PYTHON DASTURLASH TILI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ? Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder
Ko'proq ko'rsatish1 383
Obunachilar
+124 soatlar
-27 kunlar
-1630 kunlar
Postlar arxiv
Трамп, Ци Сзин Пин ва Путин дунёни ким бошқараётгани ҳақида баҳслашиб қолишибди. Ким бошқаряпти — AҚШми, Хитойми ё Россия? Келиша олмай, охири Ҳиндистон бош вазири Нарендра Модидан сўрашга қарор қилишибди. Моди ўйланиб туриб, кейин: «Мана, ўзинглар кўриб, хулоса қилинглар» деб, рўйхат берибди:
1. #Google бош директори — ҳинд (Сундар Пичаи);
2. #Microsoft бош директори — ҳинд (Сатя Наделла);
3. #Citigroup бош директори ҳинд (Викрам Шанкар Пандит) эди;
4. #SoftBank Гроуп директори — ҳинд (Ражив Мисра);
5. #Adobe бош директори — ҳинд (Шантану Нараян);
6. #NetApp бош директори — ҳинд (Жорж Куриан);
7. #PepsiCo бош директори ҳинд (Индра Нуйи) эди;
8. #Nokia бош директори — ҳинд (Ражив Сури);
9. #Mastercard бош директори — ҳинд (Aжайпал Сингҳ Банга);
10. #DBS бош директори — ҳинд (Пийиш Гупта);
11. #Cognizant бош директори ҳинд (Франсиско ДЪСоуза, ундан аввалгиси Лакшми Нараян) эди;
12. #Novartis бош директори — ҳинд (Васант Нарасимҳан);
13. #Conduent бош директори ҳинд (Локеш Прасад) эди;
14. #Diageo бош директори — ҳинд (Иван Менезес);
15. #Harman бош директори ҳинд эди (Динеш Паливал);
16. #Micron бош директори — ҳинд (Санжай Меҳротра);
17. #PaloAltoNetworks бош директори — ҳинд (Никеш Aрора);
18. #ReckittBenckiser бош директори — ҳинд (Лакшман Нарасимҳан);
19. #IBM бош директори ҳам келиб чиқиши бўйича ҳинд (Aрвинд Кришна);
20. Британия молия вазири (ғазначилик канслери) — ҳинд (Риши Сунак);
21. Британия ички ишлар вазири — ҳинд (Прити Пател);
Хўш, дунёни ким бошқаряпти, деб ўйлайсиз?😉
Дарвоқе, Ҳиндистон ҳукумати бир неча ой илгари Тик Токни мангуга блоклади. Унутманг, юксалиш ва ривожланиш Тик Токда эмас. Китобда, билим олишда, илм ўрганишда. Ривожланинг, ўз устингизда ишланг, олға боринг!
@python_uzbek_coder
#Frilanser
🗂 Frilanser o’zi aslida kim?
Ushbu videoda frilanserlik to’g’risida batafsil ma’lumot berilgan.
@python_uzbek_coder
❓Dasturchi nima ish bilan shug’ullanadi?
Dasturchilar dasturiy ta'minotni qo'llab-quvvatlaydigan kod yozadilarℹ️
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, sinash va tuzatish uchun ular turli xil kompyuter tillaridan foydalanishadi. Dasturchi ma'lum bir turdagi dasturlar, masalan, mobil ilovalar yoki xizmat sifatida dasturiy ta'minotlarga yoki Web ilovalarga ixtisoslashtiradi. Kompyuter dasturchilari quyidagi vazifalar uchun javobgardir:
Dastur loyihalarini kodga aylantirish🧑💻
Dasturchilar dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari va dasturlar uchun rejalar tuzadigan ishlab chiquvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Ular ushbu konstruktsiyalarni kompyuterlar dasturlarni ishlata oladigan kodga aylantiradi.
Tayyor kodlar kutubxonalaridan foydalanish 📚
Kompyuter dasturchilari bir vaqtning o'zida yuzlab yoki minglab satr kodlarini yozishlari sababli, ko'pincha dasturlarni yaratishning yaxshi usullarini izlaydilar. Ko'pgina dasturchilar umumiy kod satrlarini o'z ichiga olgan kod kutubxonalariga murojaat qilishadi, bu bilan har bir satrni qayta yozishdan uzoqroq bo’lishi mumkin.
Dasturlarni sinovdan o'tkazish va xatolarni bartaraf etish⌨️
Kompyuter dasturchilari kod yozishdan tashqari, o'z dasturlarini to'g'ri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan o'tkazadilar. Agar ular xatolarni topsalar, muammolarni topish va tuzatish uchun muammolarni bartaraf etish usullaridan foydalanadilar.
