cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Just Chemistry | Kimyo Online

📖 Kimyo fanidan oʻzgacha faoliyat yuritadigan kanal. ✍🏻 Kanal kimyo fani mutaxassisi: Sardorbek Oʻrinboyev Madaminovich tomonidan yuritiladi. ❗️Kimyoni yaxshi koʻrmaslik mumkin, ammo u siz bugun va ertaga yashash mumkin emas. • M/u: @Just_Chemistrybot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 662
Obunachilar
-2624 soatlar
-1227 kunlar
-28330 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
☕️ #Qiziqarli_kimyo 68-soni 📖 ⚠️Hamfri Devi qanday xavfli tajribalarni o’tkazgan? ◦ Deyarli uch asr oldin, amerikalik kimyogar Jozef Pristli kashfiyot qildi. Olim gazning yangi turini - azot (I) oksidini ochdi. Azot (I) oksidi (N₂O) "kuldiruvchi gaz" deb ham ataladi. Ushbu modda havo molekulalaridan og'irroq, ta'mi shirin va kuchli hidga ega. O’sha vaqtlarda yangi kashf qilingan gazning xususiyatlari noma’lum bo’lganligi sababli, unga qiziqish yo'q edi va gaz hech kimga kerak bo'lmagan, yangi turdagi modda sifatida qoldi. Biroq, amerikalik olim Hamfri Devi barchasini o’zgartirib yubordi. ◦ 18-asrlarda yashagan ingliz olimi Hamfri Devi oʻz sohasining ishqibozi edi. Ilm-fan uchun u hayotiga xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy birikmalarni o'z ustida sinab ko'radi. Bir kuni, olim azot (I) oksidini o'rganayotganda, undan nafas olishga qaror qiladi. Har safar tajribadan so'ng u quvnoq bo'lib, atrofidagi odamlarning har qanday harakatlaridan zavqlanar edi. 1799-yilda azot (I) oksidi odamlar uchun yaroqliligini isbotlamoqchi bo'lib, Devi bu gaz bilan nafas oladi va zarar ko'rmaydi. Keyinchalik, olim haftada bir necha marta nafas olishni boshlaydi va tanasining holatini diqqat bilan kuzatadi. Shu bilan birga, keyingi tajriba paytida Devi o'ylamasdan, jasorat bilan gaz miqdorini oshiradi. Oxir-oqibat, olim tajriba vaqtida hushini yo'qotadi. Shundan keyin, azot (I) oksidi tibbiyotda, xususan, jarrohlikda, masalan, tishlarni olib tashlashda qo'llanila boshlandi. Odamlar uning ta'sirini o'zlarida sinab ko'rmoqchi bo'lib, olimning oldiga kelishar edi. ◦ Bunday xavfli tajribadan so'ng, Devi bir muncha vaqt og'ir kasal bo’lib qoladi. Afsuski, bu tajribalar olimning sog'lig'iga yomon ta’sir ko’rsatib, olim atigi 50 yoshida vafot etadi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
1 09014Loading...
02
☕️ #Qiziqarli_kimyo 67-soni 📖 🪂Buyuk kimyogar Mendeleyevning havo sharidagi xavfli parvozi haqida eshitganmisiz? ◦ Buyuk kimyogar Dmitriy Ivanovich Mendeleyev o'z hayotini nafaqat kimyoga balki aeronavtikaga ham bag'ishlagan. Olim, bir muncha vaqt boshqa barcha mashg'ulotlardan voz kechib, aeronavtika bilan shug’ullanishni boshlaydi. ◦ Kunlarning birida, Rossiya texnik jamiyati olimni, quyosh tutilishini kuzatish bo'yicha tadqiqot parvozida ishtirok etishga taklif qiladi, o'sha paytda 53 yoshda bo'lgan Dmitriy Ivanovich Mendeleyev darhol rozilik bilan javob beradi. Afsuski, parvoz oldidan bir necha kun yomg'ir yog'adi. Mendeleyev ertalab parvoz joyiga yetib borib, u yerda sharni boshqarishi kerak bo'lgan leytenant Kovankoni ko’radi. Ertalab soat 6 lar atrofida shar uchishi kerak edi, ammo o'sha paytda parvozning iloji yo'qligi ma'lum bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, ertalabki yomg'ir tufayli shar bir kishidan boshqa hech kimni ko'tara olmas ekan. Mendeleyev biroz o’ylab, yolg'iz uchishini aytadi va leytenantdan bu sharni qanday boshqarishni tezda aytib berishini so’raydi. Havo sharining parvozi keng jamoatchilik e’tiborini tortadi. Bir necha ming odamlar parvozni tomosha qilish uchun yig'iladi. ◦ 1887-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev havo sharida parvoz qiladi. Pastga tushish vaqti kelganida, sharni tushirish uchun mas'ul bo'lgan uskuna nosoz ekanligi ma'lum bo'ladi. Mendeleyev buni tuzatishga muvaffaq bo'ladi va shar sekin pastga tushadi. Parvoz olimning hayotida birinchi bo’lganligiga qaramay, olim o'zini tajribali aeronavt kabi tutdi va parvoz muvaffaqiyatli bo'ldi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitorah ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
2 17921Loading...
