cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sevgi hikoyalari ♥️⛓

Kanalimizga xush kelibsiz☺️ 💞Baxtli💞 🥀G'amli🥀 😅Kulguli😅 💌Hayotiy Hikoyalar Kanali😇 Kanalda hikoya joylash 📝 Taklif...🤝 Shikoyat...👊 Va boshqa narsalar uchun CREATOR : @Mr_Numonov

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 743
Obunachilar
-824 soatlar
-227 kunlar
-11430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bir muammo chiqdi... Kechadan beri o'ylab boshim og'rib qoldi🤦🏻‍♀ Samiraga mos kasb kerak😶‍🌫 Uni xarakteriga mos kasb topolmayapman. Yordam bervoringlaree😫 #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 4 qism -Axmoqmisan, sen...qaysi aql bilan buni qilding? Qancha zarar keltirganingni tushinyapsanmi? -Tilingizga ehtiyot bo'ling, meni ish joyimda noqonuniy ishlar olib bormang degandim. Meni ish joyim sizga yallo qiladigan maskan emas, kirli qo'lingizni meni ish yerimga suqmang degandim -Bu oilamiz uchun axir -Qanaqa oila? Dadam bilan botqoqlikka botirgan oilangizmi? -Ilhom, sen...Seni men... jinni qilasan oxiri. Jin ursin hammangni qancha zarar keltirganingni tushinyapsanmi menga? -Baqirmang menga, men oldingizda turibman -Axmoq bola sen.. -Menga baqirmang deyapman😡hamma narsani botqoqlikka botirib bo'lgandinglar dadam ikkingiz. Mendan ham foydalanmoqchi edingiz. Siz...siz qanday odamsiz? Meni ish joyimga ham joylashtirmoqchi bo'lgansiz ularni. Aslida meni jinni qiladigan siz... -To'g'ri gaplash men bilan, men seni do'sting emasman akangman -Tupurdim bunaqa akalikka tushunarlimi? Tupurdim hammasiga, jonimga tegding hammasi Ilhom baqirgancha stolga urib jahlidan tushishga urinayotganda telefoni jiringlashni boshladi. Telefonini o'chirib qo'ygach Doston ukasiga yaqin kelib gap boshladi -Kim edi u? -Sizga hisob beramanmi? Ishingiz bo'lmasin Ilhom jahl bilan tashqariga chiqdida telefonni ko'tardi. -Alo -Alo assalomu alaykum -Va alaykum assalom -Men Samiraman -Ha... (Ilhom telefonni yopib bir yo'talib oldida so'ng gapida davom etdi) Ha, eshitaman. Biror muammo chiqdimi? -Yo'q. Haligi...menda hamyoningiz qolib ketibdi. Qanday bo'ldi bilmayman, uyga kelganda ko'rib qoldim -Aytgancha men ham endi izlay boshlagandim. Demak senda ekanda..? -Ha shunaqa. Agar juda zarur bo'lmasa erta ishdan chiqib beraman sizga -Kel bunaqa qilamiz... -Kim bilan gaplashyapti u buncha shaqshayib? -Bilmadik -Xurshid, menga yolg'on gapirmang -Rost bilmaymiz xo'jayin🙁 Doston ukasini kulgancha telefonda gaplashib turganiga uzoq tikilib turdida so'ng stolini bir chetida turadigan sharoblaridan birini olib stakaniga quydi. -Kelishdikmi? Ertaga ishga borib menga lokatsiyani tashlasang o'zim borib olaveraman. Ovvora bo'lmaysan -Agar, sizga shu qulay bo'lsa mayli🙂 -Axa, unda ertaga ko'rishamiz. Mayli hayrli tun -Rahmat, sizga ham hayrli tun -Rahmat Ilhom telefonni o'chirdida qo'lida telefonini o'ynab kulib ichkariga kirdi. Ammo xonaga