cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ilm-najot

Bir soatlik ilm bir kunlik ibodatga tengdir....

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
577
Obunachilar
+124 soatlar
-37 kunlar
-2530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Шимолий Корея хор жамоаси қизлари Ким Ир Сен га бағишланган қўшиқни айтишмоқда. 1950 йил. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Берлин девори қулагандан кейинги биринчи шанба куни Шарқий ва Ғарбий Берлин ўртасидаги Бранденбург дарвозасида тирбандлик. 1989 йил 11 ноябр https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Bugun 3-iyun 2024-yil, dushanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 BMT - Xalqaro velosiped kuni. 🌏 Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni. 🌏 Butunjahon sidr kuni. 🌏 Parashyutning tug'ilgan kuni. 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh, Tennesi - Konfederatorlar xotirasi kuni. 🇦🇺 Avstraliya - Mabo kuni. 🇧🇬 Bolgariya - Atirgullar festivali. 🇨🇦 Kanada - Salomatlik va fitnes kuni. 🇲🇾 Malayziya - Qirol Yang di-Pertuan tug‘ilgan kun. 🇳🇦 Namibiya - Namibiya Qurolli kuchlari kuni. 🇲🇪 Chernogoriya — Mustaqillik kuni. 🇹🇭 Tailand - Qirolicha Sutxida tug'ilgan kun. 🇺🇬 Uganda - Shahidlar kuni. 🇨🇳 Xitoy - Drakon festivali (“Duanu” bayrami) kuni. 🌀VOQEALAR:🌀 🔰1098 - Salibchilar Antioxiyani egallashdi. 🔰1326 - Novgorod kelishuvi imzolandi. 🔰1539 - Florida Ispaniya hududi deb e'lon qilindi.  🔰1571 - Qrim xoni Davlat I Girey Moskvani yoqib yubordi 🔰1780 - „Lord Gordon inqilobi“  natijasida Nyuget qamoqxonasidan mahbuslar qochdi. 🔰1784 - Annapolis (Merilend) AQShning poytaxti bo‘lish maqomidan ayrildi. 🔰1785 - Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi. 🔰1789 - Aleks Makenzi Kanadadagi Makenzi daryosini kashf etdi.  🔰1828 - Kolumbiya-Peru urushi boshlanishi. 🔰1830 - Sevastopolda vabo isyoni. 🔰1839 - Lin Zeysuy 1,2 mln. kg. giyohvand moddalarni yoʻqotishni buyurib, Afyun urushlariga yoʻl qoʻydi. 🔰1896 - Xitoy Rossiyaga Xitoy-Sharqiy temir yo'lini qurishga ruxsat beruvchi maxfiy shartnoma imzolandi. 🔰1927 - Moskvaning qayta rekonstruksiyasi boshlanishi. 🔰1927 - Gretsiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. 🔰1937 - Britaniya qiroli Eduard VIII Uellis Simpsonga uylandi. 🔰1954 - Sahroi Kabirda fir’avn Sanxetning (mil.avv.2570 yil) qabri topildi. 🔰1959 - Singapurda Konstitutsiya qabul qilindi. 🔰1961 - Venada N. S. Xrushyov va Jon F. Kennedi o'rtasida ikki kunlik muzokaralar boshlandi. 🔰1968 - Valeri Solanas  rassom Endy Warhallni otib tashladi. 🔰1979 - Meksika qoʻltigʻida  600  ming tonna neft dengizga toʻkilib ketdi. 🔰1987 - Leningrad rok-klubida  Viktor Soy „Gruppa krovi“ qoʻshigʻini ijro etdi. 🔰1994 - Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi. 🔰2006 - Chernogoriya parlamenti  mamlakat mustaqilligini e'lon qildi.  🔰 2010 - Mars-500 loyihasining uchinchi bosqichi boshlandi. 🎁 TAVALLUDLAR:🎁      🎈1843 - Kliment Arkadevich Timiryazev (1920) - rus botanigi va tabiatshunosi. 🎈1865 - Georg V (1936) - Buyuk Brutaniya qiroli (1910-1936). 🎈1873 - Otto Lyovi (1961) - avstraliyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1936). 🎈1899 - Dyord fon Bekeshi (1972) - venger va amerika fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1961). 🎈1906 - Sergey Gerasimov (1985) - rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi.  🎈1924 - Torsten Nils Vizel - Shved vrach-neyrofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1981). 🎈1929 - Verner Arber - shvetsariyalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi(1978). 🎈1931 - Raul Kasstro - kubalik inqilobchi va davlat arbobi, 2011-yidan Kuba kompartiyasi rahbari. 🎈1932 - Kalontarov Emmanuel (1984) – kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1979). 🎈1936 - Bozorboy O‘rinboyev - taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. 🎈1962 - Tom Kruz  - amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri. 🎈1974 - Sergey Rebrov - Ukrain futbolchisi. 🎈1980 - Shayx Tamim ibn Hamad al Tani - 25-iyun 2013-yildan Qatar amiri. 🎈1982 - Yelena Isinbayeva - Rus yengilatletika ustasi, ikki karra Olimpiada chempioni. 🎈1986 - Rafael Nadal - Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 17 karra g‘olibi, ikki karra Olimpiada chempioni. 🎈1992 - Dilraba Dilmurat - xitoylik aktrisa, boshlovchi, raqqosa va uygʻur millatiga mansub model. 🎈1992 - Mario Getse - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). 🎈1994 - Nodirjon Mirzaahmedov - oʻzbek bokschisi, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021). https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