03
☕️ #Qiziqarli_kimyo 66-soni 📖 🖼️ Qaysi olimlar mashhur bo'lish uchun rassom Kustodiyevdan o'z portretlarini chizishni iltimos qilishgan? ◦ 1921-yillarda rassom Boris Kustodiyev taniqli shaxslar, jamoat arboblari va rassomlarning portretlarini chizish bilan mashhur edi. Bir kuni mashhur rassom Boris Kustodiyevning ustaxonasiga ikki olim keladi. Bu ikki olim fizika va kimyo bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, Pyotr Kapitsa va Nikolay Semyonovlar edi. ◦ Hali mashhur bo'lmagan Kapitsa va Semyonov rassomga bir iltimos bilan murojaat qilishga qaror qilishadi. Ular rassomdan o’z portretlarini chizishni so’rashadi. Kustodiyev hayron bo'lib, ularga faqat taniqli odamlarning portretlarini chizishini aytadi. Ammo ikki olim o'zlarining kelajakdagi buyukligiga ishonchlari komil edi. Kustodiyev ularning ishtiyoqini ko’rib, portret chizishga rozi bo'ladi. Rassom ikki yosh olimning portretini chizadi va portret keyinchalik "San'at va hayot" jurnalida chop etiladi. ◦ Bu ikki olimning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi va ishtiyoqi kelajakdagi yutuqlariga sabab bo’ldi. 1978-yilda Pyotr Kapitsa fizika bo'yicha Nobel mukofotiga, 1956-yilda esa Nikolay Semyonov kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lishadi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤Telegram | Instagram
2 63913Loading...
04
☕️ #Qiziqarli_kimyo 65-soni 📖 🏅Qaysi mashhur fizik kimyo bo'yicha Nobel mukofotini olgan? ◦ 20-asrning eng mashhur fiziklaridan biri Ernest Rezerford, o’zining kashfiyotlari bilan mashhur. Ernest Rezerford asosan fizika sohasida izlanishlar olib borgan. Biroq, o'z hayotini fizik hodisalarni o'rganishga bag'ishlaganiga qaramay, 1908-yilda Rezerford fizika emas, balki kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Olim har doim o'zini fizik deb hisoblagan va kimyo bo'yicha sovrinni qo'lga kiritish, o‘zi uchun ham, boshqa olimlar uchun ham kutilmagan voqea bo‘ldi. ◦ Rezerford uran va toriy kabi radioaktiv elementlarning xususiyatlarini chuqur o'rgangan. U radioaktivlik shunchaki energiya chiqishi emas, balki atom yadrosining boshqa element yadrosiga aylanish jarayoni ekanligini aniqladi. Natijada, Nobel qo'mitasi Rezerfodga kimyo bo’yicha Nobel mukofotini berishga qaror qildi. ◦ Radioaktivlikni o'rganish jarayonida Rezerford turli xil o'zgarishlarni kuzatgan. Olim suhbatda hazillarni yaxshi ko'rar va osongina kular edi. Olimning o'zi kimyo bo'yicha mukofotga sazovor bo'lganini bilib, yuzida tabassum bilan, shunday deydi: "Men kuzatgan barcha o'zgarishlardan eng kutilmagani mening fizikdan kimyogarga aylanishim bo’ldi". Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
2 0629Loading...