kirishi bilan yuzidagi kulguni yashirdi. -Qayerda qolgandim? -Boshidan boshlaylik yaxshisi? -Qo'ying unaqa qilsak, qurollar ham aralashishiga to'g'ri keladi🙂‍↔️ -Ilhom🤬 -Men keta qolay, jahliz chiqib qurolingizni izlab qolmang yana. Qolganini yana shu mavzu ochilsa gaplashamiz. Meni tushindiz manimcha Ilhom chiqib ketgach ortidan Xurshid va Ali ham chiqib ketishdi. Doston esa eshik yopilishi bilan qo'lidagi stakanni eshik tomon uloqtirdi. Pastda o'tirgan Gulsora ovozdan qo'rqib o'rnidan turib ketdi -Yanga hotirjam o'tiravering, meni alamimni nimadan olishni bilmayapti😁 Ilhom qahqaha otib uydan chiqib ketgach Sora uni ortidan hayron bo'lib qarab qoldi ............... -Aka, boya yangamiz bilan gaplashdingizmi? -Ha, qayerdan bilding? -Bilmay o'libmizni boshliq, siz o'zi bu kunlarda faqat yangamiz bilan kulib gaplashyapsiz, shunga xo'jayin ham hayron qoldi -Akammi? Doston akam nima dedi? -Xurshiddan Kim bilan gaplashayotganizni so'radi -Xo'sh? -Xurshid ham yangamiz dedi -Vay sizlarni kallalaringizni.... -Hazillashyapti aka, aytmadim -Ikkingizni ham yo'q qilib yuborardim agar -Nega yashiryapmiz o'zi aka? -Doston akam bilsa buni yaxshi qarshi oladi deysizmi? Samira akamni bilsa qay holga tushadi? Hali o'zim bir tuzuk munosabat qurmaganman u bilan... hali biron narsa boshlamasimdan tugatish niyatida emasman Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
🤗 21👍 6 4 3🥰 1😍 1
Aktivlik juda pastku meni xafa qilyapsizlar🙁 #Miss_ShnAz
Hammasini ko'rsatish...
🤗 19👍 3 2 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 3 qism -Qanaqa odam ekan masalan? -Masalan...mafiya kabi -Mafiya? Mafiyami?😂. Bugun kayfiyatim uncha yo'q edi, qara, hozir 100 bo'ldi. Mafiya qolibdimi hozir? -Unda qanaqa odam? -Oddiy odamman va hatto yashashi ozroq havfli -Havflimi? -Sizlarni qarashlaringiz bilan qaraganda havfli. -Sizlarnnimi? Sizlar demaganiz ma'qul menimcha. Men shu yoshgacha ancha havfli narsalarni ko'rdim shukr -Shu yosh deyapsan, yoshing nechchida? -Yoshim...24 da -Hah, mendan 3 yosh kichik ekansan. -Atigi 3 yosh Samira Ilhom olib kelib bergan stakandagi choyidan bir xo'plab kulib yubordi. Ammo bu safar asabdan kulgani kundek ravshan edi. -Singling...u bilan yaxshi chiqisha olmaysan manimcha? Ya'ni...oilangizga aralashish niyatim yo'q shunchaki.. -Men 21 yoshda ekanimda oxirgi marta uchrashdik. So'ng faqat pul so'rab telefon qilardi. Ya'ni bizni munosabat faqat pul va moddiy taraflama bo'lib qoldi. Oxiri pul bermayman deganimda janjallashib qoldik. Telefonda unga baqirgach...xullas hozir mana shu ahvolda -Bunda o'zingni ayblamayapsan har holda. -Yo'q...aybdorlik hissini avvaldan boshlagandim shundoq ham. Doktor chiqib Malikani o'ziga kelganini aytgach Samira ichkariga kirdi. Ilhom eshikdan opa-singilni kuzatib turardi. -Malikam, yaxshimisan? -Sizga yuk bo'lishni istamagandim😭. Hayotingizdan chiqmoqchi edim, sizga yaxshi bo'lar degandim -Nimalar deyapsan? Sensiz nima qilaman men? Sen mening yagona oilamsin axir. Yuk bo'lish degan narsani qayerdan olding axmoq qiz Samira singlisini quchoqlab yig'lay boshlagach Ilhom borib joyiga o'tirdi. 