cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
14 918
Obunachilar
+824 soatlar
-337 kunlar
-9930 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
🌙XAYRLI TUN🌙 🌙✨Agar biror kishini baxtli qilishga imkon topa olmasangiz, Alloh taologa uni baxtli qilishini soʻrab duo qiling. Chunki Alloh taolo u kishi nima sababli baxtli boʻlishni sizdan koʻra yaxshiroq biladi. ✨Yo Alloh, bizga va biz yaxshi koʻrgan insonlarga ortida aslo baxtsizlik boʻlmaydigan baxtni ato et!🤲 🌙 Xayrli tun                       Azizlarim. 🌙Yaxshi dam olinglar!      💫Allohga omonatsizlar Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
1 26248Loading...
02
Tun bag‘rida... Yig‘lama.... Ehtimol tunda ko‘rarsan, Oyga termularsan jilmayib bexos. Xayoling tunlarga o‘rnashib olgan Yuzingdan farishta silasa benoz. Yig‘lama... Ehtimol yana baxtlisan, Qo‘yningda kapalak uchish avjida. Qolasan yolg‘izlik bo‘lar tun bo‘yi Yig‘lasang ko‘zingni yuvsang yaxshida. Yig‘lama... Ehtimol hammasi tushday, Kechagi tunlarga bo‘ldik mahliyo. Sen ajib edingku ajoyib qushday Ko‘zlarim qorong‘u qilding zim ziyo. Yig‘lama... Ehtimol erta va erta, Borliqda ko‘rinsa o‘ylagan kunim. Yulduzlar uchmasa osmonlarimda Sen meni, mem seni yo‘qotgan tunim. Yig‘lama.. Ehtimol meni ko‘rarsan. ✍ Sirojiddin XON Shukurov - Kechani eslab ! @Sherlari_Sevgi
1 75044Loading...
03
Telefonni pastidan ko‘z qo‘yib qarang❤️ Telegram.me/Sherlari_Sevgi
1 94323Loading...
04
ASRA. Ayoling sen uchun Allohdan ato, Rashki yoʻq boʻlmoqlik eng yomon hato, Jannatga kirmaydi dayuslar hatto, Ayoling asragin gʻayri koʻzlardan! Hammaga berilmas dinu-diyonat, Almiysoq vaʼdangga qilma hiyonat, Tandagi bu joning bilki omonat, Diningni asragin gʻayri dinlardan! Vatanga muhabbat iymondan erur, Er yigit vatanni qoʻrmogʻi zarur, Har nedan ulugʻdir or hamda gʻurur, Vatanni asragin gʻayri ellardan! Sir aytma doʻstim deb oʻng kelgan kasga, Ogʻzingdan gullasang qulaysan pastga, Pushaymon boʻlib soʻng yigʻlama hasga, Siringni asragin gʻayri kaslardan! Soʻzlagan har soʻzing bitar malaklar, Hoʻp oʻylab soʻzlaydi oqil-ziraklar, Farishta omin der har ne tilaklar, Tilingni asragin gʻayri soʻzlardan! Azaliy dushmandir shayton insonga, Har soat chang solar shayton iymonga, Oʻzing ur tek turma ilmu irfonga, Iymoning asragin shayton jinlarda! ✍ Lutfulloh Xoʻjayev. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
1 94943Loading...
05
TIRIK SAYYORA Osmon gumbazida to'la yulduzlar, Samon kemasida izg'iyman sarson. Minglik sayyoralar millonlab najot, Hayot ahtaraman izsidek nishon. Gumbaz yog'dulari hissiz sadosiz, Mehrni unitgan qarashlardek jim. Qanchalar chiroyli bo'lmasin olam, Havo yetmas tanga halovatim dim. To'htab qo'nib o'tdim sanoqsiz mujda, Yashil o'rmonlardan ko'rinmas darak. Kirlab borayotgan tafakur ongdek, Izg'iydi zulmatli sharpa jonsarak. Bo'ron ko'tarilar urishlar kabi, Mitti yulduzchalar qocholmas nari. Ular ko'z yumadi tinchliksiz elda, Qolib ketgan kabi chaqnar ko'k qari. To'xtab qolgandek vaqt aylanmas chig'riq, Ohu nolalarni eshitmas zulmat. Portlashlar hattoki samo qatida, Sochilib berarkan yulduzga kulfat. Tirik Jon izlayman yerdan yiroqda, Qora tuynuk kabi yutib borar ko'k. Ohiri ko'rinmas teshik tog'ara, Kemam sarhadini teshar ulkan o'q. Tortadi bir tamon mangetli bo'ron, Dovulga o'hshaydi izg'iydi suron. Men qocha olmayman kuzataman jo'n, Yadro kallaklardan sachrasa uran. Yer samo kaftila yashnagan hayot, So'ngi umidini asrayotgandek. Ishongan jonlari qilsa to'polan, So'ngi nafasini kutayotgandek. Quyosh Nur taratar iliy boshlar tan, Muzlagan mehrning erish onidek. Tiriklik nafasi tabiyat sehri, Yashil go'zallik bu tinchlik qonidek. Shu yashil qon uchun samoda yurish, Koniyot sarhadi avaylar kaftda. Biz qadr etishni o'rgana olsak. Abadiy yashillik yashnar Nur taftda. Kema parvozini kutar mo'jiza, Balki topiladi yirik sayyora. Izlanish qilgandek mo'ysafit nigoh, Yasab uchib ketar yangi tayyora. Bir bo'lib tinchlikni qadr etolsak, Millon yildan so'ng ham tirik sayyora. 23.01.2022 ✍O'tkir Mulikboyev Qo'shrabod
2 40124Loading...