05
Media files
4930Loading...
06
.
10Loading...
07
☕️ #Qiziqarli_kimyo 64-soni 📖 💊Qanday voqea antibiotiklarning kashf qilinishiga sabab bo’ldi? ◦ Tibbiy kashfiyotlar ko'pincha katta bilim talab qiladi, lekin ba'zida tasodiflar ham tibbiyot olamida yangi modda ochilishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunga tibbiyot tarixidagi eng katta yutuqlardan biri bo'lgan penitsillin haqidagi hikoya misol bo'la oladi! ◦ 1928-yilda ingliz bakteriologi Aleksandr Fleming tajribalar o'tkazishdan tanaffus olishga qaror qiladi. Ta'tilga chiqishdan oldin Fleming Petri idishida stafilokokk bakteriyasini qoldirib, bir necha kun qarovsiz qoldiradi. Fleming ta'tildan qaytgach, stafilokokk bakteriyalari bo’lgan idishda g'alati bir narsa sodir bo'lganini aniqlaydi. Olim, laboratoriyada qoldirilgan idishda stafilokokklar koloniyasi nobud bo‘lganini ko‘radi. Ma'lum bo'lishicha, uning laboratoriyasidagi odatiy tartibsizligi tufayli idishda mog'orlar koloniyasi o'sib, stafilokokk bakteriyalarni yo'q qila boshlagan. Fleming, stafilokokklarni nobud bo’lishiga, mog’or tarkibidagi qandaydir antibakterial vosita sabab bo’lgan degan xulosaga keladi va tajribalarini davom ettiradi. ◦ Afsuski, uning kimyoviy bilimlari yo'qligi, faol moddani to'g'ri ajratib olishga to'sqinlik qiladi. Faqat 10 yil o'tgach, bu muammolarni bakteriolog Xovard Flori va kimyogar Ernst Cheyn hal qilishadi. Ular sof antibiotik formulasini ishlab chiqadilar. Ushbu kashfiyot tufayli penitsillin ko'p tajribalardan so'ng birinchi kuchli antibiotikga aylandi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
4 03925Loading...
08
🆕 Bir blok testni KIMYO fani savollari tahlili. Savollarini topish uchun bosing: 👇 https://t.me/Testlar_Biologiya_Kimyo/8896?single ✏️ Video mundarijasi: 🟢61-test (D) - 0:11 🟢62-test (B) - 2:06 🟢63-test (D) - 6:43 🟢64-test (A) - 9:34 🟢65-test (C) - 12:56 🟢66-test (C) - 15:39 🟢67-test (A) - 19:33 🟢68-test (B) - 20:06 🟢69-test (D) - 21:22 🟢70-test (B) - 22:42 🟢71-test (C) - 25:25 🟢72-test (C) - 25:43 🟢73-test (D) - 27:37 🟢74-test (B) - 28:36 🟢75-test (A) - 29:15 🟢76-test (D) - 33:29 🟢77-test (D) - 35:05 🟢78-test (B) - 36:03 🟢79-test (D) - 40:10 🟢80-test (A) - 40:31 🟢81-test (A) - 41:42 🟢82-test (D) - 45:30 🟢83-test (A) - 48:36 🟢84-test (C) - 54:10 🟢85-test (B) - 55:36 🟢86-test (B) - 56:50 🟢87-test (C) - 59:27 🟢88-test (C) - 1:00:02 🟢89-test (A) - 1:04:54 🟢90-test (B) - 1:07:02 🟦 Ustoz: Sardorbek Madaminovich (@Ximik_Repetitor) 💬 Kimyo|Biologiya kanali 📝 Telegram | 💻 Instagram
1 99133Loading...