2 soatcha vaqt o'tgach Ilhom o'rnidan turib palata eshigini ochdi. Samirani Malikani oldida o'tirib uxlab qolganini ko'rdi. Ichkariga kirib kostyumini yechdida Samirani ustiga yopib derazani yopib qo'ydi. Biroz ichkaridagi o'rindiqda o'tirib Malika va Samiraga tikilib turdi so'ng turib tashqariga chiqib ketdi. Malika qo'lini qimirlatayotganda Samira uyg'onib ketdi. Ko'zini ochishi bilan singlisini uxlayotganini ko'rdi so'ng ustidagi kostyumni payqab atrofga qaradi. Kun yorishganini ko'rgach o'rnidan turdi. Kostyumni olib tashqariga chiqdi, so'ng esa yo'lakda xamshiradan boshqa hech kim yo'q ekanini ko'rib qaytib kirdi. Deraza oldiga bordida so'ng kostyumga qarab kulib qo'ydi. -Xush kelibsiz uyga, kichik janob -Xush ko'rmagan bo'lsam ham rahmat -Qayerda eding shuncha vaqt? -Ishlarim bilan edim. Biror muammo bormi? -Muammo? Muammo hozircha yo'q agar sen biror muammo... -Meni o'zizga o'xshatmayapsiz deb umid qilaman akajon -Ustingni alishtirib tush sen bilan gaplashib olishimiz kerak. -Tusholmasam kerak, rosa uyqim kelyapti. Siz ertachidan nimaga uyg'oqsiz? Qilgan ishlarizga tongdan tavba qilmoqchimisiz nima?😅 -Juda kulguli😊 -😁Tavba qilguncha dadamni ham qo'shib qo'ying. Oz bo'lsada do'zahni olovidan azob chekishlari kamayar balki -Ilhom🤨 -Hazillashdim😇 Ilhom achchiq gaplari bilan akasini jahlini chiqarib bo'lib xonasiga kirib ketdi. .............. -Xurshid tushinmayapsanmi deyman? -Aka, tushindim nima demoqchi ekanizni ammo... -Hammasini yoqing deyapman tag-tugi bilan yo'q qiling. Tushunarlimi? -Xo'p boshliq Xurshid tashqariga chiqib ketgach Ilhom stolida turgan stakanini jahl bilan qattiq siqdi. Shisha stakan dosh berolmay sinib ketgach, Ilhomni qo'liga siniq bo'laklari kirib qonatib yubordi -Aka... -Nima bo'ldi? -Yanga kelibdi -Qanaqa yanga? -Nima deganiz u 10 ta yangamiz bormi? -Samirami? Ilhom tezda o'rnidan turdida qo'lidagi siniqlarni stolni ustiga tashladi. -Iya qo'lingiz...😳 Ilhom qo'lidagi qonni ro'molchasiga artib, xonadan chiqib ketdi. Samirani mehmonxona eshigi oldida ko'rgach yuziga tabassum yugurdi. Samira ortga qaragach Ilhom yana jiddiy yuz ifodasiga qaytdi. Va birdan qo'lida og'riq his qildi. -Ay... Samira jilmayib uni oldiga kelayotganini ko'rib joyida to'xtadi va qo'lini qattiq siqdi. Qo'lidagi qon sizib chiqib yerga tushgach Samira birdan buni payqadi. -Qo'lingizga nima qildi? Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
