cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MAKTABuz | Rasmiy kanal

Reklama: https://t.me/EduRek/16 Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston540Til belgilanmaganTaʼlim826
Reklama postlari
113 164
Obunachilar
+10 10224 soatlar
+8 4977 kunlar
+4 23330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️ Mingdan oshiq o'qituvchi 5,7 mln so'mdan ustama oladi ▪️ Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan o'qituvchilar ro'yxati chiqdi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (1 baravari — 1 mln 50 ming so'm) har oylik ustama toʻlab boriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👏 6 1
⚡️ So'nggi qo'ng'iroq uchun o'qituvchilarga qimmat sovg'a uchun pul yig'ish taqiqlandi 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol…

👍 16😱 2
⚡️ Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi. Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Lekin regulation.gov.uz sayti serverlari javob bermayotgani uchun izohlarni o‘qish imkoni bo‘lmadi. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
⚡️ Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Kutubxona xodimlari qancha ustama olishlari mumkin? ▪️Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 8😁 1
⚡️Maktab bitiruvchilari bog'chada ishlashi mumkin ▪️ Hukumat qaroriga ko'ra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi. Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 15👎 2👏 1🤯 1
⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi. Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
MAKTABuz | Rasmiy kanal

Reklama:

https://t.me/EduRek/16

Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz! © Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

👍 10 2 1
⚡️ Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1🤯 1🤣 1
⚡️Rasman: O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. @MAKTABuz | Rasmiy kanal👇 https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3