09
🤨 MEDIKLAR TAYYORMISIZ? 🧠 3 xil test kitoblarimiz bizdagi testlarni qachon yechasan, deb kutmoqda. 🤨 Mashg'ulotda ko'p chiniqqan sportchi olimpiada g'olibi bo'ladi. Sifatli testlar ishlab chiniqqan abituriyentchi? 📖 Ushbu test kitoblarimiz eng yangi uslubdagi testlardan iborat bo'lib, BMBA (DTM) standartida tuzilgan. Kitoblarning har biridagi testlar soni 900 tani tashkil etadi. Testlarni qachon yechishni rejalashtiramiz? 📑 Kitobdan namuna: Kimyo sinov 2024 Biologiya sinov 2024 Biologiya super testlar 2024 • Xarid qilish uchun: 📞 +998932477508 ✍️ @unfluer1, @unfluer
6690Loading...
10
🎞 ⭕️⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️#️⃣ • Kimyo haqida motivatsion rolik! Kimyo haqiqatda go'zal, bunga sabab undagi jozibador tenglamalar yoki rangbarang moddalar emas, balki ularning yashirin tabiatidadir. 🎙 Ovoz muallifi: Sardorbek O'rinboyev. Just Chemistry kimyo online maktabida ovozlashtirildi. 📹 YouTube orqali ham ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/YIE7iEYEKwE?si=LGk_pebFbIWZrtAC 💬 Just Chemistry – maqsadingiz sari eltuvchi yo'l! 📝 Telegram | 💻 Instagram
2 59435Loading...
11
☕️ #Qiziqarli_kimyo 63-soni 📖 😳Suyuqliklarni ustida yurish mumkinligini bilarmidingiz? ◦ Nyuton va Nonyuton suyuqliklar bizga suyuqliklarning fizik xususiyatlarini ajoyibligini ko’rsatadi. Ularning xatti-harakatlari noyob va ba'zan aql bovar qilmaydigan bo'lishi mumkin. ◦ Suv kabi Nyuton suyuqliklarining qovushqoqligi faqat tabiat va haroratga bog'liq. Biroq, qovushqoqligi tezlik va tashqi ta’sirga qarab o'zgarib turadigan Nonyuton bo’lgan suyuqliklar ham mavjud. Bu shuni anglatadiki, to'satdan kuch qo'llanilganda, Nonyuton suyuqliklar qattiq moddalar kabi harakat qila boshlaydilar. ◦ Nonyuton suyuqlikning ajoyib namunasi - makkajo'xori kraxmalining suvdagi suspenziyasi. Bu suyuqlik ajoyib xususiyatlarga ega bo’lib, tez va kuchli ta'sir o'tkazilsa, u o'zini qattiq jism kabi tutadi. Bu suyuqlikni katta idishga solib, oyoqlar tez harakatlantirib va har bir zarbaga yetarlicha kuch qo'llanilsa, kuchli ta'sir ostida o'zini qattiq modda kabi tutadigan bu suyuqlik ustida yurish mumkin bo’ladi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
2 29312Loading...
12
☕️ #Qiziqarli_kimyo 62-soni 📖 🌋Yer yuzida ko’k lavali vulqon borligini bilarmidingiz? ◦ Moviy lavali vulqon haqida eshitganmisiz? Bu xayoliy tasavvur emas! U haqiqatdan ham mavjud! Ushbu vulqon Indoneziyadagi Yava orolida joylashgan. Va u Ijen deb ataladi. ◦ Ko'pchilik bu haqiqiy ko'k lava ekanligiga ishonishadi. Aslida, bu haqiqat emas. Vulqon tomonidan otilayotgan lavaning o'zi qizil rangda. Lavaning ko'k rangda porlashi, juda katta bosim va 600 °C haroratda, vulqon yoriqlaridan chiqadigan oltingugurt gazlarining yonishi natijasida yuzaga keladi. Yer osti vulqon issiqligi oltingugurtni yoqib yuboradi. Lava tarkibidagi oltingugurt kislorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ko'k alangani hosil qiladi va lava ko'k rangga aylanadi. S+O2=SO2. Olovning balandligi 5 metrga yetishi mumkin. Kechasi bu noyob hodisani kuzatish yaxshiroqdir, chunki kunduzi ko'k olov deyarli ko'rinmaydi. ◦ O'zining go'zalligiga qaramay, ko'k lava xavfli hisoblanadi. Oltingugurt yonganda ajralib chiqadigan gazlar zaharli bo'lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sayyohlar va fotosuratchilar ko'k lavani xavfsiz masofadan kuzatishadi. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
3 60920Loading...
