Qo‘shtepa tumani hokimligi
Қўштепа тумани ҳокимлиги расмий канали Веб-сайт: http://qoshtepa.uz Фейсбук: https://www.facebook.com/Қўштепа-тумани-ҳокимлиги-103390414609693/
Ko'proq ko'rsatish- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Ma'lumot yuklanmoqda...
Қўштепа туманида жорий йилда 7900 гектар ерга буғдой экилиб, 166 та фермер хўжалиги томонидан 21 минг тонна сифатли дон ишлаб чиқариб, давлатга топшириш режалаштирилган. Ғаллакорлар 3 та ғаллачилик кластери билан шартнома тузганлар. Мавсумни ўз вақтида якунлаш мақсадида 24 та отряд ташкил қилинди. 24 та комбайн ўрим ишларини куну тун олиб бормоқда. 150 та дон ташиш машиналари донларни пешма-пеш омборларга ташимоқда. Айни кунларда туманимизда буғдой ўрими қизғин тусга кирди. Зеро, деҳқоннинг бугунги машаққатли меҳнати эртанги фаровон турмушимиз ва дастурхонимиз тўкинлигини таъминлайди.
Ma’naviyatimiz muqaddas qadriyatlarimizdan oziqlanadi. Bugun tumanimizdagi "Sohibkor" mahalla fuqarolar yig‘ini Nuroniylar maslahat guruhi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Qo‘sha qarish saodati" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir zamirida oila deb atalgan muqaddas qo‘rg‘onni asrash, o‘zaro ishonch va hurmatni yo‘qotmaslik, oila ustuni bo‘lgan otalarimizga, millat kelajagini yaratuvchilari bo‘lgan onalarimizga hurmat va sadoqat, milliy qadriyat va an’analarimizga, Ona Vatanimizga sodiqlik kabi ezgu g‘oyalar mujassam.🔹 Yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida birga yashab, turmush qiyinchiliklarini yengib, bugun farzandlari, nabiralari qurshovida baxtli yashayotgan Xojimatovlar oilasi yosh oilalarga ibrat maktabi qilib ko‘rsatildi. 🔹 Tadbir yakunida ibratli oila vakillariga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda ellikdan ziyod oila vakillari ishtirok etdi.