cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Duo - nur, duo - ijobat, duo - taskin, duo - taslimiyat!

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم اللَّهُــمَّ صَلِّ وَسَـــلِّمْ على نَبِيِّنَـــا مُحمَّد GURUHDAGI DUOLARNI YODLASHINGIZ, ÒQISHINGIZ, FOYDALANISHINGIZ, TARQATISHINGIZ VA AMAL QILISHINGIZ MUMKIN. XOLIS ALLOH ROZILIGI UCHUN!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
524
Obunachilar
-124 soatlar
+87 kunlar
+1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Kun keladi hammani va hamma narsani tark etamiz...)) Va shu kunni balki kutyotgandirman intizorlik bilan 😊...
Hammasini ko'rsatish...
5😢 5
Bizda yomgʻir... Aslida bu yomgʻir bulutlarini olib kelgan kózimizdagi yoshlardir balki... Yomg'ir yog'ar tomchilari quvnashib Nechun g'alat turishibdi odamlar? Ajab... Haqning rahmatidan benasib Soyabonda yurishibdi odamlar... ©alamiy.uz @duo_mustajob
Hammasini ko'rsatish...
6.05 KB
👍 2
Aytgancha gʻolibimiz lutfan @orzugul96 profiliga bogʻlanib uylarini tóliq manzili ism familya va doimiy faol telefon raqam qoldirishlarini sórayman! Keyingi kitobimiz Móminning me'roji kitobi (mufassal namoz) ancha muncha ilm órgansa bóladigan manfaatli kitob barcha ishtirok etishini istar edim chunki qiyomatda ilk sóraladiganiz namozdir! Qachon boshlanish qachon tugash va shartlari tartiblari inshaallah e'lon qilinadi ungacham Allohga omonatsiz!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#javoblar #kitobxonlik_tanlovi 1. Abdurahmon ibn Avf 2. Tepalikdagi bog' 3. Hamza roziyallohu anhu 4. Hazrati Umarning o'limi 5. Dinni masxaralash kufr 6. Hudaybiya 7. Jamil ibn Muammar Jahmiy 8. Ma'n ibn Yazid 9. Shart emas 10. «Ummu Qaysning muhojiri hadisi» 11. Alloh uni bir yomonlik qilib yozib qo'yadi 12. Ato roziyallohu anhu 13. Namoz faqat uni buzadigan amallar bilan buziladi 14. Abu Hafs va Foruq 15. Yusuf, Nahl 16. Hijrat 17. Abdulloh ibn Umar 18. Sadaqa bo'ladi 19. Imom Abu Dovud 20. Shart 21. 3 ta 22. Shart 23. Shart 24. Abu Hurayra Quyidagilar ishtirokchilar: Dilnoza 18 ta Muslima 22 ta Ummi Zakariyya 19 ta Gulasal 24 ta (ózimga yubordilar faqat ózlarini sinash uchun) Bu safar gʻolibimiz deb Ummi Zakariyani belgilasak bir ovozdan ham faol bólganliklari va nisbatan tógʻri javoblar kóproq berganlari uchun ham (Muslima Gulasal Dilnoz oldingi kitobxonlikda gʻoliblik nasib etgan edi kelishuv bóyicha 1 kishi ketma ket berilsa kópchilikka manfaat yetmasligi sababidan deb imkon qadar kitobxonlikni keng yoymoq maqsadimiz edi) Alloh barcha qatnashganlardan rozi bólsin ilmlariz qiyomatda manfaatizga xizmat qilsin🤲
Hammasini ko'rsatish...