🤗 38👍 7 6 1🐳 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 2 qism -Aka, bu boyagi qizni yangang dedizmi? -Boshliq, nimaga jimsiz? -Yangang bo'ladi ha. -Hayt, bizni shahzoda sevib qolibdiku -Uxx og'ir bir yukdan qutularkanmizku🥹 -Haddingizdan oshsangiz tilingizni sug'urib... Ilhom birdan gapida to'xtadi "... og'zingdagi shu keraksiz tiling sug'irilib olinadi" hayoliga kelgan bu jumla Ilhomni yuziga tabassumni ifoda etgach oldidagi Xurshid va Ali unga qarab hayron qoldi. ............... Ilhom 1 haftacha uyga bormay ishlari bilan yurganda bir shartnoma kelishuvi bo'yicha, mehmonxonasiga kechgi ovqatga bordi. -Muammo chiqarmanglar eshitdinglarmi? Bu shartnoma qo'limdan ketsa aytib qo'yay hammangni kallangni olaman Ilhom shartnomani qayta o'qib chiqayotganda eshikdan kirib kelayotgan yangi hamkorlarini ko'rdi. O'rnidan turib kostyumini to'g'irlayotganda ular ortidan kirib kelgan Samirani ko'rdi. -Xush kelibsizlar -Xush ko'rdik, Ilhom -Qani o'tiringlar Ilhom hamkorlari bilan o'rniga o'tirayotganda Samirani yugurgancha lift tomon ketayotganini ko'rdi. Ilhom eshik tomonda turgan Xurshidga qarab Samira tomonga ishora qilgach Xurshid Samirani ortidan ketdi. Ilhom shartnoma ustida 5 daqiqacha gapirgach telefoniga xabar keldi. 📩Aka, bu yerda bir muammo bor. Kelasizmi yo o'zim... 📩Boryapman Ilhom Xurshiga xabar jo'natib o'rnidan turdi. -Uzr, 15 daqiqaga sizlarni yolg'iz qoldiraman. Ishim chiqdi, sizlar shartnomani yaxshilab ko'zdan kechiringlar ungacha -Axa, mayli bemalol Ilhom lift tomon ketayotganda ko'ylagini yuqori tugmasini va kostyumini old tugmasini yechib biroz yengillashib oldi. -Malika, meni eshityapsanmi? Eshikni och gaplashib olamiz -Tinchlikmi? -Siz..? Siz bu yerda nima qilyapsiz? -Mehmonxona egalaridan biriman men, o'ylama ortingdan kuzatib yurganim yo'q Samira Ilhomga boshdan oyoq nazar solib qarayotganda ichkaridan g'alati ovoz eshitdi. -M..Malikaa -Xurshid kalitni ber Xurshid cho'ntagidan hozirgina olib chiqqan kalitini olib Ilhomga uzatdi. Ilhom eshikni ochishi bilan ichkaridagi xonada bir qizni yerda yotganini ko'rdi. -Malikaaaa, singiljon Samira yugurgancha singlisini oldiga kirgach Ilhom nariroqda yotgan dori idishini ko'rib tezda qizni yurak urishini tekshirdi. -Jin ursin... -Nima..? Nima bo'ldi? -Yuvinish xonasiga olib kirish kerak Ilhom Malikani ko'tarib ichkariga olib kirib unitaz oldiga o'tirg'izdi. So'ng vannadagi suvni ochib oynali javonni ochib ichkaridan bir suyuqlik solingan idishni oldi. -Bu nima? Nima qilyapsiz? -Stakan uzat -Stakanmi? Samira stakan olib kelib Ilhomga bergach Ilhom suyuqlikdan stakanga solib ustidan muzdek suv soldi. -Bu nimaga? Nima qilyapsiz o'zi? -Singling hozir qayt qilib ichgan dorilarini chiqarmasa hayoti havfda qoladi. Ilhom stakandagini Malikaga ichirib stakanni Samiraga uzatdi. Samira qaltiragancha singlisiga qarab turganda singlisi boshini ko'tardi. -Ha yaxshi... Samira singlisini ahvolini ko'rib yig'lab yubordi. -Singling yaxshi bo'ladi tinchlan. Qayt qildi endi shifoxonaga olib borib oshqozonini yuvdirish kerak bo'ladi. -Siz bularni qayerdan bilasiz? -Unisiga qiziqma yaxshisi. Xurshid pastga tushib hamkor oldiga borib tur. Meni ishim chiqdi. -Ammo boshliq -pastga tush dedim -Xo'p ............... -Sizga katta rahmat, siz meni ham hayotimni saqlab qoldingiz Samira yig'lab Ilhomni bag'riga bosgach Ilhom ham uni sochlaridan ohistagina silab qo'ydi. Birdan Samira yoshlarini artib undan uzoqlashgach Ilhom kuldida yuzini boshqa tomonga burib oldi. 