13
☕️ #Qiziqarli_kimyo 61-soni 📖 🇬🇧Qanday qilib ingliz tilini bilmaslik yangi modda ochilishiga sabab bo’ldi? ◦ Eng samarali shakar o'rnini bosuvchi moddalardan biri sukraloza tasodifan kashf qilingan. Bu modda 1976-yilda Londonda ingliz tilini kam biladigan odam tomonidan ochilgan. ◦ Kunlarning birida, London Qirollik kolleji talabasi Shashikant Phadnis, professor Leslie Hough bilan tadqiqotlar olib boradi. Tajribalar davomida talaba saxarozaning xlorlangan shakli, ya’ni sukraloza, juda shirin ta'mga ega ekanligini aniqlaydi. Gap shundaki, professor izlanishlar chog‘ida o‘zining yangi shogirdi Shashikant Phadnisga, laboratoriyada olingan xlorli shakar birikmalari bilan bir qator tajribalar o‘tkazishni, ya’ni sinov qilishni buyuradi. Professor unga qarab ingliz tilida “Test this compound” ya’ni “Bu birikmani tekshiring” deb aytadi. Hindistondan kelgan Shashikant ismli kimyogar iqtidorli bo‘lsa-da, ingliz tili unga qiyin edi. U talaffuzni tushunishga astoydil harakat qilardi, lekin ba'zida eshitish qobiliyati uni tushkunlikka solar edi. Shashikant, undan moddani tatib ko'rishni so'rashayotgan deb o'ylaydi. Shashikant “test" so’zini o'rniga "taste" (tatib ko’rmoq) so’zini eshitadi. U o‘ylab o‘tirmay, tiliga bir tomchi moddani qo’yadi va shu payt hayratlanib, modda shirinligini aniqlaydi. Birikma nihoyatda shirin bo'lib chiqadi, hatto shakarning o'zidan ham ancha shirinroq edi! ◦ Boshqa ko'plab shakar o’rnini bosuvchi moddalar ham tasodifan topilgan. Masalan qo'llarini yuvishni unutgan kimyogar Falberg saxarinni tasodifan kashf etgan. Maqola muallifi: ©Islomova Sitora ⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
4 12120Loading...
☕️ #Qiziqarli_kimyo 68-soni 📖 ⚠️Hamfri Devi qanday xavfli tajribalarni o’tkazgan? ◦ Deyarli uch asr oldin, amerikalik kimyogar Jozef Pristli kashfiyot qildi. Olim gazning yangi turini - azot (I) oksidini ochdi. Azot (I) oksidi (N₂O) "kuldiruvchi gaz" deb ham ataladi. Ushbu modda havo molekulalaridan og'irroq, ta'mi shirin va kuchli hidga ega. O’sha vaqtlarda yangi kashf qilingan gazning xususiyatlari noma’lum bo’lganligi sababli, unga qiziqish yo'q edi va gaz hech kimga kerak bo'lmagan, yangi turdagi modda sifatida qoldi. Biroq, amerikalik olim Hamfri Devi barchasini o’zgartirib yubordi. ◦ 18-asrlarda yashagan ingliz olimi Hamfri Devi oʻz sohasining ishqibozi edi. Ilm-fan uchun u hayotiga xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy birikmalarni o'z ustida sinab ko'radi. Bir kuni, olim azot (I) oksidini o'rganayotganda, undan nafas olishga qaror qiladi. Har safar tajribadan so'ng u quvnoq bo'lib, atrofidagi odamlarning har qanday harakatlaridan zavqlanar edi. 1799-yilda azot (I) oksidi odamlar uchun yaroqliligini isbotlamoqchi bo'lib, Devi bu gaz bilan nafas oladi va zarar ko'rmaydi. Keyinchalik, olim haftada bir necha marta nafas olishni boshlaydi va tanasining holatini diqqat bilan kuzatadi. Shu bilan birga, keyingi tajriba paytida Devi o'ylamasdan, jasorat bilan gaz miqdorini oshiradi. Oxir-oqibat, olim tajriba vaqtida hushini yo'qotadi. Shundan keyin, azot (I) oksidi tibbiyotda, xususan, jarrohlikda, masalan, tishlarni olib tashlashda qo'llanila boshlandi. Odamlar uning ta'sirini o'zlarida sinab ko'rmoqchi bo'lib, olimning oldiga kelishar edi. ◦ Bunday xavfli tajribadan so'ng, Devi bir muncha vaqt og'ir kasal bo’lib qoladi. Afsuski, bu tajribalar olimning sog'lig'iga yomon ta’sir ko’rsatib, olim atigi 50 yoshida vafot etadi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...