06
Sog'inasizmi ? 🥺 Musoffo osmonning qarigi cho'msam Bu xayot bog'ida gullamay so'nsam Qaytib kelmas bulib uzoqqa ketsam Ayting meni ham sog'inasizmi? Bu ko'zlar yumilib ochilmas bo'lsa. Alloxim omonatin qaytarib olsa Dunyolardan meni xechkim topolmay qolsa Ayting meni ham sog'inasizmi? Men ketsam yig'lamang hayot utginchi. Xamma xam bir mehmon kelib ketguvchi Hammaga Allox bor kurib turguvchi Ayting men ketsam sog'inasizmi? Sog'insa sog'inar yolg'izim onam Eslashi mumkundir davlatim otam Qolganlar eslaydi o'tguncha motam Yoki sizlar ham sog'inasizmi? ✍Abdulla_Begaliyev @Sherlari_Sevgi
2 32171Loading...
07
Devonalarmiz 🎙Zinnura & Muhiddin. ©️Akbaraliyeva ©️Kamronbek Ismoilov Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2 15730Loading...
08
Muhabbat dardida devonalarmiz. Ikki o‘t ichida sarsonalarniz. Yonma-yon birgamiz demagin jonim. Endi biz biz emas begonalarmiz. Ko‘zlaring boqqanda porlayversa ham. Bu yo‘llar sen tomon chorlayversa ham. Yuraklar sog‘inib zorlayversa ham. Endi biz biz emas begonalarmiz. Osmondagi oysan yetmadi qo‘lim. Unutma vaqtincha birgamiz gulim. Bizlarni ajratar der edik o‘lim. Endi biz biz emas begonalarmiz. Yonim asraganim meniki emas. Kuyib qizg‘onganing seniki emas. Essiz pok sevgimiz bizniki emas. Endi biz biz emas begonalarmiz. Meniki menga ber dardimni olma. Bir kuni kelmayman kutib ham tolma. Taqdirlar o‘zgadir o‘rganib qolma. Endi biz biz emas begonalarmiz. Alanga ololmas hech o‘chmas cho‘g‘miz. Bir-birin yaralab o‘tgan bir o‘qmiz. Sen borsan men borman ammo biz yo‘qmiz. Endi biz biz emas begonalarmiz. ✍️ Komila Qiz. 22.01.2022.10:30. @Sherlari_Sevgi
2 36844Loading...
09
JIGARLARIM YAXSHI KOʻRAMAN Kulib kutar, solmaydi qovoq, Bir-birdan chiroyli oppoq, Ilinadi oshu-yu tovoq, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Jondan aziz sogʻinchim bosib, Quvontirar koʻngilni yozib, Borolmadim roʻzgʻordan oshib, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Ozroq yozib xabar yuborsam, Qoʻygani joy topolmas borsam, Shunday aziz, mehribon biram, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Oʻzi bular menga bir omad, Asrasin-u sogʻ-u solomat, Uylarda nur boʻlsin davlat, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Farishtamda jonimda bular, Birlashadi oʻtkizib toʻylar, Ota-onam oʻylaydi ular, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Sizlar borki, umrim osuda, Yaqinlarim sogʻindim juda, Borolmadim ming bor uzr-a, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. ✍ Solihabegim Dilafruz Shahrixoniy
2 41962Loading...
10
Слим бодй оздирувчи аёллар учун❤️‍🔥❤️‍🔥  ҳаво ўтказадиган ва эластик полиестер ва латексдан тайёрланган.  Ажойиб мослашувчанлик қоринни қаттиқ текислайди 10 000 МАРТА СИНОВДАН ЎТГАНҚАЗИЛГАН НАТИЖА АЪЛО ДАРАЖАДА☑️ КЎП қиррали: тана ❓🙋‍♀️ шакллантирувчи қорин бўшлиғини текислаш ва қум соати шаклини яратишга ёрдам беради.   Белни қисқартиради, орқангизни қўллаб-қувватлайди, ҳолатни яхшилайди, туғруқдан кейинги тикланиш. У спорт залларида,🏃‍♀️🧘‍♀️ офисларда ва йога 🧘‍♀️ студияларида ишлатилиши мумкин.  Кийганингизда умуман 💃💃 сезилмайди Ортиқча нарсалар билнмайди ☝️☝️ Размерлари❗️👇 Кичик (С. М): 45-60 Вазин👱‍♀ Орта (Л, ХЛ):  65-80 Вазин👩 Катта (2ХЛ, 3ХЛ): 85-105 Вазин👩‍🦰 ❌Эски нарҳи 137 Минг сўм❌ ❤️Айни Дамда🔥60% Супер Акцяа 59 Минг сўм✅ 🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇 https://100k.uz/oqim/472168 👆 Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇 📠 @shifoadmin 🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати БЕПУЛ Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝 🔥БИЗДА ДОСТАВКА БЕПУЛ🚕🔥
5343Loading...