Photo unavailableShow in Telegram
Иван Грозный Англия қироличаси Елизавета I нинг қўлини сўраганда, рад жавоби эшитганди. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Дунёдаги энг биринчи қатланадиган армия пичоғи - барча Швейцария пичоқларининг онаси, Германия 1880 йил. Ушбу йиғма пичоқ 1880 йилда Германияда Holler & Cо томонидан Нью-Йорк дўконларидан бири учун махсус ишлаб чиқарилган. У Швейцария армияси пичоғидан 11 йил олдин пайдо бўлган. "Пичоқлар онаси" таъсирчан ўлчамларга эга - кенглиги деярли 9 сантиметр ва узунлиги 22 сантиметр. "Пичоқлар онаси" иккита пичоқ, бир неча турдаги қайчи, тиргак, иккита арра, тугма илгаги, скальпел, сигарет кесгич, қалам, механик қалам, ойна, текис устара, вилкалар, стол пичоғи ва ҳатто револьвер, ва яна кўп нарсалардан иборат. Бу қурилмаларнинг барчаси тошбақа қобиғидан ясалган тутқичда яширинган. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Bugun 2-iyun 2024-yil, yakshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🌏 Butunjahon ovqat hazm qilishning buzilishiga qarshi kurash kuni. 🌏 Qog‘ozdan varrak va samolyotlar uchirish kuni. ♦️ MILLIY BAYRAMLAR:♦️ 🇦🇷 Argentina - Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar kuni. 🇧🇸 Bagam Orollari - Mehnat kuni. 🇧🇬 Bolgariya - Xristo Botev kuni (Usmonlilar qulchiligiga qarshi mamlakat ozodligi uchun kurashda qurbon bo‘lgan kurashchilarni xotirlash kuni). 🇧🇹 Butan - O'rmon xo'jaligi kuni. 🇮🇹 Italiya - Respublika kuni. 🇨🇦 Kanada - Faxriylar kuni. 🇲🇭 Marshall Orollari - Yoshlar kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - Fuqaro aviatsiyasi kuni. 🇷🇺 Rossiya - To‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha ovqat iste’molidan saqlanish kuni. 🇸🇮 Sloveniya - Temir yo'lchilar kuni. 🇸🇧 Solomon Orollari - Isabel provinsiyasi kuni. 🇹🇭 Tailand - Ananaslar festivali. 🌀VOQEALAR:🌀 🔰1183 - Gempey urushi paytida Kurikara jangi sodir bo'lgan 🔰1474 - Kremlda tugallanmagan Uspenskiy cherkovi qulab tushdi. 🔰1625 - Ispaniyada Spinola qoʻmondonligidagi qo‘shin 9 oylik qamaldan so‘ng Breda shahrini ishg‘ol qildi. 🔰1652 - Xmelnitskiy qo'zg'oloni: Batog jangi bo'lib o'tdi. 🔰1800 - Napoleonning Ikkinchi Italiya kampaniyasi: fransuzlar Milanni qo‘lga kiritishdi. 🔰1842 - Gogolning „Oʻlik jonlar“ romani nashr etildi. 🔰1848 - Pragada Slavyan kongressi ish boshladi. 🔰1851 - Meyn (AQSh) birinchi bo'lib o‘z hududida “quruq qonun“ (suxoy zakon) ni joriy qildi. 🔰1857 - Virjiniya shtatidan Jeyms Gibbs bitta ipli tikuv tikuv mashinasini patentladi. 🔰1868 - Zirabuloq jangi boshlandi. 🔰1896 - Rossiya va Xitoy o'rtasida Xankoudagi rus konsessiyasi to'g'risida kelishuv. 🔰1896 - Italiyalik Guglelmo Markoni AQShda radioni patentladi. 🔰1910 - Gollandiyaning Yangi Gvineyasida Pigmey qabilasi topildi. 🔰1924 - AQSh ning hamma hindulari fuqarolik olishdi. 🔰1946 - Italiya Qirolligidagi referndumda mamlakatning Respublika boʻlishiga koʻpchilik ovoz berdi. 🔰1953 - Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi. 🔰1955 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi. 🔰1962 - Novocherkasskdagi qonli voqealar. 🔰1973 - Amsterdamda Vinsent van Gog muzeyi ochildi. 🔰2003 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan „Mars-ekspress“ kemasi uchirildi. 🔰2010 - Kumbriya qirg'ini (Buyuk Britaniya). Derrik Berd 12 kishini otib tashlagan, 25 kishini jarohatlagan va keyin o'z joniga qasd qilgan. 🎁TAVALLUDLAR:🎁 🎉1740 - Donasyen Alfons de Sad (1814) - fransuz yozuvchisi va faylasufi, zodagon, sadizm asoschisi. 🎉1743 - Alessandro Kaliostro (Juzeppe Balzamo, 1795) - italyan grafi, astrolog, mistik va avantyrist. 