53-DIUM RASMIY
Kanalga Telegram’da o‘tish
639
Obunachilar
+124 soatlar
-117 kun
-2230 kun
Postlar arxiv
+4
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10- G sinf oʻquvchilari oʻrtasida sinf rahbari M.Mirzarahimova bilan hamkorlikda " Mart oyi qishloq xoʻjaligi kasblar oyligi" doirasida " Mening tanlovim" mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Maqsad: oʻquvchilarni qishloq xoʻjaligiga oid kasblar va uni jamiyatdagi oʻrni haqidagi bilimlarini oshirish.
Psixolog: N.Sharipova
53-maktabda tashkil etilgan “ Mohir qoʻllar” toʻgaragidan fotolavhalar
Mavzu: Momiq simdan tungi chiroqlar yasash
Toʻgarak rahbari: M.Turgʻunova
+7
53-maktabda tashkil etilgan “ Sehrli matematika” toʻgaragida ochiq toʻgarak mashgʻuloti tashkil etildi.
Mavzu: Romb va uning xossalari
Toʻgarak rahbari: Sh.Usmanova
+4
53-maktabda 8-sinflar o‘rtasida matematika fanidan “Math Challenge” nomli qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘quvchilarning matematik bilimlarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Bellashuv davomida o‘quvchilar 7 ta shart asosida o‘zaro bahslashdilar:
1. Tezkor savol-javob
2. Raqamni topish
3. Ko‘z bog‘lagich
4. To‘g‘ri tanla
5. Mantiqiy savollar
6. Matematikaga hissa qo‘shgan allomalarni ingliz tilida ta’riflash
7. Topishmoqni top
Bellashuv juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. O‘quvchilar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etib, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham namoyish qildilar. Tadbir yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, rag‘batlantirildi.
+6
Ёшлар учун очиқ имкониятлар эшиги
Бугун “Ёшлар куни” доирасида Чортоқ тумани прокурори Зуҳриддин Бойзоқов ташаббуси билан туман прокуратурасида “Очиқ эшиклар куни” тадбири ташкил этилди.
Унда фаол, ташаббускор ҳамда келажакда прокуратура органларида хизмат қилишни мақсад қилган бир гуруҳ ёшлар иштирок этди.
Тадбир давомида ёшлар прокуратура органларининг вазифа ва ваколатлари, ходимларнинг кундалик иш фаолияти, қонун устуворлигини таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишдилар. Улар иш жараёнларини бевосита кузатиб, ўзларини шу масъулиятли соҳа вакили сифатида тасаввур қилиб кўриш имконига эга бўлдилар.
Самимий мулоқот чоғида прокурор Зуҳриддин Бойзоқов ёшларга ҳуқуқшунослик соҳасида муваффақият қозониш учун пухта билим, юксак маънавият, ҳалоллик ва ватанпарварлик фазилатлари зарурлигини таъкидлади.
Шунингдек, уларга келгусида мақсад сари қатъият билан интилиш, билим ва кўникмаларни изчил ошириб бориш юзасидан тегишли тавсия ва маслаҳатлар берилди.
Бундай очиқ мулоқотлар ёшларда ҳуқуқий онг ва маданиятни юксалтириш, уларнинг касб танлаш борасидаги қарорларини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этади. Энг муҳими, бу каби ташаббуслар ёшларнинг орзу-интилишларини қўллаб-қувватлаш, уларни юрт келажаги учун масъулиятли ва фидойи кадрлар этиб тарбиялашга хизмат қилади.
Чортоқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
+9
3- v sinfda "Giyohvandlik asr vabosi" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.Oʻquvchilarga giyohvandlikning salbiy illat ekanligi,uning oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
+9
1-v sinfning ,,Chiroyli yozuvʼʼ toʻgaragidagi ochiq toʻgarak mashgʻulotidan fotolavhalar
+5
Yoshlar kuni munosabati bilan 2-"A" sinfda xorijiy til sertifikat va milliy sertifikatlar olgan oʻquvchilar Madaminjanova Rayhona va Akramjonov Boburjon bilan uchrashuv oʻtkazildi.
