cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝙆𝙐𝙍𝘼𝙎𝙃 𝘿𝙐𝙉𝙔𝙊𝙎𝙄 🌎 𝙒𝙊𝙍𝙇𝘿 𝙊𝙁 𝙆𝙐𝙍𝘼𝙎𝙃

O'zbekiston kurash federatsiyasining rasmiy telegram kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! https://taplink.cc/kurash_dunyosi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 210
Obunachilar
-1024 soatlar
-307 kunlar
-8230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanining chekka mahallasida kurash maktabi ochildi ♻️ Kurash sport turi keng ommalashgan Sayxunobodning Paxtaobod mahallasida viloyat prokuraturasi va tuman hokimligi tashabbusi bilan kurash maktabi tashkil qilindi.Uning ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, tuman mutasaddilari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 🏢 Maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan bo‘lib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 150 nafar sportchi o‘z mahoratini oshirish imkoniyatiga ega. 🏆 Tadbir doirasida viloyat Sport boshqarmasi hamda viloyat Kurash federatsiyasi tomonidan "Viloyat prokurori kubogi" musobaqasi o‘tkazildi. 🏅 Unda 100ga yaqin yosh kurashchilar 3 vazn toifasida o‘zaro bellashdi. Yakunda g‘oliblar medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Kanallarimizga a'zo bo'ling: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 26
Photo unavailableShow in Telegram
#xushxabar Yana bir kurash oilasi vakili Keldiyorov Shuhrat Ergashovichni Professorlik ilmiy unvonini qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz! ♻️Kurash sporti nazariyasi va amaliyoti rivojiga uzoq yillardan buyon munosib hissa qo'shib kelayotgan Keldiyorov Shuhrat Ergashovich Professor ilmiy unvoniga ega bo'ldi. ✅ Ayni vaqtgacha Keldiyorov Shuhrat Ergashovich, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha "Kurash milliy sport turi harakatlarini dastlabki o'rgatish uslublarini takomillashtirish" mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini himoya qilib, PhD ilmiy darajasini olgan.
Ma'lumot uchun 2023 yilda kurash oilasi vakillaridan biri Erimbetov Bayrambay Karlibayevich ham Professor ilmiy unvonini qo'lga kiritgan edi.
Kanallarimizga a'zo bo'ling: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 26👏 2
02:14
Video unavailableShow in Telegram
Kurash ustalaridan masterklass 📍 Mozandaron, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan 22 shaharchadan iborat Eronning eng yirik viloyatidir. U 4000 gektar maydonni egallagan eng yirik tabiy bog‘lariga ega. Kurash Mozandaronda mashhur sport turlaridan biri. Amir Abbos Ranjkesh boshchiligidagi ushbu viloyat Kurash federatsiyasi so‘ngi yillarda juda faol ish olib bormoqda. ✅ Uning asosiy maqsadi ushbu yashil viloyatda xalqaro chempionatlarni tashkil etishdir. Bu go‘zal shaharda Kurash ustalari ishtirokida master klass tashkil etildi. 🌐 Jahon va Osiyo chempionlari, taniqli murabbiylar va ekspertlartlar ishtirok etgan mahorat darsida Kurashning eng go‘zal jihatlari, usullari va texnikalari namoyish etildi. Kanallarimizga a'zo bo'ling: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9761.MP411.67 MB
👍 15
01:34
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | «Osiyo bolalari» VIII xalqaro sport o‘yinlari ishtirokchilari kutib olindi #7july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Hammasini ko'rsatish...
Axborot_24_«Osiyo_bolalari»_VIII_xalqaro_sport_o‘yinlari_ishtirokchilari.mp424.48 MB
👍 9🤯 1
🇷🇺 Rossiyaning Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport oʻyinlarida g'olib bo'lgan O’zbekiston  jamoasi bayramona tarzda kutib olindi ⚡️Bugun, 7-iyul kuni erta tongda Toshkent Xalqaro aeroportida Rossiyaning Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport oʻyinlari  sovrindorlari tantanali kutib olindi.Marosimda Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etdi. 🏆 Sportchilarimizni  kutib olish uchun aeroportda ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilarimizning yaqinlari va sportimiz iftixorlarini qutlash istagida bo'lgan ko'plab hamyurtlarimiz jam bo'lishdi. G‘oliblarimizni yana bir bor tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz va sportga qiziquvchi yoshlar safi yanada kengayishiga ishonch bildiramiz. ✍️O'zbekiston kurash federatsiyasi Matbuot xizmati Kanallarimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 18
🇺🇿 Oʻzbekiston delegatsiyasi bu yilgi “Osiyo bolalari” oʻyinlarini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunladi! 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida VIII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 25-iyun – 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 36 ta oltin, 31 ta kumush va 21 ta bronza, jami 88 ta medal bilan 25 ta davlatdan tashrif buyurgan 30 jamoa orasida birinchi oʻrinni egalladi!
Shu jumladan, Kurash sport turi 8 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritdi
✍️O'zbekiston kurash federatsiyasi Matbuot xizmati Kanallarimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👏 14👍 7
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Fakt 24 | Rossiyaning Yakutsk shahrida yosh polvonlar o‘rtasida “Osiyo bolalari” xalqaro kurash musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda #5july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Hammasini ko'rsatish...
9.mp414.37 MB
👍 17👏 4🎉 1
🇷🇺 Osiyo bolalari o’yinlari-2024 Kurash bahslari yakunlandi ♻️ Yakutsk shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo bolalari o‘yinlari Dasturidan o‘rin olgan Kurash bellashuvlari o‘z g‘oliblarini aniqladi. Musobaqaning ikkinchi kunida 4 ta vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Har 4 yilda bir o‘tkazilayotgan qit’a bolalari olimpiyadasi juda yuqori tarzda tashkil etildi. 🇺🇿 Ikkinchi kun bahslarida ham Kurash vatani O‘zbekiston kurashchilarining qo‘li baland keldi. Ular 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Mezbonlar hisobida esa 1 ta oltin. Bizning chempionlar bilan tanishing: O'g'il bolalar 🥇 50 kg - Chingiz Muhammadiyev 🥇 83 kg - Jo'rabek Eshpulatov Qiz bolalar 🥈 44 kg - Zarnigor Ulashova 🥇 57 kg - Sultanova Shahnozabonu Batafsil: https://kurash-ukf.uz/2024/07/05/osiyo-bolalari-oyinlari-2024-kurash-bahslari-yakunlandi/ ✍️O'zbekiston kurash federatsiyasi Matbuot xizmati Kanallarimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 2🎉 1
02:46
Video unavailableShow in Telegram
Осиё болалари ўйинлари-2024 Кураш баҳсларининг иккинчи куни бошланди. Бугун 4 та вазнда ғолиблар аниқланади. Айни дақиқаларда Эллй Ботур спорт мажмуасида қизғин беллашувлар давом этмоқда. —— The second day of the Children of Asia Games-2024 Kurash competitions has begun. Today, the winners will be determined in 4 weights. At the moment, intense competitions are going on in the Elly Botur Sports Complex. ✅👉https://taplink.cc/ika_kurash 🥇@Kurash_Press
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9471.MP432.46 MB
👍 12👏 1
03:16
Video unavailableShow in Telegram
🥇🇺🇿 "Osiyo Bolalari" o'yinlarida 42-kg vaznda kurashayotgan yosh kurashchimiz Jovliyev Ibrohim oltin medalni qo'lga kiritdi. Bizni kuzatishda davom eting: 👉✅ @kurash_dunyosi
Hammasini ko'rsatish...
42 kg.mp4411.99 MB
👍 25
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.