cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

90-MAKTAB

Kitob tumani XTBga qarashli 90-umumiy o'rta ta'lim maktabi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
196
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

04:05
Video unavailableShow in Telegram
#arxiv O'tgan o'quv yilidagi so'ngi qo'ng'iroqdan lavha ekan 😊. Hozirgi kunda bu o'quvchilarimizning ko'pchiligi hayotda o'z maqsadlari tomon harakatlanishyapti. Ko'pchiligi oliygoh talabalari, qolganlari esa o'zlari qiziqqan soha bo'yicha faoliyat olib borishyapti. Bizga esa har bir bitirib chiqayotgan o'quvchilarimiz o'zimizning farzandlarimizdek qadrdon. Har birining qalbimizda o'z o'rni bor. Tilagimiz shuki, har bir maktabimizni tamomlaydigan o'quvchilarimiz xalqimizga xizmat qiladigan, ota-onasini yuzini yorug' qiladigan farzandlar bo'lishsin. Zero, kelajagimiz, ertangi kunimiz ana shu yoshlar qo'lida!!!
Hammasini ko'rsatish...
16.05 MB
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Bugun 90-maktabda maktabning ijodiy-madaniy ishlar targ'ibotchisi Ibadullayeva Dilfuza tomonidan maktabning 5-6 sinf o'quvchilariga Palandaradalik shoir, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi Muhammad Rahmon hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiy kecha o'tkazildi. O'quvchilarga shoir hayoti va uning asarlari haqida ma'lumot berilib, she'rlaridan namunalar o'qib eshittirildi. Tadbir davomida ikkala sinf o'quvchilari ishtirokida she'rxonlik musobaqasi ham o'tkazildi. Achinarlisi o'quvchilar bu ijodkor o'zlarining hamqishloqlari ekanligi va ijodi haqida deyarli ma'lumotga ega emas ekanlar. Tadbir o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Biz bunday adabiy kechalarni har haftada bir kun o'tkazishni kelishib oldik.
Hammasini ko'rsatish...
35.43 MB
АБДУЛЛА ОРИПОВ: МАДҲИЯНИ ҚЎЛИМНИ КЎКСИМГА ҚЎЙИБ, ТИК ТУРГАН ҲОЛДА ТИНГЛАЙМАН! 1992 йил 10 декабрь куни Ўзбекистон Республикасининг давлат мадҳияси қабул қилинган кун... Ўзбекистон Қаҳрамони Абдулла Орипов тўғрисида жуда кўп мақолалар ёзилган. Лекин улар билан суҳбатлашганимда менга таъсир қилган ибратли воқеа ҳақида гапириб бермоқчиман. 1995 йил. Ўзбекистон радиосининг “Маориф ва тарбия” бош муҳарририятида “Келажак тонги” эшиттиришини тайёрлардим. Мадҳия тўғрисида махсус эшиттириш тайёрлаш мақсадида таниқли шоиримиз билан телефон орқали боғландим ва репортёр олиб бориб, ярим соатлик эшиттиришга мос суҳбат қурдим. Абдулла ака жуда чиройли қилиб мадҳиянинг ҳар бир сатрини шарҳлаб бердилар. Мазкур суҳбат ёзилган кассета лентаси ҳозир ҳам менда сақланади. Битта мисол ҳам айтдилар, бу кўпчилик учун ҳам янгилик бўлса керак. Биласиз, мадҳиямизда “Яшнагай то абад илму фан ижод” деган сатрлар бор. Бу тузатилган кўриниш экан, сабаби энг аввало “Яшнагай то абад маърифат ижод” деб ёзган эканлар. Лекин бастакор Мутал Бурхонов “маърифат сўзи мусиқага тушмаяпти” деганларидан сўнг “Яшнагай то абад илму фан ижод” деб ўзгартирган эканлар... Яна бир менга таъсир қилган ибратли воқеа. Абдулла Орипов билан суҳбатимиз сўнггида улар: “Гарчи мен мадҳиянинг муаллифи бўлсам ҳам, у янграганда Ватанимнинг рамзи сифатида қўлимни кўксимга қўйиб, тик турган ҳолда тинглайман!” деганлари бўлган. Мана сизга буюк шоирнинг буюк гаплари! БЕҲЗОД ҲОЖИМАТОВ. https://t.me/Hojimatov_uz/6112
Hammasini ko'rsatish...
Hojimatov_uz

Ўзбекистон Мадҳияси

👍 1
👎
Do'stlarga ulashish
Photo unavailableShow in Telegram
10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun! 1992 yil 10 dekabr. Ushbu sanada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi 13 moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda musiqa hamda matn bilan ifoda etadi. Hurmatli vatandoshlar sizlarni qalbimizda cheksiz faxr va iftihor tuyg‘ularini yuksaltiruvchi, ona yurtga fidoiylikni tarannum etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!                Boshqalarga ham ulashing!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
👎
Do'stlarga ulashish
01:03
Video unavailableShow in Telegram
90-umumiy o'rta ta'lim maktabida Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya -baxtimiz qomusi" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda bosh qomusimizdan moddalar aytildi va kuy qo'shiqlar bilan bayramni ko'tarinki ruhda nishonlandi. Tadbir davomida o'quvchilarning konstitutsiyaviy savodxonligi ham sinovdan o'tkazildi.
Hammasini ko'rsatish...
10.93 MB
👍
👎
Do'stlarga ulashish
Photo unavailableShow in Telegram
Мактабдаги имтиҳон учун 9 даража совуқда 5 км пиёда юрган ўқувчи ҳақида... Ушбу расм бир неча йил олдин хитойлик Ванг исмли болайкайнинг ўқитувчиси томонидан олинган. Бу ўқувчи имтиҳондан ўтиш учун енгил куртка ва шапкасиз 9 даража совуқда 5 км юриб мактабга боради. Ванг сурункали гипотермия касаллигига чалинганди. Яъни унга иссиқлик етишмайди, шунинг учун у доимо музлайди, қўллари шишади ва бармоқлари итоат қилмайди. Аммо шундай бўлсада у албатта, таълим олишни жуда хоҳларди, чунки бу қашшоқликдан қутулишнинг ягона йўли эди. Совуқ ҳавода имтиҳонга шошиб борган Ванг 100 баллдан 99 балл тўплаган. Ўқитувчи Вангни расмга олиб, суратни тармоққа жойлаштиргандан сўнг, унинг ҳикояси ҳаяжонли тус олади. Шундан кейин фойдаланувчилар 3 миллион юан ёки 450 минг доллар йиғдилар. Бу маблағ эвазига Ванг мактабидаги иситиш тизимини таъмирладилар, Юннан провинсиясидаги камбағал оилалар фарзандларига иситгичлар ва иссиқ кийимлар сотиб олдилар.
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan 90-maktab rahbari, psixologi va targ'ibotchisi bilan birgalikda maktabimizda yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchimizning holidan xabar olindi.
Hammasini ko'rsatish...
2.65 MB
Targ'ibot ishlari davomida maktabimizning MMIBDO' Jamolova ustozimiz XTB tomonidan tavsiya etilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan videorolik namoyish etildi va vatanparvarlik tuyg'usi, jasorat va sadoqat tushunchalari haqida izoh berib o'tdilar.
Hammasini ko'rsatish...
Bugun maktabimizning yuqori sinf o'quvchilariga 1-dekabr "Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan ushbu kasallik haqida ma'lumot berilib, targ'ibot ishlari olib borildi.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.