cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Isroil Tillaboyev blogi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
14 498
Obunachilar
-224 soatlar
-1437 kunlar
-46730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

@iqtidorly loyihasi doirasidagi "Iqtidorli" oromgohimizga aniq va tabiig fanlardan, ixtirochilikdan yaxshi natijalar ko‘rsatgan iste'dodli yoshlarning arizalarini qabul qilish davom etmoqda, hozirgacha mingdan ziyod arizalar qabul qilindi. Ushbu e'lonlarimizni hamma o‘quvchilqrga yetkazsalaringiz, ilm-fandan iste'dodli o‘quvchioarni rag‘batlantirshga hissa qo‘shgan bo‘lar eding8z hurmatli hamkasblar. Kanalomizga a'zo bo‘ling👇👇 @iqtidorly
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
☑️ "IQtidorli" oromgohida qatnashish uchun TOP 5 ta sabab 🏕️ Oromgohning ilk mavsumida sizlarni juda ko‘p yangi, kutilmagan va ajoyib voqealar bilan kutmoqda. 📌 Eslatib oʻtamiz,ro'yxatdan o'tish jarayoni 8 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling. 🤩 Biz siz bilan unutilmas muhitda yozgi sarguzashtlarni o'tkazishga tayyormiz. @iqtidorly
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Ўқитиш – умид уруғларини экиш демакдир Ўқитувчилар ҳақида ҳикматлар Агар ўқитувчида ишига муҳаббатгина бўлса, у яхши ўқитувчига айланади. Ўқувчисигагина муҳаббати бор муаллим ҳамма китобларни ўқиган, лекин ишини ҳам, ўқувчисини ҳам севмайдиган ўқитувчидан яхшироқдир. Ҳар икки муҳаббатни ўзидан жам қила олган ўқитувчи эса комил устоздир. Лев Толстой, рус ёзувчиси Врачлар ва ўқитувчилардан мўъжиза талаб қилинади, лекин ана шу мўъжиза амалга ошса, ҳеч ким ажабланмайди. Мария-Эбнер Эшенбах, австрия адибаси Шогирд устозида рақобатчи эмас, ўрнак тимсолини кўрса, ундан ҳеч қачон ўзиб кета олмайди. Виссарион Белинский, рус адабиётшуноси Ўқитувчи максимал обрўга, минимал ҳокимиятга эга бўлиши керак. Томас Сас, америкалик руҳшунос Устозидан ўзиб кетмайдиган ўқувчининг ҳолига вой. Леонардо да Винчи Ўқитувчилар уйга вазифа бериб ўқувчиларини нишонга оладилар, лекин “ўқ”лари ота-оналарга тегади. Жорж Сименон, француз ёзувчиси Яхши устоз бошқаларга ҳатто ўзининг қўлидан келмайдиган нарсаларни ҳам ўргатиши мумкин. Тадеуш Котарбиньский, поляк файласуфи Устознинг сўзларини такрорлаш унинг давомчиси бўлиш дегани эмас. Дмитрий Писарев, рус адабиётшуноси Юзта ўқитувчи ёлла, лекин ўзинг ўзингни мажбурлай олмасанг, ўзингдан ўзинг талаб қила билмасанг, уларнинг ҳеч бири сенга ёрдам бера олмайди. Василий Сухомлинский, украин педагоги Мен ўқитувчидан яхши ахлоқни талаб қиламан, буни бошқа ҳар қандай фуқародан ҳам талаб қилган бўлардим. Дени Дидро, француз ёзувчиси Бировга ўргатиш учун ўзинг ўрганишингга керак бўладигандан кўра кўпроқ ақл зарур. Мишель Монтень, француз ёзувчиси Ўқитувчи учун ўзидан ўтиб кетган ўқувчини кўришдан ортиқ бахт йўқ. Лев Толстой, рус ёзувчиси Яхши ўқитувчи билан буюк ўқитувчининг фарқи нимада? Яхши ўқитувчи ўқувчисининг қобилиятларини сўнгги чегарасигача ривожлантиради. Буюк ўқитувчи эса бу чегарани бир қарашдаёқ кўра олади. Иоганн Гёте, олмон ёзувчиси Ориф Толиб таржимаси. @domlajon http://t.me/domlajon
Hammasini ko'rsatish...
👍 24😍 1
👩‍🏫Ўқитувчининг бири икки бўлмаслиги мумкин, аммо у бирни ўн қилишга ўргатади. 🌱Косаси оқармаслиги мумкин, аммо у косаларни оқартиришни ўргатади. 🌱Машина минмаслиги мумкин, аммо машина минишга ўргатади. 🌱Ўрта ҳол яшаши мумкиндир, аммо бой бўлишга ўргатади. 🌱Шам бўлиб йўлингизни ёритади, аммо ўзи ёниб тугайди. 🌱Совун бўлиб доғларингизни ювади, ўзи эса доғларингиз билан бирга эриб кетади… @domlajon http://t.me/domlajon
Hammasini ko'rsatish...
