cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali Murojaat uchun: t.me/tosh_vil_maslahat Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56 Sayt: soliq.uz Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 905
Obunachilar
-2024 soatlar
-9487 kunlar
-1 36030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar 2024- yil yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 178 tani tashkil qildi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 143,5 %ni tashkil etdi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Yuqori Chirchiq tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi oshib bormoqda 2024- yilning yanvar-may oylarida Yuqori Chirchiq tumanida 1 147,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,5 %ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlariishlab chiqarish hajmi 8,2 mln. so‘mga yetdi.
Hammasini ko'rsatish...
#hayat Hayʼat majlisi: I yarim yillik yakuni va III chorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgialb berildi. Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi. Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi. Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi. Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi. Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda. “DSB maʼmurchiligi” (korxonabay) 2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi. Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi. “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay) Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi. Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi. Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hammasini ko'rsatish...
02:56
Video unavailableShow in Telegram
# Obod mahalla ~ obod xonadon ZANGIOTA_TUMANI_O‘RIKZOR_MAHALLASIDA_BUNYODKORLIK_ISHLARI_AVJIDA.
Hammasini ko'rsatish...
58.64 MB
Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Toshkent soliq texnikumi o‘quvchilari uchun “ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi 🔹Tadbir avvalida o‘quvchilar boshqarma faoliyati, tizim xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. ‼️Barqarorlik reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi toifalarga ajratilishi, natijalari esa Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakillantirilishi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi tushuntirildi. ❇️Aytish kerakki, mazkur tadbir o‘quvchilarning davlatimiz soliq siyosati, soliq tizimi haqidagi tushunchalari, soha faoliyatiga oid bilimlarini boyitishga yordam beradi. Qolaversa, ularning kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. ✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Toshkent soliq texnikumi o‘quvchilari uchun “ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi 🔹Tadbir avvalida o‘quvchilar boshqarma faoliyati, tizim xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. ‼️Barqarorlik reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi toifalarga ajratilishi, natijalari esa Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakillantirilishi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi tushuntirildi. ❇️Aytish kerakki, mazkur tadbir o‘quvchilarning davlatimiz soliq siyosati, soliq tizimi haqidagi tushunchalari, soha faoliyatiga oid bilimlarini boyitishga yordam beradi. Qolaversa, ularning kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. ✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-iyul iyun oyi uchun: - banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividend va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslar foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 2-qism); - natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi). _________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️5 июля 2024 года - последний день июнь: - перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов) (ч.2 ст.355 Налогового кодекса); - уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.