cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SamDU Yoshlari | Safimizga chorlaymiz

Samarqand Davlat Universiteti hayotiga doir eng so'ngi yangiliklar. Oliy ta'lim vazirligi xabarlari aynan bizning kanalda. ⭐️Tanlovlar 🌐 Yangiliklar 🎭Hazillar Murojaat uchun: @SamduFeedback_bot Hamkor kanal: @Jurabek_Rustamov

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
214
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#quyosh Yil davomida quyosh chiqish joyining oʻzgarishi T.me/Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
Barcha Vatanimiz himoyachilarini bugungi bayramlari bilan muborakbod etamiz! Oilangizdan baxt, qadamingizdan shaxd yo'qolmasin. Hamisha Vatan,Yurt, Oila qalqoni bo'lishdek sharafli nomga munosib bo'lishingizga tilakdoshman. Bayram muborak bo'lsin. T.me/Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
Samarqand davlat universiteti tarkibida 2ta yangi institut va 1ta filial ochiladi ▪️Prezident qaroriga ko‘ra, SamDUdan: – agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti; – muhandislik, elektronika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti; – universitetning Urgut filiali tashkil etiladi. Yangi OTMlarda o‘qish 2022/23-o‘quv yilidan boshlanadi va mos fakultetdagi talabalar yangi institutlarga o‘tkaziladi. T.me/Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
​​#rasman #tezkor 🎓 Qishki taʼtil 24-yanvarga qadar davom etadi! Oliy taʼlim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi. Shu sababli 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmi oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishqi taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi. Qishki taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi. Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi. Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi. Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin! T.me/Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
SamDU Yoshlari | Safimizga chorlaymiz

Samarqand Davlat Universiteti hayotiga doir eng so'ngi yangiliklar. Oliy ta'lim vazirligi xabarlari aynan bizning kanalda. ⭐️Tanlovlar 🌐 Yangiliklar 🎭Hazillar Murojaat uchun: @SamduFeedback_bot Hamkor kanal: @Jurabek_Rustamov

⚡️2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra: • Har bir hududda oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish; • 2022-yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali ularning jami sonini 34 taga yetkazish; • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning filiallarini hamda Toshkent viloyatida 5 ming nafar talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universitetini tashkil etish; • Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh tashkil etish. Natijada hududdagi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini 23 foizdan 50 foizga yetkazish; • Namanganda kelgusi 5 yilda 7 ta oliygoh tashkil etib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 10 taga yetkazish; • Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar shaharchasi”ni barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtirish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish; • 2026-yilga qadar respublika hududlarida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali ularning sonini 50 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. T.me/Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
SamDU Yoshlari | Safimizga chorlaymiz

Samarqand Davlat Universiteti hayotiga doir eng so'ngi yangiliklar. Oliy ta'lim vazirligi xabarlari aynan bizning kanalda. ⭐️Tanlovlar 🌐 Yangiliklar 🎭Hazillar Murojaat uchun: @SamduFeedback_bot Hamkor kanal: @Jurabek_Rustamov

🔴 #QIZIQARLI_ 👉 Ruchkani yo'qotsangiz = Ruchka yo'q; 👉 Ruchka yo'q = Konspekt qilmaysiz; 👉 Konspekt yo'q = O'qimaysiz; 👉 O'qimasangiz = Imtihondan Yiqilasiz; 👉 Imtihondan yilqilsangiz = Diplom berilmaydi; 👉 Diplom bèrilmasa = Ish topolmaysiz; 👉 Ish yo'q bo'lsa = Pul topolmaysiz; 👉 Pul yo'q bo'lsa = Ovqat bo'lmaydi; 👉 Ovqat Yemasangiz = Teringiz yomonlashadi; 👉 Teringiz yomonlashsa = Xunuk ko'rinasiz; 👉 Xunuk ko'rinsangiz = Sevilolmaysiz 👉 Sevilolmasangiz = uylanolmaysiz; 👉 Uylanmasangiz = Bolalaringiz bo'lmaydi; 👉 Bolalaringiz bo'lmasa = Yolg'izlanasiz; 👉 Yolg'izlansangiz = Dipresssiyaga tushasiz; 👉 Dipressiyaga tushsangiz = Kasal bo'lasiz; 👉 Kasal bo'lsangiz = Vafot etasiz! 👆 Shuning uchun hech qachon RUCHKANGIZNI YO'QOTMANG! 😂😂😂😂😂 @Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
#arxiv 07. 11. 2021. Toshkentga kelib ikkinchi marta konsertga tushishim desam ustimdan kulishdi, sal avval poyezdga birinchi chiqishim desam unda ham kulishgandi. Siz odamlarni tushunmayman-da!😁 Ishi tushmaguncha qilmaydi, yo‘li tushmaguncha bormaydi. Nimasi ajablanarli?! @Yigitali_Sodiqov_Official @Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
20.03 MB
#kayfiyatni_kotaramiz😊 Men uchun eng qiyini, "Voy buyragim" deb chap yonimni ushlab turganimda, yonimdagi birov "Buyrak o'ng tomonda bo'lmaydimi?" deya savol berishidir.😁 Yigitali Sodiqov. @Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
#mashhurlar_hayotidagi_mashhur_hangomalar Albert Eynshteyn “Nisbiylik nazariyasi”ni yaratgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketadi. Olimni xalqaro anjumanlarga, universitetlarga ma’ruza o‘qish uchun taklif etishadi. Har kuni yangi nazariya bo‘yicha ma’ruza o‘qiladi. Bir kuni olimning haydovchisi shunday deydi: – Janob, shu qadar ko‘p ma’ruza o‘qiyapsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo‘lib ketdi. – Unda keyingi gal ma’ruzani o‘zing o‘qiysan! – deydi olim. Darhaqiqat, haydovchi universitetda ma’ruzani qoyil qilib o‘qiydi. Minbardan tushayotganda tinglovchilardan biri nogoh unga savol berib qoladi. Shunda haydovchi o‘zini yo‘qotmaydi, topqirlik qiladi: – Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, buni hatto haydovchim ham biladi, – deya Eynshteynni ko‘rsatadi. Yigitali Sodiqov. @Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
Yulduz Usmonova o'zining qo'shig'ini aytib ancha mashxur bo'lgan qizlar bilan qo'shiq kuyladi. 🎤 Ushbu qizlar Kosonsoy tumanidagi 22- maktabning 8-sinf o'quvchisi Madina Usubjonova hamda shu tumanning 45-sonli mahsus maktab-internatining o'quvchisi Nurzida Isayevalardir. Haqiqiy istedod egalarining kelgusi faolyatiga omadlar tilaymiz. Yigitali Sodiqov. @Samduyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
25.27 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.