cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

fazodasblog

What consumes your mind, controls your life. English page: @fazodateaches To contact me: @fazodasblog_bot *call me Eveline)

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
298
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-2530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​I don't wish to know anything about them. I love scandals about other people, but scandals about myself don't interest me. They have not got the charm of novelty. Oskar Uayldning "Dorian Greyning portreti" asari haqida ikki ogʻiz: Gyote bir zamonlar "Biz seva oladiganlarimizdan oʻrganamiz" degan edi. Haqiqatdan ham, koʻnglimizni bogʻlaganimizdan odatlarni shakllantiramiz, uni koʻngliga ogʻir botmasin deb yomon gap gapirmaymiz, qarshi chiqmaymiz. Aslida buyam sevgining bir turi, ya'ni ikkinchingizning sizga boʻlgan munosabati oʻzgarib ketishidan qoʻrqasiz va shunga monand harakat qilasiz. Asarni oʻqib chiqqaningizdan keyin esa, bizni ana shu sevganlarimiz oʻldiradi, degan xulosaga kelishingiz tabiiy. Lekin, umuman olganda, Uayld sevgidan ham koʻra koʻproq muqaddas san'atni asosiy mavzu qilib oladi, bu degani sevgi - sanʼatda yashaydi, sanʼat sevgida emas, degani. Goʻzallik har biringizni ichingizda yashaydi, shunga qaramasdan, tashqi goʻzallik koʻproq jalb qiluvchi rolida. Dorian oʻz goʻzalligidan mast edi, mana shuning uchun ham uni ilohlashtirmoqchi boʻldi, rostdan ham, ilohiy degan narsa koinotda faqat yolgʻiz boʻlganga berilavermaydiku, toʻgʻrimi?) Xullas, bu yerda ruhning ichki goʻzallikdan naqadar farq qilishini, inson zoti, yolgʻiz oʻzi koʻpgina narsalarga qodir ekanligini, hatto uni atrofidagilar ikkilanmasdan xudo deya olishi mumkinligini koʻrishingiz mumkin. Umuman, oʻqishim uchun menga aynan shunday asar kerak edi, shaxsiy reyting soʻralsa, bemalol 10/10 degan boʻlardim. Faqat, Oskar akani oʻrnida boʻlganimda, asarni nomlashda, balki, Lord Genri ismidan foydalangan boʻlardim. Men Greyning boshqalarga oʻxshamas ekanligi uchun emas, Lord Genrining salohiyati oldida shlyapamni yechaman! Dorian Grey haqida hali yana yozaman. Quyida iqtiboslarni keltiraman: I love beautiful things that one can touch and handle. To become the spectator of one's own life is to escape the suffering of life. We live in an age that reads too much to be wise, and that thinks too much to be beautiful. Conscience makes egotists of us all. One should absorb the color of life, but one should never remember its details. Details are always vulgar. When we blame ourselves we feel that no one else has a right to blame us. It is the confession, not the priest, that gives us absolution. The world changed because you are made of ivory and gold. The curves of your lips rewrite history. The books that the world calls immoral are the books that show the world its own shame. Go back and give me the nocturne over again. Look at that great honey-coloured moon that hangs in the dusky air. She is waiting for you to charm her, and if you play she will come closer to the earth. Kitobni oʻqishni qattiq tavsiya qilaman. Istasangiz: • oʻzbek tilidaingliz tilida Va shu bilan birga, asarga ishlangan film ham bor. Uni bu yerdan koʻrishingiz mumkin. Yoqimli klassik mutolaa tilayman 🥂. @fazodasblog
Hammasini ko'rsatish...

​​Koʻzlarida yosh toʻlib tursa-da, kulishga intiladi, chunki oldida men borman. Kuladi ham. Uyoq buyoqdan gurunglashadi. Horgʻin qiyofadaligi seziladi. Bundan keyin nima qilmoqchi ekanligini aytadi, javob qaytarmayman. Jimgina tinglayman, xolos, yana nima ham qila olardim?! Sal oʻtmay, egnidagi kiyimga qarayman. Ogʻir mehnatdan qabargan qoʻllariga ham. Bexosdan oʻsha mash'um xotiralar gavdalanadi. Eslaganim - qon, yigʻi, baqiriqlar.. Oxirida, u turgan xonadan chiqib ketaman. Koʻzimga yosh olaman.. Dunyoni boshiga ursinmi, inson, Boy berib qoʻysa gar, butun qalbini.. Sening chapaqaying.
Hammasini ko'rsatish...

