cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qilich va qalqon

Jalolliddin Manguberdi va Xorazmshoxlar sulolasi, o'rta asrlar xorazmliklarning tarixi bilan bog'liq tadqiqotlar, yangiliklar haqida yangi ma'lumotlar berib boriladi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
552
Obunachilar
-124 soatlar
-47 kunlar
-1830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

VID_20240616_101712_968.mp42.19 MB
👍 2
Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#podkast Mo'g'ullar poytaxti Qoraqurumni xorazmliklar qurgan(mi?). Mo'g'uliston Milliy universiteti olimlaridan olingan intervyuni Youtubeda tomosha qiling! Youtubega havola 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube| 💻Instagram|
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Repost from XORAZMIYLAR
02:31
Video unavailableShow in Telegram
#Yangi_loyiha_2 #Hasan_va_Husan sarguzashtlari_2 qism. Xalqimizning koʻp asrlik oliy qadriyatlaridan biri – toʻy berish va mehmon kutishdir. Sodda oʻzbegim toʻy bersa toʻyga qancha mehmon kelsa shuncha quvonadi va bir toʻy tugashi bilan keyingi toʻyga tayyorgarlik koʻradi. Oʻzi va bolalari yemay-ichmay oʻzgani yedirib-ichirishga harakat qiladi. Buning uchun oylab, yillab, mashaqqat bilan yiqqan pulini bir kunda sovuradi. Orzu-havas, niyat va tilaklarimizda “Boshing toʻydan chiqmasin”, “Toʻylarga yetirsin”, “Toʻylar toʻylarga ulansin” degan soʻzlarni koʻp ishlatamiz. Biroq bu degani bor-budini toʻyga sarflash degani emas. Aslida, “Farzanding komil inson boʻlsin, olim boʻlsin, xalqni dardiga darmon boʻlsin!” degan niyatlarga koʻproq urgʻu bersak toʻgʻri boʻlardi. Zotan, buyuk muhaddis Buxoriy hazratlarining “Sahihi Buxoriy” kitobi “Darhaqiqat barcha amallar niyatga qarab boʻlur. Har kimga faqat niyat qilgani boʻladi” degan hadis bilan boshlangan edi. 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube| 💻Instagram|
Hammasini ko'rsatish...
14.50 MB
5
qalampir.uz/news/khorazmshoҳlar-saltanati-k-ulashi-yekhud-zhaloliddin-manguberdining-k-otili-kim-edi-3-k-ism-43045 Хоразмшоҳлар салтанати қулаши ёхуд Жалолиддин Мангубердининг қотили ким эди? (3-қисм)
Hammasini ko'rsatish...
Хоразмшоҳлар салтанати қулаши ёхуд Жалолиддин Мангубердининг қотили ким эди? (3-қисм)

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Саркарданинг ўлжа учун жанг қилишдан кўра ватани, ор-номусини қўриқлаш учун жанг қилишнинг фарқи каттадир. Ўлжа учун жанг келтирган шон-шуҳрат бир неча ой ёки бир-неча йилга етар. Аммо ватани, ор-номусини қўриган ёки шу жангда шаҳид бўлган саркарданинг шон-шуҳрати абадий яшар. У ҳақда китоблар ёзилар, ботирлиги ҳақидаги ривоятлар асрлар оша инсонларнинг қалбида яшар. Бундай сакарда - ҳақиқий ота-ўғилдир” Бадриддин Бектут. Миср Мамлуклар даври саркардаси ва муаррихи
Hammasini ko'rsatish...
👍 7👏 1
Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#Tarixiy_mushohada Shermuhammad Munis o‘zining “Firdavs ul-iqbol” asarida yozishicha
“Arabmuhammadxon (1602-1623) otasidan so‘ng Xivaq dorussaltanatida taxtga o‘tiradi. U taxtga o‘tirganidan olti oy o‘tib, o‘risdin lashkar kelib, Urganchga kirdi, ming kishini shahid etdi va yetti kun talon-taroj uyushtirdi, ko‘tarib bo‘lmaydigan o‘ljaga o‘t qo‘ydi. Arabmuhammad Xivadan Urganchga otlandi va Urganch ostonasida 2 kun jang qildi. Uchinchi kuni zo‘r qilib o‘tdi, yana islom cheriki oldig‘a chiqib, yetti kun qamal qilib, qatliom etdilar. O‘ruslardan 100 kishi qutulib daryoga yetib oldilar va yog‘ochdan qo‘rg‘on tiklab himoyalanmoqchi bo‘ldilar. Ularni ham jahannamga yubordilar”
deyiladi. Demak, ruslarning Xorazmga bosqinlari 17-asrda ham kuzatilgan va bu paytda Rusiyaning buyuk knyazi Godunovlar sulolasi vakili Boris Fedorovich Godunov edi. Olloqulixon, Sherg‘ozixondan oldin Arabmuhammadxon ham o‘rus lashkarini yerparchin etgandi. 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 2
Repost from XORAZMIYLAR
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#No_comment 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Hammasini ko'rsatish...
001-.mp44.86 MB
👍 6 2
Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#Tarixiy_mushohada Shundan keyin Xо‘jand qal’asiga navbat yetdi. Bu qal’a Sirdaryoning ikki tomonga bо‘lingan joyida qad rostlagan bо‘lib, О‘tror va Banokat voqealari aks-sadosi bu shaharga allaqachon yetib kelgandi. Qal’a mudofaasini Xorazmshohlar davlatidagi eng jasur lashkarboshilardan biri - Temur Malik boshqarardi. Tarixchi Juvayniy bu lashkarboshini Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi afsonaviy qahramon Rustamdan ham ustun qо‘yadi, ya’nikim agar u Xо‘jand amiri davrida yashaganida edi, u Temur Malikka otboqar bо‘la olardi, xolos, deb yozadi. 👉Batafsil shu yerda o'qing👈 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#Tarixiy_mushohada Chingizxon elchisi Mahmud Yalavoch taqdiri Xorazmshohlar davlati va mo‘g‘ullar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tarixida Maxmud Yalavochning o‘rni katta. U haqda deyarli barcha musulmon manbalarida ma’lumotlar bor. Unga ko‘ra, Mahmud Yalavoch ikki davlat o‘rtasida urush boshlanishidan oldin xorazmlik savdogar sifatida Mo‘g‘ulistonda Chingizxon huzurida bo‘lgan. Xorazmshoh Bag‘dodga yurishidan qaytib kelganida, mo‘g‘ullarning elchilarini kutib olgan edi. Mo‘g‘ul elchilik guruhi tarkibida Mahmud al-Xorazmiy (Mahmud Yalavoch) ham bo‘lgan. Mahmud Yalavoch Xorazmshohga Chingizxonning qimmatbaho sovg‘alari va maktubini yetkazadi. Maktubda Chingizxon Xorazmshohga: “... Men sening mulking nihoyatda katta ekanligidan, buyrug‘ingga olamning ko‘pgina mamlakatlari itoat etishidan xabardorman. Sen bilan tinchlik, osoyishtalikda yashashni o‘zim uchun majburiyat, deb bilaman. Sen menga aziz o‘g‘illarimdan biri kabisan ...”, degan gaplarni ifodalagan edi. Batafsil... 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1