cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

@Yozyovon tuman Axborot-Kutubxona Markazi

Ushbu kanal Yozyovon tuman Axborot-Kutubxona markazining rasmiy kanali. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. https://t.me/YOZYOVONAKM https://telegram.me/yozyovonakmgggg. Facebookdagi sahifamiz: Yozyovon Axborot-kutubxona markazi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 811
Obunachilar
-224 soatlar
-337 kunlar
-55530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos -Ortingda kim turibdi ? -Vijdonimdan bo'lak, hech narsa ... ✍️ Javlon Jovliyev 📓 "Qo‘rqma" kitobidan
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#bayramlar Bugun 9-iyun - Xalqaro do‘stlar kuni Do‘stlik – bu nafaqat yoqimli jamoa va manfaatlar yaqinligidir. Bu – beg‘araz ma’naviy yaqinlikka va o‘zaro bog'‘anishga asoslangan munosabatlardir. Do‘stlarga nafaqat yordam so‘rab, balki quvonchni bildirish uchun murojaat qilish mumkin. Butun dunyo xalqlarida do‘stlik azaldan ulug‘ qimmatlik deb hisoblanib kelgan. Afsuski, oxirigi paytlarda asl do‘stlikning o‘rnini ish bo'yicha yoki o‘zaro manfaatli munosabatlar egallab qolmoqda. Shuning uchun asl do‘stlarni e’zozlab, do‘stlikni asrash kerak. Xalqaro do‘stlar kuni aynan do‘stlarga ular siz uchun qanchalik qimmatligini yana bir bor bildirish uchun tashkil etilgan. Balki, kimdir uchun ushbu bayram bir necha yildan beri ko'rishmagan do'stlariga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish, yoki diydor ko‘rishib yangiliklar bilan o‘rtoqlashib yoqimli damlarni eslash uchun sabab bo'lar. Qadrdon do‘stlarni bayram bilan tabriklaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
- 1984 - Uensli Sneyder - niderland futbolchisi. - 1984 - Karolina D’Amore - amerikalik ishbilarmon ayol, aktrisa va model. - 1988 - May Margaret Uitman - amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. BIZ BILAN QOLING!
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 9-iyun 2024-yil, Yakshanba.  👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT - Xalqaro do‘stlar kuni. 🇺🇳 BMT - Xalqaro akkreditatsiya kuni. 🇺🇳 Xalqaro arxivlar kuni. 🌏 Xalqaro Kelt san'ati kuni. 🌏 Donald Dak kuni. 👉 MILLIY BAYRAMLAR: 🇦🇽 Aland orollari - Muxtoriyat kuni. 🇺🇸 AQSh - Yozuvchilar huquqlari kuni. 🇺🇸 AQSh - Nikoh kuni. 🇦🇷 Argentina - Geologlar kuni. 🇧🇷 Braziliya - Braziliya apostoli Joze di Anshieta kuni. 🇯🇴 Iordaniya - Qirol Abdullohning toj kiyish marosimi kuni. 🇪🇸 Ispaniya - Mursiya mintaqasi kuni. 🇪🇸 Ispaniya - La-Rioxi kuni. 🇮🇪 Irlandiya - Avliyo Kolumb Irlandskiy kuni. 🇹🇭 Tailand - Ananda Maxidol kuni. 🇺🇬 Uganda - Qahramonlar kuni. 🇺🇾 Urugvay - Janibiy Amerika futboli kuni. 👉 VOQEALAR: - 68 - Rim imperatori Neron oʻz joniga qasd qildi. - 1311 - „Maesta“ kartinasi Siyenn cherkoviga osib qoʻyildi. - 1617 - Sulton Ahmad I tomonidan qurilish ishlari arxitektor Sedefkar Mehmet og‘aga topshirilgan “Sultonahmad” jome’ masjidi ibodat uchun ochildi. - 1719 - Pyotr I Rossiya guberniyalarini provinsiya va uezdlarga bo‘ldi. - 1762 - Rossiya imperiyasi Prussiya bilan ittifoq tuzdi. - 1785 - Shohmurod ibn Doniyolbiy Buxoro amirligi taxtiga o‘tirdi. - 1815 - Vena kongressi o‘z ishini yakunladi. - 1822 - AQSh da Charlz Grem sun’iy jag‘ni patentladi. - 1833 - Moskvada Tarix muzeyi ochilishi tantanalari. - 1870 - Mashhur ingliz adibi Charlz Dikkens o’lamdan o’tdi. - 1885 - Xitoy Hindixitoy ustidan fransuz protektoratini tan oldi. - 1923 - Bolgariyada harbiy toʻntarish. - 1934 - Donald Duck  ishtirokidagi birinchi multfilm. - 1945 - SSSRning Germaniyadagi harbiy maʼmuriyati ochildi. - 1963 - Uinston Cherchil AQSh ning faxriy fuqarosi deb e’lon qilindi. - 1967 - SSSR Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzdi. - 1994 - Qozog‘iston prezidenti N. Nazarboyev poytaxtning Almatidan Oqmolaga ko‘chirilishini e’lon qildi. - 1995 - Milliy tiklanish demokratik partiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. - 1995 - "Xalq birligi" harakati Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. - 2017 - Qozogʻiston poytaxti  Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti boʻlib oʻtdi. - 2019 - Qozog'istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi, unda Qosim-Jomart Tokayev g‘alaba qozondi. - 2020 - Oʻzbekiston Respublikasining “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘gʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. 