👍 46😢 26 2🔥 2😁 2
Kechagi dastlabki qiziqqon xulosadan keyin miyani sovutgan holda chuqurroq qarasak masala ancha jiddiy va bahsli. Bu voqea o‘quvchilarning "ozgina beetiborligi" tufayli nimalar qilib yuborishi gaqida bitta signal bo‘ldi. Demak dastlabki xulosa, hizirgi davr o‘quvchilarini umuman beetibir tashlab bo‘lmasligiga yana bir isbot. Voqea balki tanaffysda ro‘y bergandir (dars payti emas, o‘qituvchi darsga kirishi kerak bo‘lmagan vaqtda, deb yaxshi gumonda bo‘lsak) ho‘sh unda endi tanaffusda ham bolani nazorat qilib qorovullik qilib o‘tirishi kerakmi, bu ishni kim bajaradi, informatika o‘qituvchisimi, sinf rahbarimi, "zamdirektor"mi? Hech biri bunga vaqti yo‘qku, har qadamini uyatsiz kino ko‘rib qo‘yma, deb yurolmaydi, tanaffusda nafas rostlashi kerak. Bunda yechim yana tarbiyaga borib taqalyapti, ota-ona, sinf rahbari, tarbiya o‘qituvchisi va jamoa beradigan tarbiya tufayli faqat o‘zi qolsa ham o‘zini tortadigan tarbiya shakllantirish kerak, bu esa oson ish emas afsuski... Shuning davomi sifatida, tvlards bunday ichiq bo‘lmasayam gap so‘zi ochiq turli bemaza seriallar, internetga "dostup" ochiq hozirgi zamonda bundan battar kliplarni ko‘rayitgan bo‘lishi mumkin, bu holda esa jamoaviy etiket buzilgan, voyaga yetmagan yigit qiz bolalar ko‘z o‘ngida jo‘rtagami yo bilmay bunday (balki bitta emasdir) klipni (balki shunchaki musiqasi yaxshiligi uchundir) qo‘yib ko‘rishmoqda, bu juda yomon holat, o‘sha qizlar turib chiqib ketib yuborishlari kerak edi aslida, yana bir bor tarbiya masalasiga taqaladi bu. Postdagi kommentlarda, bu ekektron doskalarni open byudjetdan yutgani aytildi butun maktab, direktori boshchiligida, endi esa o‘sha sovrin elektron doskalar tufayli ishdan bo‘shatilmoqda. Alam qilsa kerak hammaga, zo‘rg‘a biron o‘zgarish bo‘lar deb yutsang va qaysidir yumush bilan yursangi, qaysidir sinfda uyatsiz klip ko‘rib o‘tirishsa va buning orqasidan ishdan ketsang... Demak maktabning moddiy texnik bazasining zo‘r qilib qo‘yilgani u yerda zo‘r bilim beriladi, tarbiya zo‘r, degani ham emasligiga bir keys bu, usti yaltiroq ichi qaltiroq maktablar deyiladi buni, bunday maktablar ko‘p, aksincha nochorroq maktablarda ham yaxshi bilim va tarbiya beriluvchi jamoalar ko‘proq. Ishdan olishlar... Menimcha ishdan olishlar oshirib yuborilgan, balki avvaldan shunday holatlar ko‘p bo‘lgandir, bu maktab bilim sifati pastdir-ki, oxiri, e baribir bo‘lmayapti, deb yangilashga qaror qilishgandir ma'muriyat. Lekin agar shu klip orqasidan bo‘lsa, unda intizomiy jazo qo‘llashlari yetarli edi, agar bu dars payti emas, qandaydir tanaffusda bo‘lga balki boshqa payt bunday hol kuzatilmagan bo‘lsa. Menga qolsa tarbiya o‘qituvchisiga ham intizomiy qo‘llash kerak uchalalariga qo‘shib, yoki butun maktab o‘qituvchilariga, ana jamoaviy harakat qilish deyilishi, maktab ichidagi tarbiya butun jamoaniki, deyilishi majoziy ma'nosida! Lekin juda uchalalarini ishdan olib tashlash bahsliroq (qaytaraman, bu tashqaridan xulosa, ichkaridagi holatni hech kim bilmaydi). Ha yana bir gap, bu bolalarni ota-onasi bilan nima ishlar olib borildi ekan, shuni ham bilsak yaxshiydi. Xullas o‘zimga ham sizga ham maslahat, tashqaridan aniq xulosalar yasab, qaror qikganlarni ham toshbo‘ron qilib yubormanglar, shunchaki fikringiz baribir tashqi bo‘ladi va u ko‘oincha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi, ko‘p duch kelganman bunday holatlarga va shuning uchun absolyut fikr bildirmaslikka harakat qilaman. @domlajon t.me/domlajon
Hammasini ko'rsatish...
Isroil Tillaboyev blogi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey

