uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿

Kanalga Telegram’da o‘tish

Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchun. Blog avtori: © Muhammad Aziz (@mamasodikoff) 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz

Ko'proq ko'rsatish
383
Obunachilar
-224 soatlar
-27 kun
-230 kun
Postlar arxiv
Ko‘p mijozlar bilan ishlab ushbu muammolarga duch keldim. Bu muammolar mendan boshqa ko‘plab mutaxassislarda bor deb o‘ylayman. Shuning uchun bu mavzuni ko‘tarishga qaror qildim.  Har doim muammo o‘zimizda deb o‘ylayman. Boshqalarni ayblash bilan hech narsa o‘zgarmaydi.  Mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi muammolar va shaxsiy yechimlar:  1. Pulni vaqtida bermaslik  Ko‘p mijozlarimda pulim qolib ketgan, bunga aybdor ham o‘zim. Bu takrorlanmasligi uchun — doim eng kamida 50% boshlang‘ich to‘lov bilan ishlaymiz — boshlang‘ich to‘lov sanasini oldindan aniqlaymiz  — qolgan to‘lovni aniq sanasi va vaqtini oldindan kelishamiz.  — Bu ish boshlashdan avval mijozga tasdiqlatib olamiz.  — Mijoz pulni bermasa — boshqa mutaxassislarni u mijoz bilan ishlamasliklari uchun ogohlantirib chiqamiz.  2.  Aniq texnik vazifasiz ishlash  Ish boshlashdan avval 3 kunlik ish, ammo ish boshlangandan keyin bu ish bir necha oyga cho‘zilib ketgan vaziyatlar bo‘ldi. Bu yerda ham o‘zim aybdorman.  — Ishni boshlashdan avval qancha vaqt ketishidan qatʼiy nazar qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatini tuzib chiqish kerak.  — TV (texnik vazifa) dan kelib chiqib loyihani aniq narxini belgilaymiz  — Loyiha qachon tugatishini aniqlaymiz  — ish cho‘zilishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz  — ular maʼlumot beradigan holatlarda aniq sanasini belgilaymiz  — uchrashuvlarni kuni va vaqtini oldindan belgilaymiz  — texnik vazifadan tashqari narsalar qo‘shilishi mumkin bo‘lsa ularni narxlarini belgilaymiz  3. Qo‘shimcha ish uchun haq to‘lamaslik  Ish boshlanadi, TVʼga kiritilmagan ko‘plab vazifalar chiqadi. Shunday holatda u vazifalarni qilmasdan avval buning uchun haq olinishini eslatib o‘tish kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha ishlar deadline cho‘zilishiga olib kelishi va bu narxga taʼsir qilishini aytish kerak. Aniq yakuniy deadline va sanalarni aniqlashimiz kerak bo‘ladi.  4.  Mutaxassislarga xodimdek qarash  Mutaxassis buyurtmachining xodimi emas. Uning o‘zining ish grafigi, ish joyi va shartlari bor. Ko‘p xollarda mutaxassisdan doim online bo‘lish, uchrashuvlarda qatnashish yoki shunga o‘xshash talablar qo‘yiladi. Bu masalalarni ish boshlashdan avval aniqlab olish kerak.  — nechta uchrashuv bo‘ladi? Qachon, qayerda va qaysi sanada?  — qachon siz xabarlarga javob yoza olasiz?  — qachon xabarlarga javob yoza olmaysiz?  — qaysi kunlari siz ishlamaysiz? — Sizning vazifalaringizga nimalar kiradi? Aniq ro‘yxatini ko‘rsatish kerak.  5. “Deadline” loyihani tugatish uchun belgilangan vaqt o‘tib ketishi  Manda juda ko‘p deadlineʼlar o‘tib ketish holatlari bo‘lgan. Mijozlarim xabarni o‘qiyotgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Bu narsani o‘zim xohlamaganman, ammo shu xolatlar ko‘p kuzatilgan. Loyiha olayotgan paytimizda birinchi navbatda o‘zimiz uchun «deadline» aniqlaymiz. So‘ng shu «deadline»ga yana eng kamida 30% vaqt qo‘shamiz va shu vaqtni mijozga aytamiz. Shunda zaxirada yetarlicha vaqtimiz qoladi.  — Ishni esa shu belgilangan vaqtga yoyib yuboramiz.  — Aniq har kuni shu loyiha ustida ishlash uchun vaqt belgilaymiz  — Loyiha uchun timer qo‘yamiz  — Masʼuliyatni his qilishimiz kerak.  6. Ishni oqibatida do‘stlik rishtalarini uzilishi Do‘stlar bilan ishlash zo‘r. Ammo barcha yuqoridagi qoidalarga amal qilmaslik oqibatida ko‘p do‘stlardan ayrilish mumkin.  Yuqorida o‘qiganingizning nomi (SOP — Standart Operation Procedures). Xuddi shunday qo‘llanmalarni biznesning har bir jarayoni uchun yozib chiqish kerak. Prototype agentligimiz va Shogirdlik dasturida saytlar bilan bog‘liq 10 ga yaqin jarayonlar uchun shunday qo‘llanmalarni ishlab chiqishni boshladik. Siz qanday qoidalarni ishlatasiz? Sizda ham shunday muammolar bormi? © Umid Ikromboev @flutterblogs

