cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Lara's Insight

Writer | Reader | Future Nobel laureate "Defeat? I do not recognise the meaning of the word!" Margaret Thatcher Views, lifestyle, motivation, books and more...

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
942
Obunachilar
+14624 soatlar
+1367 kunlar
+9430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Hammasini ko'rsatish...
Manada, Bekket o'qigandan keyin shularni zo'r deb aytolmaysan-da...
Hammasini ko'rsatish...
1969-yil 23-oktyabr kuni Bekketni quvontiradigan telegramma uning qo'liga kelib tushadi. Xatda yozuvchi adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga loyiq ko'rilganligi va uni qabul qilib olish 10-dekabr kuni Nobel kunida Stokgolmga kelishi aytiladi. (Telegramma oxiridagi Bekket xonimning eslab o'tilgani alohida iliqlik. Butun hodisaning o'zi mo'jiza) P. S. Mavzuga aloqador bo'lmagan Stokgolmga sindromi va Bekketning Godosi haqida o'qib qo'yish esdan chiqmasin. @larasinsight
Hammasini ko'rsatish...
#day2 Psixoanalitiklar san'atni tush ko'rish va nevroz o'rtasidagi oraliq joy deb tushuntiradilar. ... San'atkor xayol surgan narsalarini aytishga uyaladi. Uning bu holdan chiqishiga ijod qilish ko'rinishida oshkora xayol surishi yordam beradi. (Har qanday ijod namunasi qondirilmagan istaklarning xayoliy qondirilishidir.) "Freydizm va san'at" (35-bet) @larasinsight
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
Assalomu alaykum,qadrli yurtdoshlar! Globalashuv jarayoni ilg'orlashib borayotgan bir davrda hayotimizni IT sohasisiz tasavvur etish qiyin. Zamon bilan hamnafas yashaydigan va kelajakni ko'ra oladigan intiligent insonlar uchun biz o'zimizning online o'quv kurslarimizni taklif etamiz. Kurs davomida sizga ✅JAVA ✅KOTLIN ✅ANDROID ✅ALGORITHMS AND DATA STRUCTURES o'rgatiladi. Darslar haftada 3kun,telegram platformasida online tarzda, hoxshingizga qarab 📚INGLIS 📚 RUS 📚O'zbek tillarida bo'lib o'tadi. 📌 Bundan tashqari Germaniyada va Yevropaning qator davlatlarida IT sohasi bo'yicha bakalavr va magistiratura o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlarni ham o'qishaga tayorlaymiz. 📌Kursga qabul qilinuvchi o'quvchilar inglis tilidan xabardor bo'lishi kerak. 📌 Kurs yakunida imtixon qilinadi.Kimki yaxshi natija ko'rsatsa real proyektlarga qabul qilib ish va oylik maosh bilan ham taminlaymiz . ✅ Kurs haqida toliq malumot olish uchun telegram orqali @halloandroid ga murojat qilishiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
O'zim o'zimni jonimga tegib ketdim...
Hammasini ko'rsatish...
#day1 Inson xulq-atvorining asosiy jihatlari ong sohasidan tashqarida yotgan impulslar va mayllar tomonidan rasmiylashtiriladi va yo'naltiriladi. Mabodo, anglaniladigan bo'lsa, ular insonning katta qarshiligiga sabab bo'ladi. Anglanmagan kechinmalar ong tomonidan to'liq anglanmaydi, biroq ular insonlarning xatti-harakatlarini sezilarli darajada belgilab beradi. Zigmund Freyd (Anglanmaganlik primitiv instinktlarning ombori hisoblanadi. Bunda bir paytlar ong sohasida bo'lgan bolalikdagi chuqur ruhiy jarohatlar, yashirin dushmanona hislar, majburan so'ndirilgan jinsiy mayllar saqlanadi.) @larasinsight
Hammasini ko'rsatish...