📩Boshliq, ish hal. Imzo qo'yishdi 📩Barakalla, shartnomani rasmlarini menga tashlab qo'ying keyinroq. Bugun borolmayman havotir olmanglar Ilhom yordamchilariga xabar yozgach palata oldidagi o'rindiqda o'tirgan Samirani oldiga borib o'tirdi. -Balki ozroq suhbatlasharsan. Sal yengillasharding -Suhbatmi? Sizni ishizdan olib qolmay. Ko'rinishingizdan katta odamga o'xshaysiz -Katta odammi? Qanaqa odam ekan masalan? -Masalan...mafiya kabi Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
👍 23 4🤗 3
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 2-fasl 1 qism Ilhom barda o'tirganda narigi tarafdagi kichik tortishuvga ko'zi tushdi. -Tushinmadim? -Do'stim bizni tinch qo'y yaxshisi -Sen biz bilan ichishga nima deysan? Yolg'iz bo'lmaysan boshqa qizlar ham bor Samira yigit ishora qilgan joyga qaradida miyig'ida kulib qo'ydi. Oldidagi Jasur esa kolasini ichib atrofga qarayotganini ko'rdida keyin yana o'sha yigitni yoqimsiz basharasiga qaradi. -Nima deysan? Pulingni oldindan kelishamiz istasang -Menga qara hoy it, meni tinch qo'y yaxshisi okey? -Ohoo tilingdan bol tomarkan, nozlanishing tugagach bizga qo'shilarsan😅. Og'zinga siqqanicha o'zim beraman qo'rqma Samira endi asabiy holda baland ovozda kula boshlagach qarshisidagi chekkaroq joyda o'tirgan Ilhom uni nima qilishiga qiziqib qarab turdi -Sen men bilan bekor o'ynashding Samira oldida turgan limonli sharbatini ichdida qadahni qarsillatib stolga qo'ydi -Samira..hey tinchlan -Tort qo'lingni Samira asabiy holda hozirgina gap otgan yigitni ortidan bordida yelkasidan turtdi. Yigit qo'lidagi shanpandan xo'plab ortga qarayotganda Samira bir kalla qo'yib uni yerga yiqitdi. -Menga qara, agar yana bir marta og'zinga egalik qilolmasang og'zingdagi shu keraksiz tiling sug'irilib olinadi. -Sen... Yigit qo'lidagi qadahni yerga tashlab jahl bilan o'rnidan turayotganda Samira oyog'i bilan boshiga zarba bergach yigitni burni yerga qattiq zarba bilan tegdi -Ayy burnim -Endi esa egangni oldiga borib akilla bu yerda o'ralashmay Samira qaytib keldida sumkasini oldi. -Samira, meni eshitmaysanmi? -Seni nimangni eshitaman? Aaa nimangni eshitaman? Lattaga o'xshab bir narsa deyolmading anavi itga. Menga bir narsalarni ming'irlayman deysan endi Samira sumkasidan bir miqdorda pul oldida qadahini tagiga qo'yib tashqariga chiqdi. Ilhom Samirani ishidan keyin kulgancha qadahida oz miqdorda qolgan apelsin sharbatini ichib tashqariga chiqdi -Aka, qayerga? -Boshliq nimadir bo'ldimi? -Siz shu yerda qoling Ilhom kostyumini old tugmasini