cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

Reklama postlari
5 933
Obunachilar
+3624 soatlar
+557 kunlar
+7930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Akademiklar Qashqadaryodagi taʼlim dargohlarida bo‘lishdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik Qalandar Abdurahmonov Qashqadaryoga tashrif buyurib, viloyatdagi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Akademiklar dastlab Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bilan o‘z vaqtida hamfikr va hamnafas bo‘lgan, zamondosh, ham ijodiy, ham siyosiy faoliyatida chambarchas hamkorlik qilgan mehmonlar – ikki akademik ishtirokidagi uchrashuv samimiy ruhda va savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Qarshi shahrida joylashgan Prezident maktabida akademiklar bilan o‘tgan uchrashuv ham o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi. So‘ngi manzil esa Chiroqchi tumani bo‘ldi. Akademiklar tuman hokimi Fayzulla Yusupov hamrohligida ushbu hududdagi Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashgan maktabida va 1-maktabda bo‘lishdi. Bu yerda o‘tkazilgan uchrashuvda akademiklar o‘z hayot yo‘li va ilm-fan sohasidagi izlanishlari natijalari haqida so‘zlab, bugungi dorilamon kunlarda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish xususida o‘quvchilarga tavsiyalar berishdi. Shu bilan bir qatorda akademiklarning o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqoti avvalida taraqqiyotimiz dasturi bo‘lmish “O‘zbekiston–2030” strategiyasida taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsad va rejalar belgilab olingani haqida fikr yuritildi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИ ҚАТНАШЧИСИ ЖЎРА БОБО ЁДГОРОВ

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 8-9 май кунлари амалий ташриф билан Москва шаҳрида бўлади. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 8-9 мая посетит город Москву с рабочим визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #OYII Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Бугун тумандаги 48-сонли "Тарона" маданият марказида Жовлон Жовлиевнинг "Қўрқма" романи асосида ишланган ажойиб ҳужжатли фильмни тақдимоти ўтказилди. Ушбу роман ўтган асрнинг йигирманчи йилларида Германияда таҳсил олган ўзбек ёшларининг собиқ Совет иттифоқи томонидан шафқасизларча қатл этилган миллат фарзандларининг синиқ хотирасига бағишланган. 🎞Фильмни кўриш Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Hammasini ko'rsatish...
📚Yosh kitobxonlarni bir joyda jamlagan “Zukko kitobxon” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi g’oliblari bilan tanishing! 1-o’rin Chiroqchi tumani Nurobod mahallasida yashovchi Tursunov Jamshidbek 6 million 600 ming so’m pul mukofotlarini bugungi tanlovning viloyat bosqichida qo’lga kiritdilar. Barcha ishtirokchilarga kelgusi tanlovlarda omad tilab qolamiz! Bizning sahifalarimiz: 🕊@Chiroqchi_yoshlari_rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Чироқчи тумани прокурори Жасур Турсунов ғўза парваришида амалга оширилаётган ишлар билан танишиш мақсадида туманнинг "Ғалаба ҳудудида бўлди. Фермер деҳқонлар билан ўтказилган учрашувда ғўза парваришида ортда қолаётган фермерларга агротехник тадбирларни муддатида ўтказиш, ягана, культивация қилиш, чуқур чизеллаш бўйича тегишли тавсиялар берди. Бундан ташқари ҳудудда касаначилар томонидан парваришланаётган ипак қурти боқиш жараёнлари билан танишди. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Hammasini ko'rsatish...
Йигитларни хизматидан розимисиз...? Туманимизда аҳолига сифатли коммунал хизмат кўрсатиш масалаларига ҳам алоҳида эътибор қаратилмоқда. Бу жиҳат “Чироқчитумангаз” газ таъминоти бўлимида ҳам алоҳида устуворлик касб этмоқда. Туманнинг барча ҳудудларида “маҳаллабай” тизими асосида иш олиб борилаётгани ўз самарасини бермоқда. “Чироқчитумангаз” газ таъминоти бўлими ходимлари томонидан аҳолининг маиший эҳтиёжлари учун суюлтирилган газга тўлдирилган газ баллонлари ўз вақтида етказиб берилмоқда. 📍Додиқ маҳалласи. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Hammasini ko'rsatish...
📣 Diqqat, eʼlon! ❓Sizda ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq murojaat, taklif yoki savollar bormi? Unda bu imkoniyatdan foydalaning. 💧 2024-yil 8-may kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi. Sayyor qabul soat 10.00 da boshlanadi. Unutmang, hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: ☎️ +998 97 632 22 79 ☎️ +998 97 312 71 17 ✍️ “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
#жараён Чироқчи туманининг Обод маҳалласида бошланган 1.5 км пиёдалар йўлагининг қурилиш ишлари жадал давом этмоқда. Бу ишлар натижасида маҳаллада аҳоли яшаши учун қулай шароитлар яратилиб, ҳудуд кўркам ва замонавий қиёфа касб этади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Hammasini ko'rsatish...
Венгрия, Эрон, Чехия, Ўмон ва Жазоир элчилари Президент Шавкат Мирзиёевга ишонч ёрлиқларини топширди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...