Yaqindagi o'zim bilan bo'lgan voqealardan keyin O'zbekistonda qanday qilib pul topish mumkin yoki pul topayotganlar buni qanday oson uddalayotgani haqida o'ylab qoldim. Masalan, darajasi o'rta qatlamdan ancha yuqori, salohiyatli, qarashlari teran va mutaxassisligini gullatib qo'ygan shaxs uchun nega ba'zida o'ziga yoqqan ishni topish qiyin bo'ladi degan savol qiynaydi. Savolga javob berish uchun esa dastlab omma, ya'ni kimlarga xizmat ko'rsatyotganimizni aniqlab olishimiz kerak. Aholimizning katta qismini o'rta qatlam deb belgilaydigan bo'lsak, mana shu qatlamdan daromad ko'rishdagi hissa boshqa qatlamlardan balanddir. O'rta deb kimni aytyapman, o'z nomi bilan o'rta - maishiylashgan, o'rta fikrlaydigan (yoki fikrlamaydigan) odatiy o'zbek aholisi. Bu qatlam ehtiyojlarini qondirish oson va ular son jihatdan taqqoslaganda ko'p. Oson bo'lgani sabab ularga xizmat ko'rsatib daromad qilish imkoniyati ham yengil bo'ladi. Yana Maslou piramidasiga qaytaman. Piramida moddiy ehtiyojlar nuqtayi nazaridan ruhiy-psixologik pillapoyalarga qadam tashlaydi. Ya'ni bugungi kunda ko'pchilik intilayotgan ingliz tili yoki boshqa fanlarni o'rganish, universitetga kirish, diplom olish, til darajasini egallash, sifatli ovqatlanish, yohud chiroyli kafe yoki to'yimli ovqat, kiyim-kechak va dabdabali mashinaga intilish bularning bari birlamchi ehtiyojlar, aniqrog'i eskicha va isrofgarchilikka qurilgan o'zbek mentalitetidir. Umuman, ingliz tili, matematika yoki tarix bo'lsin, o'zbek jamiyatida bularning barchasi boshlang'ich - "primitiv" darajaga (maqsadga) yo'naltirilgan. O'zbek universitetga kirish uchun mazkur fanlarning asosini o'qishi mumkin, lekin keyinida undan nimadir chiqarishga urinmaydi. O'zbek sizni universitetga kiritish yoki IELTS olib berish uchun o'qitishi mumkin. Lekin universitetdan keyin o'qitmaydi. Chunki fundamental bilimni berish oson, ammo ana shu bilimdan natijani chiqarib berish uzoq muddatni va yondashuvni talab qiladi. Natija bu universitetga kirish emas, balki fundamental bilimni rivojlantirish va nimanidir o'ylab topish. Ba'zida mazkur natija so'zi "yodlash" jarayoni bilan uqtiriladi. Xo'p, ta'lim sohasidan uzoqlashib, maishiy xizmatlar turkumiga to'xtalamiz. Oddiygina ovqatlanish tizimida xizmat ko'rsatish orqali nashriyot yoki matbuotga qaraganda ko'proq daromad ko'rish mumkin. Yozuvchi daromadi ko'p emas, chunki katta qismni tashkil qilgan o'rta qatlamda unga bo'lgan talab mavjud emas. Yozuvchi daromadi ko'p bo'lishi mumkin, qachonki u omma saviyasiga mos bo'lgan matnni yaratsagina. Bu esa rivojlanishdan to'xtash yoki o'tmaslashish demakdir. Yuqoridagi savolga qaytamiz. Kimga xizmat ko'rsatyapsiz?.. Muvaffaqiyatli loyihalar auditoriyasi bilan bir qiziqib ko'ringchi, ko'pchiligi o'rta daraja uchun, ko'p sonli omma diqqatini o'zida ushlab qolish uchun yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki bu auditoriyani boshqarish va u bilan pul topish oson. Xop, men yuqoridagi bilan bu jarayonni qoralash niyatidamasman. Daromad qilish vaziyat taqozosidan kelib chiqadi va bu uchun boshqa birovni tanqid qilish xatodir. Realist ko'zi bilan qaraganda jarayonning sababchisi ko'plab faktorlarga bog'liq. Iqtisodiyot, siyosiy tuzum, boshqaruv va shundan kelib chiqib omma iste'mol qiladigan ma'lumotning ko'pchiligi standartlashtiriladi. Bu qobiq ichida ommadan qandaydir o'zgacha bo'lgan tashabbusni kutish va undan nolish ham asossiz. Biroq omma uchun ishlashni xohlamayman. Aynan shu narsa hozir men uchun dilemma... @larasinsight
Hammasini ko'rsatish...
Mani odamlarim degradatsiya nimaligini yaxshi bilishadi).
Hammasini ko'rsatish...