki savodxonligini oshirish, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, hujjatlarni adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri va sifatli rasmiylashtirish, davlat tilidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🟢Hududlarda bunday bepul o‘quv kurslarining tashkil etilishi aholining davlat tilini puxta egallashi, savodxonlik darajasini oshirishi, ish yuritish madaniyatini yuksaltirishi hamda davlat tilining kundalik va kasbiy faoliyatdagi amaliy qo‘llanish doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’. Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bu
#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’.
Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz.
Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi ‘tomon’ ma’nosini anglatuvchi yaq otdan qadimgi vosita kelishigining -(i)n qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.   🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!🇺🇿 Hurmatli Markaz va hududiy bo‘linmalarning rahbar-xodimlari, aziz ustozlar, ham
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!🇺🇿 Hurmatli Markaz va hududiy bo‘linmalarning rahbar-xodimlari, aziz ustozlar, hamkasblar hamda tinglovchilar! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!  Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrash va kelajagimizni bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy voqeadir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ma’rifat, ilm-fan, ona tilimiz va milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan har bir insonning hissasi alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, davlat tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uni o‘rgatish va targ‘ib qilishdek sharafli vazifani zimmasiga olgan Markazimiz jamoasining samarali mehnati tahsinga loyiq. Fursatdan foydalanib, Markaz va hududiy boʻlinmalarda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar-xodimlar, fidoyi o‘qituvchilar va hamkasblarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning mas’uliyatli mehnatingiz, oʻz kasbingizga sadoqatingiz va tashabbuskorligingiz Markazimiz faoliyatining yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Aziz hamkasblar! Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning baxtli kelajagi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!   Inomjon Azimov Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor.  🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

❗️Shavkat Mirziyoyev: Mening niyatim: o‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.
❗️Shavkat Mirziyoyev:  
Mening niyatim: o‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

💛💛💛 #lugʻatlar #elektron_adabiyotlar 😊 Ish jarayonida qaysidir so‘zning to‘g‘ri yozilishini qidirib so‘ramagan odamingiz
💛💛💛 #lugʻatlar #elektron_adabiyotlar 😊 Ish jarayonida qaysidir so‘zning to‘g‘ri yozilishini qidirib so‘ramagan odamingiz qolmagan payt bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shunday paytlarda sizga imlo qoidalari yoki sinonimlar lug‘ati zarur bo‘ladi. 💬 Yoki Davlat tilida ish yuritish kitobining elektron shakli zarur bo‘lganda qayerga murojaat qilishingiz haqida bosh qotirmang. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining rasmiy saytida (www.dtrm.uz) tilga oid lug‘atlar va ilmiy adabiyotlarning elektron shakllari joylangan. ➡️Davlat tilida ish yuritish ➡️O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati ➡️ va boshqalar ... ✅ Sayt mutlaqo bepul, manbalardan esa bemalol foydalanishingiz mumkin. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalash
#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz? Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik! Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring. 🌎🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X