11
Qalb Dunyoga o't qo'ying, mayli roziman, O't ichiga tashlang, jonsiz tanamni. Lek dilni yoqmang, topilmas malham Kuydirmang yangilab, bitgan yaramni. Cho'ktiring jismimni dengiz qariga, Chiqarman, yasharman qanday bo'lsa ham. Ammo bardosh yo'qdir, qalb dardlariga, U bir davlat men-chi? Men unga qaram. Yanchib tashlang mayli, dosh berar tanam, Qalbimga ta'siri o'tmasa bo'ldi Mayli jonim og'risin, ko'zlarimda nam, Dilginam azoblar chekmasa bo'ldi. Meni-yu gapiring, g'iybatlar qiling, Har bir g'iybatingiz to'kar gunohim. Lek kuchli qalbimni ojiza biling, Gar sinsa tuzatmas, hech qanday ohim. Dunyoda qalb borki, mo'rt bo'lar bari, U sinsa, iroda, nomus ham sinar Kuchayar tobora asragan sari Hatto qudratiga shayton bo'ysunar Asrang qordek opoq, pok qalbingizni, Qudratin oshiring doimo faqat Baxt tomon yo'l biling har dardingizni Qalb dog'iga dunyo ham qilolmas toqat Shunday ekan zaxar bilan o'ldirmang dilni Yolg'onsiz, gunohsiz pokiza yashang Zero ezgulikka ko'ming ko'ngilni Qabixlikni esa yo'q qilib tashang @Sherlari_Sevgi
1 85741Loading...
12
FERUZAM Seni soʻrab har kun tinmayapti dil, Qumsab oʻz holimga qoʻymayapti dil, Begona qizlarga  koʻnmayapti dil, Qaytaqol yonimga qayt Feruzam. Sensiz dil yaram ayt qanday u betar, Vasling bir koʻrsam to abad yetar, Sabru kosam bir kun portlab ketar, Qaytaqol yonimga qayt Feruzam. Atirgul ham bildim ochmay qolibdi, Xayot boshingga ne kunlar solibdi, Koʻrmaganga seni yillar boʻlibdi, Qaytaqol yonimga qayt Feruzam. Karimbek soʻz berdi aslo qaytmaydi, Bu koʻzlar oʻzgaga endi boqmaydi, Boshqa koʻzingdan yoshlar oqmaydi, Qaytaqol yonimga qayt Feruzam. Seni soʻrab har kun tinmayapti dil, Qumsab oʻz holimga qoʻymayapti dil, Begona qizlarga koʻnmayapti dil, Qaytaqol yonimga qayt Feruzam. ✍Karimbek Asatullayev Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2 00942Loading...
13
🎉Bugun, 1-may “Sevgi kuni” 🌸Sevgi bu xar qanday vaziyatda xam qalbimda bitta qadrli insonim bor deya olishlik... 🌸Nima bulganda xam unga suyana olishlik ikki inson bir birlariga xech narsa demasa xam tushuna olishlik... BORINGIZGA SHUKR SEVIKLI INSONIM🌸 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2 444198Loading...
14
📹 May oyida tugʻilgan insonlar haqida T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2 83083Loading...
15
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 1 - M A Y 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2 58370Loading...
16
🌹Assalomu alaykum! Xaftaning murodbaxsh Chorshanba tongi, Bahor faslining soʻngi oyi muborak boʻlsin azizlar!😊 🌹🍃 Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga xamdlar boʻlsin! 🍃🌺 Bugun shukr va zikrga boy kun boʻlsin! 🤲 Yangi kuningiz mazmunli va barakali oʻtsin! Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
2 935107Loading...
17
🌙 XAYRLI TUN                                             AZIZLARIM!!!🌙 ✨Nasib boʻldi shu damni yashamoq bizlarga .. Har onning shukri olamlar ilohi yolgʻiz Allohga boʻlsin. 🌙 Koʻngilda ertangi kunga ishonch va boringki eng ezgu niyatlar umidi ila ul Qodir Egamga talpinamiz . 🌙 Alloh bizni qalbimizni shod etsin . Mahzunligimizni ketkazib, gunoh va kamchiliklarimizni kechirsin.🤲 Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
3 09962Loading...