Oramizda kundalik yozadiganlar boʻlsa kerak. Hozir kitoblarimni taxlay turib, toʻlib qolgan daftarlarimga koʻzim tushdi. Deyarli har kuni yozgan ekanman. Qanchalik oʻzgarganingizni mana shu yozganlaringiz ham aniqlab berishi mumkin, misol uchun. Oʻtish davrida boʻlgan davrlarim, tashqi bosim kuchli boʻlgan vaqtlarda yozishdan alamimni olgan ekanman. Bu qaysidir maʼnoda maroqli edi. Toshkentga kelganimdan keyin ham yozishda davom etdim. Katta sumkamda qayoqqa bormay, olib yurardim, oʻsha pushti daftarni. Mayli, hech boʻlmasa, "dunyo maʼnosiz" deb turgan vaqtimda shular yordam beradi, sal pozitiv boʻlishga). Hech kim oʻqimasa ham yozing, doʻstlar!
Hammasini ko'rsatish...
Bukovskida shunaqa gap bor: Sevgan narsangni top va u seni barbod qilishiga imkon ber.
Hammasini ko'rsatish...
#it_hurts Baʼzida mavjudlik yoʻqlikdan iboratdek. Baʼzida xonamda faqat musiqa bilangina kun boʻyi chiqmasdan oʻtirishim mumkin.. Boshqa narsa bilan emas..
Hammasini ko'rsatish...
AUDIO-2018-08-07-23-24-10.mp34.43 MB
Biz ayollar oshkora soʻzlashni xohlamaymiz. Biz ayollar "ichimdagini top" deydiganlardanmiz. Biz kutamiz. Koʻnglimizdagini aytmasdan kutamiz. Istaganlarimiz amalga oshirilmasa shunchaki afsus qilishimiz mumkin, lekin hech qachon sizga toʻgʻrisini aytmaymiz. Va eng katta xatoyimiz ham shu, kutishimizda.
Hammasini ko'rsatish...
​​"Buyuk Getsbi" ni kitobini eslay olmadim-u, har holda kinosida shunday edi. Latofatli Deyzi kimni sevishini aytish vaqti kelganda ikkilanadi. Oʻzining eri va Getsbi - ikkovidan birini tanlashda u ularning ikkovini ham yaxshi koʻrishini aytadi. Tabiiyki, bunda biror narsa qilish narigilaridan hech birini qoʻlidan kelmaydi. Va yomoni ham shu boʻlsa kerak. Yoki Verterni olaylik. Sharlotta uni birinchi marta tanishgandayoq sevib qolganini aytadi, vaholanki, bu yerda, Verterdan oldin, uning hayotida unashtirilgani bor edi. Bu yerda ham ikki tomon azoblanadi. Luiza Mey Olkottning "Kichkina xonimlar"i. Olkott oʻzini Jo qiyofasida tasvirlagan, ya'ni hech qachon turmushga chiqmaslikka ahd qilgan edi, u. Va shunday ham boʻldi. Jo obraziga qaraydigan boʻlsak, faqat u uchungina avvalgi oʻzidan kechgan yoqimtoy Laurieni sevsa-da, u bilan birga boʻlishdan koʻra, yozuvchilik yoʻlida, yolgʻiz ketishni tanlaydi, umuman olganda, oila qurganidan keyin, undagi hayot bilan oʻralashib qolishni xohlamaydi. Lekin, bu yerda ham ikki tomonlama sevgi bor edi. Aytmoqchi boʻlganim, ayollar shunaqa boʻlishadi. Hayotidagi eng muhim tanlovlari doim eng qiyin kechadi, ayniqsa u sevgi masalasida boʻlsa. Muhabbat deganlari ham shu boʻlsa kerak, Van Gogning taʼrifi bilan aytganda, qancha koʻp sevsang, shuncha koʻp azoblanasan. @fazodasblog
Hammasini ko'rsatish...

Xayr... Yigʻlamang... Agar qaytsangiz... Kalit oʻsha joyda boʻladi. Uyni ochsangiz, Suratingiz turadi stolim ustida. Qogʻozlarni titsangiz - Sizga bagʻishlangan sheʼrlar... Men ishdan xorib qaytaman. "Yaxshimisiz?" - deyman Qovogʻimni uyib Siz oshxonaga chiqib yigʻlaysiz: Oʻshanda koʻksimni ochsangiz, Oʻzingizni topasiz... Agar qaytsangiz... Yigʻlamang... ©️
Hammasini ko'rsatish...
Men qayerda yolgʻiz boʻlmayin, oʻsha yerda ortimdan nimadir ta'qib qilayotganini sezaman. Koʻchada boʻlganimda, hovlida ish qilayotganimda, hatto uyda ekanligimda ham oʻsha bir xil narsa men bilan.. Hozir ham.. Baʼzida undan qoʻrqaman. Baʼzida esa oʻylayman: oʻzligimmi bu, yo ajalimmi deb?..
Hammasini ko'rsatish...