cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

КАТТАҚЎРҒОН ТУМАН МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ

KATTAQO‘RG‘ON TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI RASMIY KANALI

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
958
Obunachilar
+224 soatlar
-27 kunlar
-1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:37
Video unavailableShow in Telegram
⚡️9-sinflar uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi 🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi. ☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- savollar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi. ❗️Ayrim telegram kanallarda vazirlik tomonidan e’lon qilingan 9-sinf matematika fanidan namunaviy nazorat materiallaridagi 5- va 7-savollardagi topshiriqlar beriladi deb noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Vazirlik tomonidan e‘lon qilingan savollar asosida 9- va 11-sinflar yakuniy attestatsiyasi uchun variantlar qayta shakllantiriladi. Ya’ni 9-sinf matematika uchun baholash mezoniga ko‘ra 10 ta mavzuning har biridan bittadan savol tanlab olinadi. Barcha savollar avval e’lon qilingan to‘plamdan olinadi, biroq o‘quvchi imtihonda aynan qaysi savolga javob berishini avvaldan bila olmaydi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi. Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
↗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
03:02
Video unavailableShow in Telegram
⚡️TKT va TESOL sertifikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berildi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarga ustama belgilashda inobaatga olinayotgan TKT va TESOL sertfikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berdi. Avvaloq pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yilgan edi. Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, loyihaga bildirilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib chiqilmoqda va yakuniy qarorga kelinadi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi. birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim. Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi. 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar ro‘yxati (yuqoridagi rasmda) e’lon qilingan edi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
KATTAQO‘RGʻONLIK AVIAMODELCHI O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDA GʻOLIB BO‘LDI Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, Kattaqo‘rg‘on shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining to‘garak a’zosi Abduraufov Shohjahon joriy yilning 23-26 may kunlari Andijon shahrida o‘tkazilgan "Kordli aviamodel sporti" bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasida ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shohjahon Abduraufovni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, yutuqlari bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz.
Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
🔹BUGUNDAN EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR BOSHLANDI ✅ Viloyatimiz bo‘yicha eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 1162 nafar fuqaro ariza topshirgan. ⚡️Samarqand shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (9-11-sinflar negizida) Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazuvchi “Viloyat eksternat maktabi” etib belgilangan. ❗️Samarqand viloyat 9-11-sinf negizida eksternat tartibida o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarining vaqtlari haqida quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👉  havola linki@samarqandvxtb     Telegram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
1
❗️ Таълим кредити олиш учун аризаларни my.gov.uz орқали топшириш имконияти яратилади 📑 “Олий ва профессионал таълим ташкилотлари талабалари ва ўқувчиларига бюджет маблағлари ҳисобидан таълим кредитини ажратиш тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-82-сон, 27.05.2024 й.) қабул қилинди 🔷 Фармонга кўра, 2024/2025 ўқув йилидан олий ва профессионал таълим ташкилотларининг талаба ва ўқувчиларига таълим кредитлари қуйидагиларни назарда тутган ҳолда ажратилади: 🔷 Oлий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредити фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратилади; ✅ Таълим кредити: 🔷 Олий таълим ташкилотларининг биринчи босқич талабалари ҳамда профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун тўлов-контракт суммаси миқдорида; 🔷 Олий таълим ташкилотларининг иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилади. ❗️ Бундан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари мустасно.Бунда таълим кредити: 🔷 ОТМ талабалари учун – талабалар тўғрисидаги маълумотлар “Талабаларга шартнома асосида кўрсатиладиган хизматлар ҳисобини юритиш” (kontrakt.edu.uz) ахборот тизими ва “Олий таълим жараёнларини бошқариш” (HEMIS) ахборот тизимида мавжуд бўлганда; 🔷 Профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун – ўқувчилар тўғрисидаги маълумотлар “Профессионал таълим жараёнларини бошқариш” (prof.edu.uz) ахборот тизимида мавжуд бўлганда ажратилади. 🔷 2024/2025 ўқув йили бошлангунгача таълим кредити олиш учун аризаларни “Таълим кредити” ахборот тизими (taʼlim-krediti.mf.uz) ва ЯИДХП (my.gov.uz) орқали топшириш имконияти яратилади. https://t.me/kattakurgon_tmmtb
Hammasini ko'rsatish...
КАТТАҚЎРҒОН ТУМАН МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ

KATTAQO‘RG‘ON TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI RASMIY KANALI