#serverpod 🧑‍💻 Serverpod'da modellarni umuman qo'lda yozmaysiz! Shunchaki server/models/ folderni ichida .yaml formatida o'
+1
#serverpod 🧑‍💻 Serverpod'da modellarni umuman qo'lda yozmaysiz! Shunchaki server/models/ folderni ichida .yaml formatida o'zingizga kerakli model haqida ma'lumotlarni kiritasiz va birgina
"serverpod generate"
buyrug'i orqali modellarni osongina generate qilib olasiz. Yuqorida esa .yaml va tayyor .dart model fayllar ko'rsatilgan. 🧑‍💻 Flutterda shunga o'xshash qanday servislarni bilasiz? Manba: t.me/ahadjonovss

If comment is there to explain the code to the coder... @flutterblogs
If comment is there to explain the code to the coder... @flutterblogs

👨‍💻 Agar meni yollamoqchi bo'lsangiz, murojaat eting / If you wanna hire me contact: @mamasodikoff 🕑 Ish vaqtim / Working hours: 07:00 pm - 23:00 pm 🗓 To'liq ish kunlarim / Full working days: Shanba-Yakshanba/Sat-Sun 🛠 Mening mahoratlarimni quyida ko'rishingiz mumkin / You can see my skills here: https://www.upwork.com/freelancers/~01ce72ad205e2526e5 ⏰ My Approximate Timeframes: Simple Complexity App: UI/UX Implementation: 40-50 hours Backend Integration: 30-40 hours Testing and Bug Fixing: 15-35 hours Deployment and Launch: 10-15 hours Total estimated time: 95-140 hours Mid Complexity App: UI/UX Implementation: 60-80 hours Backend Integration: 50-90 hours Testing and Bug Fixing: 20-30 hours Deployment and Launch: 10-15 hours Total estimated time: 140-215 hours High Complexity App: UI/UX Implementation: 80-120 hours Backend Integration: 70-100 hours Testing and Bug Fixing: 20-30 hours Deployment and Launch: 10-15 hours Total estimated time: 180-265 hours #freelance #open @flutterblogs

#tool 🧑‍💻 Loyihadan keraksiz “import” larni olib tashlash uchun yuqoridagi command’dan foydalaning. dart fix --apply --code
#tool 🧑‍💻 Loyihadan keraksiz “import” larni olib tashlash uchun yuqoridagi command’dan foydalaning.
dart fix --apply --code=unused_import
Manba: t.me/ahadjonovss

Premium bo'lsa "boooost" 🚀 ni bosingiz! Duo qilaman, Flutterda kirmoshinaga ham kompilyatsiya qila oladigan bo'lasiz!) https://t.me/boost/flutterblogs