#Savollar #kitobxonlik_tanlovi #amallar_niyyatlarga_bog'liq 25 daqiqa vaqt (maxsimum 30 daqiqa ichida yuborilganlar inobatga olinadi! 1. Hazrati Umar xanjar sanchilgan kuni namozga keyin kimni imomlikka chiqarib qo'yadi? 2. Baqara surasida «Mollarini Allohning roziligini istab, o'zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar» nimaga o'xshatilgan? 3. Hazrati Umardan 3 kun oldin kim iymonga kelgan edi? 4. Islom ummatiga Payg'ambar alayhissalomning vafotlaridan keyingi yetgan eng katta musibat bu? 5. Nima uchun hazillashib kufr kalimasini aytgan kishi kofir bo'ladi? 6. Bir mushrik «Allohga qasamki, hech kim bir odamni Muhammadning sheriklari uni hurmat qilganidek hurmat qilmaydi. U tuflasa, tufugi yerga tushmayapti. Sahobalari qo'llari bilan ilib olishar ekan» deb aytgan edi. Bu jumlalar qaysi hodisada aytilgan? 7. O'sha paytda Qurayshda eng ko'p gap tashuvchi kim edi? 8. Otasi bergan sadaqasi qo'liga kelib qolgan sahobiy kim edi? 9. Nikoh uchun niyat shartmi? 10. «Amallar niyatga bog'liqdir» hadisi muhaddislar tilida qanday nom bilan mashhur bo'lgan? 11. Hadisni to'ldiring. «Kim bir yomonlikni qasd qilib, unga amal ham qilsa...?» 12. Rum imperiyasiga qarshi kurashayotgan musulmonlar o'zlarini muzokara vakillari sifatida kimni tanlagan edi? 13. Nima uchun namozda turgan odam qalbida namozni buzishni niyat qilgan bo'lsa ham namozi buzilmaydi? 14. Nabiy alayhissalom Hazrati Umarga qanday kunyalar bergan edi? 15. Hazrati Umarga odamlar to'planishi uchun taxminiy qaysi suralarni qiroat qilar edi? 16. Bu so'zning ma'nosi «biror narsadan ajrash, uning hijronida qolish»ni anglatadi. Bu so'z? 1u. «G'orda berkilib qolgan 3 kishining hadisi» roviysi kim? 18. Hadisni davom ettiring: Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir odamning kechasi o'qiydigan namozi bo'lsa-yu, uyqu unga g'olib kelsa, albatta, unga namozning ajri yoziladi. Uyqusi esa unga ...», dedilar». (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati) 19. U kishining fikricha insonning dini uchun 4 hadis kifoya. U zot kim edi? 20. Juma xutbasida niyat shartmi? 21. Ruhiy tarbiya mashoyixlarining ta'kidlashicha, ixlosning necha darajasi bor? 22. Haj va Umrada niyat muhimmi? 23. Zakot ibodati uchun niyat shartmi? 24. «Hadisga o'ta haris» sahobiy kim? @duo_mustajob
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
БИР ОЯТ لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍ Иншиқоқ сураси 19-оят Яъни, "Албатта, сизлар табақама-табақа минасизлар!". Инсоннинг аҳволи доим бир хил бўлмайди. Бир ҳолдан иккинчи ҳолга ўзгариб туради. Оят маъноси мана шу! Тангликдан кейин албатта кенгчилик келади. Беморликдан кейин албатта саломатлик келади. Маҳзунликдан кейин албатта шодлик келади. Айрилиқдан кейин албатта учрашув бўлади. Бу дунё бир хил турмайди. Банданинг бошига бойлик, фақирлик, соғлик, беморлик, танглик, кенгчилик, шодлик, маҳзунлик, айрилиқ, учрашув алмашиб туради. Мана шуларнинг барида Аллоҳ билан бўла олганлар бахтлидир! https://t.me/Abdulqodir_Polvonov
Hammasini ko'rsatish...