❗️Va eng asosiysi dasturchi kompyuterni tuzatib beruvchi emas😂
Manba: PDP IT-ACADEMY
@python_uzbek_cover
❓Dasturchi nima ish bilan shug’ullanadi?
Dasturchilar dasturiy ta'minotni qo'llab-quvvatlaydigan kod yozadilarℹ️
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, sinash va tuzatish uchun ular turli xil kompyuter tillaridan foydalanishadi. Dasturchi ma'lum bir turdagi dasturlar, masalan, mobil ilovalar yoki xizmat sifatida dasturiy ta'minotlarga yoki Web ilovalarga ixtisoslashtiradi. Kompyuter dasturchilari quyidagi vazifalar uchun javobgardir:
Dastur loyihalarini kodga aylantirish🧑💻
Dasturchilar dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari va dasturlar uchun rejalar tuzadigan ishlab chiquvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Ular ushbu konstruktsiyalarni kompyuterlar dasturlarni ishlata oladigan kodga aylantiradi.
Tayyor kodlar kutubxonalaridan foydalanish 📚
Kompyuter dasturchilari bir vaqtning o'zida yuzlab yoki minglab satr kodlarini yozishlari sababli, ko'pincha dasturlarni yaratishning yaxshi usullarini izlaydilar. Ko'pgina dasturchilar umumiy kod satrlarini o'z ichiga olgan kod kutubxonalariga murojaat qilishadi, bu bilan har bir satrni qayta yozishdan uzoqroq bo’lishi mumkin.
Dasturlarni sinovdan o'tkazish va xatolarni bartaraf etish⌨️
Kompyuter dasturchilari kod yozishdan tashqari, o'z dasturlarini to'g'ri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan o'tkazadilar. Agar ular xatolarni topsalar, muammolarni topish va tuzatish uchun muammolarni bartaraf etish usullaridan foydalanadilar.
❗️Va eng asosiysi dasturchi kompyuterni tuzatib beruvchi emas😂
Manba: PDP IT-ACADEMY
@python_uzbek_cover
#Python
#GUI
#Kalkulator
#Maqola
🐍 Pythonda kalkulator yaratamiz !!!
@python_uzbek_coder - python dasturlaah tilini biz bilan o'rganing !!!
#Python
#Regular_expressions
#Maqola
🐍 Pythonda Regular Expressions, nazariy va amaliy bilimlar !!!
@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Frontend developer sifatida ish topishingiz uchun bajargan bo'lishingiz shart bo'lgan 5 ta proyekt haqida.
1. Landing page. Bu eng osoni.
2. E-commerce sayt. Bu sayt sizning katta proyektlarda ishlab keta olishingizga isbot bo'ladi.
3. External API bilan tuzilgan sayt. Masalan. weather app, recipe app. Bu projekt sizni API bilan ishlay olishingizni ko'rsatadi. Bu narsa frontendchilar uchun juda zarur.
4. O'yin. Vanilla JavaScript yordamida hangman, rock-paper-scissors, tic-tac-toe kabi o'yinlar yasashingiz mumkin.
5. Barcha ishlaringizni jamlovchi bitta kreativ portfolio.
Sizning portfolioingizda kamida shu proyektlar bo'lsa, ish topish sizga muammo bo'lmaydi.
Bobur Mavlonov ©️
@python_uzbek_coder
Талабалар учун қувончли хабар!
27 январь куни Президентимиз Шавкат Мирзиёев раислигида “Мамлакатимизда ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш чора-тадбирлари”га бағишланган видеоселектр йиғилиши бўлиб ўтди.
📌 Унда ёшларимизни қувонтирадиган кўплаб масалалар кўрилди.
👉Жумладан, давлат раҳбари 2021-2023 йилларда талабаларни турар жой билан таъминлаш бўйича дастур қабул қилишни муҳим масала сифатида қўйди ва бу хукуматга топшириқ сифатида юклатилди. Шунингдек, талабалар таълими ва яшаш шароитини янада яхшилаш, улар ўртасида ички туризмни ривожлантириш, кўнгилочар концерт дастурларини қайта тиклаш, ёшлар учун маънавий ва маърифий тадбирларни кўпайтириш каби вазифалар масъулларга вазифа қилиб берилди.