18
* * * Bugun siz shu majruh dilga qaytadan, Sevgi deb atalmush gul ekmoqdasiz. Kechagi dardlarni yodimdan sitib, Oʻzingiz dunyoni unutmoqdasiz! Ishongim kelyapti takror va takror, Har bir soʻzingizdan istarim malham. Bilaman, ishq sizga koʻp bergan ozor, Obdon yanchib qoʻygan oʻsha meni ham! Ichimda titraydi yoqimli ovoz, Balki uchrashmoqlik boʻlmasdi nasib, Kimdir ikkimizdan kechmaganda voz, Kimdir ketmaganda bizni tark etib! Keling, men boʻlayin sizga juft qanot, Siz boʻling samoga mening parvozim! Menga hayot boʻling, chiroyli hayot, Sizga baxt boʻlaman shunda men oʻzim! Sabr qilganlarga vaʼdai ajr bor. Har ishda xayir bor, amin iymonim. Men qishlar soʻngida kelguchi bahor, Siz menga Allohdan mukofot, jonim! Malika Tavfiq Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2 96049Loading...
19
#Sen_uchunda Buncha ozorlaring tugamaydi yor?! Onam meni qiynagin deya tuqqanmi?! Sen atayin shunchalar beparvosan yo, Qastma- qast ketishlar mendan yuqqanmi?! Buncha ozorlaring tugamaydi yor?! Tekin ozor konin topib oldingmi?! To‘g‘risin ayt! hamma odamdan birdan Neki ozor bo‘lsa sotib oldingmi?! Buncha ozorlaring tugamaydi yor?! Ko‘ksimni qaziydi hijronning tig‘i Uni to‘ldiradi sog‘inchdan bezib, Dardim bulutidan to‘kilgan yig‘i... .................. Akbaraliyeva
2 99148Loading...
20
RUXSAT BER Qirmiz olma yuzingdan, Quvnab turgan koʻzingdan, Bol tomgan shu labingdan, Bitta  oʻpay  ruxsat  ber. Ishqim ketdi ne qilay? Mehrim oldi ne qilay? Taʼmin totib bir koʻray, Bitta  oʻpay  ruxsat ber. Mayli urgin bagʻrim til, Yoʻq  desang  ogʻrir  dil, Xoʻp degin aytganim qil, Bitta oʻpay  ruxsat  ber. Qoshi  qora  moviy  koʻz, Tariflashga yoʻqdir soʻz, Ey qishloqli,  qaysar qiz, Bitta  oʻpay  ruxsat  ber. Sevib qoldim toʻgʻrisi, Adasini erka qizi, Ey,  yuragim   oʻgʻrisi, Bitta oʻpay ruxsat ber. Ne xohlaysan borim ol, Kerak boʻlsa jonim ol, Rozi boʻlgin yorim boʻl, Bitta oʻpay ruxsat ber. Qoshi qora moviy  koʻz, Tariflashga yoʻqdir soʻz, Ey,  qishloqli qaysar qiz, Bitta  oʻpay  ruxsat  ber. ✍ Karimbek Asatullayev T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3 046102Loading...
21
YURAK ❤️ Bas qil, Tinchlan, Qaygʻuraverma, Toʻxtat, Unut ahir, Oʻylama, Sen unga Zormisan, Ayt! yurak, Ortga umuman, Qarama, hatto, Zormasmiz Tinchlan yurak❤️ Boʻl, Xato qilmagan, Inson yoʻq, Oppoq hamma, Oʻzi uchun yur, "Sogʻindim",—dema, Koʻngling qil toʻq, Jabr chekaverma, Endi tur, Bizga u kerakmas, Yur yurak❤️ Chindan sevsa, Ketmasdi bilsang, Sevgi, Yaratgandan atodir, Gar kim voz kechsa, Unga gunoh, Tashlab ketmoq, Asli xatodir, Bas oʻzingni, Qoʻlga ol yurak❤️ Unga yomon gapirma sira, Mayli eslar shirin xotira Osmon ekan, Gʻurur egmaymiz, Qad koʻtarib, Aslo bormaymiz, Chaqirsa ham, qaytmaymiz yurak❤️ Tushun, Biroz unga yer boʻlma, Xohlasa, Yoqqani qormas olsa, Qon qilib, Yigʻlatib, goh kulsa, Ketaversin, Unuta olsa, Muhabbatsiz yashaymiz Yurak❤️ Izlama Toʻxtat Boʻldi Yurak❤️ ✍ Solihabegim Dilafruz Shahrixoniy
2 97558Loading...
