cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Mening kanalim

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 224
Obunachilar
-524 soatlar
-177 kunlar
-18430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Psixologiya "Siz rad etgan yoki qochgan narsalar sizni ta'qib qiladi. Qabul qilgan narsangiz sizni o‘zgartiradi" Karl Yung. Haqiqatan ham, inson hayotida shunaqa lahzalar bo‘ladiki, ularni boricha qabul qilish va qo‘yib yuborish zarur. Bu insonga yangi imkoniyatlar ochadi. Qabul qilinishi kerak bo‘lgan vaziyat bu nima? Bu har bir insonda har xil bo‘ladi. Kim uchundir bu yomon xarid, yaqini bilan janjal, ishdagi omadsizlik va hakozo. Eng keng tarqalgan holatlar: - Aybdorlik hissi; - Shaxsiy hayotdagi muammolar: ajrim, umidsizlik; - Boshqalarni e'tibori, mehrini yetishmasligi; - Boshqalarni o‘zgartirishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlar; - O‘tmishda sodir bo‘lgan tuzatib bo‘lmaydigan xatolar; - Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keluvchi muammolar. Bunaqa holatlar aslida ko‘p. Bularni har birini boshida ongsizlikdan chiqarib olish kerak. Vaziyatlarni "qo‘yib yuborish" nimani anglatadi va bu nima uchun kerak? Bu insonni ta'qib qilayotgan vaziyatlarni ongli qayta ko‘rib chiqish, o‘tmishdan voz kechish va vaziyat bilan bog‘liq salbiy aloqalardan xalos bo‘lishni anglatadi. Bu to‘liq hayot kechirishni davom ettirish va butun psixik kuchingizni pushaymonlik, aybdorlik hissiga vaqtni sarflamaslik uchun kerak. Nima uchun qo‘yib yuborish muhim? Chunki insonni uzoq vaqtdan beri bezovta qilayotgan vaziyat salbiy izlarni qoldiradi. Quyidagi ko‘rinishlarda izini qoldiradi: - Asabiylashish - Doimo charchoqni his qiladi, uyqusi yomon va surunkali uyqusizlik, - Kelajagini rejalashtirolmaydi, chunki butun diqqat o‘tmishga qaratilgan. @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1
🔱 G'ayrioddiy fobiyalar • Fobiya - bu odamni yengib chiqadigan qo'rquv bo'lib, insonning voqelikni yetarlicha idrok etishiga to'sqinlik qiladi. Har qanday odamning hayotida, hatto eng jasur odamning hayotida ham, ma'lum bir narsalardan qo'rquv bo'ladi. Hayot davomida insonga hamroh bo'ladigan juda ko'plab fobiyalar mavjud.  Kimdir ular bilan kurashadi va yengadi, kimdir butun umri davomida undan qo'rqib yashaydi. Fobiya dunyo bo'ylab taxminan 10 million odamga ta'sir qiladi.  Statistikaga ko'ra, ayollar erkaklarga qaraganda ko'proq qo'rquvga ega. Fobiyaning obyekti yoki sabablari : tirik mavjudotlar, qo'g'irchoqlar, vaziyatlar, umuman, tasavvur qilinishi mumkin bo'lgan va ba'zida hatto tasavvur qilib bo'lmaydigan narsalar bo'lishi mumkin, chunki bunday qo'rquv juda kam va bir qarashda g'alati ko'rinadi. ❗️Agar, odam bu qo'rquvlar tomonidan muntazam ravishda ta'qib qilinsa (bu nazoratsiz isteriya bilan ifodalanishi mumkin yoki, aksincha, nutq yo'qoladi ) , bu aqliy beqaror, muvozanatsiz holatga olib keladi. Bora - bora bu maxsus tizimga aylanadi.  Odam o'zini nazorat qilishni yo'qota boshlaydi. • Mashhur ijtimoiy fobiyalardan biri – bu sahnadan qo'rqishdir ( jamoa oldida nutq so'zlash yoki biron bir harakat qilishdan qo'rquv – glossofobiya), • Yopiq kosmosdan qo'rqish (klaustrofobiya) yoki, aksincha, kosmosda yolg'iz qolishdan (avtofobiya) qo'rquv. • Katta olomondan qo'rqish (demofobiya).Masalan, ko'p odamlar demofobiya sababli hayot qizg'in va doimiy odamlar oqimida bo'lgan katta-katta shaharlarda yashay olmaydi.  • Aytgancha, fobiya yirik shaharlarning aholisi orasida kichik shahar aholisiga qaraganda ko'proq uchraydi. Samolyotlarda uchishdan qo'rqish ham keng tarqalgan fobiya. 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktdan so'ng (AQShda) bunday fobiya bilan kasallangan odamlar soni sezilarli darajada oshgan. ‼️ G'ayrioddiy fobiyalar orasida: • Akribofobiya - odam o'qiganini tushunmaslik qo'rquvi. • Logofobiya - so'zlarni qanday talaffuz qilishni unutishdan qo'rqish. • Grafofobiya - qalam va boshqa yozuv materiallaridan yozish va ularni olishdan qo'rqish. • Nefobiya - bulutli ob - havodan qo'rqish. • Pantofobiya - inson bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hamma narsadan qo'rqish. • Telefonofobiya - telefonda gaplashish qo'rquvi. • Afobofobiya - bu qo'rquv yo'qligi haqidagi qo'rquv. 🆘 Qo'rquv bilan kurashish kerak, chunki siz ularni yenga olasiz. Yengib bilmasangiz ular sizni aqldan ozdirishadi. @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2👏 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌Buni hamma bilishi kerak! 🌐Olimlarning tadqiqotiga qaraganda, yer yuzida odam 15 mingga yaqin kasallikni taniydi. Shundan 20 % i tashqi ta'sirlar natijasida: tan jarohatlari, bakteriya, kuyish, lat yeyish va shu kabilar. ⚡️Bilasizmi qolgan 80 % psixologik kasalliklar. Tasavvur qilyapsizmi, jigar, oshqozon, buyrak, yurak kasalliklari, turli oʻsimtalar, bosh ogʻrigʻi – bularning bari psixologik nosozlik tufayli kelib chiqadi. 🍂Gʻam, depressiya, siqilish, negativ oʻylar bularga sabab boʻladi. Masalan, doim gʻazabda yuradigan va hammani nazoratda ushlab turishga moyil insonlar oshqozonidan shikoyat qiladi. Yoki misol uchun surunkali depressiya va hayotdan toʻygan kishi rakka chalinish ehtimoli katta va h.k. 🌿Shunchaki negativlardan uzoqda yurib, doim ijobiy kayfiyatda bo‘lib – odam oʻzini bir necha minglab kasalliklardan asragan boʻladi! O‘zingizni ehtiyot qiling!!! •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈• @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
📲Telefonga qaramlikdan qutulishning 7 usuli: 1.Telefoningizni uxlaydigan joyingizda zaryad qilishni to'xtating!🔌 2. Telefonda budilnik o'rnatish o'rniga haqiqiy budilnik soatini oling!⏰ 3.Telefoningiz bildirishnomalarini o'chirib qo'ying!🔕 4.O'ziga juda ham qaram qiladigan va foydasiz ilovalarni o'chirib tashlang!🗑 5.Telefoningizni aniq maqsad bilan qo'lga oling va bajarib bo'lgandan so'ng chetga olib qo'ying!⏱ 6.Haftada bir kun telefonsiz kunni sinab ko'ring!📵 7. Yaqin atrofga chiqqaningizda telefoningizni uyda qoldirib chiqing!🏡 Ko'proq do'stlaringiz bilishi uchun ularga ham ulashing➡️ @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Мия учун машқ, яримшарлар орасидаги алоқани кучайтиради, бу эса дахоликга олиб боради 😊... 5 дақиқа ичида 1 дан 90 гача бўлган кетма кетликни топишга ҳаракат қилинг 😉 @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