Аминмизки, президентнинг ёшларга қаратаётган бундай эътибор ва ғамхўрлиги ҳар бир талабани қувонтириб, янада руҳлантиради. Улар ҳам бунга муносиб жавоб сифатида ўз билим ва иқтидорларини мамлакат равнақи учун сафарбар қиладилар.
🏛Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги танлов эълон қилади!
Қадрли ёшлар!
✔️Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича вазир буйруғи имзоланди.
📱Ўз ижодингиз ва креатив ғояларингиз билан Apple iPhone 12 Pro Max смартфонига эга бўлишни қўлдан бой берманг!
👉 Танловда техникум, академик лицейлар ўқувчилари ва талабалар ҳамда 30 ёшгача бўлган тадқиқотчиларимиз иштирок этишлари мумкин.
📌 Танлов шартлари:
-вазирликнинг фаолияти ва аҳамиятини фалсафий ифода этиш;
-бетакрор бадиий ечим ва креатив ёндашувга эга бўлиши ҳамда ундан рамз сифатида фойдаланиш мумкинлиги;
-замонавий, ўзига хос, осон таниб олинадиган ва ноанъанавий шаклга эга бўлиши лозим.
Танловга лойиҳалар тақдим этиш тартибига кўра:
🔸 ҳар бир иштирокчи танловда фақат битта лойиҳа тақдим этиши мумкин;
🔸логотип лойиҳаси формати – 10 Мб гача, икки кўринишда – PNG ва JPG форматда logo@edu.uz электрон почта манзилига юборилиши талаб этилади.
👉 Логотип Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузурида ташкил этилган Ҳакамлар ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.
🔰 Танловда лойиҳалар бир босқичда 2021 йил 1 февралдан 25 февраль соат 23:59гача қабул қилинади.
🏆 Ғолиб 2021 йил 2 мартда эълон қилинади.
@python_uzbek_coder
#Maqola
#Online_talim
Bepul onlayn ta’lim uchun eng yaxshi 7 ta vebsayt
@python_uzbek_coder
#Online_Suhbat
🔰 Hech narsaga tushunmayapman... (Javascript, Python, NodeJS, React)
@python_uzbek_coder
🔥 PDP IT-Akademiyasidan maxsus intensiv
Dasturlashni o'rganishni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Akademiyamiz jamoasi sizni maxsus intensivga taklif qiladi. Coffee break, 6 soatlik intensiv, offline va professionallar bilan "Qaysi dasturlash tilini tanlash kerak?" mavzusida suhbatlashamiz.
Intensiv davomida akademiyamiz asoschisi Odilbek Mirzayev va barcha dasturlash tillari bo'yicha mentorlarimiz qatnashishadi. Intensivda dasturlash tillari turlari, dasturlash tilini tanlayotganda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida barcha savollaringizga javob olasiz. Shuningdek, intensiv mehmonlarini PDP IT-Akademiyasi tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'alar kutmoqda 🎁
Intensiv MFaktor Impulse-2 binosida bo'lib o'tadi. Intensivimizda offline qatnasha olmaydiganlar uchun, MFaktor youtube kanalida online translyatisya qilib boriladi😉
👉Manzil👈 (Tugmani bosish orqali "MFaktor Impulse-2" binosi manzilini xaritada ko'rishingiz mumkin)
❗️Intensivda faqat 120 nafar inson qatnasha oladi.
❕To'lov: 100 000 so'm.
😍Tadbirga tashrif buyurganlar PDP IT-Akademiyasi kurslari uchun 200 000 so'mlik vaucherga ega bo'ladilar.
Eventga hoziroq ro'yxatdan o'tish 👉 👉🏻 @PDPSupportBot
☎️ (78) 777-47-47
Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz
Website | Instagram | Youtube
#Dasturlash
📌 Dasturlash tillarining mualliflari !!!
🗂 Python - Guido van Rossum
🗂 Java - James Gosling
🗂 C - Denis Ritchie
🗂 JavaScript - Brendan Eich
🗂 C++ - Bjorne Stroustrup
🗂 PHP - Rasmus Lerdorf
🗂 Ruby - Yukihiro Matsumoto
🗂 Lisp - John McCarthy
@python_uzbek_coder - python dasturlaah tilini biz bilan o'rganing !!!
#Online_suhbat
🔰 O’zbekistonga yangi kirib kelayotgan zamonaviy kasblar va Frilanserlik haqida suhbat
Video format: 480p
Video hajmi: 250 MB
©️ Saidbek Arislonov
@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!
