cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Techno Ali

Кундалик ишлатадиган техник қурилмаларингиз айнан қандай ишлаши ҳақида биласизми? Саҳифамизга қўшилинг, бу саволга биргаликда жавоб излаймиз! 😎🤙 Мен ҳақимда: t.me/TheTechnoAli/37 Блог: @TheAliBlog Админ билан боғланиш: @HarryAli

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
568
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

10 kunlardan beri harakat qilib yurgan ishimizni bugundan boshladik, desam ham bo'laveradi. Professional emas, havaskor darajadamiz. Bachkana tuyulishi ham mumkin, chunki jamoamiz bilan bachkanamiz hammamiz)) Qo'shilib qo'yinglar, reklama qilib bersangizlar ham mayli😁 P/s: Logo muallifi o'zimman)) @TheVoiceBoys
Hammasini ko'rsatish...
Aytgancha, saralash soat 21:00da boshlanar ekan, demak, ulgurib qolsangizlar bo'ladi. London vaqti bilan soat 16da deyilgan ekan))
Hammasini ko'rsatish...
Ana-mana yozaman deb, yodimdan ko'tarilibdi, ming bor uzr. Telegram yana bir bor test yaratish bo'yicha tanlov e'lon qildi. Umumiy yutuq miqdori 250 ming yevro. Testlar bu safar ingliz tili, matematika va mantiq yo'nalishlarida tuzilishi kerak. Ishtirokchilar avvaldan @ContestBot da qatnashish uchun so'rov yuborishlari va aynan bir kun, bir vaqtda bo'ladigan saralash imtixonida qatnashishlari shart. Saralangan qatnashuvchilargina test yaratishda qatnasha oladi. Va by saralash imtixoni aynan hozir, bugun soat 16:00dan 18:00gacha bo'lib o'tadi. Aytganim bilan kech bo'lib bo'lganini bilaman, ming bor uzr😑 @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...
Yaqindagina taqdim qilingan "Mangu Sarkarda" o'yiniga birinchi nigoh. Kamchiliklar va takliflar: https://youtu.be/KnAZCc4PWsk
Hammasini ko'rsatish...
"Mangu Sarkarda" O'zbekcha kompyuter o'yini!

Ushbu videoda "UIC Games" tomonidan ishlab chiqilayotgan "Mangu Sarkarda" video o'yiniga ilk nigoh tashlab, kamchiliklari haqida gaplashamiz. O'yinni ishlab ...

Telegram endi daromad olishni boshlaydi! Telegram asoschisi Pavel Durov kelasi yildan boshlab Telegram messenjeri turli pulli xizmatlar orqali daromad olishni boshlashini ma'lum qildi. Batafsil: https://telegra.ph/Telegram-endi-daromad-olishni-boshlaydi-12-23 @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...
Telegram endi daromad olishni boshlaydi!

Telegramning faol foydalanuvchilari soni 500 millionga yetarkan, ko'pchiligingiz bir savolni bermoqdasiz: bu o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun kim pul to'laaydi? Bundan tashqari, ko'proq foydalanuvchilar bu ko'plab traffik sarfi va ko'plab serverlar deganidir. Bizdagidek o'lchamdagi proyekt ishlashi uchun yiliga bir necha yuz million dollar kerak bo'ladi. Telegram tarixining katta qismida kompaniya chiqimlarini o'z hisobimdan qoplab keldim. Shunga qaramay, Telegramning hozirgidek o'sishida hademay milliard…

Mangu Sarkarda video-o'yini treyleri. Yaqindagina taqdimoti bo'lgan "Mangu-Sarkarda" nomli ilk o'zbekcha, tarixiy video-o'yinning bugun treyleri internetga yuklanibdi. Tomosha qiling, do'stlaringizga yuboring va fikr bildiring. Men to'laroq fikrlarimni keyinroq bildiraman)) @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...
5.87 MB
Ertaga, 19-dekabrda o'zbekcha video-o'yin taqdimoti bo'lib o'tadi. Hozircha o'yin haqida faqatgina uning nomi va Amir Temur xotirasiga bag'ishlanganligi ma'lum xolos. Toshkentdagi yurtdoshlarimiz Hilton mehmonxonasiga borib, taqdimotda qatnashishlari mumkin. O'yinni ishlab chiqaruvchi guruh yetakchisiga ko'ra, o'shayerda o'yinni o'ynab ko'rish imkoniyati ham yaratilar ekan. "Mangu Sarkarda" o'yini haqidagi gaplar ijtimoiy tarmoqlarda qariyb yarim yildan beri aylansa ham, lekin hech qanday ma'lumotlar yo'q haligacha. O'yin qanday janrda ekani, "AAA" ta'rifiga mos keladimi-yo'qmi, buni ertaga bilib olamiz. O'zim taqdimotga bora olmasamda, onlayn translatsiyani (agar bo'lsa) kuzatib borishga harakat qilaman. Agar sizning imkoningiz bo'lsa, boring va o'z ko'zingiz bilan ko'ring. Kuzatishda davom etamiz. @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...
3D modellashtirish uchun 3Ds Maxni emas, Blenderni o'rganish kerakligiga 11ta sabab. Hozirda yurtimizda 3D modellashtirishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Sanoat standarti sifatida bu sohada asosan Autodesk 3Ds Max dasturida ishlanadi. Lekin ko'pchilik hech e'tibor berib ko'rmagan Blender dasturi ko'proq afzalliklarga ega ekani haqida bilasizmi? Quyida shu bo'yicha 11ta farqni keltiraman: - Autodesk 3Ds Max dasturining yillik obuna narxi 1620 dollar turadi. Blender esa bepul! - Youtubeda 3Ds Max qo'llanmalariga qaraganda Blender qo'llanmalari 50-60 foizga ko'proq! - Blender dasturida ham professional modellar, animatsiyalar, vizual effektlar yaratish mumkin! - 3Ds Maxni iPhonega qiyoslasak, Blenderni Android deyishimiz mumkin: ko'plab bepul plaginlar mavjud, bular orasida inson harakatlarini kamerada kuzatib, animatsiyaga ko'chirib beradiganlari, insonni yuz suratlariga qarab yuzning 3D maketini yasab berish, Google xaritadan biror bir hududning 3D holatini olish va hokazo plaginlar mavjud. - Youtubeda Blenderda yaratilgan animatsion multfilmlarni ko'ring, sifat darajasidan farqini sezmaysiz ham! - Blender dasturi huddi 3Ds Maxdagidek qahramon modelini yaratish, rigging (boshqaruv uchun suyaklar o'rnatish, aniq ta'riflab berolmayman)dan tashqari huddi Maya dasturidagidek 3D haykaltaroshlik (3D Sculpture) funksiyasi ham mavjud. - Blender dasturi nafaqat Windows va Macda, balki Linux operatsion dasturida ham ishlaydi. - Blenderda kino sanoatida keng qo'llaniladigan ko'plab vizual effekt funksiyalari, animatsiyalar to'plamlari mavjud. - Render uchun ko'plab renderlash dvijoklari mavjud. Va ular ham bepul. - Blender dasturida tayyorlanayotgan animatsiyani videomontaj qilish ham mumkin. - Blender dasturida tayyorlangan modellarni ham Unity va Unreal Engine dasturlariga eksport qilish mumkin. Ko'rib turganingizdek, o'lcham jihatidan uncha katta bo'lmagan, foydalanuvchi interfeysi birinchi ko'rishda xunuk tuyuladigan bu dasturni pullik ekvivalentiga ko'ra bir qator afzalliklari mavjud. Shu sabab agar bu sohaga qadam qo'yishni o'ylayotgan bo'lsangiz, aynan qaysi dasturni tanlash kerakligi haqida yaxshilab o'ylab ko'ring. @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...

Ilk tizeri 2013-yilda e'lon qilingan "Cyberpunk 2077" video-o'yini bugun gamerlar e'tiboriga taqdim etilishi kerak edi. Ma'lum sabablarga ko'ra reliz kuni 3 haftaga kechiktirilibdi, ya'ni, 10-dekabr sanasiga. "CD Project RED" kompaniyasining gamerlarga yuborgan xabarida, buning asosiy sababi o'yin 9 xil qurilma uchun ishlab chiqarilayotgani sababli 9 xil versiyani testdan o'tkazish uzoqroq vaqt talab qilayotgani, ayniqsa, uydan turib ishlash vaziyatni yanada og'irlashtirgani aytilgan. Bu o'yinning 3-marta kechiktirilishi. O'yin aslida 16-Aprelda chiqishi kerak edi, pandemita tufayli avval 17-sentyabrga, keyin 19-noyabrga ko'chirilgan edi. Mana endi 10-dekabrga. Uzoq kutilishga yarasha o'yin ekaniga umid qilamiz va kuzatishda davom etamiz. @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...
O'yinlar AMDdan boshlanadi: RIP NVIDIA? AMD shu oy boshida Intelning so'nggi avlod protsessorlarini sifat bobida ham, narx bobida ham yenga oladigan ZEN 3 protsessori asosiga qurilgan Ryzen 9 CPU modellarini taqdim etgan edi. Kompaniya rahbari Doktor Lisa oy oxirida geym-chenjing videokartani e'lon qilishga va'da qilgan edi. Yangi videokartaga muxlislar "Big Navi" deb laqab qo'yishgan va Doktor Lisa shu nomni saqlab qolishga qaror qilgan. Big Navi tarkibidagi GPU protsessori yangicha RDNA2 arxitektura uslubida ishlangan bo'lib, 7 nanometrlik, 29,5 milliard tranzistorlardan iborat. Yangi Big Navi videokartasi 3ta modelda ishlab chiqariladi, eng qizig'i, uchalasi ham 16GBlik GDDR6 xotirasiga ega. Radeon RX6800 - $579lik videokarta 60ta hisoblash bo'laklariga ega va 1,8GHzlik siklda ishlaydi. 250 wattlik quvvat talab qiladi. Radeon RX6800XT - $699lik videokarta 72ta hisoblash bo'laklariga ega va 2GHzlik siklda ishlaydi. 300 wattlik quvvat talab qiladi. Radeon RX6900XT - $999lik videokarta 80ta hisoblash bo'lagiga ega va 2GHzlik siklda ishlaydi. 300 wattlik quvvat talab qiladi. RX6800 videokartasini Nvidianing RTX2080Ti modeli bilan, RX6800XT videokartasini RTX3080 bilan, RX6900XTni esa, RTX3090 bilan bemalol raqobat qila olishini va'da qilishmoqda. Lekin nega endi uchala videokartaning ham grafik xotirasi 16GB ekani hozircha noaniq. Demak, kuzatishda davom etamiz! @TheTechnoAli
Hammasini ko'rsatish...

Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.