cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

🍁Alvon hislar🍁

Yurak sirlarini she'rga ko'chirayotgan Erkin Vohidov ijod maktabi ijodkor qizlarining ijod dunyosida xush ko'rdik. Eng sara ijod namunalarimiz✏ Iqtiboslar 📚 Ustozlar ijodidan tuhfalar📝 Yurak-la kuylangan qo'shiqlar 🎶 Kechirgan kechmishimiz 📖

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
320
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
+1330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Mansuriya
Photo unavailableShow in Telegram
Tadaaaam🤩
Yoz faslidagi 3 oyda sizlarga turk tilini o’rgatishga tayyorman🫠 Aslida turk tili–katta olam va uni oʻrganish uchun bu juda qisqa muddat.
Lekin shu qisqa muddatda oʻzim o’ylab topgan qiziq metodlar bilan sizlarni shu tilni sevishingizga sababchi bo’lmoqchiman😌 Darslar siz bilgan Mattu ya’ni man tomonimdan videochat orqali o’tiladi. Manga ishonishiylar uchun sabablar sanab o’tsam: ✨Talabchanman. O’zimga ham, o’quvchiga ham. Sizning natijangiz bu manikidir.Harakat shunga yarasha bo’ladi. ✨Darslar haftada 3 kun+ yana bir kunda konuşma (suhbat) tashkillaymiz. Bu dars faqat o’zim tomonimdanmas, mehmonlar bilan ham o’tiladi. ✨Vazifalarni nuqta-verguligacha tekshiraman, injiqman) Dangasalik darajangizga qarab jazolar o’ylab qo’yganman🌝 ✨Har bir o’quvchimning qiziqishi bilan hisoblashishga, uning olamiga shu tilni oz fursatda olib kirishga harakat qilaman. ✨ Bosh missiyam faqat tilni o’rgatish emas, tilni sevdirish💙 💸Kurs narxi 200 ming) Kursga qatnashish uchun @mattuqiz ga yozasizlar)
Hammasini ko'rsatish...
1🤩 1
*** Endi farqi yo'qdir, qishloq yo shahar, Barida yashamoq birday azobdir. Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay, Baribir chiqadi biror tasodif Va yodga soladi kulgularingni, Yig'ilaringniyu, tuyg'ularingni, Mushukday muloyim uyqularingni, Arazing, nozlaring, erkaligingni, Meni uxlatmagan sergapligingni, Qahraton qishlarda sovuqni sezmay Birgalashib yurgan yo'llarimizni, Issiq yozlarda ham qo'yvorilmagan Birga terlab ketgan qo'llarimizni, Deraza yonida oyga termulib Yo'llardan ham uzun yozishganimiz, Suvning yoqasida belingdan quchib Titrab, es - hushlardan ozishganimiz, Eshik oldigacha kuzatib borib Keyin darrov qaytib chaqirganlarim, Keyin... har narsadan bahona topib Urushganlarimu, baqirganlarim, Tilingdan ko'nglimga sanchilgan tikan, Qo'limdan yuzingga tushgan tarsaki, Va'dalar, qasamlar buzilgan kunlar, Va bundan bu yog'i bari qalbaki, Soxta izhorlaru, soxta afuslar, Yolg'onlar, aldovlar, o'yinlar turfa, O'ylab uyqulardan kechilgan tunlar, Mutlaq isbotlari topilgan shubha, Yorlikka tanlangan yangi odamlar, Xuddiki o'tmishda hech narsa yo’qday, Ikki yoqqa ketgan keskin qadamlar, Va bari tugadi, qo'yildi nuqta. Ulfatlar, ichkilik, sarhush kechalar, Yangi hamrohlarni ko'rdi ko'chalar, Kitoblar o'qildi necha - nechalab, Xayollar surildi yangi mavzuda, Qarorlar qilindi hayotga doir. O'rganib ham qoldi yurak qayg'uga, Tuyula boshladi barchasi oddiy. Bir kun o'tmay qolar bir qultum ham may, Yana o'tmish bilan qolaman yolg'iz, Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay, Baribir chiqadi biror tasodif Va yodga soladi... Ilhom Salimov @alvon_hislar
Hammasini ko'rsatish...