22
✅«Medica» - Соч қорайтирувчи табиий саримсоқли шампунь. 👍 Сочларингизга ок тушдими енди буни табий корайтиришнинг йечими бор ◾️Соч оқаришини олдини олади, қора саримсоқдан ишлаб чикарилишига карамасдан, ушбу шампунь мутлақо хушбўйдир. 👉Энг тўғрисини танланг! Биз эса сизга табиий, хамёнбоп ва мукаммал формулага эга «Medica» - шампуньларини тавсия этамиз.. ✔️«Medica» - КЎЗЛАР ҚУВОНЧИ! ✔️«Halal» сертификатланган. Ўзбекистон бўйлаб етказиб берамиз. 🔥Супер Акция Нархи 59 000 сўм, Етказиб бериш бепул🚕 🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇 https://100k.uz/oqim/472029 https://100k.uz/oqim/472029 Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇 📠 @shifoadmin 🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати БЕПУЛ Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝 🔥БИЗДА ДОСТАВКА БЕПУЛ🚕🔥
1900Loading...
23
Oʻtgan yillar hisobin soʻrmang , Tiğ ustida yashadim goʻyo . Sizsiz ğamlar koʻliga choʻkib , Tor boʻldi- da , koʻzimga dunyo . Deyishdiki  ishqning gadosi , Chiqmadi hech doʻstning sadosi , Yomon ekan hijron balosi , Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo... Koʻz tutsada mingta qalam qosh , Boʻlolmadi hech biri sirdosh , Yoʻq ekanku sizdayin dildosh , Tor boʻldi- da , koʻzimga dunyo... Ohu yurgan soʻqmoqdan izlab , Oʻtdi umrim qay birin sizlab , Yurar bari nenidir koʻzlab , Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo... ....Oʻtgan yillar hisobin soʻrmang , Bari tushdek , barisi roʻyoʻ . Sizsiz ğamlar koʻliga choʻkdim , Tor boʻldi - da , koʻzimga dunyo... Baxtiyor Mirzo . @Sherlari_Sevgi Obuna bo‘ling!
3 05656Loading...
24
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 30 - A P R E L 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
3 22238Loading...
25
Har azonda ruhimizni, Xar tahoratda jismimizni, Xar namozda iymonimizni, Xar salomda muhabbatimizni yangila Allohim...!🌸    Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuh! Xayrli tong yaxshilar!!!🤗🥰🤗 Seshanba tongi muborak boʻlsin... 😊   Yana tongga yetkazgan Alloh Taologa shukronalar boʻlsin! Mushkullar oson, xojatlarimiz ravon, gunoxlarimiz magʻfiratli  boʻlsin! ✨Tavbalarimiz qabul boʻlsin! Kunimiz fayzli va barokotli boʻlsin! Telegram.me/Sherlari_Sevgi
4 026108Loading...
26
🌙XAYRLI TUN🌙 ✨Men uchun qadri baland qadrdonim. ✨Allohim umrimizni ziyoda, yuzimizni yorugʻ. 💫Qalbimizni keng, qadrimizni baland. ✨Ishlarimizni barorini, oxiratimizni esa saodatli qilsin. 🤲 🌙Oqshomingiz xayrli boʻlsin shirin tushlar koʻring 💫 Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
3 34967Loading...
27
MALAK QIZ Oyruhsor qiz, malak qiz, Sochi tegar beliga. Jonim boʻldi halak qiz, Koʻzlar tikib yoʻliga. Soʻz aytmoqqa til ojiz, Koʻrsam yurak etar jiz. Qanday tuygʻu, qanday his, Aylanibman quliga. Koʻngil boʻm-boʻsh huvillar, Umrim shoshqin shovullar. Butun tanam lovullar, Qoʻlim tegsa qoʻliga. Oʻn yetti yosh gulgʻuncha, Gullar ichra dur gʻuncha. Muhabbati sir, gʻuncha, Qamab qoʻygan diliga. Sevishimni bilar u, Bilib zimdan kular u. Nega bunday qilar u, Tushunimayman feʼliga? Qaynatsada qonimni, Sevarman shul xonimni. Ezib-ezib jonimni, Solsa hamki keliga. Oyruhsor qiz, malak qiz, Sochi tegar beliga. Ado boʻldi yurak qiz, Yoʻl topguncha diliga. OʻRMONJON XOLYIGITOV Telegram.me/Sherlari_Sevgi
2 96562Loading...
28
Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang🥀 Ikki koʻzim kimligini koʻrgan on, Hayron-u lol boʻlib qoldi hangu-mang, Endi men ham ishonmayman hech qachon, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Bekorgadir olov boʻlib yonishim, Kuyga soldim qoʻshiq boʻldi honishim, Gʻururimga togʻri kelmas nolishim, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirman. Menga emas boy puliga zor ekan, Bu hayotda kambagʻallar hor ekan, Nima qilay peshonamda bor ekan, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Yomon desa nazarga hech ilmadim, Nelar kutib yoki bagʻrin tilmadim, Men adashdim boshqalarni bilmadim, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Boʻldi yetar sabir kosam toʻldida, Koʻpga bormay xislarim ham oʻldida, Muhabbatdan soʻz ochmangiz boʻldida, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Uvol ishqning kun keladi jabri bor, Ketgan ketar nedir joiz tabri bor, Yuragimda bir goʻzalning qabri bor, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Dushmanlarim holim koʻrib chalar soz, Bu alamda sher yozarman bir qogʻoz, Koʻnglingizda kim bor demang iltimos, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Shum taqdirning ne sinovi bor yana, Bilmam qancha bardosh berar jon tana, Sarvar Mirzo tan olgandek rostmana, Sevgisidan ogʻzim kuydi gapirmang. Muallif Sarvar Mirzo ❌Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin Telegram.me/Sherlari_Sevgi
3 05658Loading...
