cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Тактўғай масжиди

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
222
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
+530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Азиз диндошлар, барчангизга ийдул Адҳо муборак бўлсин ! Аллоҳим дунёдаги барча мазлум мусулмонларга нажот, нусрат берсин ! Ҳожиларимизни ҳажлари мабрур бўлсин, келаси йилларга бизга ҳам, яқинларимиз билан Арофатдаги мавқифда вуқуф туришни Ўзи насиб қилсин! Роббим барчамизни икки дунё саодатига эриштирсин! Тақаббалаллоҳу миннаа ва минкум!
Hammasini ko'rsatish...
Ta'ziya !!! Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Inna lillahi va Inna ilayhi rojiun ! Halaki qishlog'ida yashovchi Qarorov Sayyidolim hojiakamiz darul fanodan , darul baqoga rihlat qilibdilar ! Alloh ushbu muborak Arafa kuni barokatidan hisoblarini oson aylasin ! Joylarini jannatida qilsin ! Amiin !!! Alloh barcha yaqinlariga sabri jamil bersin ! Mahallamiz nomidan oila azolariga hamdardlik bildiramiz ! Haqlariga duodamiz ! Janozalari bugun 15 iyun shanba kuni , asr namozidan so‘ng bo‘larkan ! Eshitganlar, eshitmaganlarga bildirib qo‘ysinlar !
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Masjidimizda ehsonlar kelishi davom etmoqda . Xo‘jayiva Feruza singlimiz 350 000 (uch yuzi ellik ming ) so‘m ehson qildilar ! Bu singlimiz Allohning bayti qurilishiga doimiy ehson qilib keladilar ! Ya Robbil a‘lamin ! Bu singlimizni sidqidildan qilgan ehsonlarini oliy dargohingda qabul aylagin ! Ahli-oilalariga barokatlar yog‘dirgin ! Ikki dunyo saodatiga musharraf aylagin ! Amiin, ya Robbil a‘lamin !!!
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Masjidimizda ehsonlar kelishi davom etmoqda. Muqimov Husanxon Qosimhojiaka o‘g‘li ukamiz 500 000 (besh yuz ming) so'm ehson qildilar ! Ya Alloh, bu bandangni sidqidildan qilgan ehsonlarini oliy dargohingda qabul aylagin ! O‘stirayotgan farzandlarini baxtl iqbolini baland qilgin ! Qilayotgan ishlariga barokatlar yog‘dirgin ! Ikki dunyo saodatiga musharraf aylagin ! Amiin , ya Robbil a‘lamin !!!
Hammasini ko'rsatish...
03:33
Video unavailableShow in Telegram
3.45 MB
Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Masjidimizda ehsonlar kelishi davom etmoqda. To‘xtaeva Hasiba opamiz 1 000 000 (bir million) so‘m Ehson qildilar ! Ya Robbil a‘lamin, bu opamizni qilgan ehsonlarini oliy dargohingda qabul aylagin ! Bu opamizni sendangina so‘raydigan tilakalari bordir, tilaklarini ijobat aylagin ! Ahli oilalarini o‘z panohingda saqlagin ! O‘g‘il qizlarini baxti saodatli qilgin ! Serfarzand, serdavlat aylagin ! Nevaralaridan o‘zingni kalomingni go'zal tilovat qiladigan qoriyu-qoriyalar, olimu-olimalar chiqargin ! Ikki dunyo saodatiga musharraf aylagin ! Amiin, ya Robbil a‘lamin !
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Masjidimiz binosini qad rostlashi uchun ehsonlar kelishi davom etmoqda. Muhammadiev Ilyos ukamiz 200 000 (ikki yuz ming) so‘m ehson qildilar. Alloh, bu ukamizni qilgan ehsonlarini qabul aylagin ! Qilayotgan ishlariga rivoj va barokatlar bergin ! Ikki dunyo saodatiga musharraf aylagin ! Amiin, ya Robbil a‘lamin !!!
Hammasini ko'rsatish...
Ta'ziya ! Assalomu alaykum aziz birodarlar ! Inna lillahi va Inna ilayhi rojiun ! Ziyodulloxon ukamizni volidalari dorul fanodan , dorul baqoga rihlat qildilar. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! Joylari jannatda bo‘lsin ! Oila a‘zolariga sabri jamil bersin ! Mahallamiz ahli nomidan Ziyodulla ukamizga va oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz ! Janozalari ertaga soat 09:00 atrofida o‘qiladi ...
Hammasini ko'rsatish...
Diqqat, diqqat ! Assalomu alaykum aziz birodarlar ! "Xo'ja Mirsayyid" ziyoratgohiga Viloyat hokimi kelar ekan. Shu munosabat bilan tozalik ishlari olib borilayotgan ekan. Hamma o‘z qarindoshlarini qabrini tozalab qo‘yishi so‘ralayapdi. Jaloirlik qo‘shnilar o'zlariga tegishli qabrlarni tozalab, chiroyli holatga keltirayotgan ekan. Bizning qarindoshlarimiz qabri qarovsiz bo‘lib qolmasin, azizlar ! Hammamiz bahamjihat bo‘lib , bu ishni ado qilaylik!
Hammasini ko'rsatish...
Diqqat , E‘lon Assalomu alaykum aziz hamqishloqlar ! * Qishlog‘imiz hududida joylashgan Bolalar bog‘chasi tez kunlarda ochiladi. * Shu munosabat bilan "bog‘cha tarbiyachilari " (bog‘cha opalar) tanlov asosida ishga olinadi. * Bolajonlarni chin yurakdan sevib , o‘z bolasidek ko‘rib , tarbiya qilishiga ishongan , opa-singillarimiz bu tanlovda qatnashishlari mumkin. * Tanlovdan o'tganlar qonuniy asosda , ma'lum bir oylik maosh evaziga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. * Tanlov 2024 yil 18 may kuni bog‘cha hududida bo‘ladi. * Tanlovda qatnashmoqchi bo'lganlar bog‘cha ma'muriyati ga uchlashishlari mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.