3🔥 3😢 1
Kunlar sag'ir Tunlar sag'ir Qon yutmoqda qancha bag'ir "Zamon shu-da",- dema axir Azal- azal kimlar omon- Omondadir bilmaysanmi? Kimlar och-u, kimlar chanqoq, Qonmoqlikka qòrqmaysanmi? Biri- og'ang, biri - ining, Biri-tomir, biri-joning, Ularning-da, ham seningda Qizil erur axir qoning. Tinmayursan gunohi-yu, Ayblarini aytib uning. Xudoyimning yaratig'i Mukammaldur anglaysanmi? Azal naqqosh bitigidan Ayb topishga qo'rqmaysanmi? Derlar dunyo zo'rnikidir, Yo bo'lmasa zarnikidir. Yo'q, xatodir, Dunyo azal Nomus bilan ornikidir. Zo'r bo'lsang-da oxir bir kun Zo'ring ketib tinmaysanmi? Bu dunyoning ne'matlarin, Jabrlarin tortmaysanmi? Uying qolar, yering qolar, Hatto yozgan she'ring qolar. O'g'il qizing qoladurlar, Yurting qolar, eling qolar. O'zing bilan qolsa bir kun Xudosi bor diling qolar. Bu dunyoga diling sotib O'lsang afsus tortmaysanmi? Yer ostida bitta o'zing Qolar bo'lsang qo'rqmaysanmi? Ehtimol bu so'nggi nafas, So'nggi kiprik qoqishingdir. Nima qilsang qilavergin Bari sening xohishingdir. Nima qilma shu osmondan, O'tib ketish imkoni yo'q. Nafsing o'pqon bo'lsin yerni Yutib ketish imkoni yo'q. Kel, shu eski dunyosiga Mehr yuqtir, sevgi yuqtir. Sen oshiq bo'l qolganlari Bo'laverar o'zi taqdir. Odamzotning farishtaga, Aylanmog'i muhabbatdan. Bir ayolning vujudida, Ulg'aymog'i muhabbatdan. Bu dunyoda sen-u men yo'q Muhabbatsan! Muhabbatman! Muhabbatsiz ketar bo'lsang Qiyomatdan qo'rqmaysanmi? Qiymatga qadar faqat, Sevmaysanmi, sevmaysanmi? Muhabbatsiz o'tar bo'lsang, Qo'rqmaysanmi, qo'rqmaysanmi?
Hammasini ko'rsatish...
4
#Фотоҳикоя 📸 Лангар – орзулар сўниб бораётган маскан Одам шаҳар шовқинидан чарчаганида, қонунлар, тартиблар, босим зериктирганида, ҳайратлар ўлишни бошласа, умидлар кучсизланса умуман, ҳар қандай тушкунликда руҳи гўзаллик, сокин ва тингланадиган макон истайди. Батафсил: http://ishonch.uz/news/1760 Каналга уланинг: @ishonchuz_official
Hammasini ko'rsatish...
2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bekinib yashayapman Oʻzimning ortimda o'zim. Yigʻlab oʻtayapti Ko'zimning ortida ko'zim. Kulgumning ortida Qaygʻu bor - Bag'rimni oʻyguchi. Orzusi osmon dil ortida Ko'ngil bor - Suyguchi, Kuyguchi. Baxt haqida soʻzlagan so'zimning Ortida nido bor alamdan. Shu yorugʻ dunyoni sevaman, Xafaman shu yorugʻ olamdan. Bir jonda ikki ruh yashaydi. Bir tanda yashaydi ikki dil. Yo Xudo! Bunchalar qo'rqinchli! Men bilgan odamlar ikki xil. ✍🏻 Gulrux Xudoyorova
Hammasini ko'rsatish...