29
☺️ ФАКАТ АЁЛ-ҚИЗЛАРИМИЗ УЧУН 📈 Ҳалол бизнес. 💵 Ойлик нақд! 🛍 Харид бир марталик 🧕 Мусулмон компания. 🔅 ХАЙРИЯ ЭҲСОН куни бор! 🏠 Уйдан туриб ишлаш имконияти. Malumot uchun 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi https://t.me/+AcSQ4-T6QC40ZTBi
2 9212Loading...
30
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
3 05950Loading...
31
MENI CHINDAN SEVSANGIZ Sabrli togʻ boʻlaman, Yoningizda qolaman, Shaydo qilib olaman, Meni chindan sevsangiz! Ifor sochib qil, sabr, Telba bemor boʻl sabr, Qaynoq nafas bor sabr, Meni chindan sevsangiz! Sevib ishqdan devona, Sizga cholay tarona, Faqat boʻling yagona, Meni chindan sevsangiz! Muhabbatda tuygʻular, Oppoq tiniq orzular, Kelmas bizga qaygʻular, Meni chindan sevsangiz! Yoʻlamasin koʻzga nam, Baxtli boʻlamiz har dam, Kulib yuring kelmas gʻam, Meni chindan sevsangiz! Aylantirmasdan boshim, Doim boʻling sirdoshim, Koʻzdan oqizmay yoshim, Agar chindan sevsangiz! Meni chindan sevsangiz? ©✍ Solihabegim (Dilafruz Shaxirxoniy)
3 639162Loading...
32
Qoʻrqma oʻzbek (Ushbu sheʼr 100 yil oldin Germaniyaga oʻqishga ketgan 70 nafar oʻzbek talabalari xotirasiga bagʻishlanadi) Yosh umringni ayamading millat uchun, Sen kurashding yurtga kirgan illat uchun, Bilib qoʻysin bilmaganlar oʻzbek kuchin, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Toza bilim havosidan olding nafas, Bu mardlikning mukofoti boʻldi qafas. Yot kimsalar endi zulm qilmaydi bas, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Olislarda ilm izlab umring oʻtdi, Oʻz yurtingga qaytganingda oʻlim kutdi, Yetmish oʻzbek gunohini bilmay ketdi, Vatan seni unutmaydi qoʻrqma oʻzbek. Jazosini Alloh bersin sotganlarni, Oʻqima deb bilimlini otganlarni, Bugun vatan quchar kitob tutganlarni, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Sen qiynalding garov berib oʻz joningni, Elim deding, kir qilmading vijdoningni, Vatan uchun yashading sen har oningni, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Ovropaga borgan eding ilim izlab, Yetmish oʻzbek otilganda taning muzlab, Vatan seni unutmaydi noming soʻzlab, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Qoʻlingdagi kitobingni yoqdi essiz, Yosh holingga koʻz yoshlaring oqdi essiz. Sizlar elni oʻygʻotguvchi mard, gʻurursiz. Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Tibbiyotni oʻrganishing qiyin boʻldi, Kiyib turgan oq xalating qizil boʻldi. Ex bechora yetmish oʻzbek qirgʻin boʻldi, Vatan seni unutmaydi qoʻrqma oʻzbek. Erta ketding, Turkistonga kerak eding, Vatan madhi urib turgan yurak eding. Oʻz joningni oʻylamading vatan deding, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Sen yosh eding, bu hayotga toʻymay ketding, Qilich keldi, lek kitobing qoʻymay ketding, Endi qoʻrqma Alloh sevgan yurtga yetding. Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. Sizdan oʻrnak olsin endi oʻgʻil-qizlar, Bilim uchun ochiq samo ham dengizlar, Bugun yurtim sizdek dono mardni izlar, Qoʻrqma jigar, qoʻrqma jigar, qoʻrqma oʻzbek. ✍ Islombek Murodillayev
3 13833Loading...
