Programming ∀
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
Ko'proq ko'rsatish1 352
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
Ma'lumot yo'q30 kun
Postlar arxiv
1 352
Repost from N/a
Today we present the first version of the Tashkent city metaverse project. The main goal of the project is to help our compatriots understand the streets of the city and introduce the city of Tashkent to foreigners. We have many plans for the future. Stay tuned for updates.
www.poytaxt.com
1 352
Hayotni yangidan boshlashlamoqchimisiz ? Unday bo'lsa browserni qaytadan oching :)
1 352
Bazida zerikishganidan qandaydur updatelar qilishadimi deymanda shu linux communitydagilar 😅
Muhimi biz uni kamchiliklari bilan sevamiz... Windows serverlarda pidlarni umuman deamon bilan ishlash bosh ogriq bo'lsa kerak :)
1 352
SAW(Software as weapon)
Maktab payitlarimda bir gap bo'lgan edi. Telefon bu ommaviy qirg'in vositasi. Ertaga xitoyliklar bitta boshqacha chastotali signal bilan telefoningni portlatadi va yoki invalid bo'lasan yoki o'lasan. Degan gapni eshitgan edim. Ammo etiborga olmaganman.
Katta ijtimoyi tarmoqlar, birjalar, turli xizmat ko'rsatadigan dasturiy ta'minot vositalarini ko'plari xozirgi bo'layotgan siyosiy vaziyatga nisbatan juda noxaqliklar qilishyabti. Turli propaganda fitnalardan tortib musulmonlarning accountlarini block qilish ularning pullarini muzlatish bilan to'siqlar qilishyabti.
Har qanday qarshi firk bildirgan kishini chetga surishyabti.
Deyarli hamma mintaqada turli ko'rinishdagi diiskriminatsiya mavjud. Turli ko'rinishdagi zulumlar sodir bo'lyabti.
Qisqa qilib aytganda biz o'zimizga zarar yetkazadigan narsalar uchun pul sarflab ishonch bildirayotganimiz katta dars bo'ldi. O'ylaymanki kelajakda shunday holatlarda ham millatimiz uchun zararsiz dasturlar chiqadi.
1 352
Bu so’z documentlarga ham aralasha boshladi 🙂 Yaqinda potent olishni reja qilyabman 😊
1 352
Sen Meni jinoyatchi deb xisoblaysan, lekin nog'oramga o'ynab bo'lganingni bilmaysan...
1 352
Sohani tanlashdan maqsadim insonlar og'irini yengil qilish. Jamiyatning rivojiga o'z hissamni qo'shish. To'gri hozir bir tiynlik foydam tegmaydi :) Chunki xozir ko'proq o'zimni ustimda ishlash va rivojlanish bilan bandman. Hali biror bilimni chegarasiga yetib borganim yo'q. Atay chachak qilib yrubman IT sohasida :) Ammo maqsad shunchaki oylikni olib 20-30 yil ishlab pensiyaga chiqish emas. Qandaydur startuplar qilib google yoki amazon kabi korparatsiya qurish ham emas. Maqsad yaxshi engineer bo'lish. Bizness uchun foydali engineer emas balki bilimli engineer :) Yana eng katta emotional damage bo'ladigan savol esa. Hosh qachon ? O'zbeklarda to'y qachon ? Degan gap borku huddi shunday Maqsad bor ekan natija qachon ?
Hullas yuqoridagi savollar mazmunidagi savollar bu yil ohirida juda ko'payib ketdi. Har yili shunday bo'ladi. Yil ohirida shunday savollar miyyani o'giritib qo'yadi...
Offtopic uchun uzr so'rayman. Ammo sohamizdagi aynan shunday nuanslarni ham aytib ketish afzal deb o'yladim. Ertaga siz ishlayotgan kompaniyadagi hamkasbingiz yoki jamoadoshingiz Gey bo'lsachi ?
Ha bu savolga ham toshlar otilishi mumkin. Ammo yuqoridagi masalalrga nisbatan siz qanday yechim qilyabsiz yoki o'ylab ko'rganmisiz ?