👍 13 3🔥 3👏 3
☕️ #Qiziqarli_kimyo 67-soni 📖 🪂Buyuk kimyogar Mendeleyevning havo sharidagi xavfli parvozi haqida eshitganmisiz? ◦ Buyuk kimyogar Dmitriy Ivanovich Mendeleyev o'z hayotini nafaqat kimyoga balki aeronavtikaga ham bag'ishlagan. Olim, bir muncha vaqt boshqa barcha mashg'ulotlardan voz kechib, aeronavtika bilan shug’ullanishni boshlaydi. ◦ Kunlarning birida, Rossiya texnik jamiyati olimni, quyosh tutilishini kuzatish bo'yicha tadqiqot parvozida ishtirok etishga taklif qiladi, o'sha paytda 53 yoshda bo'lgan Dmitriy Ivanovich Mendeleyev darhol rozilik bilan javob beradi. Afsuski, parvoz oldidan bir necha kun yomg'ir yog'adi. Mendeleyev ertalab parvoz joyiga yetib borib, u yerda sharni boshqarishi kerak bo'lgan leytenant Kovankoni ko’radi. Ertalab soat 6 lar atrofida shar uchishi kerak edi, ammo o'sha paytda parvozning iloji yo'qligi ma'lum bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, ertalabki yomg'ir tufayli shar bir kishidan boshqa hech kimni ko'tara olmas ekan. Mendeleyev biroz o’ylab, yolg'iz uchishini aytadi va leytenantdan bu sharni qanday boshqarishni tezda aytib berishini so’raydi. Havo sharining parvozi keng jamoatchilik e’tiborini tortadi. Bir necha ming odamlar parvozni tomosha qilish uchun yig'iladi. ◦ 1887-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev havo sharida parvoz qiladi. Pastga tushish vaqti kelganida, sharni tushirish uchun mas'ul bo'lgan uskuna nosoz ekanligi ma'lum bo'ladi. Mendeleyev buni tuzatishga muvaffaq bo'ladi va shar sekin pastga tushadi. Parvoz olimning hayotida birinchi bo’lganligiga qaramay, olim o'zini tajribali aeronavt kabi tutdi va parvoz muvaffaqiyatli bo'ldi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitorah
⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...

👍 16 3 2👏 2
☕️ #Qiziqarli_kimyo 66-soni 📖 🖼️ Qaysi olimlar mashhur bo'lish uchun rassom Kustodiyevdan o'z portretlarini chizishni iltimos qilishgan? ◦ 1921-yillarda rassom Boris Kustodiyev taniqli shaxslar, jamoat arboblari va rassomlarning portretlarini chizish bilan mashhur edi. Bir kuni mashhur rassom Boris Kustodiyevning ustaxonasiga ikki olim keladi. Bu ikki olim fizika va kimyo bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, Pyotr Kapitsa va Nikolay Semyonovlar edi. ◦ Hali mashhur bo'lmagan Kapitsa va Semyonov rassomga bir iltimos bilan murojaat qilishga qaror qilishadi. Ular rassomdan o’z portretlarini chizishni so’rashadi. Kustodiyev hayron bo'lib, ularga faqat taniqli odamlarning portretlarini chizishini aytadi. Ammo ikki olim o'zlarining kelajakdagi buyukligiga ishonchlari komil edi. Kustodiyev ularning ishtiyoqini ko’rib, portret chizishga rozi bo'ladi. Rassom ikki yosh olimning portretini chizadi va portret keyinchalik "San'at va hayot" jurnalida chop etiladi. ◦ Bu ikki olimning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi va ishtiyoqi kelajakdagi yutuqlariga sabab bo’ldi. 1978-yilda Pyotr Kapitsa fizika bo'yicha Nobel mukofotiga, 1956-yilda esa Nikolay Semyonov kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lishadi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...