2
Photo unavailableShow in Telegram
🥹🥹🥹 Bu tasbeh Alloh rahmatiga olsin buvimlarni qoʻllarida har sahar boʻlar edi, undan oldin Alloh rahmatiga olgan boʻlsin bobojonim qoʻllarida tasbeh sanalardi... Bobomdan keyin buvim hech qoʻymadilar, muhabbat shudirda a... Uy tozalayotganimda topib olib xotiralarim esimga keldi, Allohning fazli ila bir ojizaga tarbiya, xulq, odobni 1 yarim yoshligimdan silab siypalab oʻrgatgan insonlarim bobojonim buvijonim ularni koʻp sogʻinaman shu yoshimgacha vallohu bir tarsaki yemagan hech kim chertmagan urmagan, ammo Alloh izni bilan ular sababidan buvim aytardila seni hatto kichkinaligingda ham hech kim urmagan derdilar, bobo buvini tarbiyalarini koʻrganim boisidanmi oilada ularning oʻrni ham muhim deb bilaman, bugungi kunda yoshlar alohida yashagisi keladi odatan bunga 100 foiz qarshi emasman ammo qarisi bor uyning parisi bor bunida unutmaslik kerak ulardan koʻp va xoʻp narsa va rozilik olish darkor yaxshilik qilmoq lozim... Inshaallah bu tasbeh endi mening muhabbatimga aylanadi, Alloh ulardan rozi boʻlsin
Hammasini ko'rsatish...
3
Umumiy ma'nosi ohu bilan eshakni solishtirilgan, goʻzallik ohuni koʻzlariga oʻxshatiladi ammo eshakniyam koʻzlari goʻzal u faqat ogʻir ish qiladi qiynalib odamlarni ogʻirini yengil qiladi, ohu insonlar bilan yashamaydi, ularga hech qanday foyda keltirmaydi, lekin she’rlarda, gʻazallarda ohuni maqtab, goʻzal narsalarni uning koʻziga tashbeh qilishadi. Ammo eshak insonlar orasida yurib, ularga foyda keltirsa ham hech kim uning mehnatini qadrlamaydi. yoki kimdir eshakni koʻziga tashbeh qilganini eshitganmisiz? (xolbuki, eshakning ham koʻzi chiroyli aslida). Agar siz ham huddi eshakdek insonlarga xizmat qilsangiz ular sizdan norozi boʻlaveradi, sizni qadrlamaydi. Agar siz butun qalbizdagilarni Allohdan boshqasiga bogʻlasangiz siz ham shunday qadrsiz boʻlasiz Alloh sizni uzoqlashtiradi agar siz chegarada balansni saqlasangiz yaxshi, oilada ham bazan shunday siz nima qilmasangiz eshak kabi bazan qadringiz qolmaydi, oilada bazan shunday ayol kishi hammma narsani qiladi ammo erkak tashqaridagi ohularga boradi siz bunday qilmang degan manoda fikr yuritilibdi, ya'ni hayotda ba'zan oʻzingizni ohudek tuting shunda sizni qadrlashadi ozgina boʻlsa ham degan manoda (xuddi kaminaga oʻxshab kecha sharq durdonasi ichida Allohning yagonasi deganday oʻzimcha 🫢 siz ham oʻzingizni Allohning yagonasi deb biling) kimgadir haddan ortiq oʻzingizni qurbon qilsangiz ham qadrsiz boʻlasiz degan mano vallohu alam! QADRINGIZNI BILGANGA QALBINGIZNI BERING! U XOH JUFT XOH DOʻST XOH BEGONA BOʻLISHIDAN QATIY NAZAR!
Hammasini ko'rsatish...
1
02:54
Video unavailableShow in Telegram
#oila boʻyicha mutaxassis ajjoyib fikrlar berib boradilar! ©Yusuf Abu Zakariya
Hammasini ko'rsatish...
36.98 MB
Natijaga koʻra bugun savollar 21:00 da yuboriladi biiznillah! Shartlar demak Izoh qismida eng birinchi toʻgʻri, toʻliq, tahrirlanmagan, bir biridan va kitobdan koʻchirib yozilmagan (biz koʻrmasakda Alloh shohid guvohdir uyogʻi vijdonga havola) javoblar inobatga olinadi! Yutgan gʻolibimizga esa shu 3 ta kitob hadya etiladi, birinchisi oʻqilib boʻlingani sababidan qoʻshilmadi, agar gʻolibimiz Amallar niyatga bogʻliqni elektron oʻqigan boʻlsalar unda aytsalar bu kitobni ham qoʻshamiz, barchaga omad Alloh muvaffaq qilsin ilmingizni ziyoda qilsin!
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.