+8
1-"G" sinfda tashkil etilgan "Chiroyli yozuv" ochiq to‘garak jarayonidan fotolavhalar.
+5
5- b sinf oʻquvchilari bilan birgalikda 5 tashabbus doirasida kitobxonlik savodxonligini oshirish maqsadida uzlari mutolaa qilgan asarlaridagi qahramonlari haqida maktab kutubxonachisi Azizova X va sinf rahbari N. Dedamirzayevalar ishtirokida davra suhbati bulib utdi. Suhbatda oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan juda kup asar badiiy qahramonlarning ijobiy fazilatlariga tarif berib, fikr almashishdi.Keyingi muhokama uchun X.Toʻxtaboyevni “Sariq devni minib” asari berildi.
+9
7- sinflar o'rtasida kimyo,biologiya,fizika,geografiya, fanlariga oid topshiriqlar asosida "Tabiiy fan bilimdoni" intellektual bellashuv tashkil etildi.Ushbu bellashuvda har bir ishtirokchi individual salohiyatiga ko'ra o'zaro bellashdilar.Musobaqa natijasiga ko'ra
1-o'rin Mahamadaliyev Shoxjahon
2-o'rin Olimjanov Qosimjon
3- o'rin Hoshimjanova Ziyodaxon.
Ushbu intellektual musobaqa o'quvchilarda olgan bilimlarini amalda ifodalash ko'nikmasini shakllantirib ,juda yaxshi taasurot qoldirdi.
+9
5-A,B,V sinflar o'rtasida Informatika fani bo'yicha "Computer sciense" deb nomlangan qiziqarli shartlarni o'z ichiga olgan bellashuv tashkil etildi. Ushbu bellashuvda har bir sinf ishtirokchisi ham individual ham jamoaviy tarzda o'zaro bilimlarini sinashdilar. Ushbu bellashuvda har bir sinfdan 5 nafardan ishtrokchi tanlanib jamoa tashkillandi. Bellashuv natijasiga ko'ra
1-o'rin 5-V sinfga
2-o'rin 5-B sinf
3- o'rin 5-A sinf o'quvchilariga nasib etdi.
Ushbu musobaqadan ko'zlangan maqsad o'quvchilar bilimlarini mustahkamlash va aniqlangan bo'shliqlar ustida yana qayta ishlashdan iborat. O'quvchilarga ushbu musobaqadan olgan bilim malakalarini amaliyotda ham qo'llashlari kerakligi aytib o'tildi.
+5
Chortoq tumanidagi 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8- A sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Mart oyi - qishloq xoʻjaligi kasblar oyligi" munosabati bilan oʻquvchilarni kasb - hunarga yoʻnaltirish maqsadida sinf rahbari N.Rahmatova bilan hamkorlikda "Tanlagan kasbim- kelajagim poydevori " mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Maktab psixologi: N.Sharipova
+2
#Bir oyda bir kitob loyihamiz davom etadi.Bu safargi mutolamiz
O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari"qissasi bo'ldi.
“Dunyoning ishlari” qissasida muallif o‘z bolalik xotiralari orqali ona mehrini, oilaviy qadriyatlarni va insoniylikni tasvirlaydi. Asar bir nechta kichik hikoyalardan iborat bo‘lib, ularning barchasini ona obrazi birlashtirib turadi. Qissada onaning farzandlari uchun qilgan mehnati, sabr-toqati va mehr-muhabbati juda samimiy tasvirlangan.
Asarning asosiy g‘oyasi:
Ona mehrining buyukligi
Ota-onani qadrlash
Oddiy hayotdagi insoniy fazilatlarni ulug‘lash
Bu asar o‘quvchilarga ota-onani hurmat qilish va mehr-oqibatli bo‘lish kerakligini eslatadi.
G'olib o'quvchilar aniqlandi va navbatdagi kitobimiz O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"asari
7-"A" sinfda fizika fanidan
" Tabiatda elektr hodisalar" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi
