cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yunus Emro ✍️

Assalomu Alaykum va Rohmatullohu va Barokatuh ✨. Vijdoni bor odam gunohini tan olib azob chekadi. Bu uning jazosidir. ©️Fyodor Dostoyevskiy ✍️ Sodiq boʻlsangiz qóshiling. @..Manba Bilan Olinsin Insofli Boʻling ☝️

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 279
Obunachilar
+2824 soatlar
+267 kunlar
-3330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Qani edi Hazrati Umar Aytganidek Tuproq boʻlib qolsam edi 🥹
Hammasini ko'rsatish...
💔 2😢 1
Repost from N/a
#just ✨Agar yo'qolib qilsam, meni qidiring. Men o'qiyotgan kitoblarim ichida bo'laman...✨💚
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2 1💔 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Haqdin manga nazar bo’ldi, Haq eshigin ochar bo’ldim. Kirdim haqning g’aznasina, Durru gavhar sochar boldim… Kanalimiz: T.me/Jannat_Ishqi 🕋 Adminka: @Odish_Oktamovna 🫀
Hammasini ko'rsatish...
💯 3 2🔥 1🥰 1🕊 1🙈 1
«Mudabbar» deb kimga aytiladi?Anonymous voting
  • Umrbod ozod bo‘lmaydigan qulga
  • Qullikdan qurulganinga 1 yil yoki undan ko‘p bo‘lgan kishiga
  • Zotida umuman qul bo‘lmagan kishiga
  • Egasi «men o‘lgandan keyin ozodsan» deb qo‘ygan qulga
0 votes
🔥 3👍 1❤‍🔥 1 1🥰 1💯 1🙈 1
Kishi qaysi surani o‘qisa Qur’ondan ming oyat o‘qigandek bo‘ladi?Anonymous voting
  • «Kafirun» surasini
  • «Kavsar» surasini
  • «Takasur» surasini
  • «Ixlos» surasini
0 votes
2🔥 2🥰 2❤‍🔥 1💯 1🙈 1
«Masjidul Aqso» so‘zining ma’nosi nima?Anonymous voting
  • Uzoqdagi sajdagoh
  • Yaqindagi sajdagoh
  • Muqaddas masjid
  • To‘g‘ri javob yo‘q
0 votes
3🔥 2🥰 2💯 2❤‍🔥 1👏 1🕊 1😍 1🍓 1🙈 1
Quyidagi savollarga to‘g‘ri javoblarni belgilang: 1) Qur’onning qalbi qaysi sura? 2) Qur’ondagi eng uzun sura? 3) Qur’ondagi eng qisqa sura?Anonymous voting
  • 1) Yaasiyn 2) Baqara 3) Ixlos
  • 1) Mulk 2) Oli Imron 3) Kavsar
  • 1) Rohman 2) Oli Imron 3) Ixlos
  • 1) Yaasiyn 2) Baqara 3) Kavsar
0 votes
🔥 4💯 3👏 2❤‍🔥 1 1🥰 1😁 1🕊 1🐳 1🙈 1
Hanafiy mazhabida namozda «Fotiha» surasini o‘qish ...?Anonymous voting
  • Farz
  • Vojib
  • Sunnat
  • Mandub
0 votes
💯 3👏 2🕊 2❤‍🔥 1 1🔥 1🥰 1🙈 1🤗 1
Premiumi borlar ovoz berib yuboringlar iltimos https://t.me/boost/Jannat_Ishqi
Hammasini ko'rsatish...
Yunus Emro ✍️

Bu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.