https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

👍 33😢 3🔥 1
Mahalla qatga qarayapti, degan joyiga: ozgina beetibor qolgan bolalar katta ekranda klip tomosha qilgan va «o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirgani uchun» sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. @domlajon t.me/domlajon https://kun.uz/25385217?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR1QwvJnKWptSzePPbNmEDpxQntvZvaYYhHncKJJZ_BzLLy7vFnJK5An5JM_aem_AYE3h8XjdXllq4y46z0UE1PP5qEdEn70L8lkcgyMxm1h4dSsv_beTc-q5k3JCyXMwyn-EYORHgaEVYJHc_0QAqyy
Hammasini ko'rsatish...
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

Maktab rahbariyati o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganlikda ayblangan.

👍 21😁 3
Ming dollarlik kursni g‘irt tekin o‘rganing! Yoshlar ishlari agentligining "Ustoz AI" loyihasi 2024-yilda 40+ sohalarni bepul videokurslar orqali o‘rgatishni rejalashtirgan. Bepul videokurslar orqali videomontaj, mobilografiya, grafik dizayn, marketing, dasturchilik, turizm, kopirayting, SMM, fanlar va boshqa sohalarni noldan to‘liq o‘rganishingiz mumkin. Masalan mana shu ro‘yhatdagi ba'zi kurslar online o‘quv markazlarda ming dollardan ziyodga o‘qitishmoqda va biz jalb qiogan mentorlardan ziyod o‘qish topa olmasliginhizga shu sohadagi mutaxassislar o‘zlari tan olmoqda. Sizdan esa shunchaki bu kurslarni ko‘rib, undagi topshiriqlarni bajarish qoldi xolos. Juda bepul deyitgan bo‘lsangiz, ming dollar berib o‘rganyapman, deb psiholohik tayhorlab dars qiling, shunda ham natija chiqmasa bizga murojaat qiling😉 Aytgancha, kurslarni bitirganingizdan so‘ng esa sertifikat ham beriladi. Sertifikat olish tartibi "Ustoz AI" ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinadi. "Ustoz AI" loyihasining bepul videokurslarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun obuna bo‘ling: 👉 t.me/ustozai Mobilografiya kursi 👉 ko‘rish Videomontaj kursi 👉 ko‘rish No-Code kursi 👉 ko‘rish HR kursi 👉 ko‘rish PR kursi 👉 ko‘rish
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 3
​​Олтиндек қимматли фикрлар —  Бир хил ҳаракатни такрорлайвериб, ундан ҳар хил натижа кутиш ақлсизликдир. —  Ҳаракатсизликнинг асосий сабаби фикрламасликдир. —  Истеъдодсиз бола йўқ, эътиборсиз ота-оналар бор, холос. —  Китоб ўқиш фикрлашга ўргатади. —  Атрофимизда сиздан ҳам фазилатли одамлар борлигини унутманг. —  Раҳбарнинг обрўси унинг шахсий ибратидадир. —  Жоҳиллик илмсизликдан, бошқаларнинг қалбини, фикрини, қадрини билмасликдан бошланади. @domlajon
Hammasini ko'rsatish...

👍 25🔥 5👏 1
Repost from N/a
🎉 "Iqtidorli" Oromgohimizga roʻyxatdan oʻtganlar soni 1000 nafardan oshdi! 📝 Umumiy hisobda, oromgoh uchun 1000 dan oshiq yoshlar roʻyxatdan oʻtdi. Arizalar topshirish 15-maygacha davom etadi. 📧 Javoblar qabul tugagandan soʻng 3 kun mobaynida e’lon qilinadi. ❓ Hali ham roʻyxatdan oʻtmadingizmi? Shoshiling, O‘zbekistondagi ilk STEM oromgohi ishtirokchisiga aylaning! Ushbu link orqali hoziroq ariza topshiring. @iqtidorly
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
O‘quvchilar hech qanday qiyinchiliksiz sinfdan-sinfga o‘tishi to‘g‘rimi? Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring. ▶️ To'liq videohttps://youtu.be/2_KbBAdTbCw
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 1👏 1
Izoh yozish