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра «Қониқарсиз» баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади ❓ Савол: Битирувчи ўқувчилар фанлардан ўтказиладиган якуний аттестация имтиҳонида белгиланган тартибларни бузса ёки "қониқарсиз" баҳо олса, шундай ўқувчиларга мактаб маъмурияти қандай чора кўриши мумкин?Жавоб: 🖊 "Умумий ўрта таълим олувчиларнинг якуний давлат аттестацияси тўғрисида"ги Низомга мувофиқ: ➡️ Битирувчи оғзаки ёки ёзма якуний аттестацияни топшириш жараёнида белгиланган тартибни бузган тақдирда, у якуний аттестацияни давом эттириш ҳуқуқидан маҳрум қилинади. ➡️ Битирувчи якуний аттестацияни давом эттириш ҳуқуқидан маҳрум қилинганда якуний аттестация комиссияси томонидан бу ҳақда якуний аттестация баённомасига ёзиб қўйилади. ("Қониқарсиз" баҳо олган ҳисобланади) ➡️ Бир ёки икки фандан ўтказилган якуний аттестацияда қониқарсиз баҳо олган битирувчиларга охирги якуний аттестациядан кейин икки ҳафта ўтгач қониқарсиз баҳо олган фанидан қайта якуний аттестациядан ўтиш ҳуқуқи берилади. ➡️ Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра, умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари талабларини бажармай, «қониқарсиз» баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Vakansiya 📢"Samarkand International School" hamda "Malika Education" o'quv markaziga barcha fanlar bo'yicha malakali o'qituvchilar va mutaxassislarni ishga taklif qilamiz. Ta’lim sifatini nazarot qilish bo’lim boshlig’i O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari (Boshlang’ich sinflar uchun) Ma’naviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Operator Administrator Ingliz tili o’qituvchisi Matematika o’qituvchisi Marketolog Turk tili o’qituvchisi Koreys tili o’qituvchisi Arab tili o’qituvchisi Tutorlar Boshlang'ich sinf o'qituvchilar Sizning imkoniyatlaringiz: 🔹 Oylik maosh 2 mln so'mdan– 10 mln so'mgacha 🔹Doimiy ish o'rni (ish staji) 🔹Farzandlaringizni markazimiz kurslarida bepul o'qitish 🔹 Ish samaradorligiga qarab, bonuslar va grantlar; 🔹Bepul treninglar va malaka oshirish uchun keng imkoniyatlar; Ishga qabul qilishda qanday talablar qo’yiladi? 🔹Og’zaki suhbat 🔹Test sinovlari 🔹Mahorat darsi 🔹Ushbu talablardan to’liq o’tgan o’qituvchilar ishga qabul qilinadi. ✅Vakansiya sizga ma'qul bo'lsa anketani to'ldiring: 👉 ANKETA👈 🏢Uzoq masofadan tashrif buyurgan o'qituvchilar turar joy bilan ta'minlanadi. Murojaat uchun telefonlar: 📞+99894-185-44-88 📞+99893-465-44-88 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!🔻 ✅Telegram |  📱Instagram |  📺YouTube | ✅Guruhimiz
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Vakansiya 📢"Samarkand International School" hamda "Malika Education" o'quv markaziga barcha fanlar bo'yicha malakali o'qituvchilarni ishga taklif qilamiz. Sizning imkoniyatlaringiz: 🔹 Oylik maosh 2 mln so'mdan– 10 mln so'mgacha 🔹Doimiy ish o'rni (ish staji) 🔹Farzandlaringizni markazimiz kurslarida bepul o'qitish 🔹 Ish samaradorligiga qarab, bonuslar va grantlar; 🔹Bepul treninglar va malaka oshirish uchun keng imkoniyatlar; Ishga qabul qilishda qanday talablar qo’yiladi? 🔹Og’zaki suhbat 🔹Test sinovlari 🔹Mahorat darsi 🔹Ushbu talablardan to’liq o’tgan o’qituvchilar ishga qabul qilinadi. ✔️Uzoq masofadan tashrif buyurgan o'qituvchilar turar joy bilan ta'minlanadi. ✔️Vakansiya sizga ma'qul bo'lsa anketani to'ldiring: ANKETA Murojaat uchun telefonlar: 📞+99894-185-44-88 📞+99893-465-44-88 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!🔻 ✅Telegram | 📸Instagram |  📹YouTube | ✅Guruhimiz
Hammasini ko'rsatish...