o'tqazgancha tashqariga chiqayotganda barni eshigi oldida Samirani ikkita yigit bilan ko'rdi. -Tushinmayapsanmi? Bor nariroqqa deyapman -Buncha asabiylashasan? -Menga qara senga odamga o'xshab tushintiryapman -Buncha o'zingni olasan-a? Yigitlardan biri Samirani qo'lidan ushlashga urinmoqchi ekanda Ilhom chiqib qoldi. -Khm,khm Ikki yigit ham ortga qarab Ilhomni ko'rib tezda indamay ichkariga yugurib kirib ketdi. Samira buni ko'rib Ilhomga boshdan oyoq nazar solib keyin enasasini qotirdi. -Bu nima qiliq endi? -Ko'ppaklarizni bir qarash bilan ichkariga kirgiztirib o'zizni qahramon qilib qo'yayapsizda endi -Iya ana, unaqa narsa hayolimga kelmagandi hali -Ha demak, boshqacha fikr kelgan bo'lgan ekanda -Shunchaki chekishga chiqqandim. Ilhom cho'ntagidan sigaretini chiqargach narigi cho'ntagiga gugurt uchun qo'l suqdi. Ammo chekmaydigan odamda gugurt nima qilardi?😅 -Eh... Samira sumkasidan yondirgichini chiqarib Ilhomni og'zidagi sigaretga tutdi. Sigaret tutay boshlagach Samira chaqirgan taksi keldi. -Qiz bolani oldida chekish yaxshi emasdi ... -Ilhom -Tushinmadim? -Ismim Ilhom -Samira🤝 Samira taksiga chiqib ketgach Ilhom uni ortidan qarab qoldi. Biroz o'tib og'ziga o'tib ketgan sigaret tutunidan yutalib sigaretini ham otib yubordi. -Boshliq, nima qilyapsiz bu yerda? U qiz kim edi? -Iya aka, meni sigaretim sizda nima qilyapti? -Yangang u. Ilhom qo'lidagi sigaretga bir qaradida g'ijimlab Xurshidga qaradi -Sendan o'sha kuni ham chakma deb sigaretingni olib qo'ygandim. Yana olib keldingmi o'zing bilan? Boya oldimga ham qo'yib qo'ygansan -Uzr aka😶‍🌫 Davomi bor #Muallif_Ifora #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
🤗 24👍 4 4🔥 1
Yangi hikoya boshlashga nima deysizlar?🌝 #Muallif_Shahnoza
Hammasini ko'rsatish...
🤗 31👍 4🕊 1🐳 1
3 tacha qismni o'chirib qayta yozdim. Ammo hecham ko'nglimdagidek, hikoyaga mos yakun bo'lsin deb oxiri 1 ta qism bilan tugatishni afzal bildim🥲 Umid qilamanki sizlarga yoqadi va o'z fikringizni qoldirasiz. Hurmat bilan adminka va muallif #Miss_ShnAz
Hammasini ko'rsatish...
🤗 23👍 3 1🥰 1
❤️‍🩹Sen ila...❤️‍🩹 20 qism Bir qancha yildan so'ng -Oyi, bir kun kelib bizni hamma yaqin insonlarimiz tark etadimi? -Senga bu haqida kim aytdi? -Bir do'stim, hatto ketmayman degan odam ham bir kun kelib bu dunyodan ketadi dedi -Komil o'g'lim meni eshit. Insonni yaqini oldidan ketsa ham u doim qalbida qoladi. -Oyi, sizni qalbingizda ham biror inson qolganmi? -Meni qalbimda bir qancha yaqin insonlar bor...