Javohir Berdiyev | IT
Kanalga Telegram’da o‘tish
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Ko'proq ko'rsatish6 575
Obunachilar
-624 soatlar
-367 kunlar
-21730 kunlar
Postlar arxiv
Tarbiyani ta'limdan ustun qo'ygan murabbiy bilan suhbat
Barchamiz intiqib kutgan Ramazon oyining kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shunday ekan, an'analardan biroz chetlashgan holda sizlarni loyihamizning payshanba kuni namoyish etiladigan maxsus Ramazon sonini ko'rishga chorlab qolamiz! 😊
📌 Ushbu 23-suhbatimiz mehmoni, tarbiyachi hamda "Sakinat" oila maktabi ta'sischisi — Ikrom Sharif bo'ldilar. Suhbat davomida spikerimiz yoshlar tarbiyasi, ilm olishda ustozning o'rni, korrupsiya, adolat, din, ta'lim, insonlar bilan munosabat, oila, jamiyatdagi muammolar kabi keng mavzularga to'xtalib o'tdilar.
Bugun, soat 20:30 da bo'lib o'tadigan suhbatimizni o'tkazib yubormang. Ishonamizki, mehmonimiz bilan bo'lgan maxsus Ramazon soni sizlarga, albatta, manfaatli bo'ladi.
🌙 Kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin!
Havola: https://youtu.be/1K2EbBZ_lxg
Repost from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 5-dars Amaliyot
Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda
✅ @webdev07
🔴 Agar birov seni deb boshqaga xiyonat qilsa, u bilan do‘stlashma, ertami-kechmi boshqa birov uchun senga ham xiyonat qiladi.
🔵 Hech qachon sabringni yo‘qotma, bu eshikni ochuvchi so‘nggi kalitdir.
🔴 Yashash uchun arziguli narsa uchun o‘lishadi.
🔵 Do‘stlar va sevimli kishilarni sinamang, ular baribir sinovga bardosh bera olmaydilar.
🔴 Sevgi, bu bir-biriga qarash emas, balki birgalikda bir tomonga qarashdir.
🔵 Qalb bilangina ko‘rmoq mumkin, ko‘z bilan asosiylarni ko‘rib bo‘lmas.
🔴 Haqiqiy muhabbat evaziga hech narsa kutmaslikdan boshlanadi.
🔵 Barcha katta yoshdagilar qachonlardir bola bo‘lganlar, faqat bu haqida hammalari ham eslamaydilar.
🔴 Rejasiz maqsad- bu shunchaki orzu!..
🔵 Borish muhim! Biror joyga yetib kelish emas, zero, biz faqat o‘limga yetib kelamiz, xolos.
🔴 Muvaffaqiyat ko‘pgina omadsiz harakatlar natijasida tug‘iladi.
🔵 So‘zlar bir-birini tushunishga xalaqit beradi, xolos.
🔴 Kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, lekin unga yo‘l qo‘yish mumkin.
🔵 Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegadi.
🔴 Boshing oqqan tomonga ketaverganing bilan uzoqqa ketolmaysan.
🔵 Kattalar raqamlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular hech qachon asosiy narsa haqida so‘ramaydilar.
🔴 Dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi-da.
🔵 Axir, gullar judayam zaif, oqko‘ngil bo‘ladi-ku. O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek.
🔴 Osongina fosh bo‘lishing muqarrar vaziyatda yolg‘on gapirmoq- borib turgan ahmoqlikdir.
🔵 Og‘izdagi so‘zga emas, amaldagi ishga qarab baho berish kerak.
🔴 Qirollar dunyoga jo‘ngina qaraydilar- ular uchun jamiki odam- fuqaro.
🔵 Har kimdan qurbi yetadigan narsani talab qilish kerak.
🔴 O‘zingni tergash, sud qilib hukm chiqarish o‘zgalarni sud qilishdan ko‘ra ming karra qiyinroq. Agar o‘zingni to‘g‘ri sud qila olsang, demak chindan ham donishmand odam bo‘lib chiqasan.
🔵 Izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo‘lib ko‘rinadi.
🔴 Qirollar hech kimga egalik qilolmaydi. Ular faqat hukmronlik qiladi.
🔵 Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan...
🔴 Hozir odamlarning biron narsani bilishga vaqti qolmagan.
🔵 Guling senga shuning uchun ham qadrliki, unga ko‘nglingni bergansan.
🔴 Kimniki qo‘lga o‘rgatgan bo‘lsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan.
🔵 Faqat bolalargina nima izlab yurganini bilishadi.
🔴 Eng asosiy narsa- ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsa.
🔵 Ko‘ngil ko‘zi bilan izlash lozim.
📌 Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati xalq!!!
“KICHKINA SHAHZODA”
📹Kim aldasa bizdan emas.
Ilm yo'lida bo'lganlar eshitsin
Osmondagi bolalar video 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
✅ @javohir_webdev
CHARLI CHAPLIN HIKMATLARIDAN
💠 Komediya suratga olish uchun menga park, polisiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.