Repost from Flutter Notes
Kanaldagi postlar xaritasi. Albatta, Doimiy yangilab boriladi. 1. Flutterda GestureDetector va InkWell farqlari. 2. Dartda Var, Final va Const haqida. 3. Flutterda dastur kompilatsiya bo'lish jarayoni. 4. Dart-ning JIT va AOT kompilyatorlari haqida qisqacha. 5. Flutterda Widget hayot sikli (lifecycle) haqida. 6. Flutter App lifecycle haqida. 7. Dartda Izolyatsiya (Isolate) va Oqim (Thread) farqlari. 8. Dartda Isolate.spawn() va Isolate.run() farqlari. 9. Bloc Widget-lar haqida. 10. Flutter-da ListView va ReorderableListView farqi. 11. Flutterda main() va runApp() funksiyalar farqi. 12. Flutter-da "mounted" property haqida. 13. Flutterdagi tree (daraxt)-larning farqlari (Widget, Element va Render Object). 14. Dart dasturlash tilida Constructor turlari. 15. Dart-da Cascade operator haqida. 16. Dart-da copyWith() metod haqida. 17. Flutter-da LayoutBuilder widget haqida. 18. Spread operator haqida. 19. Dartda typedef kalit so'zi haqida. 20. Flutterda await va Future.wait farqi. 21. Dart-da Iterable class haqida. 22. Dart-da Iterable metodlari (1-qism). 23. Dart-da Iterable metodlari (2-qism). 24. Dart-da Iterable metodlari (3-qism). 25. Dart-da Iterable metodlari (4-qism). 26. Dart-da Iterable metodlari (5-qism). 27. "WidgetsFlutterBinding.ensureInitialized" o'zi nega kerak ? 28. Flutterda Memory Leak haqida qisqacha. 29. Flutterda BuildContext haqida. 30. Dartda Generic haqida qisqacha. 31. Flutterda funksional xatoliklarni boshqarish. 32. Flutterda Getit yordamida bog’liqlikni davolaymiz. 33. Dartda Sealed class haqida. 34. Flutterda orientatsiya o'zgarishlarini aniqlash. 35. Dartda "static" kalit so'zi haqida. 36. Dartda "mixin", "mixin class" va "abstract mixin class" haqida. 37. Flutterda Stack va IndexedStack vidjet haqida. 38. Flutterda Screenshot olishni taqiqlash. 39. Flutterda Expanded, Flexible va Spacer vidjetlar haqida. 40. Flutterda Wrap vidjet haqida. 41. Flutterda “Key” turlari haqida. 42. Flutterda Freezed package haqida. 43. Flutterda matn hajmini o'zgarmas qilish. 44. Dartda Stream turlari haqida. 45. Dartda "dynamic" kalit so'zi haqida. 46. Flutterda "runZoned" va "runZonedGuarded" funksiyalari haqida. 47. Flutterda ErrorWidget haqida. 48. Flutterda ValueListenableBuilder va ValueNotifier vidjetlar haqida. 49. Flutterda InteractiveViewer vidjet haqida. 50. Flutterda Debounce va Throttle haqida. 51. Dart-da AsyncMemoizer class haqida. 52. Flutterda animatsiya turlari. 53. Flutterda moslashuvchan (responsive) UI. 54. Flutterda "DeepCollectionEquality" class haqida. 55. Dartda Reference, Shallow va Deep copy-lar haqida. 56. Flutterda Render engine haqida (Skia vs Impeller).

Tanlang (Choose) 🧑‍💻
Anonymous voting

Flutterda yuzni aniqlash uchun loyiha qildim 👁👄👁 Yuzni solishtirish muammo emas, lekin passiv jonlilikni aniqlash qiynamoq
Flutterda yuzni aniqlash uchun loyiha qildim 👁👄👁 Yuzni solishtirish muammo emas, lekin passiv jonlilikni aniqlash qiynamoqda, biroz progress bordek tuyulgandi, lekin ancha nostabil variantdan ketibman. Oddiygina kulish va ko'zni yumish harakatlarini kuzatish uchun kod yozmoqchiman endi. Agar "contribute" qilishni istasangiz mana repo: https://github.com/Mamasodikov/FaceRecognitionLivnessDetection (Research bo'lganligi sabab hozircha biroz spagetti yeymiz 🍝) #facenet #mlvision #tflite @flutterblogs

Dasturchining "подкат" li izhori qanday bo'ladi? (Inglizcha yozdim, sababi o'zbekchada mos tushmas va qiziq chiqmas ekan) Are you https? Because without you I'm just :// Are you https? Because without you I'm insecure Are you Java? ☕ Because without you I'm just a script.. Are you Python? 🐍 Because without you my life is full of syntax errors... Are you setState, because without you, I'm Stateless 💔 Are you Flutter? Because without you I can't point Dart 🎯 to your heart .. 💘 Are you hot reload/restart? ⚡ Because without you my life is so hard to run... I would share my Cookies with you but I'm not sure if you are token (taken)... Are you double? Because the thought of you always floats inside my head.. I stopped googling because i found you.. Are you WiFi, because without you i feel disconnected.. Are you a firewall, because without you I'm vulnerable If your DNA was programmed in C++, then you had pointers in my heart... And laaast one, Are you P in PHP, because without you I'm happy (HP) 😂 @flutterblogs

