cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Beshinchi tomon..

Sabr..🍀 "Yangi" hech nima yoʻq! Kitoblar, insonlar, kino, san'at va biroz tuyg‘ular xolos🌵)

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
455
Obunachilar
+224 soatlar
+17 kunlar
-430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​#remark          Xudo pulni qadrlamaydigan inson qo‘liga boylikni, saodat totmagan qalbga baxtni, sevgini anglamaganga ishqni, haqni bilmaydiganga adolatni va irodasizlarga kuchni taqdim etgan makon dunyo deb ataladi. ©Santuagara
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
Zamiq-Hüseynov-Oğlum.m4a2.93 MB
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Seni asrab keldim Kaftimga solib, Sogʻinsam – Yuzimga bosdim kaftimni. Bir qultum yosh kabi Koʻzimga olib, Yellarga sovurgan kabi Baxtimni – Seni asrab keldim Kaftimga solib. Nega yulduz tomar Qaroqlarimdan, Oʻzimdan oʻtdim men, Oʻzimdan oʻtding. Qancha asramayin Barmoqlarimdan – Bir piyola suvday Toʻkilib ketding. Seni asrab keldim Kaftimga solib... Xosiyat Rustamova @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
2.36 MB
Hayotda hamma vaqt "hazillashdim"ning ortida haqiqat, "bilmadim"ning ortida bilim, "shunchaki"ning ortida malol, "yaxshiman"ning ortida esa bir oz og‘riq bor bo‘ladi.. ⸺ Stefan Sveyg @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
Havo sharing yanayam yuqoriroq uchishini istasang, undagi keraksiz buyumlarni pastga uloqtira olishing kerak.. 🎥Havo shari / film @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
00:17
Video unavailableShow in Telegram
#Vijdonga_savol Kapalak kapalakni bir kungina sevadi. Bir umr sevadi ! ..tushunyapsanmi ?! P.s : Qay biringiz kapalakdek seva oldingiz ?! @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
8.22 KB
O‘g‘limga..(Kelajakka) Suyukligim, ba'zi narsalarni senga aytmoqchiman. Men bir ona sifatida qo‘limdan keladigan neki bo‘lsa, barini senga berishga hamisha tayyorman. Seni eng avvalo, haqiqiy erkak qilib tarbiyalashga harakat qilaman. Bu mentalitetning ba'zi qoidalariga qarshi chiqib, ayollar ko‘nglini olish erkaklik g‘ururiga sirayam dahl etmasligini, bu bir iltifot hamda mukammal bir  tarbiya mahsuli ekanligini o‘rgataman. Ummatga munosib qilib o‘stirishga harakat qilaman. Garchi bu onangdan juda ko‘p mehnat, o‘qish, izlanish talab etsada, har taraflama yetuk bir ayol,ona bo‘lishga va'da beraman. Senda hamma narsa bo‘ladi hali. Hayot faqat yorug‘ kunlardan iborat emas.  Qiyin vaziyatlar, chalkashliklar, ko‘p bo‘ladi. Ammo, unutma katta hayotga qadam qo‘yganing holatda ham, seni doimo qo‘llab quvvatlovchi, qarorlaringni hurmat qiluvchi bir onang hamisha ortingdadir. Ba'zi narsalardan mahrum bo‘lganing uchun o‘ksinarsan(buni xohlamayman, biroq hayot majbur qilar ekan.) Men sendan aslo voz kechmayman. Men doim ham, mehrim, muhabbatimga munosib javob ololmadim. Ishonchimni yo‘qotdim. O‘zimga nisbatan qilingan har qanday munosabatga chiday olaman. Biroq, bu e'tiborsizlik senga bo‘lsa, YO‘Q. Bunga yo‘l qo‘yolmayman. Chidolmayman. Meni vaqt o‘tishi bilan juda yaxshi tushunasan. Sen kimningdir bo‘lg‘usi yori, jondan aziz farzandlaringni suyukli otasisan. Unutma ular senga Alloh bergan omonatlaring.  Mening vazifam esa, kimdir senga ishonib umrini bag‘ishlaganiga afsuslanmaydigan va bolalaring sen bilan faxrlanib yuradigan inson qilib tarbiyalash. O‘qish, ish, shaxsiy hayoting bari-barisida o‘z tanloving bo‘lsin. Cho‘chimagin hech qachon qo‘rqmagin. Do‘stga muhtoj bo‘lgan oningda men borligimni unutma. Seni sirayam yolg‘iz qoldirmayman. Qarorlaringni qo‘llab quvvatlayman. Hech narsadan qo‘rqma! Doim olg‘a bos! @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaadan Fikrat - daryo, g'aflat ko'lmakdir Daryo - hayot, ko'lmak o'lmakdir. ✍Erkin Vohidov 📚So'z latofati @Beshinchi_tomonn
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Mendagi yaxshilikni ko‘ra olgan qalbingizga rahmat. Nimadir olayotgan bo‘lsangiz men mamnunman. Nasib, qahva ham qochib ketmas)
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
1.👏🙌 2.Ertaga "Martin Idenni" boshlayapman.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.