cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

✨www.kundalik-info.uz✨

Канал создан для онлайн обучения, школьных новостей, поздравлений и сообщений касающихся учителей, учеников и их родителей школ Республики Узбекистана. Свои материалы присылайте на e-mail: [email protected] или https://t.me/www_kundalik_info_uz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
198
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️ Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi 100 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashgan xalqaro tanlovda g'olib bo'ldi ✅ Buyuk Britaniya tomonidan 15 yildan buyon har yili Buyuk Britaniyadagi 120 dan ziyod oliygohlarni tamomlagan va hozirda o‘z ona Vatanida turli sohalarda ishlayotgan sobiq bitiruvchilar o‘rtasida "Study UK Alumni Awards" tanlov o‘tkaziladi. Joriy yilda ushbu tanlovda ishtirok etish uchun 100 ga yaqin mamlakatlardan 1200 dan ziyod nomzodlar tanlov tashkiliy qo‘mitasiga arizalar yuborilgan. ❗️Mazkur tanlovning "Madaniyat va ijodkorlik" yo‘nalishida Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi Sattiboyev Iskandar dunyo bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ma'lumot o'rnida, ustozimiz 2022-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek u: ➖Dunyoda 20 o‘rinda turuvchi Edinburg universitetining “Qiyosiy va umumiy adabiyotshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, magistrlik ilmiy darajasini olgan; ➖ IELTS dan 8.0 ball sohibi; ➖ ingliz, nemis, arab, dat, turk, fors va rus tillarida, ona tilidan tashqari jami 7 ta tilda bemalol muloqot qila oladi; ➖ Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda, shuningdek, butun dunyo chet tillari o‘qituvchilari orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “Multilingual” jurnalida chop etilgan; ➖ Android va iOS internet tizimida ishlovchi ingliz tilini mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan “SpeakEng” deb nomlangan mobil ilovani yaratilishida ilmiy jamoaga rahbarlik qilgan. ❕Iskandar Sattiboyevni yutuqlar bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
XUSHXABAR Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi. G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing: Dilyorbek Valijonov-Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi; Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi; Aytish joizki, joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi. Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilarni tayyorladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi. Ma’lumot o‘rnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Hilola Umarova
✅ Dilyorbek va Dilshodbeklarni hamda ularning ustozlarini Xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarni qo‘lga kiritganliklari bilan chin dildan tabriklayman! ❗️O‘quvchilarimiz Xalqaro informatika olimpiadasida ilk bora sovrindor bo‘lganliklari barchamizni quvontirdi. ⚡️ Qolaversa, yangi o’quv yilida yana bir xushxabarimiz bor! Ushbu Xalqaro olimpiada 2026-yilda ilk bora O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi!
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari! Aziz o‘quvchilar! Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan. Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda. Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz. Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi. Qadrli ustozlar, aziz o’quvchilar! Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman! Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
✨ Бугун, 4-сентябр куни Миробод туманидаги умумий ўрта таълим мактабларида ўқув йили бошланишига бағишланган тантанали саф йиғинлари бўлиб ўтди. Ўқувчилар, педагоглар, ота-оналарга ушбу байрамона кунда кўплаб илиқ тилаклар билдирилди. ➡️ Ёзги таътилдан сўнг, қадрдон масканлар ўқувчиларни ўз бағрига чорлади ва янги ўқув йили бошланди. ———————- ✨ Сегодня, 4го сентября в школах Мирабадского района прошли торжественные линейки. Ребята, педагоги, родители услышали много слов поздравлений и напутствий в праздничный день. ➡️ Начался новый учебный год. | Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Hammasini ko'rsatish...
УМНЫЕ МЫСЛИ У входа в Стелленбосский университет в Южной Африке висит сообщение: " Уничтожение любой нации не требует атомных бомб или ракет дальнего радиуса действия. Надо только снизить качество образования и разрешить учащимся обманывать преподавателей на экзаменах. Пациенты умирают от рук таких врачей, здания рушатся от рук таких инженеров, деньги теряются от рук таких экономистов, справедливость исчезает в руках таких юристов и судей. Крах образования - это крах НАЦИИ"!