Dasturlashni O'rganish Uchun Asosiy Bosqichlar:
1. Dasturlashni o'rganish uchun asosiy maqsadingizni belgilab oling.
Ya'ni, nega kompyuter dasturlashni o'rganmoqchisiz? Qaysi tizim uchun (Windows, MAC, Linux) dastur yaratmoqchisiz? Buni belgilash muhim. Sababi, siz boshqa dasturlash tilini tanlab, boshqa tizim uchun dastur yozaman desangiz adashasiz. Maqsadni aniq belgilang.
2. Dasturlash tilini tanlang.
Maqsadingizni belgilab olgandan so'ng, biror bir tilni tanlab, o'rganishni boshlang: C++, C#, Java, Python, Ruby...
Umuman olganda, qaysi tilni tanlash o'zingizga bog'liq, birini boshqasidan ustun bilib bo'lmaydi.
Ya'ni, pichoq, qilich, bolta barchasi kesuvchi anjomlar, lekin hammasining o'zining vazifasi bor. Shularni inobatga olib, qayerda ishlamoqchisiz va u yerda qaysi tilni so'rashayotganini izlab ko'rib, tilni tanlab, o'rganishga kirishing.
3. Pul uchun o'rganmang.
Yo'nalishni ko'p pul berishi uchun o'rganayotgan bo'lsangiz, ko'pga bormaysiz. Ochig'i, dasturlash hammaga ham to'g'ri kelmaydi. Bu uzoq vaqt qattiq mehnat talab etadigan soha. Doim o'rganishda bo'lishingizni talab etadigan yo'nalish.
4. Dasturchilar ishlatadigan vositalardan foydalanishni o'rganing.
Github, Medium, StackOverflow kabi loyihalardan dasturchilar keng foydalanishadi va loyihalarini tuzishda yuzaga kelgan muammolarni osonlik bilan bartaraf etishadi. Ularni ishlatishni o'rganing.
5. Boshqa dasturchilar yozgan kodlarni kuzating.
Ishga kirganingizda, siz 0 dan loyiha yozibgina qolmay, boshqalarning kodidagi xatoliklarni bartaraf etishingizga ham to'g'ri keladi. Hamma bir xil ovqatni har xil tayyorlay olgani kabi, kod ham boshqa xil uslubda yozilgan bo'lishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, begona kodlarni ham kuzatib turing.
6. Hamjamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rganayotgan dasturlash tilingizdagi hamjamiyat, guruhlarni izlab toping. U yerda o'rganuvchilar bir-birlariga yordam berishadi. Siz ham boshqalarning muammosiga yechim izlashga harakat qilib ko'ring.
7. Loyiha yaratish
Haqiqiy real loyiha yasashga urinib ko'ring. Loyihangiz minimal muammoga yechim bo'lsin. Qo'shimcha funksionalliklarni keyin qo'shsa bo'laveradi. Telegram ham boshida oddiy chat bo'lgan, bugun esa bir necha o'nlab yordam beradigan imkoniyatlari mavjud.
8. Yuqoridagi bosqichlardan o'tganingizdan keyin, katta dasturchilar bilan aloqani o'rnating.
Ularga yordamchi, shogird bo'lishingiz mumkin. Internship (stajirovka)ga kirib, dastlabki ishingizni boshlashingiz mumkin.
9. Intervyu oldi tayyorgarliklari
Bilimga ega bo'lganingizdan keyin, sizning kommunikatsiyangiz, shaxsiyatingiz, hujjatlar bilan ishlashingiz ishga kirishingizda muhim rol o'ynaydi. Shu tomonlama o'zingizni rivojlantiring - rezyume yasash, to'g'ri email yozishni o'rganing.
10. Ishga topshiring
Ishga kirayotganda siz korxonaga nima bera olishingiz va nega sizni tanlashlari kerakligi so'raladi. Shu asosiy savolga javob tayyorlang. Agar ilgari qayerdadir ishlagan bo'lsangiz, nega u yerdan chiqib, yangi ishga kelganingizni so'rashadi. Bu vaqtda, eski ish joyingiz va kollektivni aslo yomonlay ko'rmang, chunki siz yangi korxonadan ketganingizda, boshqa ish joyida ham ularni yomonlashingiz mumkin degan fikrda, sizni ishga qabul qilishmaydi.
Qabul qilishmasa, ruhiyatni tushirmang va boshqa korxonalarni ko'zdan kechiring.
Bilimingiz yetarli va bera oladigan qadriyatingiz yuqori bo'lsa, sizni albatta ishga olishadi.
@python_uzbek_coder
#Foydali
#Bot
Yosh o'zbek dasturchilari Python dasturlash tilida istalgan matnni qo'lyozma shakliga o'tkazib beradigan telegram bot yaratishibdi.