🎉1843 - Mixail Pevsov (1902) - rus sayohatchisi, Markaziy va O‘rta Osiyoda tadqiqot olib borgan. 🎉1857 - Karl Gjellerup (1919) - Daniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1917). 🎉1904 - Jonni Vaysmyuller (1984) - amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini o‘rnatgan. 🎉1909 – Abdurauf Boltayev - aktyor, O‘zbekiston xalq artisti. 🎉1930 - Charlz Konrad (1999) - amerikalik astronavt, Oy sathiga qadam qo‘ygan uchinchi kishi. 🎉1930 - Andrey Saxarov - sovet va rossiyalik tarixchi. 🎉1940 - Konstantin II - Gretsiyaning so‘nggi qiroli (1964-1974). 🎉1942 - Eduard Malofeyev - sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol murabbiyi. 🎉1952 - Uillyam Jon „Liam“ Neeson - irland millatiga mansub britaniyalik aktyor.  🎉1961 - Liam Cunningham - irlandiyalik aktyor. 🎉1972 - Uentuort Miller - amerikalik aktyor,  🎉1973 - Kevin Faygi - amerikalik produser va Marvel Studiosning asoschilaridan biri. 🎉1974 - Gata Kamskiy - amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug‘ilib o‘sgan. 🎉1981 - Nikolay Davidenko - rossiyalik tennischi. 🎉1988 - Serxio Aguero - argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni. 🎉1998 - Durdona Qurbonova - oʻzbek kinoaktrisasi. https://t.me/joinchat/AAAAAE_Q1cp0E05RE0WKBg
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🇹🇷 Туркияда дарсликлардаги Ўрта Осиё географияси атамаси Туркистон номига ўзгартирилди Мамлакат Миллий таълим вазирлиги 2024-2025 ўқув йили бошидан дарсликларда қўлланилган баъзи географик, тарихий ва маданий атамаларнинг ўзгартирилгани ҳақида баёнот эълон қилди. 👉 @TOSHKENTBIRINCHI
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ворисийлик Абу Райҳон Беруний ворисийлик ҳуқуқи ҳақида шундай деган:  "Бир кишининг умри бутун олам илмини ўрганишга етмайди. У ўзидан олдин ўтган олимларнинг билимига шубҳа қилиб, унинг тажрибаларини қайта ўтказмасин. Умри шу билан ўтиб кетади. Ўрганилган билимларга ворис бўлиб, борича қабул қилиб янги-янги билимларни эгаллашга ҳаракат қилиш керак". https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Repost from Markaziy Osiyo
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️Birinchi “killer”lar guruhi – Hashshoshiylar yoki Assasinlar aslida kim bo‘lgan? Assasinlar deganda ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda mobil telefon o‘yini keladi. Ammo ular to‘qima afsona emas. Assasinlar real hayotda mavjud bo‘lgan. XII-XIII asrlarda hozirgi Iroq va Eron hududlarida maxfiy qotillar guruhi paydo bo‘ldi. Ularni musulmon o‘lkalarda Hashshoshiylar, Yevropada esa Assasinlar deb atashgan. Hatto, Yevropa qirollari, baronlarini bosh egdirgan Rim Papasi ularning nomini eshitganda oyoq qo‘li qaltirab turgan ekan. Hashshoshiylar juda maxfiy va tezkor qotillar bo‘lgan. Bugungi maqolamizda, dunyodagi eng birinchi yollanma qotillar guruhi Hashshoshiylar yoki Assasinlar haqida so‘z yuritamiz. 👉batafsil o'qish uchun link👈 Markaziy Osiyo | Library | Science
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Бугун 1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни – 1 июнь ҳам кириб келди. Кўпчилик мамлакатларда 67 йилдан буён 1 июнь – ёзнинг илк кунида Халқаро болалар кунини нишонлашади. Дам олиш куни бўлмаса ҳам бу кун ҳақиқий болалар байрами ҳисобланади. 1949 йилда Парижда аёлларнинг  Халқаро демократик федерацияси конгресси бўлиб ўтди. Бу конгрессда болаларнинг бардамлиги ва бахт-саодатининг кафолати бўлган мустаҳкам тинчликни таъминлаш учун доимий кураш ҳақидаги шиор янгради. Урушдан кейинги даврда сайёрамизда яшовчи барча митти болажонларнинг соғлиқ ва хотиржамлигини сақлаш долзарб муаммога айланиб қолган эди. Ва 1950 йилдан эътиборан 1 июнь Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни сифатида нишонлана бошлади. 1989 йилда БМТ Бош  Ассамблеяси болалар ҳуқуқлари тўғрисида Конвенция қабул қилди. Унда бутун дунё мамлакатлари учун болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишни таъминлашни жорий қилиш тўғрисида ёзилган. https://t.me/joinchat/AAAAAE_Q1cp0E05RE0WKBg
Hammasini ko'rsatish...
👍 1