1 352
Ohiri bo'lmadi...
So'ngi ikki hafta davomidagi voqealiklar. Siyosiy va ijtimoiy masalalar odamni ko'nglini hijil qilgani aniq. Ammo bazi narsalar qattiq dars bo'ldi shaxsan Manga kelajakdagi rejalarimni ham aynan shunday narsalarni hisobga olib qilishni maqsad qildim.
1. Distance so'ngi 3 yil davomida turli millat va madaniyatli insonlar bilan ishladim. Boshida bunday hilma hilliklar sabab qandaydur shokga tushgan edim. Masalan kimdur uchun Manga umuman tog'ri kelmaydigan narsa normal holat. Manga mos kelgan narsa esa u insonga mos kelmaydi...
Shu sababdan ma'lum distance saqlashni odat qildim. O'zi avvaldan shunday odam bo'lganman ammo bu masala muhimlashdi. Yanayam tushuna boshladim. Maslan Mani prinsplarimga va duyo qarashimga umuman teskari qarashdagi insonlardan prinsplarimga ko'ra to'g'ri narsalar bo'lsa o'rgandim bo'lmasa ignore qildim. Ayni qarashlarimiz yoki maqsadlarimiz yaqin insonlar bilan esa doyimiy aloqada bo'ldim va ko'p narsalar o'rgandim. Asosiy narsa esa ma'lum chegarada contextda bo'lish. Bu asosan ishda va shaxsiy hayotdan tashqaridagi shaxsiy siyosatim edi. Bu ko'p joyda o'z o'rnimni topib o'z qadryatlarimga hiyotat qilmaslik va Manga mos kelmaydigan narsalarni rad etishni ancha osonlashtirdi.
2. Time management. Bu masala haligacha muammo hamma kabi. Ammo asosiysi shaxsiy hayot va ish o'rtasidagi chegaralar va aynan biror kasb mutaxasissi yani resurs emas balki shaxsiyat sifatida rivojlanish uchun vaqting taqsimlanishi edi. Bu og'ir va qiyin amaliyot bo'ldi ayniqsa boshid. Chunki harakterdagi complexlar sabab juda ko'p conflictlar va tushunmovchiliklar bo'ldi.
3. Korparativ qullik ! Ma'suliyat darajasi kengaygan sari ko'pchilik ishchi resurslar ayniqsa aqliy mexnat bilan shug'ullanadiganlarni ishlatish va boshqarishga mo'ljallangan siyosat shunday korporativ qullik bo'lib ko'rina boshladi. Yani ishdan tashqari ham ishlash. 24/7 hayol ishda bo'lishi. Shaxsiy hayot va boshqa masalalarni farqlay olmasligi. Inson ijtimoyi mavjudod ekanini tushunmaslik vaxakazolar. Bu masalaga nisbatan transofmatsiya ciritical darajada muammoli bo'ldi. Oldindan ijtimoyi aktiv inson bo'lmaganim uchun ham eng boshida biror fikrga qarshi chishim va ohirigacha o'z bilganimda turishim juda qiyin boshlangan.
4. Bularni yo'lga qo'yib asosiy poydevor qo'yilganida esa eng qiyin challengelar boshlangan edi. Bularni ikki og'iz so'z bilan aytish qiyin ammo sodda qilib aytganda katta imthon. Imthonning eng asosiy bo'limlarida ojizlik qildim deb o'ylayman. 5/2 yoki maksimum 5/2.5 bo'lishi mumkin bilmayman lekin juda ham yomon natijalar...
Songi 2 haftadagi jarayonlar esa. Man qurgan dasturni imkoni bor hamma tomonlardan testlash amaliyotlariga o'xshaydi. Stress test pentesting yana vaxakazolar va hamma testlar fail.
1. Birqancha chetda ishlaydigan hamkasblar xozirgi siyosiy vaziyatlarga shaxs sifatida o'z qarashlarini izohlaganlari sababdan. Ish joylarida ularga nisbatan bosimlar yoki negative qarashlar bo'lganini eshitdim.