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 МУСТАҚИЛЛИГИМИЗ  32-ЁШДА! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ассалому алайкум қалби қайноқ, меҳри дарё, юраги ватан ишқи жўш урган, азиз ватандошим...     Барчангизни энг улуғ, энг азиз байрам Мустақиллигимизнинг 32- йиллик тўйи билан табриклайман.       Илойим юртимиз тинч , ёки осмонимиз мусаффо , дастурхонларимиз доимо тўкин бўлсин. Уйимиздан қут- барака аримасин. Нуронийларимиз ҳамиша иззатда юришсин.  Фарзандларимиз илмли , салоҳиятли бўлиб , нафақат юртимиз,  балки жаҳон саҳнларида ҳам юзимизни ёруғ қилиб , жонажон ватанимиз байроғини янада юксакларга кўтаришсин 🇺🇿 Байрамингиз муборак бўлсин!🇺🇿 🍃🍂🍃🍂🍃🍂🍃🍂🍃 ✨ Телеграм💝 @Hayotim_mazmuni_1💝 ✿❀┄┅┅✿❀💖❀✿┅┅┄❀✿    💦💞#ХОЛИДА💞💦 ✿❀┄┅┅✿❀💖❀✿┅┅┄❀✿ Мулохазали инсонлар канали
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Hilola Umarova
MUROJAATCHILAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari va shaxsan o‘zim fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda hamisha ochiqlik va shaffoflik tarafdori ekanimizdan xabaringiz bor. Xususan, yurtdoshlarimiz taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "Vazirga murojaat" portali ishlab turibdi. ⚡️Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlarining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha maxsus botlari ishga tushirildi. ❗️ Endi Siz mazkur bot manzillari orqali hududlar kesimida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin. _____________ Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri – Narimbetov Ahmed Karamatdinovich 🔗 Vazirning fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QRXBministrbot ______________ ➖Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Mamadiyev Xusniddin Norboyevich 🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @svmmtb_bot _____________ ➖ Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Qurbonov Farrux Ergashevich 🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot _____________ ➖Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i – Xudaykulov Sherzodjon Uktamovich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot _____________ ➖ Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i – Oripov Ubaydulla Suxrobovich 🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QashVMMTBbot ______________ ➖ Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i v.v.b – Sultonov Shokir Quvonovich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @sammmtb_bot __________ ➖ Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Bektemirov Xamro Solayevich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: http://t.me/Xorazm_MMTBbot _______________ ➖Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Suyarova Sanobar Zarfullayevna 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot _____________ ➖ Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Hayitova Ra'no Zokirovna 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/Navoiy_viloyat_MMTBbot ______________ ➖Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Karimov Rasuljon Rafikovich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/Murojaatlar_robot ________________ ➖ Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Dolimov Sherzod Abdumutalovich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @FVMMTBaloqaBot ________________ ➖ Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Zokirov Oybek Ohundedayevich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @Nam_VMMTB_murojat_bot ________________ ➖ Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Akbarov Ilyor Ismagilovich 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/tosh_vxtb_bot ________________ ➖ Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Husanboyeva Nilufar Kasimbayevna 🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://t.me/talim_murojaat_bot
Hammasini ko'rsatish...
Президент мактабларига кириш имтиҳонларининг 2-босқич натижалари эълон қилинди ➡️ https://idum.uz/ru/archives/16831 ——————————————— Объявлены результаты второго тура вступительных экзаменов в Президентские школы ➡️ https://idum.uz/ru/archives/16831 🚀 @talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Hammasini ko'rsatish...
Синф раҳбари қандай мезонларга асосан танлаб олинади? Мактабгача ва мактаб вазирлигининг 2023 йил 27 июндаги 190 сонли буйруғи ———————————— ➡️ https://idum.uz/ru/archives/10951 По каким критериям выбирается классный руководитель? Приказ Министерства дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан №190 от 27 июня 2023 года ➡️ https://idum.uz/ru/archives/10951 🚀 @talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
Hammasini ko'rsatish...