cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati 🌐Web-sayt: www.ictschool.uz 🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot Instagram: instagram.com/itschool.uz Facebook: facebook.com/itschool.uz Math: https://t.me/AlKharazmi_math

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 885
Obunachilar
+2224 soatlar
+1947 kunlar
+97730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Fan olimpiadalari
28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO) yakuniy natijalari e’lon qilindi. Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈3ta kumush, 🥉3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Sovrindorlarimiz bilan tanishing: ⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal ⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - 🥉 Bronza medal ⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -🥉 Bronza medal ⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - 🥉 Bronza medal Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin! ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 20 3 2❤‍🔥 2🎉 1
01:51
Video unavailableShow in Telegram
Президент ёш экофаолларнинг халқаро стратегияни ишлаб чиқиш ва бош қароргоҳи Ўзбекистонда бўладиган Халқаро экологик ёшлар қўмитасини тузиш таклифларини қўллаб-қувватлади Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Talaba_3_tg.mp429.09 MB
13👍 7 6❤‍🔥 3🎉 1🏆 1
#travel #Brest AL-XORAZMIY MAKTABI O’QUVCHILAR PREZIDENTI -“XOTIRA POYEZDI”LOYIHASI ISHTIROKCHISI 🚂Muhammad al-Xorazmiy maktabi o’quvchilar prezidenti Dilbek Alimurodov “Xotira poyezdi” loyihasida ishtirok etmoqda. Bu loyihada 8 ta davlatdan 200 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etadilar. Aksiya ishtirokchilari Belarus va Rossiyaning Ulug’ Vatan urushi bilan bog’liq 13ta shahriga tashrif buyurishadi.🧳 🤝Loyihaning maqsadi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining sakkiz davlati o’quvchilari o’rtasida do’stlik va birdamlik aloqalarini o’rnatish. 🛤 Ma’lumot o’rnida, “Xotir poyezdi”loyihasi 2024-yildan o’z geografiyasini kengaytirmoqda va yangi ishtirokchilarni o’z doirasida birlashtirmoqda. Loyihada Rossiya, Belarus,Qirg’iziston, Armaniston, Qozog’iston, Tojikiston, O’zarbayjon va O’zbekistondan 15 nafardan ishtirokchilar qatnashadilar.🇺🇿🇧🇾🇷🇺🇰🇿🇹🇯🇦🇿🇦🇲🇰🇬 🗺 An’anaga ko’ra, “Xotira poyezdi” 21-iyun kuni Brest shahri tomonidan yo’lga chiqadi. O’ylaymiz, bu kabi loyihalar yosh avlod qalbida o’z Ona zaminiga muhabbat va tinchlikdek ne’matning qadriga yetishdek oliy tuyg’ularni tarbiyalaydi. __________ ✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9541.MOV3.30 MB
👍 26❤‍🔥 6 6🔥 2🌚 2😎 2
00:21
Video unavailableShow in Telegram
#tabrik 27-IYUN - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI! 📹🎞 Yoshlar o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini oshirish, interaaktiv xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, soha yangiliklarini tezkor tarqatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhim. Bugungi kunda Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar va uning ko'lami haqida xabarlarni xolis va haqqoniy yoritish ommaviy axborot vakillari oldidagi katta mas'uliyatdir!📻 📸Fursatdan foydalanib, televideniye, radio, bosma va elektron nashrlarda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni, muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barcha texnik xodimlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy faoliyatida parvozlar tilaymiz. ➖ ДЕНЬ РАБОТНИКОВ ПЕЧАТИ И СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ! 📹🎞Важна роль средств массовой информации в повышении осведомленности молодёжи об информационно - коммуникационных технологиях, формировании навыков использования интерактивных сервисов, оперативном распространении новостей в сфере. На сотрудниках средств массовой информации лежит большая ответственность точно и правдиво освещать проводимую сегодня работу по развитию нашей страны и её масштабам!📻 📸Пользуясь случаем, хотим поздравить всех журналистов, редакторов, переводчиков и художников, режиссёров и операторов, весь технический персонал, работающий на телевидении, радио, в печатных и электронных СМИ, с их сегодняшним профессиональным праздником. Желаем им крепкого здоровья, семейного благополучия и удачи на посту своего профессионального долга. __________ ✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Matbuot HD.mp414.15 MB
👍 13 1🔥 1🥰 1
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
10👍 9🎉 2❤‍🔥 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔔Hurmatli abituriyentlar! ⚡️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o'qishga hujjatlar qabulining so‘nggi kuni! 💫 Barcha abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar o'qishga ariza topshirishlari yoki topshirilgan arizalar bo'yicha kamchiliklarni to'ldirishlari mumkin. ✅ Eslatib o‘tamiz, saralash imtihoni 6-iyul kuni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi. 📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #qabul2024 #admission2024 ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🍓 1
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 13❤‍🔥 7 2 2🌚 1
Repost from Fan olimpiadalari
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣📣📣 Matematika bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Ilk bor O’smirlar o’rtasidagi Balkan matematika olimpiadasida (JBMO) ishtirok etish uchun Antalyaga jo’nab ketdi. 😄Terma jamoa tarkibi bilan tanishing: ⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi; ⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi; ⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi; ⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi; ⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi; ⚡️Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 45👏 7 3🏆 3🌚 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#ariza #piima #uz #qabul 📣QABUL 2024/2025 ❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi. Maktabimizga 17500ta arizalar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar https://ariza.piima.uz/ sayti orqali qabul qilindi. __________ ✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3541.MP41.34 MB
👍 28😱 12❤‍🔥 8 3🏆 3🌚 2🎉 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda. 🔷Matematika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda. 🔷Mazkur xalqaro tayyorgarilk, 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda. 🔷Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kamerun, Kanada, Kosta-Rika, Estoniya, Gana, Vengriya, Eron, Italiya, Qirg'iziston, Litva, Mavritaniya, Meksika, Moldova, Mongolyia, Pokiston, Peru, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida 65-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz. ⏺ olympiad.uzedu.uz 🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 16 3❤‍🔥 2😱 1🙏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.