2. Yana birnechta tanishlar shaxsiy dunyoqarashlari va fikr erkinligi sababdan o'z ish o'rinlaridan ketganlarini eshitdim va guvohi bo'ldim.
3. Shu paytgacha hechnimaga hechqanday reaksiya bildirmagan insonar yoki organizationlar birdan kutilmagan reksiyalar qilishganiga guvoh bo'ldim.
4. Ma'lum narsalarda davo qilgan yoki aynan shunday deb ko'rsatilgan narsalar aslida unday emas ekani amaliyotda yaqqol ko'rindi. Bunga misol g'arbdagi bazi shaxslar yoki organizationlar davlat kabi fikrlamagani uchun turli sanksiya va bosimlarga uchrashdi.
Yagona savol paydo bo'ldi. Men jamiaytda biror narsaga nisbatan qarshi fikr aytsam radikal bo'lamanmi ? Biror narsa aynan Mening dunyoqarashim va prinsplarimga mos kelmagani uchun rad etsam dushman bo'lamanmi ? Eng muhim savol esa
Men o'z dunyoqarashimga sodiq qo'lgan holatda biror yangilik qilsam yoki loyiha qilsam. Ammo shaxsiyatim sabab jamiyat tomonidan ahlatga uloqtirilamanmi ?
Bunday savollarning barchasi og'ir keldi...
1 352
Shu sababdan ishda o'zini katta olmasdan yoki kibr qilmasdan kattadan ham kichikdan ham so'rayverish kerak. Bo'lmasa yuqoridagi inson kabi yurasizlar yoki stackowerflowdan savolda keltirilgan code exampleni o'zingizga qo'shib ishlamayabti deb yurasizlar...
1 352
Copy pasteni ham eplash kerak.
Hullas bir servicedagi yechimni bir kishi copy-paste qilgan. Ammo bundan Mani xabardor qilmagan(Xabardor qilganida o'zgarishlar haqida aytib turar edim). Eng qig'zigi aynan o'sha copy paste qilingan qismning orginalida ham jiddiy system bug bo'lgan 😅 Relasedan 3-4 version keyin aniqlaganman va to'g'irlaganman. Ammo narigi copyda bunday narsarga tupurib qo'yilgan.
Shunga aytaman copy-paste ham hammaga emas :)
1 352
Endi zerikanda apache spark + kafka orqali transformations qilib ko’rish kerak. Keyin Data engineer kerak bo’lsa kelourasilar 😎
1 352
1-rasm Data katta bo'lganida Complex querylaragi natija.
2-rasm Optimizations va qayta modellingdan keyingi holat.
DB collectionlarni refactor qilish va data migrationingdan bo'ladigan impactni his etib, tajriba qilib ko'rdim. Faqat unday terra data misolida emas 😅 Lekin data migrationing ko'p azoblantiradigan amaliyot ekan.
PS: Barcha amaliyotlar real data bilan faqat local serverda amalga oshirildi...
CPU: Intel XEON E5 2678(12/24)
RAM: 64 DDR3 2400 Mhz
SSD-NVME: 1GB/S
1 352
Bu hech qanday hate emas !
Birnecha oy oldin eshitgan gapim:
— O'zbekistonda ham aynan kompyuter texnalogiyalariga oid yangiliklar bo'lyabti... Computer science fani rivojlanyabti.
Aynan qayerda va kimlar ? Aynan localda shunday izlanishlar qilayotgan insonlar bormi ? Qanday topsak bo'ladi ? Aynan AI/ML emas balki boshqa yo'nalishlarda ham. Ularga bog'lanish uchun email yoki boshqa ko'rinishdagi contactlar bo'lsa.
1 352
Uzb Hackatonlarda yutgan loyihalarni birortasi xozir productionda ishlayabtimi ?
Man bilganim 2019-2020 yillardan buyon hackatonlar o’tkazilayabti