2🕊 2🫡 2❤‍🔥 1🔥 1🥰 1😁 1🎉 1👀 1🙈 1
2021 yil buyuk turk mutafakkiri va shoiri Yunus Emro vafotiga 700 yil to‘ldi shu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on «2021 yil –Yunus Emro va turk tili yili» borasidagi farmon qabul qildi. YUNESKO ham Yunus Emro vafotining 700 yillik sanasini tashkilot o‘tkazadigan tadbirlar ro‘yxatiga kiritdi va 2021 yilni Yunus Emro yili deya e’lon qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on shu yil boshida YUNESKO tomonidan «2021 yil — Yunus Emro yili» deya e’lon qilinishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zlar ekan, turk tili millatlararo muloqot tiliga aylanadigan jahon tillaridan biriga aylanishi lozimligini ta’kidlagan edi. O‘z so‘zida prezident Erdo‘g‘on turk tilini rivojlantirish, saqlash va himoya qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. «Vatanni avvalambor til, so‘ng armiya himoya qiladi. Shuning uchun ham biz turk tilimizni muhofaza qilishimiz kerak»- dedi Erdo‘g‘on. U o‘z so‘zida 2021 yilda Turkiya tarixi va madaniyati bilan bog‘liq bir qator muhim yubileylar o‘tkazilishini ham ta’kidlab o‘tdi. «Bu yil Turkiya davlat madhiyasi qabul qilinganligining 100 yilligi ham nishonlanadi», dedi Erdo‘g‘on. O‘z nutqida prezident Erdo‘g‘on, YUNESKO Bosh Assambleyasining qaroriga binoan turk shoiri Yunus Emro vafotining 700 yilligi 2021 yilda YUNESKO yubiley sanalari va xotira kunlari ro‘yxatiga kiritilganini eslatib o‘tdi. «Bu qarorni qo‘llab quvvatlaganliklari uchun YUNESKOdagi Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya va O‘zbekiston vakillariga alohida minnatdorchilik bildiramiz», — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. «Yunus Emro vafotining 700 yilligi munosabati bilan biz «Turk tili — jahon tili» nomi ostida kampaniya boshlanganini e’lon qilamiz», dedi Erdo‘g‘on. Uning so‘zlariga qaraganda, kampaniya 2021 yil davomida amal qiladi va dastur doirasida 224 ta tadbir o‘tkaziladi. Bu tadbirlarga 18 ta vazirlik va idoralar, nohukumat tashkilotlari vakillari jalb qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Yunus Emro instituti (YEE) jahonning turli mintaqalarida yashaydigan odamlarga Yunus Emro falsafasini yetkazish maqsadida dunyo bo‘ylab madaniy tadbirlar o‘tkazmoqda. Yunus Emro vafotining 700 yilligi munosabati bilan shu yilning 12-14 iyul kunlari Xalqaro turk tili simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Yunus Emro taxminan 1238 yilda Sivrihisorning janubidagi Sariko‘yda dunyoga kelgan va 1320 yilda vafot etgan. U arab va fors tillarini yaxshi bilgan, Qur’on va hadis ilmlarini chuqur o‘rgangan, o‘z davrining yetuk mutassavvuf olimi bo‘lgan. XIII asrda turk adabiyotining yorqin yulduzi bo‘lmish Yunus Emro nafaqat turk dunyosida, balki jahonda qadrlanadi. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lsa-da, she’rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, u sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi. Yunus Emroning she’rlarida bag‘rikenglik va insonga bo‘lgan muhabbat kuylanadi. Asrlar o‘tibdiki, Yunus Emroning she’rlarida ko‘tarilgan g‘oyalar o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Yillar davomida uning she’rlari turk madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lib kelmoqda. Yunus Emroning hayoti, ijodi va g‘oyalariga mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar hamisha e’tibor qaratib keladi. Ular tomonidan ko‘plab tadqiqot va maqolalar e’lon qilinganining o‘ziyoq Yunus Emroning buyukligidan dalolat beradi. Yunus Emroning she’rlari o‘zbek tiliga Karim Bahriyev, Xurshid Davron, Fayzi Shohismoil, Mirzo Kenjabek, Yo‘ldosh Eshbek, Nasriddin Muhammad, Maryam Osiyo va Davronbek Tojialiyev tomonidan muvaffaqiyatli tarjima qilingan.
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 1 1🔥 1🥰 1👏 1🤔 1🎉 1🕊 1💯 1🏆 1🤗 1