33
Yoʻq. Endi kònglingdan chiqarolmaysan..... Azonning kuyida yashayveraman Duolar asraydi muhabbatimni. Qog‘ozga ismningni yozaveraman Siyohlar sòzlaydi sadoqatimni. Yomg‘ir tomchilari ismimni aytib Kaftingga tinmasdan yog'averadi. Mensiz botayotgan quyoshing esa Qalb otashi ichra yonaveradi. Oydin oqshomlardan uyg'otolmaysan Tushlaring pinjida uxlayveraman. Haydab yuborsang ham ketmayman sira Men shunday òzimni qiynayveraman. Òlsang ham qalbimdan keta olmaysan Qòyib yubormayman cheksizlik sari. Axir, aytgin keyin qanday yashayman Qanday nafas olibman - a ilgari. Ha. Juda qaysarman..Gaplaring tòģri Sevgisi abadiy xokisor malak. Bir lahza òzi - chun yashay olmagan Men òsha...òsha ohorli kapalak. Zebo Mirzo @Sherlari_Sevgi
2 95863Loading...
00:01
Video unavailableShow in Telegram
🌙XAYRLI TUN🌙 🌙✨Agar biror kishini baxtli qilishga imkon topa olmasangiz, Alloh taologa uni baxtli qilishini soʻrab duo qiling. Chunki Alloh taolo u kishi nima sababli baxtli boʻlishni sizdan koʻra yaxshiroq biladi. ✨Yo Alloh, bizga va biz yaxshi koʻrgan insonlarga ortida aslo baxtsizlik boʻlmaydigan baxtni ato et!🤲 🌙 Xayrli tun                       Azizlarim. 🌙Yaxshi dam olinglar!      💫Allohga omonatsizlar Telegram.me/Sherlari_Sevgi‌‌
Hammasini ko'rsatish...
4👍 2🎉 1
Tun bag‘rida... Yig‘lama.... Ehtimol tunda ko‘rarsan, Oyga termularsan jilmayib bexos. Xayoling tunlarga o‘rnashib olgan Yuzingdan farishta silasa benoz. Yig‘lama... Ehtimol yana baxtlisan, Qo‘yningda kapalak uchish avjida. Qolasan yolg‘izlik bo‘lar tun bo‘yi Yig‘lasang ko‘zingni yuvsang yaxshida. Yig‘lama... Ehtimol hammasi tushday, Kechagi tunlarga bo‘ldik mahliyo. Sen ajib edingku ajoyib qushday Ko‘zlarim qorong‘u qilding zim ziyo. Yig‘lama... Ehtimol erta va erta, Borliqda ko‘rinsa o‘ylagan kunim. Yulduzlar uchmasa osmonlarimda Sen meni, mem seni yo‘qotgan tunim. Yig‘lama.. Ehtimol meni ko‘rarsan. ✍ Sirojiddin XON Shukurov - Kechani eslab ! @Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 4🥰 2
00:08
Video unavailableShow in Telegram
Telefonni pastidan ko‘z qo‘yib qarang❤️ Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 5
ASRA. Ayoling sen uchun Allohdan ato, Rashki yoʻq boʻlmoqlik eng yomon hato, Jannatga kirmaydi dayuslar hatto, Ayoling asragin gʻayri koʻzlardan! Hammaga berilmas dinu-diyonat, Almiysoq vaʼdangga qilma hiyonat, Tandagi bu joning bilki omonat, Diningni asragin gʻayri dinlardan! Vatanga muhabbat iymondan erur, Er yigit vatanni qoʻrmogʻi zarur, Har nedan ulugʻdir or hamda gʻurur, Vatanni asragin gʻayri ellardan! Sir aytma doʻstim deb oʻng kelgan kasga, Ogʻzingdan gullasang qulaysan pastga, Pushaymon boʻlib soʻng yigʻlama hasga, Siringni asragin gʻayri kaslardan! Soʻzlagan har soʻzing bitar malaklar, Hoʻp oʻylab soʻzlaydi oqil-ziraklar, Farishta omin der har ne tilaklar, Tilingni asragin gʻayri soʻzlardan! Azaliy dushmandir shayton insonga, Har soat chang solar shayton iymonga, Oʻzing ur tek turma ilmu irfonga, Iymoning asragin shayton jinlarda! ✍ Lutfulloh Xoʻjayev. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

👏 8👍 6
TIRIK SAYYORA Osmon gumbazida to'la yulduzlar, Samon kemasida izg'iyman sarson. Minglik sayyoralar millonlab najot, Hayot ahtaraman izsidek nishon. Gumbaz yog'dulari hissiz sadosiz, Mehrni unitgan qarashlardek jim. Qanchalar chiroyli bo'lmasin olam, Havo yetmas tanga halovatim dim. To'htab qo'nib o'tdim sanoqsiz mujda, Yashil o'rmonlardan ko'rinmas darak. Kirlab borayotgan tafakur ongdek, Izg'iydi zulmatli sharpa jonsarak. Bo'ron ko'tarilar urishlar kabi, Mitti yulduzchalar qocholmas nari. Ular ko'z yumadi tinchliksiz elda, Qolib ketgan kabi chaqnar ko'k qari. To'xtab qolgandek