Ramadan is fading out... @flutterblogs
Ramadan is fading out... @flutterblogs

- Ilova Flutterda qilinganini qayerdan bilasan? - Shunchaki 2 ta barmog'ing bilan sur, surilish 1 ta barmoqqa nisbatan 2 marta tezroq bo'ladi :) Ha, bu Flutterni anchadan beri tuzatilmagan "bug" yoki "feature" si edi. Vanihoyat Flutter 3.19 da bu optsiya "default" holatda o'chirib qo'yildi. Agar istasangiz, qayta yoqib qo'yishingiz ham mumkin. @flutterblogs

✨Kanalimda lirik chekinish qilgan holda, no coding yo'nalishiga kiruvchi 3D modellashtirish sohasi bo'yicha o'z bilimlarimni
+3
✨Kanalimda lirik chekinish qilgan holda, no coding yo'nalishiga kiruvchi 3D modellashtirish sohasi bo'yicha o'z bilimlarimni ulashmoqchiman. 👩🏻‍💻🚀Bo'lib o'tgan "Digital generation girls" IT-campining 3D modellashtirish yo'nalishida ishtirok etib va boshlang'ich tushunchalarni o'rganib, ular orqali Blender muhitida bir qancha modellar yaratdim(yuqoridagi videolar orqali baho berishingiz mumkin👀), hamda albatta ularni mobil ilovalarda ham demo sifatida sinab kordim. 📲Agar flutterda 3D modellarni qo'llamoqchi bo'lsangiz, mana shu demo projectimdan foydalanishingiz mumkin (ko'p kishiga foydali bo'lsa xursand bo'laman😊). ✨I want to share my knowledge in the field of 3D modeling in the direction of no coding, making a lyrical retreat on my channel. 📲If you want to utilize 3D models in flutter, you can use this demo project of mine (I will be happy if it is useful to many people😊 ♻️Sharing is caring! © Just Android Blog kanalidan @flutterblogs

ARXIVDAN 📽 "VELOCITY"- Toshkent ko'chalarida "street racing" qiling! Year: 2014 @flutterblogs

RAD - Rapid Application Development - Tezkor ilova qurish texnologiyasi hisoblanadi. Hozirgi "Low code" larni RAD desa bo'ladi. Bu turdagi "development" ni bir qancha foydalari bor: - Dasturchi o'rganib, qilinishi aniq bo'lgan yechimlar avvaldan berilgan bo'ladi. Dasturchi endi shunchaki loyihalovchiga aylanadi. - Prototiplarni chiqarish bir muncha oson va tez bitadi, keyinchalik funksiyalarni kengaytirish ham mashaqqat tug'dirmaydi. Ushbu texnologiyani asosi sharshara modelining implementatsiyasi sifatida 70 - yillarga borib taqaladi. Texnologiya hammamizga mashxur "Embarcadero RAD Studio" da ham ko'rinish bergan. Lekin kompaniya texnologiyani juda sekin rivojlantirishi, sekin "update" lar chiqarishi, open source emasligi, kompyuterdan katta joy va resurs talab etishi, "performance" dagi kamchiliklar va shu kabi juda koʻp sabablar tufayli sekin sekin nazardan qoldi. Xullas, Microsoftning .NET i uni ustidan "ezib" ketdi. Lekin "low-code" va "no-code" platformalarga ehtiyoj ayni paytda yana kuchli impuls bera boshladi. Flutterni ham qaysidir ma'noda RAD desa bo'ladi, lekin bu qanday qarashga bog'liq. Chunki Flutterda istasangiz juda ichkarigacha "kira" olasiz. Istamasangiz, ehtiyoj bo'lmasa, yuzaki va tezlik bilan to'laqonli ilovalarni tayyorlay olasiz. Ha aytgancha, quyidagi videoda meni 1-yozgan video-o'yinim. 14 yoshimda, aynan RAD texnologiyasida qilingan :) @flutterblogs