👍 14 4👏 3
☕️ #Qiziqarli_kimyo 65-soni 📖 🏅Qaysi mashhur fizik kimyo bo'yicha Nobel mukofotini olgan? ◦ 20-asrning eng mashhur fiziklaridan biri Ernest Rezerford, o’zining kashfiyotlari bilan mashhur. Ernest Rezerford asosan fizika sohasida izlanishlar olib borgan. Biroq, o'z hayotini fizik hodisalarni o'rganishga bag'ishlaganiga qaramay, 1908-yilda Rezerford fizika emas, balki kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Olim har doim o'zini fizik deb hisoblagan va kimyo bo'yicha sovrinni qo'lga kiritish, o‘zi uchun ham, boshqa olimlar uchun ham kutilmagan voqea bo‘ldi. ◦ Rezerford uran va toriy kabi radioaktiv elementlarning xususiyatlarini chuqur o'rgangan. U radioaktivlik shunchaki energiya chiqishi emas, balki atom yadrosining boshqa element yadrosiga aylanish jarayoni ekanligini aniqladi. Natijada, Nobel qo'mitasi Rezerfodga kimyo bo’yicha Nobel mukofotini berishga qaror qildi. ◦ Radioaktivlikni o'rganish jarayonida Rezerford turli xil o'zgarishlarni kuzatgan. Olim suhbatda hazillarni yaxshi ko'rar va osongina kular edi. Olimning o'zi kimyo bo'yicha mukofotga sazovor bo'lganini bilib, yuzida tabassum bilan, shunday deydi: "Men kuzatgan barcha o'zgarishlardan eng kutilmagani mening fizikdan kimyogarga aylanishim bo’ldi".
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...

👍 21 4👏 4😁 3
00:04
Video unavailableShow in Telegram
animation.gif.mp40.29 KB
👏 3👍 1
🆓BEPUL🆓
〽️FOYDALI〽️
✅ VIDEO YECHIM✅
♻️TOʻLIQ TAHLIL♻️
.
Hammasini ko'rsatish...
☕️ #Qiziqarli_kimyo 64-soni 📖 💊Qanday voqea antibiotiklarning kashf qilinishiga sabab bo’ldi? ◦ Tibbiy kashfiyotlar ko'pincha katta bilim talab qiladi, lekin ba'zida tasodiflar ham tibbiyot olamida yangi modda ochilishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunga tibbiyot tarixidagi eng katta yutuqlardan biri bo'lgan penitsillin haqidagi hikoya misol bo'la oladi! ◦ 1928-yilda ingliz bakteriologi Aleksandr Fleming tajribalar o'tkazishdan tanaffus olishga qaror qiladi. Ta'tilga chiqishdan oldin Fleming Petri idishida stafilokokk bakteriyasini qoldirib, bir necha kun qarovsiz qoldiradi. Fleming ta'tildan qaytgach, stafilokokk bakteriyalari bo’lgan idishda g'alati bir narsa sodir bo'lganini aniqlaydi. Olim, laboratoriyada qoldirilgan idishda stafilokokklar koloniyasi nobud bo‘lganini ko‘radi. Ma'lum bo'lishicha, uning laboratoriyasidagi odatiy tartibsizligi tufayli idishda mog'orlar koloniyasi o'sib, stafilokokk bakteriyalarni yo'q qila boshlagan. Fleming, stafilokokklarni nobud bo’lishiga, mog’or tarkibidagi qandaydir antibakterial vosita sabab bo’lgan degan xulosaga keladi va tajribalarini davom ettiradi. ◦ Afsuski, uning kimyoviy bilimlari yo'qligi, faol moddani to'g'ri ajratib olishga to'sqinlik qiladi. Faqat 10 yil o'tgach, bu muammolarni bakteriolog Xovard Flori va kimyogar Ernst Cheyn hal qilishadi. Ular sof antibiotik formulasini ishlab chiqadilar. Ushbu kashfiyot tufayli penitsillin ko'p tajribalardan so'ng birinchi kuchli antibiotikga aylandi.