Qoyil qolmay iloji yo'q !!! 👌
Sinab ko'ring: @Konspektrobot
@python_uzbek_coder
#Saidbek_Arislonov
Nimadan boshlay ? Nimani o'rganay ? Institutga kiraymi ?
Video format: 720p
Video hajmi: 69.1 MB
©️ Saidbek Arislonov
@python_uzbek_coder
Dasturchi bo’lish uchun kodlashning o’zi yetarli emas🙃
IT sohasining aksar ixlosmandlari kodlashni bilishning o’zi dasturchi uchun yetarli deb hisoblashadi. Lekin yetuk dasturchi ega bo’lishi lozim bo’lgan boshqa qobiliyat va ko’nikmalar mavjud. Ularning eng asosiylari bilan o’rtoqlashamiz👇🏻
1. Muammolarni hal qila olish qobiliyati 🧩
Kod ko'pincha muammoni hal qilish uchun yoziladi. Siz muammolarni aniqlab olishingiz va ularni dasturlash yordamida hal qilishning eng samarali usullarini topishingiz kerak bo'ladi.
2. Insonlar bilan ishlay olish qobiliyati va ko’nikmalari 🗣
Dasturchilar odatda ko'p vaqtlarini kompyuter oldida yolg'iz ishlashga sarflashadi. Biroq, ko'p holatlarda, ayniqsa, katta yoki murakkab loyihalar ustida ishlanayotganda, boshqa dasturchilar va guruh a'zolari bilan aloqa o'rnatilishi talab etiladi. Ajoyib muloqot ko’nikmalari boshqalar bilan samarali ishlashga, fikr va mulohazalarni o’rtoqlashishga imkon yaratadi.
3. Qiziquvchanlik 🧐
Eng samarali va muvaffaqiyatli dasturchilar nimani qanday qilib bajarilishini tushunish va uni yanada samarali bajarish yo'llarini topish qobiliyatiga ega. Qiziquvchanlikning foydali darajasi sizga dasturchi sifatida barqaror o'sib borishingizga yordam beradi.
Manba: PDP IT-ACADEMY
@python_uzbek_coder
⚡️⚡️Yandexning yozgi maktabida bepul o'qish imkoniyatini qo'lga kiriting!
Rossiyaning Gigant IT kompaniyalaridan biri Yandex o'zining dasturlash bo'yicha yozgi maktabini tashkil qilmoqchi! Ushbu yozgi maktab Yoz oylarida bo'lishi kutilmoqda.
Siz Mobil dasturlash, Frontend, Backend yoki Dizayn yo'nalishlarining birida o'qishingiz mumkin bo'ladi!
Ta'lim jarayoni masofadan olib boriladi ya'ni siz O'zbekistondan turib o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz va o'quv jarayoni mutlaqo bepul. Yozgi maktabda o'qish uchun siz saralashdan o'tishigiz kerak bo'ladi.
Quyidagi linkda esa ushbu maktabda o'qish va saralashdan qanday o'tish bo'yicha bir nechta ma'lumotlar, shartlar berib o'tilgan. Harakat qilib ko'ring balkim aynan siz Yandexning yozgi maktabida bepul o'qish imkoniyatini qo'lga kiritarsiz!
Batafsil ↙️
https://academy.yandex.ru/schools
@python_uzbek_coder
Full-Stack nima? degan savolga javob
#qiziqarli
Gamburger bu - Full-Stack dasturlash, ya'ni yuqoridagi ko'rsatilgan til va texnologiyalarni bilgan holda, bu turdagi dasturchi bo'lishingiz mumkin(albatta hammasini bilish shart emas).
Front-end (iste'molchiga ko'rinadigan qismi, bulochkaning usti) - web sahifa foydalanuvchisi ko'radigan qism.
Web-xizmatlar(salat bargi) - ma'lumotlar bazasi bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan texnologiya va standartlar.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari(pishloq) - web ilova ma'lumotlarlari saqlanadigan joy.
Back-end(kotlet) - ilovaning asosiy mantiqiy jarayoni: ishlashi, tekshiruvlari, qayta ishlashlari shu yerda bo'ladi.
Operatsion tizimlar(eng quyi bulochka) - ilova ishlaydigan operatsion tizim, ya'ni asos.
☝️Mana shu misol orqali, o'z dasturlash yo'nalishingizni aniqlab oling, endi boshlovchilar uchun juda yaxshi visual ko'rinish.
Manba: IT PLANETA
@python_uzbek_coder