👨‍💻 Dasturchilarga ham foydali bo'ladigan, ba'zi "Myorfining qonunlari" ga qarshi turish yo'riqnomasi 📑 💎 1. Hamma narsa sen oʻylagandek oson emas Yechim: Pozitiv pessimizim - hamma boʻlishi mumkin boʻlgan muammolarni oldindan oʻylab qoʻyish kerak. 💎 2. Har qanday ish sen oʻylagandan koʻproq vaqt oladi Yechim: Nimadir qilmoqchi boʻlsangiz ertaroq boshlashga harakat qiling yoki koʻproq vaqtni belgilab oling 💎 3. Boʻlishi mumkin boʻlgan eng yomon senariy boʻlish ehtimoli doim bor Yechim: Oldindan oʻylab qoʻyilgan muammolar ichida eng yomoni boʻlishi mumkin. Bunda shu muammoga turli yechimlar oʻylab tayyorlanib turish kerak. Muammo boʻlishiga ham tayyorlanib qoʻyish kerak. 💎 4. Agar boʻlishi mumkin boʻlgan yomon ishni 4 ta sababini bartaraf qilsang, 5-si paydo boʻladi Yechim: Bunda qilayotgan ishimizdan kutuvlarimizni katta qilib yubormasligimiz kerak. Doim B reja boʻlsin. 💎 5. Entropiya qonuni - har qanday oʻziga tashlab qoʻyilgan tizim yomonlashish xususiyatiga ega Yechim: Bir xonaga 1 oy kirilmasa chang bosib ketadi. Insonlar bilan ham shunday. Agar inson miyasini, oʻzini shugʻullantirmasa, yomonlashish xususiyatiga ega. Har doim oʻz ustimizda ishlashimiz kerak. 💎 6. Biror ishni qilishni boshlasang, undan oldin qilish kerak boʻlgan ish paydo boʻladi Yechim: Ishlaringizni puxta va tartibli rejalashtiring. Vaziyatni obyektiv ko'ra biling va prioritet bo'yicha bajaring. Bugungi ishni ertaga qo'ymang. Prokrastinatsiyadan qutiling. 💎 7. Har qanday qaror yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Qaror qabul qilmaslik ham aslida qaror. Yechim: Biz qanday qaror qabul qilishimizdan qatʼiy nazar muammoga uchrashimiz mumkin. Bunda 1-qoidada aytilgandek muammoni oldindan oʻylab qoʻyish kerak. Hamda 4- qoidada aytilgandek kutuvlarimizni katta qilib yubormasligimiz kerak. Myorfi qonunlari: www.cse.unr.edu/~sushil/quotes.html @flutterblogs

"Fokusni o'zgartirgandan so'ng, vazifani bajarishga qayta e'tibor qaratish uchun 20 daqiqadan ko'proq vaqt ketadi"
Loyihadan loyihaga sakrash - dasturiy muxandislik sohasidagi eng yomon mahsuldorlik qotillaridan biri Muxandislar uchun Gregor Ojstersek va Yevgeniy Shulga tomonidan tavsiya etilgan maqolasi asosida Ular dasturiy ta'minot muhandisi, menejer va menejerlar menejeri sifatida martaba yo'lidan kontekstni almashtirish oqibatlarini yengillashtirish bo'yicha maslahatlar bilan bo'lishadi. Dastur muhandisi: - Asosiy vazifani birinchi o'ringa qo'ying va "multitasking" dan qoching. - Diqqat bilan ishlash uchun vazifalaringizni aniq bo'laklarga bo'lib oling. - Kechiktirib bo'lmas masalalarni aniq belgilab oling. Muxandislar menejerlari uchun: - Chalkashib ketmaslik uchun topshiriq olishdan avval qaydnomalar qilib oling. - Quvvatingiz kam bo'lganda, yengil ishlarga vaqt ajrating. - Chuqur diqqat talab qiladigan ishlar uchun uchrashuvlarsiz kunlarni qoldiring. Menejerlar menejeri: - Shoshilinch va muhim vazifalarni baholay biling. - Jarayonlarni boshqarish va qaror qabul qilishdan charchashni kamaytirish uchun kuchli odatlarni shakllantiring. @flutterblogs