vaqt aylanmas chig'riq, Ohu nolalarni eshitmas zulmat. Portlashlar hattoki samo qatida, Sochilib berarkan yulduzga kulfat. Tirik Jon izlayman yerdan yiroqda, Qora tuynuk kabi yutib borar ko'k. Ohiri ko'rinmas teshik tog'ara, Kemam sarhadini teshar ulkan o'q. Tortadi bir tamon mangetli bo'ron, Dovulga o'hshaydi izg'iydi suron. Men qocha olmayman kuzataman jo'n, Yadro kallaklardan sachrasa uran. Yer samo kaftila yashnagan hayot, So'ngi umidini asrayotgandek. Ishongan jonlari qilsa to'polan, So'ngi nafasini kutayotgandek. Quyosh Nur taratar iliy boshlar tan, Muzlagan mehrning erish onidek. Tiriklik nafasi tabiyat sehri, Yashil go'zallik bu tinchlik qonidek. Shu yashil qon uchun samoda yurish, Koniyot sarhadi avaylar kaftda. Biz qadr etishni o'rgana olsak. Abadiy yashillik yashnar Nur taftda. Kema parvozini kutar mo'jiza, Balki topiladi yirik sayyora. Izlanish qilgandek mo'ysafit nigoh, Yasab uchib ketar yangi tayyora. Bir bo'lib tinchlikni qadr etolsak, Millon yildan so'ng ham tirik sayyora. 23.01.2022 ✍O'tkir Mulikboyev Qo'shrabod
Hammasini ko'rsatish...
👍 17👏 1
Sog'inasizmi ? 🥺 Musoffo osmonning qarigi cho'msam Bu xayot bog'ida gullamay so'nsam Qaytib kelmas bulib uzoqqa ketsam Ayting meni ham sog'inasizmi? Bu ko'zlar yumilib ochilmas bo'lsa. Alloxim omonatin qaytarib olsa Dunyolardan meni xechkim topolmay qolsa Ayting meni ham sog'inasizmi? Men ketsam yig'lamang hayot utginchi. Xamma xam bir mehmon kelib ketguvchi Hammaga Allox bor kurib turguvchi Ayting men ketsam sog'inasizmi? Sog'insa sog'inar yolg'izim onam Eslashi mumkundir davlatim otam Qolganlar eslaydi o'tguncha motam Yoki sizlar ham sog'inasizmi? ✍Abdulla_Begaliyev @Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9😢 4🔥 2
Devonalarmiz 🎙Zinnura & Muhiddin. ©️Akbaraliyeva ©️Kamronbek Ismoilov Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 4🔥 2😁 2
Muhabbat dardida devonalarmiz. Ikki o‘t ichida sarsonalarniz. Yonma-yon birgamiz demagin jonim. Endi biz biz emas begonalarmiz. Ko‘zlaring boqqanda porlayversa ham. Bu yo‘llar sen tomon chorlayversa ham. Yuraklar sog‘inib zorlayversa ham. Endi biz biz emas begonalarmiz. Osmondagi oysan yetmadi qo‘lim. Unutma vaqtincha birgamiz gulim. Bizlarni ajratar der edik o‘lim. Endi biz biz emas begonalarmiz. Yonim asraganim meniki emas. Kuyib qizg‘onganing seniki emas. Essiz pok sevgimiz bizniki emas. Endi biz biz emas begonalarmiz. Meniki menga ber dardimni olma. Bir kuni kelmayman kutib ham tolma. Taqdirlar o‘zgadir o‘rganib qolma. Endi biz biz emas begonalarmiz. Alanga ololmas hech o‘chmas cho‘g‘miz. Bir-birin yaralab o‘tgan bir o‘qmiz. Sen borsan men borman ammo biz yo‘qmiz. Endi biz biz emas begonalarmiz. ✍️ Komila Qiz. 22.01.2022.10:30. @Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 18👏 4🔥 3
JIGARLARIM YAXSHI KOʻRAMAN Kulib kutar, solmaydi qovoq, Bir-birdan chiroyli oppoq, Ilinadi oshu-yu tovoq, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Jondan aziz sogʻinchim bosib, Quvontirar koʻngilni yozib, Borolmadim roʻzgʻordan oshib, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Ozroq yozib xabar yuborsam, Qoʻygani joy topolmas borsam, Shunday aziz, mehribon biram, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Oʻzi bular menga bir omad, Asrasin-u sogʻ-u solomat, Uylarda nur boʻlsin davlat, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Farishtamda jonimda bular, Birlashadi oʻtkizib toʻylar, Ota-onam oʻylaydi ular, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. Sizlar borki, umrim osuda, Yaqinlarim sogʻindim juda, Borolmadim ming bor uzr-a, Jigarlarim, yaxshi koʻraman. ✍ Solihabegim Dilafruz Shahrixoniy
Hammasini ko'rsatish...
👍 12

👍 1