💠 Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
💠 Men siyqasi chiqqan mavzudan qo‘rqmayman. Hayotning o‘zi to‘lasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va o‘lamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qo‘yamiz.
💠 Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.
💠 Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar.
💠 Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi.
💠 Tabassumsiz kun – yo‘qotilgan kun.
💠 Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
💠 Men kambag‘allikda hech qanday joziba yoki ibrat ko‘rmayman. U menga hech narsani o‘rgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
💠 Hamma gap samimiyatda. Chol banan po‘chog‘iga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bo‘lsa, miriqib xoxolaymiz.
💠 Mening og‘rig‘im kimningdir kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir og‘rig‘iga sabab bo‘lmasligi kerak.
💠 Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.
💠 Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.
💠 Hayot repetisiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yig‘lang, raqsga tushing, kuling va qo‘lingizdan kelganicha yaxshi yashang.
Orif Tolib tarjimasi
«Yoshlik» jurnali, 2016 yil, 9-son
Repost from Javohir Berdiyev | IT
Javascript yoki Python qay birni o'rgansak yutqazmaymiz 😎
✅ @javohir_webdev
ШҲТ халқаро ярим марафони – Тошкентда илк бор 🇺🇿
————
Международный полумарафон ШОС – впервые в Ташкенте 🇺🇿
Hamma go'zal odamlar yaxshi bo'lmasligi mumkin, Lekin hamma yaxshi odamlar go'zaldir 😊
Ali roziyallohu anhu
✅ @javohir_webdev
Repost from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 4-dars Redux-toolkit haiqda
Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda
✅ @webdev07
Nima uchun ko'pincha yozish uchun qalam ishlataman, chunki qalam ishlatsam xato qilishdan qo'rqmayman 😊. Bu meni tez ishlashimga yordam beradi.
Ba'zida hayotda xato qilishdan qo'ritadigan yoki kuladigan odam( yoki narsalar) bo'ladi, menimcha shunchaki ulardan uzoqlashish kerak. Chunki xato qilmagan odam hech nima qilmangan odamdir )
✅ @javohir_webdev
🔥Taniqli dasturchi Lazizbek Adhamov
#Internet loyihasidagi nutqida yoshlarga qaysi kasbni egallashdan qat'iy nazar, qo'shimcha dasturchilikni ham o'rganishni tavsiya qildi. O'z yo'nalishini dasturchilik bilan integratsiya qilish kelajakda eng zarur omilga aylanishini ta'kidladi.
Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
IT bo’yicha Amerikacha ta’lim😎
O‘zbekistonda Silikon vodiysining o’qiv dasturi bo‘yicha ta’limning yangi formati.
26-mart “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyuring. Biz sizga o’quv dasturi haqida batafsil ma’lumot beramiz va dasturlashni qulay o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan joy bilan tanishtiramiz.
1 kun ichida IT olamiga sayohat qiling va asosiy kurs uchun 10% chegirmaga ega bo‘ling❗️
*Chegirma 26 martdan 28 martgacha amal qiladigan offlayn uchrashuvda qatnashgan ishtirokchilarga taqdim etiladi🤩
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola;
form.astrum.uz/openday
🌐 Telegram | Instagram
You can learn any coding language in just a few days once you know these five things 😊
✅ @javohir_webdev
Kitob oʻqish qiyinmi?
Yoʻq, 2 soat kitob oʻqish hech kimni oʻldirmaydi. Bu juda oson. Lekin har kuni kitob oʻqish juda qiyin. Qanday qilib har kuni kitob oʻqishni shakllantirish mumkin?
1. Nafsga yengil boʻlgan kitoblardan boshlang. Islomga oid bilimingiz koʻp boʻlmasa, darrov aqida yoki fiqh emas, balki, islom odoblari yoki siyratga oid kitoblarni qunt bilan oʻqing.
2. Boshlanishiga bir kunda 50 bet kitob oʻqishingiz shart emas. Bu sizni ruhan charchatadi. Avvaliga juda kam betdan boshlang. Bir bet oʻqisangiz ham har kuni oʻqing. Sekin-sekin varaqlar sonini oshirib boring.
3. Kitobni iloji boricha tahoratli holatda oʻqishga urining. Ilmni hurmat qiling. Shundagina ilm sizga yuqadi va barokatli boʻladi (Hozir shu odatni shakllantirish ustida ishlamoqdaman)
4. Qancha kitob oʻqigan boʻlsangiz ham kitobni yopib, yarim soatdan soʻng oʻqiganlaringizni takrorlashga harakat qiling. Oʻzingizga gapirib bering. Kitobni bir umr eslab qolishingiz shart emas, oʻzingizga kerakli vaqtda eslab olishingiz shart.
Shu qoidalarga amal qilib oʻzingizda kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz mumkin.
P.s Oxirgi martda qaysi kitobni oʻqigansiz? Hozir-chi hozir qaysi kitobni oʻqiyapsiz?
🌐 @Insaf_Aliev_Blog
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