Progressive Web Apps (PWA) — bu nafaqat tashqi, balki funktsional jihatdan ham smartfon ilovalariga o'xshash saytlar. Progressiv veb-ilovalarni har ikkinchi yangilik saytida siz ham ko'rgan bo'lsangiz ajab emas (Yuqoridan sayt ilovasini o'rnatish bildirishnomasi chiqadi). PWA ning afzalliklari: PWA-ning ilovalarga nisbatan birinchi afzalligi shundaki, yuklab olish uchun Google Play yoki AppStore-ga o'tishingiz shart emas. Faqat Internet aloqasi va brauzer talab qilinadi. PWA-ning ikkinchi afzalligi, har qanday qurilma foydalanuvchisi saytning yorlig'ini qurilmaning asosiy ekraniga, xuddi mobil ilova kabi o'rnatishi mumkin. Bundan tashqari, sayt uchun qo'shimcha 100 Mb joy kerak emas, shuning uchun siz fotosuratlar yoki boshqa ilovalarni o'chirishingiz kerak bo'lmaydi. "Progressive Web App" yordamida foydalanuvchi Internet yo'qolgan bo'lsa ham saytdan foydalanishni davom ettirishi mumkin. PWA sahifalarining vazni 1 MB dan kam bo'lishi mumkin. Bu "mobile-first" dunyoga katta foyda keltiradi. Takroriy tashriflarni ko'paytirish strategiyalaridan biri bu push bildirishnomalarini yuborishdir. Push bildirishnomalar foydalanuvchiga saytda yangi tarkib paydo bo'lishini eslatadi. Yaxshiyamki, Progressive Web Apps oddiy ilovalar kabi smartfonning asosiy ekraniga bildirishnomalarni yuborish imkonini beradi (afsuski, bu faqat Androidda ishlaydi). Lekin PWA ning kamchiliklari ham talaygina. Fireshipda bu haqida batafsil: https://youtu.be/ppwagkhrZJs?si=m6rZxqXztbv9YHvY #pwa #webapps @flutterblogs

Resume Best Practices yoki "Rezyume yozishni bilasizmi?" Quyida rezyume tayyorlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan muhim jihatlarni keltirib o'taman va bir misol keltiraman(ingliz tilida). Umumiy: - Bir sahifali bo'lishi; - Rasm joylashtirmaslik tavsiya etiladi; - Yozuv o'lchami 11 dan kichik bo'lmasligi; - Hech qanday grafik yoki jadval ishlatmasdan, faqat so'zdan iborat kontent; "Contact info" uchun: - Ism, Manzil(qisqartirilgan holda), Telefon raqam, Email, Github, Custom LinkedIn ilova, Portfolio/Blog uchun ilova, Ta'lim: - Universitet, Manzil va yo'nalish nomi (masalan BS in Computer Science); - Yo'nalishga aloqasi bor qandaydir kurs ishi/loyiha - GPA yoki o'qish davomida erishilgan yutuq Skills & Certifications: - Qaysi lavozimda ishlaganligiga qarab o'z mahoratlarini keltirib o'tish; - Agar online kursda o'qib sertifikat egasi bo'lsa, uni ham shu yerda qisqacha keltirib o'tish (Mn: MohirDev FullStack Pyton kursida o'qib manabu Pet projectni tugatganman va shunga ilova); Tajriba: - Qilingan vazifa/ish "bullet point"lar orqali o'tgan zamon fe'lida keltirib o'tiladi ("Nima bajardi" + "Qanday bajardi" + "Loyihadagi yakuniy natija") - Eng oxirgi ishlagan ishdan birinchisigacha keltirib o'tiladi; (reverse chronological order) Loyihalar: - Qilingan vazifa/ish "bullet point"lar orqali o'tgan zamon fe'lida keltirib o'tiladi ("Nima bajardi" + "Qanday bajardi" + "Loyihadagi yakuniy natija") - Loyihalar qismida ko'proq nima qilinganiga urg'u bergan muhim, sababi siz o'zingizni nimaga qodirligizni ko'rsatasiz; - Loyihalar reposiga ilova qoldiriladi; Qiziqishlar(ixtiyoriy): - Muhammadjavohir akani oxirgi postlaridan ilhomlanib yozildi. #resume #cv Lazizbek