📊Statistikaga ko'ra, ochlik yoki doimiy uyqusizlik sizning yomon kayfiyatingizning eng keng tarqalgan sabablaridir. Кароче och qolmang va vaqtliroq yotib uhlang.🌙 @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Siz bilgan va bilmagan faktlar!😉 1. Ayollar sir saqlash vaqtining o'rtacha davomiyligi 47 soat-u 15 daqiqani tashkil etadi.🙊 2. Sizni qo'rqitadigan ishlarni qilsangiz, yanada baxtliroq bo'lasiz.😊 3. Boshqalarni baxtli qilish bilan mashg'ul insonlar odatda, oxir-oqibat yolg'iz qolishadi.😅 4. Qanchalik baxtli bo'lsak, shunchalik kam uxlaymiz.😆 5. Sevimli insonimizning qo'lidan tutganimizda og'riq hissi pasayadi va kamroq xavotir olamiz.😌 6. Yuqori salohiyatli, aqlli insonlarning do'sti, o'rtacha aql sohiblarinikidan kamroq bo'ladi.🤓 7. Yaqin do'stlar orasida tuzilgan nikoh mustaxkam bo'ladi va ajralish xavfi 70%ga qisqaradi.🫂 8. Erkak do'stlari ko'p ayollar, ko'proq yaxshi kayfiyatda yurishadi.😜 9. Ikkita tilda so'zlashadigan odamlar, bir tildan ikkinchisiga o'tganda ongsiz ravishda shaxsiyatini ham o'zgartiradi.🧐 10. Juda ko'p vaqt yolg'iz qolish, huddi bir kunda 15 ta tamaki chekishga tenglashtiriladi ya'ni insonga zarari shuncha.🫨🚬 @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
#Hikoya         Tohir Malikning psixoterapevtik ta’sirga ega bo‘lgan hikoyasi.         Barg ustida o‘rmalayotgan ipak qurti bir zumgina to‘xtab, boshini ko‘tardi-yu, atrofida hayot jo‘sh urayotganini ko‘rdi: kimdir chirillab qo‘shiq aytardi, kimdir sakrab quvnardi, kimdir rohatlanib uchardi...         Atrofdagi hamma tinimsiz harakatda edi. Faqat u bechoragina ucholmasdi, qo‘shiq ham aytolmasdi. O‘rmalashdan o‘zga yumush qo‘lidan kelmasdi.         Bir bargni kemirib ado qilib, ikkinchisiga o‘tguncha o‘z nazarida dunyoni aylanib chiqqanday bo‘lardi.         Biroq, shunga qaramasdan u taqdiridan nolimasdi, boshqalarga havas ham qilmasdi, «har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i lozim», deb hisoblardi.         Haftalar o‘tib, o‘ziga ipakdan ajoyib uy to‘qishga navbat yetdi. U oshiqcha mulohaza qilib o‘tirmay, o‘ziga buyurilgan yumushni ado etishga kirishdi - atrofini ipak tolalari bilan o‘rab chiqdi-da:         - Yana nima qilay? - deb so‘radi.         - Sabr qil, - degan ovoz eshitildi, - hammasi o‘z navbati bilan.          Vaqti kelib ipak qurti uyg‘ondi u endi arang o‘rmalovchi qurt emas, go‘zal KAPALAK bo‘lib ko‘z ochdi. O‘zining ipak saroyidan chaqqonlik bilan yorug‘ dunyoga chiqib, chiroyli qanotlarini qoqqan holda ucha boshladi... @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum Mening kanalimning barcha a'zolari! Barchangizga Qurbon Hayiti muborak bo'lsin. Ushbu ulug' bayram munosabati bilan siz azizlarga Allohdan uzoq umr, mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik va xotirjamlik tilayman. Alloh ibodatlaringizni qabul, duolaringizni ijobat aylab, ushbu kunning savoblarini boshingizdan yog'dirsin. Oila a'zolaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda uzoq va baxtli hayot kechirishlik nasib etsin! Hurmat bilan kanal admini @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 3🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Tavsiya📌📌📌 Omadli va omadsiz odamning ruhiyati: 🤦‍♀Omadsiz odam boshqalarning muvaffaqiyatsiz bo‘lishini xohlaydi... 💁‍♀Omadli odam barchaga omad tilaydi! 🤦‍♀Omadsiz odam doim o‘zgalarni ayblaydi... 💁‍♀Omadli odam doim ma‘suliyatni o‘z bo‘yniga oladi! 🤦‍♀Omadsiz odam doim nafrat bilan hamnafas yashaydi... 💁‍♀Omadli odam doim kechirimli bo‘ladi! 🤦‍♀Omadsiz odam barcha narsani bilaman deb o‘ylaydi... 💁‍♀Omadli odam izlanishdan to‘xtamaydi! @Psixolog_Uktamova
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2👍 1👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.