cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

NamMTI Rektori O.Mamatkarimov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimovning rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
961
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-3430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

NamMTIda "Dekan va yoshlar" uchrashuvi oʼtkazildi
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo-texnologiya fakultetida ta’til davrida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida "Dekan va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi. Fakultet dekani Odiljon Mallabayev uchrashuv davomida iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun qanday mezonlar asosida hujjatlar qabul qilinishi haqida tushunchalar berib o`tdi. Uchrashuvda talabalarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha berilgan savollarga fakultet rahbaryati tomonidan javoblar berilib, kelgusida ham shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish tashabbusi ilgari surildi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
NamMTI Materialshunoslik ilmiy markazi faoliyati Saratov davlat texnika universitetining tajribasi asosida yo'lga qo'yiladi
Xizmat safari bilan Saratov davlat texnika universitetida bo'lib turgan, institut rektori O.Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya ayni saotlarda Saratov davlat texnika universiteti mutasaddilari bilan "Ilg'or muhandislik ta'limini yo'lga qo'yishdagi tajriba va istiqbollar" mavzusida muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining o'zida 50 ga yaqin ilg'or muhandislik maktablari hamda ilmiy markazlari faoliyat yuritmoqda. Saratov davlat texnika universiteti bu borada ilg'or hamkorlik qilib kelayotgan oliy ta'lim muassasalari sirasiga kiradi. Muzokaraar davomida, hamkorlikda NamMTIda tashkil qilinayotgan Materialshunoslik ilmiy markazining dasturi muhokamasi, hamkorlik qilinishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv dasturlari, innovatsion loyiha hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, transfer texnologiyalarini joriy qilish masalasi, Rossiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan hamkorlikda injener texnolog hamda mutahassislarni jalb qilish kabi bir qator muhim masalalar o'rin oldi. - "Ilg'or muhandislik-maktabning asosiy maqsadi - talabalarni zamonaviy muhandislik bilimlari bilan qurollantirish va ularni sanoat korxonalari uchun malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashdir. Eng muhimi-integratsiya OTMning o'zida amalga oshiriladi. Talaba nazariyada o'rganganlarini o'z qo'li bilan bajaradi. Ilg'or muhandislik maktabida yuqori texnologik laboratoriyalar, raqamli ishlab chiqarish ustaxonalari va ilg‘or ilmiy tadqiqot markazlari mavjud bo'ladi, muayyan yo'nalishdagi muhandislar tayyorlanadi- dedi muzokaralar davomida NamMTI rektori O.Mamatkarimov. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasi professor-o‘qituvchilari hozirda Ural davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib turishibdi.
Ular universitetning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazishdi. universitetining "Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasi mudiri professor Chugunova Olga Viktorovna, "Biotexnologiya" kafedrasi mudiri dotsent Lazerev Vladimir Aleksandrovich, hamda "Metrologiya va sifatni boshqarish" kafedrasi mudiri dotsent Lisunova Olga Vladimirovna bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida bir qancha muhim kelishuvlarga erishildi. Kelishuvlarga ko‘ra, innovatsion loyihalar amalga oshiriladi hamda hamualliflikda darsliklar yaratish rejalashtirilmoqda. Ushbu kelishuvlar ikki tomonlama manfaatli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasidagi bu sa’y-harakatlar, shubhasiz, ilmiy tadqiqotlarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga yordam beradi va ikki institutning salohiyatini yanada oshiradi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
Saratov davlat texnika universitetiga yuborilgan 12 nafar yoshlar Magistr darajasini olib NamMTIga qaytmoqda.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Saratov davlat texnika universitetida NamMTI bilan birgalikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim 2+2 dasturida ta'lim olayotgan talabalar va maqsadli magistratura bosqichini tamomlagan yoshlar bilan uchrashdi. Rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ilmiy ishlari va kelgusi rejalari qanday ekanligi yuzasidan savollar berdi. Shuningdek, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga institut rektoridan javob olishdi. Uchrashuv yakunida, Odiljon Mamatkarimov, talabalarga o'qishni tugatgandan so'ng Namangan muhandislik-texnologiya institutida ilmiy faoliyatni davom ettirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi. U, institutda yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun zarur sharoitlar va resurslar haqida batafsil ma'lumot berdi. Bu uchrashuv talabalarga katta ilhom va motivatsiya bag'ishladi. Ular rektorning tavsiyalarini e'tiborga olib, o'zlarining ilmiy faoliyatlarini yanada rivojlantirishga harakat qilishlarini bildirdilar. NamMTI va Saratov davlat texnika universiteti o'rtasidagi qo'shma ta'lim dasturlari esa talabalarga keng imkoniyatlar eshigini ochib, ularning professional rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Ma'lumot uchun Saratov davlat texnika universitetiga maqsadli yuborilgan 12 nafar magistrlar Avtomatika, Energetika, IT va Muhandislik texnologiyasi sohasida o'qishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Yangi o'quv yilidan ular institutdagi mavjud kafedralarda ish boshlashlari rejalashtirilgan. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Belarus Milliy texnika universitetida o‘zbekistonlik bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Belarus milliy texnika universiteti bir necha yillardan buyon O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda BMTU Oʻzbekiston Respublikasidagi hamkor universitetlari bilan 75 dan ortiq qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirmoqda. BMTUda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonning 14 ta oliy oʻquv yurti bitiruvchilariga, jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya institutidan ushbu dastur doirasida ta’lim olgan birituvchilarga oliy taʼlim diplomlari topshirildi. Taqdimot marosimini BMTU rektori Sergey Xaritonchik kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya institutidan ham vakillar ishtirok etib, Kimyo kafedrasining mudiri dotsent M.Soliyev bitiruvchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi va BMTU jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, tadbirda namanganlik BMTU “Axborot texnologiyalari va robototexnika” fakulteti bitiruvchisi Muhayyo Zoirova o‘zining musiqiy chiqishi bilan ishtirokchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Tadbir tantanali ruhda davom ettirildi va unda bitiruvchilarga oliy ta’lim diplomlari hamda BMTU hayotidagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik yorliqlari taqdim etildi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Respublika ishchi guruhi Chortoqda: aholi muammolari hal etilib, "Mahalla yettiligi" faoliyati kuchaytirilmoqda
Xabaringiz bor, Chortoq tumanida Respublika Ishchi guruhi tomonidan  aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘rganishlarda iqtisodiyot fakulteti dekani professor K.Matkarimov boshchiligida professor-o‘qituvchilar M.Gʻaniyev, U.Tursunov , I.Ibragimov , R.Rashidov, T.Maxmudovlar faol ishtirok etib , o‘zlariga biriktirilgan Chortoq tumanidagi MFY larda "Mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandilar, mavjud muammolar bilan tanishdilar, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif va muloxazalarini bildirdilar. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda
Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo'lib turgan institut rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya Saratov davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. NamMTI delegatsiyasi Saratov davlat texnika universiteti rahbariyati bilan uchrashib, bir qator muhim ilmiy va texnik masalalarni muhokama qildi. Uchrashuvda Saratov davlat texnika universitetining Ilmiy va raqamli transformatsiya markazlaridagi texnologiyalarini NamMTIga joriy etish, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlarni rivojlantirish, materialshunoslik ilmiy markazi va quymakorlik tsexlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion materiallar, yangi polimerlar, metall qotishmalari va quymakorlik texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Ilg‘or muhandislik maktablari va Ilmiy markazlarining texnik baholash metodologiyasi hamda modernizatsiya va optimizatsiya jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun zamonaviy texnik baholash usullarini qo‘llash, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha ham birgalikda loyihalarni tashkil etish bo'yicha kelishib olindi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.