🔥 8
Photo unavailableShow in Telegram
ISYON VA ITOAT Tig‘ ustida yurdirib, tomosho qilar Tangrim, Cho‘g‘ ustida turdirib, tomosho qilar Tangrim. Toshqinda bir kemadek nochor ketib borarman, Men hech narsa bilmayman, barini bilar Tangrim. Oldga yursam xatar bor, ortga yursam xatar bor, Har lahza, har safaru, har tun, har sahar bor. Bir chumoli misoli don uchun chiqqan edim, Donni ne qiladiyu, meni ne qilar Tangrim. Haqsizlik uchun yondim, shavq uchun isyon qildim. Haqqimni ber dedimu Haq uchun isyon qildim. Boshimni har yon urdim, bosh yorilgach angladim, Poyiga qo‘ysamgina boshimni silar Tangrim. Sabrim yetarmi bilmam, sabrimni sinayversa, Har bir sinaganida suyagim sinaversa, Sinib-sinib oxiri o‘zing butla deb borsam, Suyagimni un qilib, elakda elar Tangrim. Mayli ne bo‘lsa hamki, yorug‘ yuz bilan yetay, Dil to‘la mehr bilan, yoshli ko‘z bilan yetay, Yuragimni to‘ldirar bitta taskin bor faqat, Men Tangrimga borarman, men tomon kelar Tangrim. Guljamol Asqarova
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1
Repost from Gulzoda O'rinboyeva
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi🌚 Taqqoslash Va siz osongina aytgan soʻzlar chun, Ichimda olamlar qulab ketadi. Koʻnglimga ming bitta chakka toʻkilib, Roʻyoni rostlarga ulab ketadi. Va siz osongina aytgan soʻzlar chun, Baxtimga toʻkilmish baxtning qorasi. Torayib boradi koʻzimdek shu choq Osmonning orasi, Yerning orasi... (Qochib boʻlarmidi taqdir azaldan?!) ...Va siz yengil nafas olib borasiz, Mening qadamlarim ogʻirdan ogʻir. Million xil achchiq soʻz koʻtarib olgan Begumon, Bezabon ruhlarim ogʻrir. Va siz osongina kulib borasiz ... Va men yigʻlolmayman dastroʻmol ushlab, Siz ham koʻrolmaysiz toʻkkan yoshimni. Angladim— hayotda devorlargamas, Faqat odamlarga urdim boshimni. (Siz esa koʻksingiz kerib borasiz.) Va siz osongina aytgan soʻzlar chun, Umrimni qahvadek toʻkib boraman. Bir ojiza boʻlib yaralganimga Oʻksinib boraman, Oʻksib boraman. Va siz shahdam-shahdam yurib borasiz, Ichimda dunyoni ezib borasiz ... Gulzoda Oʻrinboyeva
Hammasini ko'rsatish...
6🔥 3😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
O’ZING TIK KET Bilolmasman, bu dunyosi hikmatm-u, yo siymu zar, Tilsimlarin ochmoq bo’lib qancha chopmay, hayronman. Koshonamni, xos xonamni sinchiklab ko’radilar, Ko’nglim ko’rar, ko’nglim so’rar bir do’st topmay hayronman. Bir o’y singdi yuragimga, xuddi nashtar, xuddi o’q, Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q. Zog’lar sendan chekingaydir, hatto bog’lar ketgaydir, O’stirganing uchun qulluq, sen deb ozor cheksinmi? O’zing yerdan ko’targaning — tog’lar sendan ketgaydir, Yaqinlab bor, biror toshi tanimasa, o’ksinma. Horib, suyanmoqchi bo’lsang, bog‘ qurigan, bodom yo’q, Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q. Faqatgina olar do’stmas, berar do’sting bo’lsa ham, O’zing tik ket, omonatdir, bir ustunin ushlama. Qabrgacha, o’limgacha borar do’sting bo’lsa ham, O’limgacha o’zing tik ket, yo’llarda yer tishlama. Adl yasha! Bilgan holda, ko’zlaringda motam yo’q Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q! ✍Halima XUDOYBERDIYEVA
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
АРОБАДА БИР ҚИЗ БОРАДИ… Чайқалади йўлда ароба, Чайқалади кўксимда оғриқ. Олдиндадир олтин хароба, Ғилдираклар ғижирлар оғир. Шул ароба ичида бир қиз, Йиғлай-йиғлай кетиб боради… Қўл силкийди изидан қишлоқ, Қўл силкийди дарахтлар – маҳзун. Аробакаш бош эгган, бироқ Йўллар каби ўйлари узун. Шул ароба ичида бир қиз, Юрагини ситиб боради… Дийдасидан сирғалар маржон, Борар жойи  – тақдирга кўниб. Маъюс боқар онадай осмон, Ота– Қуёш бормоқда сўниб. Шул ароба ичида бир қиз, Маржонларин ютиб боради… Кутмоқдадир ёрнинг макони, Гулханларин ўрлатиб кўкка. Қаёндадир зирқираб жони, Бир бўз йигит Ҳаққа тиз чўккан… Шул ароба ичида қиз ҳам, Ҳаққа бўйин тутиб боради… Хуршид Абдурашид
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.