Maqola muallifi: ©Islomova Sitora
⤵️ Maqola sizga qiziq bo'ldimi? 📱Kanalimizga a'zo bo'ling: @Just_Chemistry ╰➤ Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...

👍 22🤩 4🎉 2
1:09:28
Video unavailableShow in Telegram
🆕 Bir blok testni KIMYO fani savollari tahlili. Savollarini topish uchun bosing: 👇 https://t.me/Testlar_Biologiya_Kimyo/8896?single ✏️ Video mundarijasi: 🟢61-test (D) - 0:11 🟢62-test (B) - 2:06 🟢63-test (D) - 6:43 🟢64-test (A) - 9:34 🟢65-test (C) - 12:56 🟢66-test (C) - 15:39 🟢67-test (A) - 19:33 🟢68-test (B) - 20:06 🟢69-test (D) - 21:22 🟢70-test (B) - 22:42 🟢71-test (C) - 25:25 🟢72-test (C) - 25:43 🟢73-test (D) - 27:37 🟢74-test (B) - 28:36 🟢75-test (A) - 29:15 🟢76-test (D) - 33:29 🟢77-test (D) - 35:05 🟢78-test (B) - 36:03 🟢79-test (D) - 40:10 🟢80-test (A) - 40:31 🟢81-test (A) - 41:42 🟢82-test (D) - 45:30 🟢83-test (A) - 48:36 🟢84-test (C) - 54:10 🟢85-test (B) - 55:36 🟢86-test (B) - 56:50 🟢87-test (C) - 59:27 🟢88-test (C) - 1:00:02 🟢89-test (A) - 1:04:54 🟢90-test (B) - 1:07:02 🟦 Ustoz: Sardorbek Madaminovich (@Ximik_Repetitor) 💬 Kimyo|Biologiya kanali 📝 Telegram | 💻 Instagram
Hammasini ko'rsatish...
BIR BLOK TEST YECHIMLARI 2023 yangi videoyechimlar.mp4135.14 MB
👍 16
Photo unavailableShow in Telegram
🤨 MEDIKLAR TAYYORMISIZ? 🧠 3 xil test kitoblarimiz bizdagi testlarni qachon yechasan, deb kutmoqda. 🤨 Mashg'ulotda ko'p chiniqqan sportchi olimpiada g'olibi bo'ladi. Sifatli testlar ishlab chiniqqan abituriyentchi? 📖 Ushbu test kitoblarimiz eng yangi uslubdagi testlardan iborat bo'lib, BMBA (DTM) standartida tuzilgan. Kitoblarning har biridagi testlar soni 900 tani tashkil etadi. Testlarni qachon yechishni rejalashtiramiz? 📑 Kitobdan namuna: Kimyo sinov 2024 Biologiya sinov 2024 Biologiya super testlar 2024Xarid qilish uchun: 📞 +998932477508 ✍️ @unfluer1, @unfluer
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
02:40
Video unavailableShow in Telegram
🎞 ⭕️⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️#️⃣ • Kimyo haqida motivatsion rolik! Kimyo haqiqatda go'zal, bunga sabab undagi jozibador tenglamalar yoki rangbarang moddalar emas, balki ularning yashirin tabiatidadir. 🎙 Ovoz muallifi: Sardorbek O'rinboyev. Just Chemistry kimyo online maktabida ovozlashtirildi. 📹 YouTube orqali ham ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/YIE7iEYEKwE?si=LGk_pebFbIWZrtAC 💬 Just Chemistrymaqsadingiz sari eltuvchi yo'l! 📝 Telegram | 💻 Instagram
Hammasini ko'rsatish...
547452007-7999834.mp420.89 MB
👏 15👍 10 2🥰 1