👉 TAVALLUDLAR: -1672 - Pyotr I (1725) - rus podshosi (1682-yildan) va Rossiyaning birinchi imperatori. - 1768 - Semyuel Sleyter (1865) - to‘qimachilik industriyasining mutaxasisi, AQSh dagi sanoat to‘ntarishining “otasi”. - 1781 - Jorj Stefenson (1848) - angliyalik ixtirochi, birinchi paravozni yaratuvchilardan biri, birinchi jamoat temir yo‘lini qurgan. - 1812 - Iogann Gottfrid Galle (1910) - nemis astronomi, Neptunni kashf qilgan. - 1843 - Berta fon Zutner (1914) - avstriyalik adiba, patsifist, Nobel mukofoti sohibasi (1905). - 1875 - Genri Deyl (1968) - angliyalik farmokolog, Nobel mukofoti sohibi (1936). - 1879 - Jozef Lui Ann Avenol  (1952) - fransiyalik diplomat, Millatlar ligasi bosh kotibi (1933-1940). - 1915 - Les Pol - (2009) - amerikalik jazz va country yo‘nalishidagi gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi. - 1931 - Nabijon Nazirov - fiziolog, radiobiolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. - 1944 - Karimov Komiljon - rassom, ganj va naqsh ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). - 1952 - Ismoilov Abduhoshim - sozanda (g’ijjak), bastakor, O’zbekiston xalq artisti (1990). - 1963 - Jon Kristofer Depp II - amerikalik aktyor, rejissyor, musiqachi, ssenariynavis va prodyuser. -1969 - Ikromov Alisher - kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). - 1978 - Miroslav Kloze - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). - 1981 - Natali Portman - AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor.
Hammasini ko'rsatish...
# Tanishing yangi adabiyotlar Yosh avlodlarni adabiyotga oshno qilish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, axborot kutubxona markazi mutaxassislari kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitobxonlarni tanishtirdilar.
Hammasini ko'rsatish...
# Tanishing yangi adabiyotlar Yosh avlodlarni adabiyotga oshno qilish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, axborot kutubxona mutaxassislari kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan kitobxonlarni tanishtirdilar.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur..." ©Mahmudxo‘ja Behbudiy
Hammasini ko'rsatish...
#ibrat ​​Yaxshilik ham, yomonlik ham qaytadi Inson hayot yo‘lidan faqat bir marta o‘tadi. Umrimizning har bir oni g‘animat. O‘tayotgan har bir daqiqa o‘z egasidan ma’no-mazmun so‘raydi. Eng qimmat boylik – vaqtdan unumli foydalanish kerak. Inson umrining har lahzasini mazmun bilan to‘ldirish, oilasi, mehribonlari, xalqi uchun yaxshiliklar qilishga intilishi lozim. Yoshim sakson birga kirganda hayot to‘g‘risida chiqaradigan eng qisqa xulosam shuki, dunyoga bir marta keladigan odam ezgulik bilan umr kechirishi shart. Negaki, yomonlik qaytgani kabi yaxshilik xam kutilmagan joydan va kutilmagan odamlardan qaytadi. ©️Pirimqul Qodirov
Hammasini ko'rsatish...
TA’TILDA Ta’til, ta’til deymizu, Ta’tilda dam qayoqda, Ho‘jalikda yumush mo‘l, Kechgacha tik oyoqda. Mol,hollarga o‘t tashi, Qo‘ylarni boq saharda, Qishloqni,qishloq desak, Yumush yo‘qmi shaharda. Ta’til payti hamma ish, Tomorqa,dala,bozor, Ho‘jalikda ko‘p tashvish, Yumushlar qator, qator. Eski tokni o‘rniga, Temir tok o‘tqazamiz, Chala uyni,chalasin, Ta’tilda bitqazamiz. Ta’til,ta’til deymizu, Ta’tilda dam qayoqda, Dalada sabzi, piyoz, Makkalar ham o‘roqda. ,, Parij, Sochi, Gavai'' O‘tar shunday hayollar, Sahardan to shomgacha, Gʻimirlaydi ayollar. Suv sepilar o‘zbekning, Hovlisiga azonda, Olchadan kampot,qiyom, Qaynatilar qozonda, O‘g‘il uyla,chiqar qiz, ,,Unaqamas,bunaqa'' O‘zbekmizda,o‘zbekmiz, O‘zligimiz shunaqa. Yozning soz chivinlari, Uyqidan qoldiradi, Jaziramaning o‘zi, Odmani toldiradi, Yoz baribir serjilo, Dilni hushnud etadi, Ikki oy ham shu asno, O‘tadi-yu,ketadi. Ta’tilni o‘tkazamiz, Shunday yugur,yugurda, Ne bo‘lsa ham,ta’tilning, Boriga ming shukurda. Ta’til,ta’til deymizu, Ta’tilda dam qayoqda. ✍Xurshid Karim
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
💦💦💦 KITOB O‘QISHLARI SHART ☘ Kitob o‘qishga bo‘lgan ex,tiyoj bolalikdan boshlanadi va ota-onalar farzandlariga o‘qishga mux,abbat uyg‘otishi uchun o‘zlari kitobxon bo‘lishlari kerak. ✍ Shavkat Mirziyoyev ☘☘☘☘☘☘☘☘☘☘☘☘
Hammasini ko'rsatish...