cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'ktamjon Xoldoraliyev

Fikrlar shaxsiy. Ularni inkor etish huquqingiz bor. O'rni kelsa foydalaning )

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
201
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

01:10
Video unavailableShow in Telegram
Va eng oxirida "rest in peace" (R.I.P) — ohiratingiz obod bo'lsin..
Hammasini ko'rsatish...
This is it__.mp41.65 MB
💔 6
Ichingda ikkita "men" bilan yashash juda qiyin. Energiyangni yeb tamom qilishadi bu ikkovlon. Butun yeyishing mumkin bo‘lgan olmani teng ikkiga ziyonli bo‘lish yoqimsiz holat chindan ham. Bu yerda saxiylik haqida gap ketmaydi. Bu yerda o‘zingdan o‘zingga yomonlikni ilinish bor. Shuning uchun birining bahridan o‘tib yubormoq lozim va lobud ish erur. Endi bu qaysi biri ekanini aniqlash qolmoqda. Ikkisida ham pichoqqa ilingulik joylar ko‘p. Qachondir kezi kelib kerak bo'lib qoladi. Yengil birini chopib yuborishga ko‘ngil bo‘lmaydi. Mana shuni hal qilib olish kerak kech bo'lmasdan.
Hammasini ko'rsatish...
💯 7🔥 3💔 1
SAG gilamlarida barcha jamoa a’zolariga har kuni 1 soatdan kitob o‘qish majburiy qilib qo‘yilgan. Bu vaqt ish soatlari hisobidan ajratilgan. Keyin bu narsa shunchaki joriy qilingan ham emas. Kunlik hisobotlar ichida bu ham bo‘ladi. Boshqa ish joylari ham ushbu korporativ madaniyatni joriy qilsa zo‘r bo‘ladi. #about_SAG
Hammasini ko'rsatish...
🔥 17 5💯 3
Bugungi kunimni senga bag‘ishladim. Hozircha shuni aniq ayta olamanki, hayotimda men uchun faqat sen bilan ko‘proq yaxshiroq. Qulayroq. Ishonchliroq. Tushunarliroq. Xavfsizroq. Sevimliroq. Mazmunliroq. Gunohsizroq. Savobliroq. Umidliroq. Agar va’damga vafo qilsam, kunim seniki — mutolaa!
Hammasini ko'rsatish...
9🤣 4😁 1
* Ishni Haqdin bilganlar, Shaytondin bilmagaylar. © Yunus Emro
Hammasini ko'rsatish...
6
Hammaning jamoada qolishidan xudoning o‘zi asrasin! Larisa Burakova: — Ba’zi insonlarning jamoangizdan ketishlarini yo‘qotish sifatida qabul qilasizmi yoki buni xavf-xatar sifatida ko‘rasizmi? Mixail Saakashvili: — Yo‘q. Yo‘q! Hammaning jamoada qolishidan xudoning o‘zi asrasin — u holda urug‘-aymoqchilik bo‘lib ketadi. Biz shaxsiy sadoqat tamoyilini emas, g‘oyaga sadoqat tamoyilini tutganmiz. 📕 Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?
Hammasini ko'rsatish...
💯 8🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Mabodo qo‘llaringga Rauf Parfi tushib qolsa, o‘qimanglar. Chunki yaxshi yashash yaxshi. )
Hammasini ko'rsatish...
5💯 1💔 1
Sen gʻani(y)san*, menda bisyor ehtiyoj. ©️ Nodirabegim *G'ani — boy, badavlat degani. Bu yerda Alloh nazarda tutilgan.
Hammasini ko'rsatish...
11
"O'tkan kunlar" nega 5 marta o'qilishi kerakligi haqida muallifning izohi Abdulla Qodiriyning qaynog'asi bilan bo'lgan suhbatidan parcha. Suhbat kitob chiqqandan so'ng bir marosim (ziyofat) chog'ida bo'lgan ekan: — Mulla Asomiddin, "O'tkan kunlar"ni o'qidingizmi? — Ha, o'qidim. — Necha marta o'qidingiz? — Bir marta. — Hmm... Bu kitobni bir marta emas, besh marta o'qish kerak. Shunda siz turmushni¹, tarixni², siyosatni³, odobni⁴, tilni⁵ o'rganasiz. P. S. Ketma-ketlik ham juda tartib bilan aytilgan ekan. Har o'qiganda bittadan ochilib boraveradi.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 11 3😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ukang uchun kitob sovg‘a qilish bu — o‘zing uchun keyinroq o‘qishga kitob sovg‘a qilish, deganidir. Shuning uchun kitob tanlayotganda uning "kitobxonlik didi" hisobga olinmasa ham bo‘laveradi. )) Hayot shunaqa beshafqat.
Hammasini ko'rsatish...
😁 10💯 3🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.