🥲 -Bobom va Komil amakim ham ular ichidami nima? -Ha shunaqa😊 Xusnira o'g'lini bog'chadan olib chiqayotganda mashina oldida ularni kutib turgan Umarni ko'rdi -Dadajoon Komil yugurgancha Umarni bag'riga otilgach Umarni ko'tarib oldi. -Meni polvonim bugun nimalar qildi? Urushmadingmi o'rtoqlaring bilan? -Yo'q, bugun odobli bola bo'ldim. -Bugun demak odobli bola bo'lgan ekansan, muzqaymoq yegani borarkanmizda -Urrraaaa -Menga shokoladlik olib berasizlar. Keyin ishga qaytishim kerak -Unda avval muzqaymoqqa boramiz, keyin esa oyingni ishga qo'yib o'zimiz esa... qayerga boramiz? -Anvar amakimnikigami? -Barakallaa Umar va Komil Xusnirani ishga qo'yib o'zlari Anvarnikiga ketishdi. Yaqindagina bog'chaga chiqa boshlagan qizlari Ifora bilan Komil ancha vaqt maroq bilan o'ynadi. .............. Ertasi kun. Xusnira tongdan uyga kelib kiyimlarini almashtirdi. Umar va Komil ham uyg'onib ketishga tayyorlandida Anvarni qo'ng'irog'ini kutdi. Birozdan so'ng esa hammalari uydan chiqishdi. Bugun 21-iyul Komilning tug'ilgan kuni edi. Agar bu dunyoda bo'lsa 35 yoshni qarshi olardi. Anvar va Umar Komilni va Iforani olib qabristonga kirib kelarkan Xusnira Anvarni rafiqasi Nodira bilan suhbatlashib qo'lida bir quchoq oq atirgullarni olib kelayotgandi. Anvar duo qilib, biroz ichidagilarni aytib yig'lab oldida bolalarni va rafiqasini olib ertaroq chiqishdi. Komil ketayotib qabrga bir qaradida qo'l siltab qo'ydi. Xusnira esa uni ko'rib jilmaygancha qabr yoniga o'tirdi -Komil...keldim men Xusnira gullarni qo'yib qabrni bilan siladida yig'lab yubordi. -Bizdan oldin kelib ketganlar bor ekan-a demak?🥲 Xusnira Umarga gapirarkan ko'zi yon tarafdagi pushti atirgul g'unchalarida edi. Bunday guldastani ilk marta Komil shifoxonaga Zuhra uchun olib kelganini esladi. So'ng esa biroz o'ylanib qoldi -Demak, haliyam kelib turarkan Umar gulni ko'riboq kim kelganini birdan bildi. -Zuhra olib kelgan bo'lishi mumkinmi? -Aniq u. Komilga guldasta tanlashganimda u aynan Zuhra uchun shunaqa guldasta xohlagandi. -Uni ko'rmaganimga ham 5 yil bo'ldi. Umid qilamanki yaxshi hayot kechirayotgandir -Mayli sevgilim, men seni darvoza oldida kutaman -Mayli... Umar ko'p qabr oldida turolmadi. Doim bu yerga kelganda Xusniradan avval birinchi bo'lib do'sti bilan ozroq suhbatlashib so'ng tezda chiqib ketardi. O'zi ham bunday qilishini sababini bilmasdi. Balki do'stini yo'qligiga va u endi bu tuproq ostida ekaniga hamon ko'nikolmayotgandir. -Agar o'sha kun bari boshqacha bo'lganda edi. Bugun 35 yoshni biz bilan..yokida Zuhra bilan nishonlayotgan bo'lardinglar. Rosti shu 6 yil ichida o'zimni juda ko'p aybladim. To'g'ri siz ham seni aybingmas degan bo'lardingiz. Ammo o'sha kun talvasaga tushmay yanada tezroq harakat qilganimda edi... Bilmadim hozir hammasi qanaqa bo'lardi. Xusnira osmonga bir qaradida yoshlarini artib ozroq yig'idan to'xtadi. -Komil, sizni o'rningizni to'ldirolmayapman. O'z akamdek edingiz, sizni juda sog'inyapman Xusnira yig'lab qabristondan chiqayotganini ko'rgan Umar biroz o'zini qo'lga oldida unga bag'rini ochdi. Xusnira kelib Umarni bag'riga bosdida biroz tinchlandi. Umar esa qabriston ichiga qarab turdida ichida sekin pichirladi. -Sen ila... hammasi boshqacha edi Komil Davomi bor #Muallif_Shahnoza #Muallif_Ifora
Hammasini ko'rsatish...
😭 28👍 7 4